Uzbekiston respublikasi



Download 1,52 Mb.
bet28/78
Sana01.07.2022
Hajmi1,52 Mb.
#723113
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   78
Bog'liq
2 5190881415062885396

Ёzuv madaniyati. İnson paydo bwlgandan boshlab h’aёtining kwp qismini ёzuvsiz wtkazdi. Xalqlarni ёzuvga ega bwlgan va ёzuvsiz deb ikki toifaga bwlish kwp tarqalgan atamadir. Bunday bwlinish ёzuvning ah’amiyati twg’risida guvoh’lik beradi.
Ёzuv va nutq axborot turlaridir. Bunga imo - ishoralarni, turli signallarni (h’ushtak, qarsak, dwmbira chalib jangga chorlash va h’.) h’am qwshish mumkin. Axborotning bu turlarini sharh’lashga h’ojat ywq. Ammo axborotning kwp turlari, jumladan nutq h’am, bir lah’zalikdir, ular zamon va makonda cheklangan, uzoq muddatli emas.
Bunday axborot turlari davrga nisbatan faol ёki nofaol bwlishi mumkin. Masalan bugungi kunda ёzuv takomillashgan paytda turli ishora va signallar ёzuv singari muh’im axborot vazifasini bajara olmaydi va bunga eh’tiёj h’am ywq. İnson ёzuvsiz yashagan paytda asosiy axborotni yuqoridagi vositalar bajardi. Masalan, ibtidoiy jamoa tuzumi paytida qabila boshlig’i qabilaga etarli oziq–ovqat zah’irasi, asbob-anjomlar, chorva miqdori, jang qilishga qodir erkaklarning miqdorini va h’.larni bilishi kerak edi. Ammo bularning h’ammasini xotirada saqlab turishga inson xotirasi ojizlik qiladi. Buning uchun axborotning qandaydir vositasini wylab chiqishi lozim edi. U vositalarni topdi: ё turli shakldagi chwpdan, ёki ranglardan, ёki turli shakllardan foydalanib, miqdor tushunchasini anglatadigan bwldi. Bu usul ёzuv tarixida ilk bosqich bwlib, buyumli ёzuv deb nom oldi.
İnsoniyat dastlab buyumlardan eslatuvchi vositalar sifatida foydalandi. Bu vositalar fikrni uzatmas, balki eslatardi, xolos. Biror topshiriq ёki iltimosni bajarishni eslab qolish uchun rwmolning uchini tugish odati shundan qolgan. Bora–bora buyumlarga aniq mano beriladigan bwldi. Buyumlar endi oldindan kelishib olingan narsalarni bildiradigan wziga xos shartli belgilar h’isoblandi. Chwpxatga ёki daraxt tanasiga kertib belgilar wyish, tugunchalar, tizimchalar, urush elon qilish vaqtida kamon wqidan foydalanish shunday shartli belgi vazifasini wtadi.
Raqamlarni bildirish uchun inson taxtachalarni kertib belgilar wyishni wylab chiqardi. Xatchwplardan shartnomalar tuzishda foydalanildi. Shartnomani tuzish paytida xatchwp qoq wrtasidan ikkiga bwlinib, yarmi shartlashuvchilarning biriga, ikkinchi yarmi ikkinchi tomonga berilgan. Xatchwp bwlaklari birlashtirilganda, kertiklar bir - biriga mos kelardi.
Twg’ri h’isob - kitob olib borish uchun tizimchalardan foydalandilar. Perulik chwponlar, Lotin Amerikasi va Afrikadagi bazi xalqlar h’ozir h’am tizimchalardan foydalanadilar. Bir tizimcha - h’wkizlarni, boshqa tizimcha - sigirlarni sanash uchun ishlatiladi. Sigirlarni sanashda ishlatiladigan tizimcha h’am ikki tutamga ajratiladi: bir tutami bilan bwg’oz sigirlar sanaladi, yana bir tutami bilan buzoqlar sanaladi. Tizimchadagi tugunlar soni shu chwponlarning podasida necha bosh mol borligini bildiradi.
Qadimgi xitoylarda h’isob - kitob ishlarida tizimchalardan foydalanish keng tarqalgan. Kwpchilik xalqlarda vaqt h’isobi h’am tugunchalar orqali olib borilgan.
“Axborot h’assalari” h’am wziga xos buyum maktub vazifasini wtagan edi. Qabila boshlig’i wz vakolatini h’assani olib borgan elchi orqali tasdiqlagan. Hassaga kertib belgilar va xotira nishonlari tushirilgan. Elchi belgiga qarab wziga qancha topshiriq berilganini xotirasiga keltirgan.
Buyumli ёzuvning ajoyib namunasiga yana bir misol h’ozirgi Peruning qadimgi ah’olisi inklarda uchraydi. İnklar tugunlardan iborat maktublardan foydalanganlar. Mazkur buyumli ёzuv bilan bog’liq tarixiy rivoyat h’am bor. Rivoyatga kwra, XVI asrda inklarning vataniga ispanlar h’ujum qiladi. İnklarning boyliklari twg’risidagi afsonalar ispanlarni bu mamlakatga olib kelgan edi. İspan istilochilari ywlboshchisi Pissaro inklarning oltinlarini qwlga kiritish uchun turli ywllarni qidiradi. U ink shah’zodalari aka-uka Ata-valpa bilan Volkar wrtasidagi taxt uchun kurashdan ustalik bilan foydalanadi. Pissaro Ata–valpani wz lageriga aldab olib kelib, qamab qwydi. Uni qutqarmoqchi bwlganlardan: “Ata–valpaning evaziga u qamab qwyilgan xonani (h’ajmi 70 kub metr - N.R.) qimmatbah’o toshlar va oltin bilan twldirsalaringiz, ozod qilaman”, deb talab qwyadi. İnk choparlari mamlakatning turli burchaklariga borib, oltinni bildiruvchi sariq tizimchalardan iborat “maktub” olib keldilar. Tizimchalarda kwp tugunchalar bwlib, qaerga qachon, qancha oltin keltirish kerak, degan manoni bildirardi. Ammo Ata–valpa wldiriladi. U wlimi oldidan “maktub”ini qabiladoshlariga yuborishga ulguradi. “Maktub” buyruq bwlib, oltin ёmbiga bog’langan wn uchta tugundan iborat edi. İnklar Ata–valpadan buyruqni olgan kuniёq ibodatxonalardagi jamiki oltinu javoh’irlarni olib ketib, nomalum joyga yashirishga ulgurdilar.
Ёzuvning bu turi bugungi kunda h’am keng istifoda etiladi. Kiyim sotuvchi dwkondor wz tovarini targ’ib qilish uchun og’zaki targ’ibotdan h’am, ayni paytda tovarni kwrgazmaga qwyish orqali h’am foydalanadi. Ёki qora rang oilada kimdir vafot etgani twg’risida xabar beradi, uzuk “Men oilaliman“ degan axborotni tashiydi. Harbiylarning pogonidagi yulduzlar ularning unvonini bildirib turadi.
Buyumli ёzuvning bugungi kwrinishlari qwshimcha axborot bajaradi. Ammo ёzuvli davrlarda buyumli ёzuv h’arfli ёzuvdan kwra muh’imroq, tasirliroq vazifani bajardi. Mana bu tarixiy voqea buning ёrqin namunasidir.
Gerodotning ёzishicha, Eron shoh’i Doro bilan iskiflar shoh’i İdanfris wrtasida jang davom etardi. İdanfris Doro askarlariga kutilmagan joyda qwqqisdan zarba berib, gangitib qwyardi. Gerodotning xabar berishicha, Doro qwshini 700 ming kishidan iborat edi. Shunga qaramay, Doro, iskiflarni mag’lub qilish u ёqda tursin, katta talafot kwrardi. Nih’oyat, Doroning sabr–toqati tugadi, U iskiflar shoh’i İdanfrisga maktub ywlladi. Maktubda shunday swzlar bitilgan edi: “Tentak! İkki ywldan birini tanlash uchun senga imkon boru ammo sen qochib, yurganing - yurgan. Agar menga qarshi turishga wzingni qodir h’isoblasang, daydib yurishni bas qil, men bilan jang qil. Agar zaifligingni tan olsang, qochib yurib ovora bwlma. Undan kwra er – suvingni sultoningga siylov qilib bergin - da, u bilan kelishuv bitimini tuzgin“.
İdanfris javobni kechiktirmadi. “Mening ah’volim bunday, shoh’! Men avvallari h’am biror kimsadan qwrqib qochmaganman, h’ozir h’am sendan qwrqqanimdan qochaёtganim ywq. ... Sen uchun siylov qilib er–suv wrniga wzingga loyiq boshqa narsalarni yuboraman. Wzingni mening sultonim, h’okimim deb aytganing uchun h’ali adabingni eysan!”
İdanfars mag’rurona javob berdi. Biroq aytganlari quruq gap emasdi. Doro iskif dashtlarining ichkarisiga kirib borib mushkul ah’volga tushib qoldi. İskif shoh’lari Doroga g’alati sovg’a - qush, sichqon, qurbaqa va beshta wtkir wq yubordi. Eroniylar bunday sovg’aning manosini chopardan h’ar qancha swrasalar h’am, u bir xil javobni takrorlayverdi: “Menga “sovg’a”ni topshirish buyurilgan, manosini tushunish wzlaringizga h’avola”.
Eroniylar bu “sovg’a”ning manosini tushunishga kwp urinib kwrdilar. Doroning wzi mug’ombirlik qildimi ёki sovg’aning manosini h’aqiqatan h’am shunday tushundimi, wz foydasiga, bir ёqlama “wqib tushuntirib berdi”. Uning “wqish tamoyili” quyidagicha bwldi: “Sichqon erda yashaydi va inson singari erda bitadigan noz–nematlardan bah’ramand bwladi. Qurbaqa suvda yashaydi, binobarin, iskiflar wzlarini suvi va eri bilan birga mening ixtiёrimga topshiradilar. Wqlar esa iskiflarning mening lashkarim oldida qurollarini tashlaganini bildiradi”.
İskiflar ”sovg’a”sini bunday sharh’lash h’ech kimda ishonch h’osil qilmadi, sovg’aning manosini echishni Doroning maslah’atchisi Gobriy wz zimmasiga oldi. U sovg’ani juda twg’ri “sharh’ladi”. “Sovg’a” iskiflarning sharti bwlib chiqdi: “Agar siz, eroniylar, qush kabi uchib g’oyib bwlmasangiz, ё sichqon kabi er tagiga kirib ketmasangiz, ё qurbaqa singari botqoqlikka shwng’imasangiz, u h’olda mana shu wqlardan shikast eb, shu erlarda qolib ketasiz”.
Gobriy h’aq bwlib chiqdi. Eroniylarning kuchi kamayaverdi. Kwp wtmay Doro sharmandalarcha orqaga chekindi. İskiflarning tadbir bilan qilgan h’ujumlariga bardosh bera olmadi.
Ёzuvning keyingi bosqichi rasmli ёzuvdir. Bu turdagi ёzuv piktografik ёzuv deb h’am yuritiladi. Buyumli ёzuv bilan rasmli ёzuv wrtasidagi chegara noaniq. İnsoniyat qaysi davrdan boshlab buyumli ёzuvdan rasmli ёzuvga wtgani aniq emas. Aslida ikkalasining vazifasi ibtidoiy davrdagi odam uchun bir xil vazifa bajargan. Ammo ёzuv taraqqiёti uchun rasmli ёzuv katta qadam bwldi. Rasmli ёzuv paydo bwlishi bilan ёzuv uchun turli materiallar - tosh, taxta, loy taxtachalar ёki qog’oz parchalari paydo bwldi.
Garchi rasmli ёzuv bilan surat wrtasida chegara ywq bwlsa h’am, ularni aralashtirmaslik kerak. Suratda aniq, yuz bergan ёki biron kechinmani ifodalaydigan h’odisa muh’rlangan, yani surat badiiy–estetik tasavvurlar obekti bwlib xizmat qiladi. Rasmli ёzuv esa axborot tashiydi. Masalan, kwz ёshi - bevani, bosh suyagi – wlimni bildiradi.
İdeografik ёzuv rasmli ёzuvga uzviy bog’lanib ketgan. İdeografik ёzuvning ilk namunasi Markaziy Amerikada istiqomat qilgan atstek xalqidan bolalar tarbiyasiga oid bir “h’ikoya”si bizgacha etib kelgan. İspanlar Amerikani bosib olgunlariga qadar atsteklar qudratli davlat qurgan edilar. Rasmda wn bir doira bwlib, bolalarning wn bir ёshini bildiradi, yani ota–ona bolalarini wn bir ёshgacha boqishi shart. İkkita katta doira esa “non” degan tushunchani bildiradi. Suratda ota bolasini olov ustida tutib turibdi. Bu - bolani nojwya qiliqlari uchun jazolashni bildiradi. Yana pastroqda wn beshta doiracha bor. Bu doirachalar bolalarning wn besh ёshgacha ota–ona nazorati ostida qattiq turganini bildiradi. Bolaning wtirgan odam tomonga ketgan oёq izlari - wn besh ёshdan keyin ruh’oniy h’uzuriga talim olish uchun borganini anglatadi.
İdegorafik ёzuvning rasmli ёzuvdan farqi shuki, ideografik ёzuvda h’ar bir belgi bir tushunchani anglatadi.
İdeografik ёzuvning eng qadimiy namunasi Misrdan topilgan bwlib, miloddan oldingi uchinchi ming yillikka mansubdir. Napoleon Misrga yurish qilgan paytda bu ёzuv bitilgan mashh’ur “Rozetta toshi” (tosh topilgan joyning nomi bilan ataldi) topildi. Bu ёzuvdagi bir belgi bir buyum nomini ёki h’arakatni ifodalagani aniqlandi. Masalan, qanotini ёzib turgan qush “uchmoq” h’arakatini, wrtasida qora nuqta bor gardish “quёsh” swzini, qwlida qurol ushlagan odam “jangchi”, oёq surati “yurmoq” h’arakatini ifodalagan. İdeografik ёzuvning kwplab namunalari papiruslarga, eh’romlar devorlariga, h’aykallarga, tosh tobutlarga bitilgan. Evropadagi kwp sharqshunoslarning Misr ёzuv madaniyatini wrganishiga Rozetta toshi sabab bwldi.
Shumerlar yaratgan ёzuv bwg’inli ёzuv turi bwlib, ideografik ёzuv bilan h’arfli–tovushli ёzuv wrtasida turadigan aloh’ida ёzuv turi edi. Shumerlar dostonlarni, tarixiy voqealarni, fanlarning turli soh’alariga oid kashfiёtlarni ёzib olish uchun h’ozirgi tovushlar singari belgilarni kiritdilar. Ёzuv madaniyati taraqqiёtida shumer ёzuvi anchagina oldinga siljish bwldi.
Jamiyat taraqqiy eta borgan sari, axborotni uzoq masofaga etkazish eh’tiёji tug’ildi. Bugun er yuzida qwllanaёtgan h’arfli–tovushli ёzuv ana shu bosqichlarni bosib wtdi.
İlk h’arfli–tovushli ёzuvni finikiylar ijod qilganlar. Finikiy ёzuvining paydo bwlishi ёzuv tarixida keskin burilish yasadi. Finikiy ёzuvi tasirida oromiy ёzuvi shakllandi. Oromiy ёzuvi esa sharqdagi bir qator ёzuvlarga manba bwldi. Oromiy ёzuvining bizgacha etib kelgan qadimgi namunasi miloddan oldingi IX asrga oiddir. Oromiy ёzuvi va tili Sharqdaga kwp mamlakatlarda, xususan, Misrda, Kichik Osiё va Hindistonda xalqaro ёzuv va til darajasiga kwtarildi. Qadimgi ёzuvlardan biri bwlgan ibroniy ёzuvi h’am oromiy ёzuvidan kelib chiqdi.
Xullas, ёzuvning h’ar bir turi insoniyatning eh’tiёji tufayli paydo bwldi. Ёzuv insoniyatning eng buyuk kashfiёtlaridan biridir. Ёzuv madaniyati ilk bor Sharqda paydo bwlib, shakllandi.

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish