Uzbekiston respublikasi



Download 1,52 Mb.
bet32/78
Sana01.07.2022
Hajmi1,52 Mb.
#723113
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   78
Bog'liq
2 5190881415062885396

Qizil mamlakat degan nom h’osilsiz jazirama issiq sah’roga nisbatan ishlatilardi. Sah’ro mamlakatning sharqidan g’arbiga tomon h’osildor wlkalarda oppok tasmaga wxshab kwrinardi.
Qadimgi Misr madaniyati besh ming yil oldin yaratila boshlagan edi. Faqat keyingi yillardagina Misr madaniyatining asosiy nuqtalari malum bwla boshladi. Masalan, Misrning murakkab, mavh’um dini insoniyatga XX asrning II yarmi choragida malum bwldi. Malum bwlishicha, qadimgi Misrda 4000 xudo bwlgan ekan. Bu xudolardan yarmi bugungi Misr bwylab keng tarqalgan va h’amma sajda qilavergan. Qolganlari malum h’ududdagi odamlar sajda qiladigan xudolar edi. Hamma xudolar bosh xudoning mah’suli ёki uning bir qismi edi. Bosh xudoni bazi manbalarda quёsh xudosi Ra deb, bazilarida Neter deb aytadilar.
Garchi Misr madaniyatida xudolar va ularning tasviri birinchi wrinda turgan bwlsa h’am, dunёviy sanatga aloh’ida etibor berilgan. Memorlar, h’aykaltaroshlar, rassomlar yuqori lavozimdagi odamlar h’isoblangan. Sanat – abadiy h’aёtni bir avloddan ikkinchisiga wtkazuvchi vosita deb qaralgan. Firavnlarning, xudolarning h’aykallariga sanatda kwproq etibor berilgan, mil. ol. XIX asrgacha Misr h’aykaltaroshligi eng yuqori chwqqiga kwtarildi. Bu sanat asarlari orasida firavn Exnaton va uning xotini Nefertitining h’aykalchasi diqqatga sazovor. Nefertiti h’am toj kiygan h’olda tasvirlangan bwlib, bir necha asrlar davomida Misrning ramziy tasviri bwlgan edi.
Hammaga malumki, dunёning etti mwjizasidan biri Misr piramidalaridir. Bizga firavnlar Xeops, Xefron va Mikeronos davridagi piramidalar etib kelgan. Xeops davridagi piramida eng kattasi bwlib, balandligi 150 m.ni tashkil qiladi. Piramidalarning atrofida qabrlar bor. Bu qabrlar shoh’ning qarindosh - urug’lariniki va katta amaldorlarniki edi. Mazkur piramida Xeops (mil. ol.2551-2528 yillarda h’ukmronlik qilgan) piramidasi deb ataladi. Olam mwjizalarining wuyxati boshida, Xitoy devoridan keyin, ana shu piramida turadi. Dunёda insoniyat qwli bilan qurilgan eng ulkan inshootlardan biri ana shu piramidalardir. Xeops piramidasining qurilishiga 2,3 millionta tosh bwlaklari ishlatilgan. Har bir tosh bwlaklarining og’irligi 2,5 tonna chiqadi. Xeops davrida piramidalarning sirti maydalangan qumdan qilingan toshlar bilan qoplangan. Bu toshlarga ishlatilishidan oldin jilo berilgan. Xuddi shu toshlardan Qoh’irada mamluk sultonlarining saroyini qurish uchun h’am foylalanilgan. Piramidalar qurilishiga ketgan materiallar h’ajmi twg’risida quyidagi dalillar bwyicha xulosa chiqarish mumkin: ingliz olimlarining h’isoblashlariga kwra, bitta Xeops piramidasiga ketgan material Angliyadagi jamiki masih’iy jamoatxonalarining qurilishiga ishlatilgan materialdan kwp ekan. Yana shu h’isob - kitoblar aniqlangan: Xeops piramidasiga ishlatilgan toshlardan XX asrda Germaniyadagi h’amma jamoatxonalarni qurish mumkin bwlardi.
2002 yili Evropa va Misr olimlari robot ёrdamida Xeops piramidasi ustida tadqiqot wtkazdilar. Robot Xeops piramidasi ichiga qanday kirib boraёtganini butun dunё televizor orqali tomosha qilib turdi. Arxeologlar texnikaning eng swnggi yutuqlari ёrdamida Xeops piramidasining eng muqaddas xonasiga - sirli xonasiga kirib bordilar. Twrt ming yil davomida bu xonaga inson oёg’i tegmagan edi. İkki soat davomida wn ikki santimetrli «piramidateshar» 65 metr tunnelni bosib wtib, maxsus drel bilan oh’aktoshdan qilingan eshikni teshdi. Teshik orqali kichkina telekamerani h’am olib wtdi. Robot u erda yana bir sirli xonaga duch keldi. Xonaning eshigi mah’kamlangan ekan. Shunday qilib, xazina topilmadi. Robot yana ilgari yurishi uchun yana bir yil tayёrgarlik kerak bwldi.
XXI asrda arxeologlar qazuv ishlarida eng yangi usullarni tatbiq qilib, shuni tushundilarki, qadimgi Misr arxitektorlari ayёrlik bilan ish tutgan ekanlar: Firavnning qabrini h’ar xil nopok odamlar bulg’amasin, deb odamlarni chalg’itish uchun ёlg’ondakam koridorlar qurgan ekanlar. İkki frantsuz arxeologi Jak Bordo va Fransin Darmen dastlabki olti sulolaning firavnlari qabrlari loyih’asiga oid barcha malumotlarni yig’dilar va h’ar bir qabrning batafsil xaritalarini chizdilar. Tayёrlangan xaritalar asosida piramidalarning ichki er osti ywllarining bir necha yuz metrini suratga tushirdilar. Xarita va suratlarni solishtirib, shuni aniqladilarki, er osti ywllaridagi kwplab tutashgan joylar mah’orat bilan qilingan soxta ywllarga olib borar ekan. Tutashgan joylar toshni wyib ishlangan bwlib, suvalgan ёki maydalangan toshga oh’ak kushib berkitilgan ekan. Shu tariqa gorizontal tutashgan joylar soxta bwlib chiqdi. Ammo bu qazilma natijasida arxeologlar h’aqiqiy ywlakni va h’aqiqiy tosh devorni topishga muvaffaq bwldilar. Bu ywlak va tosh devor piramidaning yashirin kovaklariga kiradigan joylarini sir saqlardi. Wsha kovaklarni tashqaridan bilish mumkin emas edi, chunki kovak joylar qum bilan berkitilgan edi.
Qadimgi Misrda falsafa maktablari h’am shakllangan edi. Maktabning asosiy bah’si «Nima birlamchi – raxmmi ёki moddiy olammi?» degan mavzu edi. Xudo Memfisning ruh’oniylari, jamiki buyumlar bosh xudo Ptaxaning tafakkuri va kalomidan yaratilgan, deb h’isoblardilar. Xudo Geliopolning ruh’oniylari esa moddiy olamning birlamchi ekaniga ishonardilar. Ularning qarashicha, ilk suvlardan xudolar h’am, atrof olamdagi jamiki h’odisalar va buyumlar h’am kelib chiqqan. Yunon filosoflari Misr ruh’oniylaridan wrganganlari twg’risida rad qilib bwlmaydigan dalillar bor. Xususan, Bibliyadagi olamning yaratilishi twg’risidagi talimotni yah’udiylar Misrda yashagan paytlarda yaratganlari eh’timoldan xoli emas.
Qadimgi Misr butun qadimgi dunё, jumladan, yunon va Rim tsivilizatsiyasining shakllanishiga va taraqqiёtiga tasir kwrsatgan. Bironta tsivilizatsiya – na qadimni Rim, na qadimgi yunon, na qadimgi Xitoy tsivilizatsiyasi Misr tsivilizatsiyasi kabi qadimiy va uzoq muddat davom etgan emas. Misr jamiyati va madaniyati h’ech qanday wzgarishsiz uch ming yil davom etgan.

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish