Muvaffaqiyatga erishish uchun eng zarur 10 ta sir



Download 129,41 Kb.
Sana20.06.2022
Hajmi129,41 Kb.
#681222
Bog'liq
motivatsiya


Muvaffaqiyatga erishish uchun eng zarur 10 ta sir
Shunday insonlar borki, ular hayotlari davomida ko’plab muvaffaqqiyyatlarni qo’lga kiritishgan. Bunga misol keltiradigan bo’lsam ular ko’pchilikni tashkil qiladi. Bizda savol tug’iladi xo’sh ular bunga qanday erishishdi? Quyida muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan 10 ta sirni keltirib o’tmoqchiman va ushbu ma’lumotlar sizga bir muncha foydasi tegishiga ishonaman.

1. Umidsizlikka tushmang
Noumidlik – muvaffaqiyatga erishishga to‘sqinlik qiluvchi birinchi raqamli dushman. Shuning uchun darhol umidsizlikdan xalos bo‘lishingiz zarur. Buning eng qulay yo‘li – Alloh taolo sizga ato etgan imkoniyatlar, qobiliyatlar haqida tafakkur qilishingizdir.
Olimlar aytishlaricha, inson o‘ziga berilgan imkoniyatlarning faqat 10 foizini ishlatar ekan. Shunday ekan, hozir sizda kamida 90 foiz imkoniyatingiz, ishlatilishini kutib turgan yashirin quvvatingiz bor. Agar ularni ishga sola bilsangiz, muvaffaqiyatingiz sari asosiy qadamni bosgan bo‘lasiz.
Muvaffaqiyatga erishishda sizga xalaqit beradigan inson o‘zingiz
2. Yiqilish – muvaffaqiyatga erishish yo‘li

Ko‘plab kashfiyotchilar, ishlab chiqaruvchilar juda ko‘p martalab omadsizlikka uchraydilar. Lekin ular qayta-qayta urinib ko‘radilar. Bu esa oxir-oqibat muvaffaqiyatning sababi bo‘ladi. Agar bir necha marta omadsizlikka uchrasangiz, bu degani siz hech qachon yutuqqa erishmaysiz deganimas.
Balki bu omadsizlik siz uchun tajriba, malaka bo‘lib, undan kelgusida yuz beradigan toyilishdan saqlanishni o‘rganasiz. Shuning uchun ham «Chumoli maqsadiga yetish uchun 99 marta urinib ko‘radi va yuzinchi martasida yetadi» degan gap bor.
3. Aniq maqsad – muvaffaqiyat kaliti
Agar sizda maqsad bo‘lmasa, hech qachon muvaffaqiyatga erisholmaysiz. Maqsadni aniq qilib belgilab olish marraga erishishning yarmidir.
Shuning uchun amalga oshirmoqchi bo‘lgan maqsadlaringizning ro‘yxatini tuzib, unga erishishga sabab bo‘ladigan eng afzal yo‘lni o‘rganib olishingiz kerak. Ana shunda Allohning izni ila muvaffaqiyatga erishasiz.
4. Vaqtni boshqarish san’ati

Vaqt orqaga qaytmaydi. Shuning uchun har bir daqiqadan unumli foydalanishga harakat qiling. Vaqtni zoye qilishdan ehtiyot bo‘ling!
Vaqt sizni muvaffaqiyat sari yetaklaydigan xazinadir, faqat bir sharti bor: siz uning har bir lahzasidan oqilona foydalanishingiz kerak!
5. Rostgo‘ylik
Muvaffaqiyatga erishmoqchi, omadli yetakchi bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, o‘zaro muomalalarda rostgo‘ylik va boshqalarni hurmat qilishni o‘zingizga shior qilib oling. Shunda atrofingizdagi insonlarning ishonchini, hurmatini qozonasiz.
Aytadigan har bir so‘zingiz rost bo‘lishiga e’tibor bering va shunga urining. Bilingki, muvaffaqiyatga erishish va yaxshi rahbar bo‘lishning eng qisqa yo‘llaridan biri – rostgo‘ylikdir.
Ichki qo‘rquvdan qanday xalos bo‘lish mumkin?
6. To‘g‘ri qaror qabul qilish

Noto‘g‘ri qarorlar – muvaffaqiyatdan to‘sadigan eng katta omillardan biridir. Shuning uchun bir qaror qabul qilishdan oldin uzoq o‘ylab, masalaning har tarafini hisobga olib, munosib vaqtni belgilab, eng namunali tajribadan foydalanib, to‘g‘ri qaror qabul qilishingizni maslahat beramiz. Shu o‘rinda bir qoidani eslatib o‘tamiz: «Ikki nuqta orasidagi eng qisqa yo‘l – to‘g‘ri chiziqdir».
7. Vaziyatni va hissiyotlaringizni boshqaring
Omadga erishishning eng muhim omillaridan biri – atrofingizdagi vaziyatni va hissiyotingizni idora qilishingizdir. Agar shunday qilmasangiz, mavjud vaziyatning o‘zi sizni istagan kuyiga solishi va toyiltirishi mumkin.
Shuning uchun his-tuyg‘ularingiz va fikrlaringizni nazorat qila oling. Omadga erishishingiz uchun munosib vaqt va sharoitni izlang. Hech qachon tasodifan omadga erishaman deb o‘ylamang!
8. Kichik narsalarni past sanamang

Kichik masalalarni arzimas sanamang. Gohida ozgina fikr katta muammoning yechimi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun muammoingiz har qancha katta bo‘lmasin, uning yechimi juda oddiy bo‘ladi.
Faqat bir sharti bor: tanglikdan xalos bo‘lishingiz va muammoga kichik, yechimi bor narsa deb qarashingiz kerak. Ana shunda tezda yechim topiladi. Muhimi shoshmasdan fikrlang va muammoga o‘z hajmidan katta tus bermang.
9. Birinchi qadamning ahamiyati
Dunyodagi eng uzun sayohat ham birinchi qadamdan boshlanadi. Agar siz shu qadamni qo‘ymasangiz, yo‘lning oxiriga yetolmaysiz. Shuning uchun oldingizda katta loyiha, qilinishi kerak bo‘lgan muhim ish bo‘lsa, ilk qadamni qo‘yishga ikkilanmang!
Ana shunda qolgan qadamlar uning ortidan birma-bir keladi. Muhimi, siz shu birinchi qadamni paysalga solmang. Loyihani amalga oshirishdagi, muvaffaqiyatga erishishdagi muhim omillardan biri – birinchi qadamni qo‘yishdir.
Hech kimga aytmasligingiz kerak bo‘lgan 7 narsa
10. Mehnat qilish

Ishlash – maqsadga yetishishning eng asosiy yo‘llaridandir. Muvaffaqiyatga erishgan insonlarning ta’kidlashicha, omadning 95 foizi muntazam va davomli mehnatdir. Aql-zakovat esa muvaffaqiyatga erishishga atigi 5 foiz hissa qo‘shadi.
Shuning uchun aniq maqsadni oldingizga qo‘yib oling-da, mehnat qiling, ishlang, izlaning. Yaxshi natijani istasangiz, tirishib, sabr-bardosh bilan ishlang. Ana shundagina Allohning izni ila mehnatingizning samarasini ko‘rasiz.
Download 129,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish