Usmanova N. Yu. Iqtisodiyot va moliyaviy menejment


Qarzga olingan aylanma mablag`lar



Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/208
Sana16.03.2022
Hajmi2,57 Mb.
#497037
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   208
Bog'liq
fayl 1668 20210827

Qarzga olingan aylanma mablag`lar
doimo harakatda bo`lmaydi hamda 
korxonaning mahsulotlarni sotishdagi qiyinchiliklar, moddiy-tovar boyliklar bilan 
ta`minlash, mahsulot ishlab chiqarish dasturini oshirib bajarish va boshqa 
vaqtinchalik ehtiyojlarni qoplash uchun foydalaniladi. Ular qatoriga bank kredit-
lari, kreditorlik qarzlari (tijorat kreditlari) va boshqa passivlarni kiritish mumkin. 
Aylanma mablag`larni boshqarish mahsulot ishlab chiqarish va sotish 
jarayonining uzluksizligini ta`minlashda aylanma mablag`lardan iloji boricha 
kamroq foydalanishda ifodalanadi. Bu esa korxona aylanma mablag`lari aylanishi-
ning barcha bosqichlarida mos ravishda minimal, lekin yetarli tarzda ratsional 
taqsimlanishi zarurligini anglatadi. Bu vazifa o`z navbatida moddiy resurslar zahi-
ralari va xarajatlarini normalashtirish tufayli muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. 
Aylanma mablag`larni normalashtirish
korxonaning uzluksiz ishlashi 
ta`minlaydigan moddiy boylik va boshqa resurslarning minimal, lekin yetarli 
zahiralarini shakllantirish uchun zarur bo`lgan pul mablag`larini aniqlashda 
ifodalanadi. U ichki zahiralarni aniqlash, ishlab chiqarish sikli davomiyligini 
qisqartirish va tayyor mahsulotni tezroq sotish imkon yaratadi. 
Biroq amaliyotda korxonalarning barcha aylanma mablag`lari ham 
normalashtirilmaydi. Shu sababli aylanma mablag`lar normalashtiriluvchi va 
normalashtirilmaydigan turlarga taqsimlanadi va ular hozirgi bozor munosabatlari 
sharoitlarida ham o`z ahamiyatini yo`qotmagan. 
Normalashtiriluvchi aylanma mablag`lar qatoriga korxona omborlaridagi 
ishlab chiqarish zahiralari (xom ashyo, materiallar, yoqilg`i, unchalik qimmat 
bo`lmagan predmetlar va jihozlar), tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr 
xarajatlari va ombordagi tayyor mahsulotlar kiritiladi.
Normalashtirilmaydigan aylanma mablag`lar, bu – xaridorlarga berib 
yuborilgan tayyor mahsulot yoki tovarlar, hisob raqamidagi pul mablag`laridir. 
Korxonalar faoliyatida barcha aylanma mablag`lar salmog`ida 70-80%ni 
tashkil qiluvchi normalashtiriluvchi aylanma mablag`lar asosiy o`rin tutadi. 
Aylanma mablag`larni normalashtirish tejamkorlik rejimiga rioya qilish va 
resurslardan oqilona foydalanish imkonini yaratadi. 


81 
Resurslarni normalashtirish jarayonida aylanma mablag`larning norma va 
normativlari belgilanadi. 
Aylanma mablag`larning normasi, korxona moddiy-tovar boyliklarining 
minimal zahiralarini tavsiflaydi hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga 
to`g`ri keluvchi pul o`lchovida, zahira kunlari va zahira normalarida hisoblanadi. 
Aylanma mablag`larning normativi aylanma mablag`lar normasini, normasi 
aniqlangan ko`rsatkichga ko`paytirishni ifodalaydi hamda qoidaga ko`ra, pul 
ko`rinishida o`lchanadi. U quyidagi formula asosida hisoblanishi mumkin: 
N
ay.m
 = N
ich.z
 + N
t.ich +
 N
t.m 
bu yerda: 
N
ich.z
 
– ishlab chiqarilgan zahiralar normasi; 
N
t.ich
 
– tugallanmagan ishlab chiqarish normasi; 
N
t.m
– tayyor mahsulot normasi. 
Aylanma mablag`larni normalashtirish va ayniqsa, moddiy resurslarni 
sarflash normalarini belgilashda quyidagi tamoyillarga amal qilish lozim: 

normalarning progressivligi va dinamikligi

normalarning 
iqtisodiy 
va 
ishlab 
chiqarish

texnikaviy 
jihatdan 
asoslanganligi; 

xom ashyo, material, yoqilg`i, elektr energiyasi va boshqa resurslar 
o`lchamini to`g`ri tanlash; 

chiqit va yo`qotishlarning oldini olish; 

eskirgan normalarni qayta ko`rib chiqish hamda ularni fan-texnika 
taraqqiyoti yutuqlariga mos holga keltirish. 
Moddiy va boshqa resurslarni normalashtirishda bir nechta usullar 
qo`llaniladi. Amaliyotda quyidagi usullar ko`proq uchraydi: 
1. O`tgan yillar davomida amalda sarflangan resurslar to`g`risidagi hisobot 
ma`lumotlarini o`rganish hamda bir necha yillar davomida ro`y bergan 
pasayishlarni hisoblashga asoslanuvchi statistika-tajriba usuli. 
2. Laboratoriya tajribalariga asosan yaratilgan hamda instrumentlar va 
yordamchi materiallar sarflanishi normasini aniqlashda qo`llaniluvchi –
laboratoriya 

texnikaviy usuli. 


82 
3. Yuzaga kelgan ishlab chiqarish sharoitlaridan tashqari boshqa 
korxonalarning ilg`or tajribalari va yutuqlarini ham hisobga olish imkonini 
beruvchi, moddiy resurslardan foydalanishni normalashtirishning mukammalroq 
usuli hisoblanuvchi – hisob-tahliliy usuli. 
Korxona aylanma mablag`larini normalashtirish tadbirlari ishlab chiqarish 
zahiralarini normalashtirish, shuningdek, tugallanmagan ishlab chiqarishning 
optimal kattaligi, tayyor mahsulot qoldiqlari va kelgusi davr xarajatlarini aniqlash 
bilan bog`liq vazifalarni yechishga olib keladi. 

Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish