Usmanova N. Yu. Iqtisodiyot va moliyaviy menejment


VII BOB. SANOATDA KADRLAR VA MEHNATGA HAQ TO`LASH



Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/208
Sana16.03.2022
Hajmi2,57 Mb.
#497037
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   208
Bog'liq
fayl 1668 20210827

VII BOB.
SANOATDA KADRLAR VA MEHNATGA HAQ TO`LASH
 
Reja: 
7.1. Kadrlar siyosati va uning sanoat taraqqiyotidagi roli. 
7.2. Kadrlar, ularning tarkibiy tuzilmasi. Kadrlar tanlash va uni joy-joyiga qo`yish. 
7.3. Xodimlar mehnatiga haq to`lashni tashkil etishning
asosiy tamoyillari. 
7.4. Tarif tizimi elementlari. 
7.5. Mehnatga haq to`lash shakllari.
Tayanch iboralar: 
kadrlar saloxiyati, mutaxassislik, ixtisoslik, malaka, tarif 
tizimi, tarif setkasi, tarif stavkasi, tarif malaka ma`lumotnomasi, ishbay ish haqi, 
vaqtbay ish haqi. 
 
7.1. Kadrlar siyosati va uning sanoat taraqqiyotidagi roli 
Sanoat taraqqiyotining muammolari umumiy majmuida uni xodimlar bilan 
ta`minlash masalasi, ularning manbalari, tayyorlash va qayta tayyorlash shakllarini 
hamda ulardan oqilona foydalanish masalalarini aniqlash alohida o`rin egallaydi. 
Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharotida sanoat korxona (firma) larni kadrlar (xodim-
lar) bilan ta`minlash va ulardan oqilona foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi.
 
Xodimlar (kadrlar) uzlarining bilimi va ilmi, mehnat malakasi, ishlab 
chiqarish tajribasi va ma`naviyati bilan ishlab chiqarish kuchlarining muhim unsuri 
hisoblanadi. Ular fan-texnika taraqqiyoti rivojining, mehnat unumdorligini 
oshirish, asosiy va aylanma fondlardan foydalanishni yaxshilash, mahsulot sifatini 
oshirishning va uning tannarxini pasaytirishning hamma sohalari, hamma 
tomonlarining samaradorligini belgilaydilar. 
Shu sababli ham «Hamma ishlarni kadrlar hal qiladi» - degan mashhur qoida 
hozirgi kunda ham aslo o`z dolzarbligini yo`qotgani yo`q. Aksincha bu asosiy fikr 
Respublika Prezidentining asarlari, ma`ruzalari va suhbatlarida qayta-qayta tilga 
olinmoqda.


93 
Zamonaviy 
korxonalar 
faoliyatida 
mehnat 
qurollari 
va 
mehnat 
predmetlaridan tashqari kadrlar ham katta ahamiyatiga ega. Aynan kadrlar ishlab 
chiqarishni boshqarib, joriy va istiqboldagi rejalashtirishni amalga oshiradilar 
hamda ishlab chiqarish vositalarini foydalanishga kiritadilar. Kadrlarning kasbiy 
malakasi qanchalik yuqori bo`lsa, korxonalarning iqtisodiy va ishlab chiqarish 
ko`rsatkichlari shunchalik yaxshi bo`ladi. 
Korxonaning «mehnat resurslari», «kadrlar», «personal» tushunchalarini, 
garchi ular o`rtasida ma`joziy ma`noda aytganda «xitoy devori» yo`q bo`lsa va ular 
kadrlar salohiyatini shakllantirish va ulardan foydalanishda bir xilda qo`llansada, 
bir-biridan farqlash lozim. Salohiyat (potentsial) tushunchasining o`zi lotin tilidan 
olingan bo`lib (potentia), imkoniyat, kuch-quvvat, yashirish imkoniyat ma`nosini 
anglatadi. Lug`at va qo`llanmalarda u mavjud va harakatga keltirilishi, ma`lum bir 
maqsadlarga erishish uchun foydalanish mumkin bo`lgan vosita, zahira, manba deb 
ko`rsatilgan. 

Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish