Usmanova N. Yu. Iqtisodiyot va moliyaviy menejment


Tarif-malaka yo`riqnomasi



Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/208
Sana16.03.2022
Hajmi2,57 Mb.
#497037
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   208
Bog'liq
fayl 1668 20210827

Tarif-malaka yo`riqnomasi
normativ hujjatlardan iborat bo`lib, ular 
yordamida ish razryadi va ishchining razryadi belgilanadi. Ularda har bir 
mutaxassislikdagi har bir razryad ishchisi nazariy va amaliy jihatdan bilishi lozim 
bo`lgan axborot mavjud bo`ladi. Mazkur ma`lumotnomalar uch bo`limdan: 
«Ishlarning ta`rif-tavsifi», «Bilish kerak» va «Ishlarga doir misollar» dan tashkil 
topadi. Ilgari, 1991 yil 1 yanvardan e`tiboran kuchga kirgan «Korxonalar va 
tadbirkorlik faoliyati to`g`risida» gi qonun joriy qilinishiga qadar, iqtisodiyotning 
barcha 
tarmoqlarida 
foydalanish 
uchun 
majburiy 
bo`lgan 
tarif-malaka 
ma`lumotnomalari, hozirgi vaqtda tavsiyaviy xususiyatga ega bo`lib, fakat ulardan 
foydalanuvchi korxona uchungina normativ hujjat hisoblanadi. Malaka razryadi 
ishchiga odatda sex yoki korxona malaka komissiyasi tomonidan beriladi.
Mehnatga haq to`lashni tashkil etish sohasidagi an`anaviy yondashuvlardan 
foydalanuvchi korxonalar xodimlar ish haqining miqdorini belgilash uchun tarif 
setkalari, tarif stavkalari va tarif-malaka ma`lumotnomalaridan foydalanadilar. 
Bunday korxonalarda boshqaruv mehnati xodimlari hisoblanuvchi xizmatchilar 


102 
uchun shtat-maosh tizimi tatbiq etiladi. Uning o`ziga xos xususiyati shtat jadvali-
ning tuzilishidan iborat bo`lib, unda muayyan korxonada mavjud bo`lgan lavozim-
lar ro`yxati, har bir lavozim bo`yicha xodimlar soni va maosh miqdori ko`rsatiladi. 
Korxonaning attestatsiya (shahodat berish) komissiyasi lavozimlarining 
malaka ma`lumotnomalaridan foydalanishi asosida attestatsiya jarayonida 
xizmatchilarga malaka toifalarini beradi. Xizmatchilar lavozimlarining malaka 
ma`lumotnomasi alohida tavsiflardan tashkil topadi. Har bir malaka tavsifi uch 
bo`limdan iborat: «Lavozim vazifalari», «Bilish kerak», «Malaka talablari». 
Tarif-malaka ma`lumotnomasi singari xizmatchilar lavozimlarining malaka 
ma`lumotnomasi tavsiyaviy xususiyatga ega bo`lib, korxonalar ulardan ixtiyoriy 
ravishda foydalanishlari, uning bo`limlariga tuzatishlar va o`zgarishlar kiritishlari 
mumkin. Xizmatchilarini attestatsiyadan o`tqazib turish davriyligini korxona 
rahbariyatining o`zi belgilaydi. 
Vazirlar Maxkamasining 1996 yil 18 martdagi «Mehnatga haq to`lashning 
yagona tarif setkasini takomillashtirish to`g`risida»gi qaroriga muvofiq mehnatga 
haq to`lashning 0 dan 22 gacha bo`lgan razryad (daraja)lari qabul qilindi, unga 
ko`ra razryadlar o`rtasidagi farq 2-2,5 baravar ko`paydi. Boshlang`ich razryadning 
550 so`m miqdori yagona tarif stavkasiga asos qilib olindi. Qo`shimcha haq va 
ustamalarning amaldagi tizimi, shuningdek, xodimlar ish haqiga qo`shiladigan 
rayon koeffitsentlari saqlab qolindi. 
Hozirgi paytda iqtisodiyot sohasida qo`llanilatgan tarif setkasi 7.1-jadvalda 
keltirilgan. 
Ko`pgina korxonalar hozirgi vaqtda an`anaviy tarif tizimi elementlari 
asosida mehnatga haq to`lashni tashkil etishning yangi, yanada samaraliroq 
usullarini izlash yo`lidan bormoqdalar. Bu ijobiy hodisa bo`lib, korxonalarga 
o`zlari qarab chiqadigan masalalarni hal qilishda mustaqillik berishning natijasidir. 
Korxonada ishlovchi barcha xodimlarning mehnatga haq to`lashni tashkil etish 
uchun umumiy tarif setkasidan foydalanish ancha keng tatbih etilmoqda. Odatda 
ishchilarga beriladigan razryadlar soni avvalgidek, ya`ni 6-8 bo`lib qolmoqda. 
Setkadagi razryadlarning eng ko`p miqdori va ularga mos keluvchi tarif 


103 
koeffitsienti muayyan korxonada ixtiyoriy ravishda belgilanishi va albatta jamoa 
shartnomasida mustahkamlab qo`yilishi lozim. 

Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish