100
Tarif tizimi
turli normativ materiallar majmuidan iborat bo`lib, ular
yordamida korxonadagi xodimlar ish haqi darajasi ularning malakasi, ishlarning
murakkabligi, mehnat
sharoitlari, korxonalarning jug`rofik joyi va boshqa tarmoq
xususiyatlariga qarab belgilanadi. Tarif tizimining asosiy elementlariga tarif
setkalari, tarif stavkalari, tarif-malaka ma`lumotnomalari,
lavozim maoshlari,
xizmatchilar lavozimlarining tarif ma`lumotnomalari, tarif stavkalariga ustama va
qo`shimcha haqlar, ish haqiga doir mintakaviy malaka koeffitsientlari kiradi.
Tarif setkalari
mehnatga haq to`lashdagi mutanosibliklarni malaka
darajasini hisobga olgan holda, belgilash uchun xizmat qiladi. U tarif
razryadlari va
ularga mos keluvchi tarif koeffitsientlari yig`indisini ifodalaydi. Tarif koeffitsienti-
ning eng past razryadi birga teng deb olinadi. Undan keyingi tarif razryadlari mos
keluvchi tarif stavkalari birinchi razryadli tarif stavkasidan necha marta katta
bo`lishini ko`rsatadi.
Kadrlar, mehnat unumdorligi va ish haqi o`zaro chambarchas bog`liq
bo`lgan tushunchalar hisoblanadi. Har bir korxonada mehnat va ish haqi bo`yicha
reja tuzilib, uning maqsadlari ishchi kuchidan foydalanishni yaxshilash zahiralarini
topish va bu asosda mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan bo`lishi lozim. Bu
rejalarga ko`ra mehnat unumdorligining o`sish sur`ati o`rtacha ish haqi suratlaridan
tezroq o`sishi lozim.
Tarif stavkasi
−
turli guruh va kategoriyadagi ishchilarning vaqt birligidagi
mehnati uchun to`lanuvchi haqning mutlaq (absolyut) o`lchamidir. Minimal tarif
stavkasi yoki birinchi razryadli stavka boshlang`ich hisoblanadi. U eng oddiy
mehnat turiga to`lanuvchi haq darajasini belgilab beradi.
Tarif stavkalari – razryadlar shkalasidan iborat bo`lib, ularning xar biriga uz
tarif koeffitsienti berilgan va xar qanday razryadning
tarif stavkasi birinchi
razryaddan necha marta ko`pligini kursatib turadi. Birinchi razryadning tarif
koeffitsienti birga tengdir. Razryadlar miqdori va ularga tegishli tarif koeffitsent-
larining miqdori korxonalarda tuziladigan jamoa shartnomasida belgilanadi. Jamoa
shartnomasi tarif bitimi asosida ishlab chiqiladi va xodimlar ahvolining shartnoma
shartlariga nisbatan yomonlashuvini nazarda tutmaslik lozim.
101
Tarif stavkasi –ish vaqti birligi hisobiga mehnatga haq to`lashning pul bilan
ifodalangan mutloq miqdoridir. Birinchi razryad tarif stavkasi va tarif stavkasi
asosida shundan keyingi har bir razryadning tarif stavkasi hisoblab chiqiladi.
Birinchi razryad tarif stavkasi korxonaning jamoa shartnomasi bilan belgilanadi va
bir
tomondan, uning moliyaviy imkoniyatlariga, ikkinchi tomondan, tarmoq
bitimida aks ettirilgan mehnatga haq to`lash shartlariga bog`liq bo`ladi.
Bunda u
belgilangan eng kam ish haqi darajasidan kam bo`lmasligi lozim. Tarif stavkasi
ishchilar mehnatiga haq to`lash darajasini belgilash uchun boshlang`ich miqdor
hisoblanadi, bunda korxona mehnatga haq to`lashning qanday shakllari va tizimlari
qo`llanilishini e`tiborga olmaydi.
Tanlangan vaqt birligiga
qarab tarif stavkalari soatbay, kunbay va oylik
maoshlardan iborat bo`ladi. Eng ko`p tarqalgan soatbay tarif stavkalari bo`lib, ular
asosida turli qo`shimcha haqlar hisoblab chiqiladi. Kundalik va oylik stavkalar
soatbay stavkalarni ish smenasidagi soatlar soniga va oy mobaynidagi ishlangan
o`rtacha oylik soatlar soniga ko`paytirishi yo`li bilan hisoblab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: