Usmanova N. Yu. Iqtisodiyot va moliyaviy menejment



Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/208
Sana16.03.2022
Hajmi2,57 Mb.
#497037
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   208
Bog'liq
fayl 1668 20210827

Tayanch iboralar: 
mahsulot sifati,
 
sifat ko`rsatkichlari,
 
mahsulot sifatini 
boshqarish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, attestatsiya
 
8.1. Sifat tushunchasi va uni oshirish zaruriyati 
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti ishlab chiqariladigan mahsulot sifatiga 
boshqacha printsipial talablar qo`yadi. Chunki, hozirgi zamonda har qanday 
firmaning omon qolishi, uning tovarlar va xizmatlar bozoridagi mustahkam mavqei 
raqobatbardoshlik darajasi bilan belgilanadi. O`z navbatida raqobatbardoshlik ikki 
ko`rsatkich bilan – baho va mahsulot sifatining darajasi bilan bog`liqdir. 
Ishlab chiqarishni erkinlashtirish davrida ikkinchi omil birinchi o`ringa 
ko`tarilmoqda. Chunki, sifat korxonaning obro`si va yanada gullashi hamda sifatni 
boshqarish bo`yicha ish – bu barcha xodimlar, rahbardan tortib aniq ish bajaruvchi 
uchun alfa va omegasi, ya`ni avvali va oxiridir. Shu tufayli davlatning iqtisodiy, 
shu jumladan, sanoat siyosatida sifat masalasi muhim o`rin egallaydi. Mahsulot 
sifatini oshirish – bu oqibat natijada uning miqdori, resurslarni tejash, ijtimoiy va 
shaxsiy ehtiyojlarni to`laroq qondirish masalasi hisoblanadi. Ya`ni, har qanday 
mahsulot eng yuqori texnikaviy-iqtisodiy va estetik hamda boshqa bir qator 
talablarga muvofiq kelishi, jahon bozorida raqobat qilish qobiliyatiga ega bo`lishi 
kerak. Agar sifat muammosi hal etilmasa, ijtimoiy ishlab chiqarish va aholining 
tovarlarga bo`lgan ehtiyojlarini qondirib bo`lmaydi.
Sifat nima? 


106 
Mahsulot (ish, xizmat) sifati – bu shu mahsulotning har tomondan 
foydalanishga mukammal ekanligini belgilovchi xususiyatlar yig`indisidir. 
Mahsulot sifati – bu shu mahsulotdan ma`lum maqsadda foydalanish uchun 
uning 
yaroqlilik 
darajasi, 
mahsulotning 
xalq 
xo`jaligi 
ehtiyojlarini, 
iste`molchilarning talab va didlarini qondirish qobiliyatidir. 
Sanoat mahsulotining sifati tarmoqning, korxona(firma)ning faoliyatini 
rejalashtirishda va uni aniqlashda qo`llaniladigan asosiy ko`rsatkichlardan biri 
hisoblanadi. Unda mehnatni tashkil qilish, uning jihozlanish darajasi, 
mutaxassislarning malakasi, ishlab chiqarishni boshqarishning holati ifodalanadi. 
Mahsulot sifati iqtisodiy jihatdan iste`mol qiymatining o`lchovi va foydalanish 
darajasi ko`rinishida namoyon bo`ladi. 
Mahsulot sifati iqtisodiy kategoriya bo`lib, ishlab chiqaruvchi va iste`mol-
chilarning munosabatlarini, sifatli mahsulot ishlab chiqarish, reja topshiriqlarini 
bajarish hamda mahsulotga baho belgilash bo`yicha korxonaning davlat bilan 
munosabatlarini ifoda etadi. Undan tashqari, mahsulot sifati sifatli mahsulot uchun 
moddiy rag`batlantirish va sifatsiz mahsulot ishlab chiqarilgani uchun moddiy 
javobgarlikka tortish bo`yicha korxonalar o`rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. 
Mahsulot sifati texnika taraqqiyotining sur`atlarini, mehnat unumdorligini va 
shu orqali ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ta`riflovchi iqtisodiy 
kategoriyadir. Mahsulot sifatini muntazam ravishda yaxshilash iqtisodiyotni 
rivojlantirishning zarur sharti, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, 
xalk farovonligini o`stirishni asosiy omillaridan biri bo`lib hisoblanadi.
Mahsulotning miqdori va sifati o`zaro dialektik bog`liqdir. Yuqori sifatli 
mahsulot sifatsiz tayyorlangan mahsulotga nisbatan jamiyat ehtiyojlarini yuqoriroq 
darajada qondirishga qodir. Demak, mahsulot sifatini yaxshilash ishlab chiqarish 
hajmini qo`shimcha xarajatlarsiz oshirish demakdir. Ishlab chiqarilayotgan 
mahsulot sifati va miqdorining o`zaro bog`liqligi mahsulot sifatini oshirish, 
jamiyat ehtiyojlarini to`la qondirishga imkon beradi, mamlakatimiz ishlab 
chiqaruvchi kuchlari o`sishining muhim omili bo`lib xizmat qiladi. 


107 
Sifatli mahsulot doimo o`z xaridorlariga ega. Hozirgi davrda mazkur talab 
qondirilgandagina mahsulotni dunyo bozoriga chiqarish mumkin bo`ladi. Bu esa 
o`z navbatida mamlakatga eksportdan keladigan valyuta tushumini ko`paytirish 
orqali yangi texnika va texnologiyalar sotib olish, ishlab chiqarish hajmini kengay-
tirish hamda uning samaradorligini oshirish imkonini beradi. Yuqori sifatli 
mahsulot ishlab chiqarishga va uni sotishga erishgan korxona (firma) esa o`z ishlab 
chiqarish salohiyatini yanada yuksaltirish imkoniyatiga ega bo`ladi. Bunday 
subyektlarning ko`payishi esa mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy 
omillaridan biri bo`lib hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotining taraqqiy etishi esa 
uning aholisini daromadlari va demak turmush darajasining ham yuksalishiga olib 
keladi. Natijada sifatli mahsulot va yuqori darajada ko`rsatilgan xizmatlarga talab 
ko`payadi. Ya`ni, sifatli mahsulot (taklif) o`zining sifatli iste`molchisini (talab)ni 
yaratadi. Pirovardida jamiyatda yanada yuqoriroq darajada iqtisodiy o`sish 
ta`minlanadi. 

Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish