To‘rtinchi bosqich: Mavzuga tegishli tadqiqot manbai maqsad va vazifalarini aniqlash.
Uchinchi bosqichda qayd etilgan ma’lumotlar asosida aytish mumkinki, intellekt insonlarning har tomonlama yetuk bo‘lishi, ya’ni, intellektual salohiyatli, innovatsion rivojlangan, ma’naviy yetuk bo‘lishlariga didaktik asos bo‘la olar ekan. Bu xulosaviy fikrimizni quyidagicha ifodalash ham mumkin: intellekt insonning aqliy qobilyatini o‘stiradi; insonga hayotni, atrof-muhitni ongda aynan aks ettirish va o‘zgartirishga imkoniyat yaratadi; insonning fikrlashini mukammallashtiradi; insonning o‘qitish-o‘rganish va dunyoni bilishga bo‘lgan havasi oshadi; insondagi ijtimoiy tajriba yuksaladi; insondagi turli masalalarni hal qilish, bir qarorga kelish, oqilona ish tutish, voqea-hodisalar kechishini oldindan ko‘ra bilish kabi layoqatlarni tarkib toptiradi.
Bu qayd etilgan jihatlar bo‘lajak o‘qituvchilarda bo‘lishi kerak bo‘lgan intellektual salohiyatga ham to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, bu bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga bevosita taalluqli. Bunga sabab boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari barcha fanlar asoslarini bilishi kerak, ya’ni boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari boshlang‘ich ta’limga tegishli bo‘lgan barcha fanlar bo‘yicha dars bera oladigan bo‘lishi kerak. Bu qayd etilganlarni e’tiborga olib biz tadqiqot manbaini intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlari negizida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashdagi ta’lim-tarbiya jarayoni deb belgilab oldik.
Tadqiqot maqsadi esa intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlari negizida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlari va vositalari negizida tayyorlashning didaktik imkoniyatlarini aniqlash va ular asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashning pedagogik ta’lim bosqichlarini ilmiy-metodik jihatdan asoslash;
intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlaridan negizida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashni modellashtirishning metodologik asoslarini ishlab chiqish;
intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlaridan negizida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyalaridan amaliyotda foydalanish natijalari samardaorligini aniqlash va baholash mezonini ishlab chiqish.