Ushbu yo‘nalishdagi faoliyatga e’tibor mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan



Download 0,75 Mb.
bet12/47
Sana01.04.2022
Hajmi0,75 Mb.
#523596
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   47
Bog'liq
111111111диссртатця lotin(1)

Birinchi bosqich: Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashga oid dastlabki ma’lumotlarni o‘rganish.
Bu bosqichda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashga oid Davlat me’yoriy-huquqiy hujjatlari va hozirdagi Davlat siyosati o‘rganiladi. Tabiyki, bunday hujjatlardagi va davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridagi barcha maqsad, vazifa, yo‘riqnomalar va rejalashtirilgan natijalarga o‘z-o‘zidan erishib bo‘lmaydi. Bunday muhim muammoni hal qilish uchun ta’lim muassasalaridagi va ilmiy tadqiqot institutlaridagi mutaxassis – olimlar va ijodkor o‘qituvchilarning faollik bilan yondashishlari kerak bo‘ladi. Bunda qaralayotgan jarayon kechishidagi ma’lumotlar va ular asosida tayyorlanadigan axborotlar juda muhim hisoblanadi.
Hozirgi ta’lim-tarbiya jarayoni to‘g‘risida ma’lumot olib turish judayam katta muammo tug‘dirmaydi. Bu borada Respublikamizda ommaviy axborot vositalari (Ro‘znoma, oynoma, radio, televideniya, internet va h.k.)dan har kuni turli mazmundagi axborotlarni olish mumkin. Ayniqsa, bugungi kunda “Internet” tarmog‘i xizmati ilmiy tadqiqotchilarning turli mavzular bo‘yicha yig‘ishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plashda katta imkoniyatlar yaratmoqda. Bu borada qo‘l telefoni orqali ilm-fan va texnika-texnologiyalarining eng so‘nggi yutuqlaridan foydalanish imkoniyatlari yanada kengaymoqda. Bu ta’lim mazmunini intellektuallashtirishdagi ma’lumotlarni an’anaviy ta’lim mazmuniga integratsiyalashga oid ma’lumotlarni to‘plashda juda qo‘l keladi. Bulardan tashqari Respublikamizda va xorij davlatlarda har bir soha (yo‘nalish) bo‘yicha ilmiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-ommabop manbalar bor, boy axborot-resurs markazlari ham bor. Eng asosiysi, ulardan foydalanishga hozirda keng imkoniyatlar yaratilgan.
Bu sohadagi ma’lumotlar, asosan emperik (tajribalar asosida hosil bo‘lgan), analitik (formulalar, qonuniyatlar asosida hosil bo‘lgan), fiziologik (kishi fiziologik holatlarini ifodalovchi), funksional-tajribaviy (manba orqali olinayotgan ko‘rsatkichlar orasidagi funksional bog‘lanishlarlarni ifodalovchi) ko‘rinishlarda uchrashi mumkin. Bunday ma’lumotlar asosan Yuqorida qayd etilganidek yozma manbalardan olinadi, shuningdek, tadqiqot maqsadini belgilab olish jarayonida kishilar bilan (o‘quvchi, talaba, o‘qituvchi va hakozo ijtimoiy omma) o‘tkaziladigan so‘rovlar (anketa, savolnoma va hakozo tarqatib, ularga javoblar olish) o‘tkazish jarayonida ham hosil qilinadi. Hosil qilingan ma’lumotlar turlari ham aniqlanadi. Agar ma’lumotlar sonli bo‘lsa, u holda ulardan tadqiqot keyingi qismida to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanilaveriladi. Agarda ma’lumotlar sifatiy xarakateriga ega bo‘lsa ular tadqiqot strategiyasiga qarab kodlashtiriladi.
Bu bosqich oxirida to‘plangan ma’lumotlar va ularni qayta ishlash natijalari asosida hosil bo‘lgan ma’lumotlar keyingi bosqichlarga foydalanishga mo‘ljallab axborot ko‘rinishiga keltirilib qo‘yiladi.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish