KIRISH Mavzuning dolzarbligi: xozirda ilm – fan va texnika texnologiyalarning rivojlanishi misli ko‘rilmagan darajada tezkor rivojlanmoqda va ular natijasida ro‘yobga chiqayotgan intellektual saloxiyat XXI asrni “intellektual asr”, deb atashga ham asos bo‘lmoqda. Tabiiyki, bularning asosini ilm – fan, ilm – marifat, texnika – texnologiyalar va pedagogik innovatsiyalar tashkil etadi. Shuning bilan birga ularni, ya’ni jarayonlarni (holatlarni) axborotlashtirishsiz mukammal va chuqur o‘rganib bo‘lmaydi. Bu borada axborot texnologiyalarining tezkorlik bilan rivojlanib borishi va takomillashuvi negizida uzluksiz ta’lim tizimining turli yo‘nalishlardagi muammolarining samarali echimlarini topishga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bunday imkoniyatlarni zaruriyatliligi bo‘lajak mutaxassislarni intellektual saloxiyatli, innovatsion rivojlangan, zamonaviy raqobatbardosh yetuk kadrlar qilib tayyorlashda yaqqol sezilmoqda.
Ushbu yo‘nalishdagi faoliyatga e’tibor mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Eng avvalo, bu masalaga baxtimiz qomusi bo‘lmish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda “ilm – fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida” gi O‘RQ 576 – sonli qonunlarida kuchli e’tibor qaratilgan [1.10] shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” va “O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror va farmonlari ham mamlakatimizda ilm – fan innovatsion ta’limga berilayotgan kuchli e’tibordan dalolatdir [4.6].
Tabiiyki, bunday davlat xujjatlarini amalda o‘z ijrosini taminlashi o‘ta muxim masalalardan iborat bo‘lib, bu soxaga ham Respublikamiz xukumati doimo e’tibor berib kelmoqda. Bu fikrimiz tasdig‘i sifatida quyidagi davlat xujjatlarini keltirib o‘tamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ – 2909 – sonli “ Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF – 5712 – sonli “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 – yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi va PF – 5847 – sonli “O‘zbekiston Respublikasining Oliy ta’lim tizimini 2030 – yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonlari [7.9].
Bu qayd etilgan davlat xujjatlaridagi masalalarning xal bo‘lishi bo‘lajak mutaxassislarni zamonaviy talablar asosida va eng asosiysi, jahon ta’limining zamonaviy talablariga javob bera oladigan qilib tayyorlashni amalga oshirish bilan uzviy bog‘liqdir. Bu masalaning xal etilishiga O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha xarakatlar strategiyasida ham alohida vazifa belgilangan, ya’ni “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish. Sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mexnat bozorining zamonaviy extiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim va o‘qitish sifatini baxolashninng standartlarini joriy etish” vazifasi belgilangan [3]. Demak, bo‘lajak mutaxasisslarni, ayniqsa, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘kituvchilarini intellektual kasbiy faoliyatga innovatsion rivojlangan, zamonaviy raqobatbardosh kadr qilib tayyorlash ushbu soxaning dolzarb va istiqbolli muammolaridan biri ekan.