Mavzu bo‘yicha qisqacha adabiyotlar tahlili: Bo‘lajak boshlng‘ich sinf o‘kituvchilarini intellektual faoliyatga tayyorlash muammosi bo‘yicha ham tadqiqot ishlari bilan shug‘ullangan olimlarimiz bor. Quyida ulardan bazilarining nomlarini keltiramiz: B.X. Abdullaeva, A.R. Melliboev, O‘.R. Raximov, N.O‘. Usmonov, S. Usmonov, X.A. To‘raqulov, O‘.N. Farmonov va boshqalar ishlarida boshlang‘ich ta’limga oid muammolar yechiminii topishga innavatsion yondashuvlar qilish massalalari qaralgan, o‘rganib chiqilgan ishlarda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning u yoki bu qismini ya’ni ayrim yunalishlarini intellektuallashtirishga erishilgan. Ammo aynan intellektuallashtirilgan o‘qitish vositalari va tizimlari negizida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini takomillashtirishga asoslangan mukammal tadqiqot ishi uchramadi va bu sohadagi tadqiqot ishlari jamiyat taraqiyoti darajasiga mos ravishda dolzarblik kasb etib boraveradi. Bu esa mazkur tadqiqot ishining mavzusini “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektual faoliyatga tayyorlashning pedagogik asoslari” deb belgilab olishga asos bo‘ldi.
Tadqiqotda qo‘llaniladigan uslublarning qisqacha tavsifi: bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashga qaratilgan metodlar majmui qo‘llanildi: nazariy diagnostik, prognostik va tajriba – sinov ishlari natijalari tahlili (ma’lumotlarni statistik qayta ishlash, natijalarni grafik tasvirlash) va boshqalar.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati:
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektual faoliyatga tayyorlashning algaritmik bosqichlari va ularga oid ishlab chiqilgan ilmiy- metodik taminotlar bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektual faoliyatga tayyorlashning dasturiy-metodik ta’minotini va algaritmik tizimlarini hamda interfaol o‘quv majmualarini ishlab chiqish metodikalarini ishlab chiqishga fundamental didaktik asos bo‘ladi. Intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlari negizida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektual faoliyatga tayyorlashga mo‘ljallab ishlab chiqilgan algoritmik bosqichlar va ilmiy – metodik taminotlar bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashning dasturiy – metodik ta’minotini va algoritmik tizimlari hamda interfaol o‘quv majmualarini ishlab chiqishga mustaxkam didaktik asos bo‘ldi.
Mazkur tadqiqot ishlari bo‘yicha 1 ta monografiya va 8 ta ilmiy – metodik maqolalar chop ettirilgan. Ulardan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashdagi “boshlang‘ich sinf pedagogikasi, innovatsiyalar, integratsiyalar” nomli o‘quv fanini (4 kurslarda) bo‘yicha ta’lim berishda keng foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |