Uchinchi bosqich: Tadqiqot mavzusini aniqlash va mavzuga oid muammolarning o‘rganilganlik darajasini tahlil qilish.
Ma’lumki, intellekt insonning dunyoqarashini kengaytirishdagi tafakkur qila olish qobilyati natijasi bo‘lsa, intellektual mulk insonning ijodiy aqliy faoliyat mahsulidir.
“Intellekt – (lot. intellektus – aql, idrok, zehn) – keng ma’noda: kishining voqea-hodisa mohiyatini to‘laligicha bilishicha asoslangan va u orqali namoyon bo‘ladigan faoliyat; tor ma’noda: insonning tafakkur qila olish va fikr yurita olish salohiyati nazarda tutiladi.
Intellekt atamasiga berilgan tavsifdan ko‘rinib turibdiki, u kishilardagi aql, idrok, zakovat, ma’naviy jihatdan yetuklik, innovatsion rivojlanganlik darajalarini belgilaydi, shuningdek, u kishilarning tasavvur va idrok qilishi sinchkovligi orqali jamlangan materiallar bo‘yicha bilish usullari (taqqoslash, abstraksiyalash, xulosalash va shu kabilar) yordamida asosli bilimga ega bo‘lishini ham ta’minlaydi hamda intellekt tufayli insonlar mavjud bilimlarni tanqidiy tahlil etish kobiliyatiga ham ega bo‘ldilar. Bunday natijalarga ega bo‘lgan bo‘lajak o‘qituvchilar, birinchidan, XXI asr – intellektuallashtirilgan asr”ning faol ishtirokchisi bo‘la oladi, ikkinchidan, bunday bo‘lajak o‘qituvchi intellektual salohiyatli bo‘ladi, uchinchidan, ma’naviy jihatdan yetuk bo‘ladi, to‘rtinchidan, innovatsion rivojlangan bo‘ladi va beshinchidan, bunday o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya jarayonini axborotlashtira oladi, innovatsiyalashtira oladi, modernizatsiya qila oladi va shu kabilar. Bular esa bo‘lajak mutaxassislarni intellektuallashtirilgan kasbiy faoliyatga tayyorlashni zamonaviy pedagogikada eng dolzarb muammolaridan biri ekanligini ko‘rsatadi.
Intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlari va vositalari negizida bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash borasida ham salmoqli va istiqbolli tadqiqot ishlari olib borilgan. Jumladan, B.S. Axmadaliev [16], U.sh.Begimqulov [17], O.J. Bobomurodov [91], I. Boynazarov [23], M.M. Vaxobov [24], A.V. Volosova, [25], Z. Jamoliddinov [27], V.I. Zagvyazinskiy [28], A.N. Mexaylov [36], N.A. Muslimov [41], A.T. Nurmanov [46], Q.T. Olimov [48], Z.T. Raximov [51], N.I.Tayloqov [56], sh.R. Turdiev [58], X.A. To‘raqulov [62], O.X.To‘raqulov [76], U.X. To‘raqulov [80], D. YUnusova [96], J.A.Xamidov [99], va boshqalarning tadqiqot ishlari bo‘lajak mutaxassislarni intellektuallashtirilgan kasbiy faoliyatga tayyorlash masalalari qaralgan va ulardan zamonaviy intellektual salohiyatli, innovatsion rivojlangan kadrlar tayyorlashda didaktik asos sifatida foydalanish mumkin.
Xususan, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektuallashtirilgan kasbiy faoliyatga tayyorlash muammosi bo‘yicha ham tadqiqot ishlari bilan shug‘illangan mutaxassis – olimlarimiz bor. Quyida ulardan ba’zilarining nomlarini keltiramiz: B.S.Abdullaeva [11], A.R.Meliboev [34], O‘.R. Nurjanova [45], N.X. Aripova [49], B.X.Raximov [59], N.U. Usmonov [86], S. Usmonov [87], X.A. To‘raqulov [70], O‘.N. Farmonov [90] va boshqalar ishlarida boshlang‘ich ta’limga oid muammolar yechiminii topishga innovatsion yondashuvlar qilish masalalari qaralgan. O‘rganib chiqilgan ishlarda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning u yoki bu qismini, ya’ni ayrim yo‘nalishlarini intellektuallashtirishga erishilgan. Ammo, aynan intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlari va vositalari negizida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashni takomillashtirishga asoslangan mukammal tadqiqot ishi uchramadi. Vaholanki, bunday muammolar nihoyatda keng qamrovli bo‘ladi va u tadqiqot ob’ektiga nisbatan innovatsion yondashuvni talab qiladi. Bu fikrimizga dalili sifatida quyidagi manbani keltirib o‘tish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
“AQsh psixologi F.Frimin intellektni quyidagi oltita qismda beradi:
sonli onsrauyalariga nisbatan qobiliyatlilik;
lug‘at boyligi qo‘lami;
geometrik shakllar o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqli tomonlarini ajratishga nisbatan uquvlilik;
shaxs nutqining tezligi yoki sur’ati;
shaxsning fikrlashga, mulohaza yuritishga nisbatan qobiliyati;
xotiraning mustahkamligi yoki noyob xislatliligi”
Bu manbadan ham ko‘rinib turibdiki, intellektual salohiyatli o‘qituvchi bo‘laman degan har qanday bo‘lajak mutaxassis keng qamrovli va katta hajmdagi bilimga ega bo‘lishi kerak bo‘ladi. Bunday o‘qituvchilarni tayyorlashni esa ta’lim mazmunini intellektuallashtirishlarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi va tabiyki, ular intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlari va vositalari negizida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |