Ushbu yo‘nalishdagi faoliyatga e’tibor mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan


Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektual faoliyatga tayyorlashning ilmiy – metodik ta’minoti



Download 0,75 Mb.
bet11/47
Sana01.04.2022
Hajmi0,75 Mb.
#523596
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47
Bog'liq
111111111диссртатця lotin(1)

1.2 Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektual faoliyatga tayyorlashning ilmiy – metodik ta’minoti

Ma’lumki, jamiyat taraqqiyoti o‘sha jamiyatda faolliyat yurituvchi intellektual salohiyatli va innovatsion rivojlangan ongli omma aqliy-ijodiy mehnati mahsuliga bog‘liq bo‘ladi. Bu tabiyki, bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual salohiyatiga ham bog‘liq bo‘ladi va bu o‘z navbatida ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Shuning bilan birga o‘qituvchilarning intellektual salohiyatni intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlari va vositalarisiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Shu sababli bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektuallashtirilgan kasbiy faoliyatga tayyorlashda intellektuallashtiriglan o‘qitish tizimlari va vositalaridan foydalanishni ilmiy – metodik jihatdan asoslab olishga to‘g‘ri keladi. Bu jarayonning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u ko‘p parametrli va murakkab tashkiliy – tuzilmaga ega bo‘lib, u bo‘yicha olib boriladigan faoliyatni muayyan bir algoritmik ketma – ketlikda olib borishga to‘g‘ri keladi. Bunga sabab algoritmik ketma – ketlikni amalga oshirish (belgilangan qonun-qoidani bajarish)da hech qanday ixtiyoriylikka yo‘l qo‘yilmaydi va undan muayyan yo‘nalishlarda bemalol foydalanish mumkin bo‘ladi. Shunuingdek, algoritmik ketma – ketlikning bajarilish jarayonini ma’lum bir bosqichdan keyin ayrim ko‘rsatmalar berish yo‘li bilan boshqasiga (keyingisiga) o‘tish mumkin bo‘ladi. Buning ahamiyatli tomoni shundaki, algoritmik ketma – ketlikda voqea va hodisa (manba)larda bo‘layotgan jarayonlar kechishining qat’iy mantiqiy ketma– ketligini o‘rnatish mumkin bo‘ladi, uning yordamida ma’lum bir turga oid hamma masalalarni echimda (muammolarni hal qilishda) ishlatiladigan amallar tizimining muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq qoida yaratiladi.


Bunday algotirmik ketma – ketlikning ta’lim-tarbiya jarayonlaridagi ahamiyati ham beqiyos, chunki ta’lim tarbiya jarayonlarida ham qaralayotgan holatni olib borishni optimallashtirish mazkur sohaning dolzarb masalalaridan biridir, ya’ni qaralayotgan jarayonlarda bir xil rusumli (bir xil tipdagi) masalalarni hal qilishda ham qat’iy muayyan ketma – ketlik kerak bo‘ladi. Shu sababli zamonaviy pedagogikada ham ko‘plab algoritmik yondashuvlar qilinmoqda [ 16, 20, 30, 32, 36, 47, 57, 67 – 72, 88 ].
Ta’lim-tarbiya jarayonlaridagi algoritmik yondashuvlar rejalashtirilgan natijalarni qo‘lga qiritishni kafolatlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Buni quyidagi manbadan ham yaqqol anglash mumkin:
«Algoritm – pedagogik texnologiya tarkibiy bo‘laklari (modullari) o‘zaro ketma – ket joylashuvining hamda pedagogik texnologiya jarayonlarini amalga oshirishning qat’iy ketma – ketligining belgilangan
qoidasi» [101].
Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayonlari har qanday jamiyatda ham o‘ziga xos davr talablari asosida faoliyat ko‘rsatadi va u o‘sha jamiyatdagi mutaxassis-olimlar hamda o‘qituvchilar tomonidan amalga oshiriladi. Bu boradagi o‘qituvchilarni tayyorlashning o‘zi ham alohida muammo bo‘lib, uni optimal boshqarishga algoritmik yondashish jamiyat – taraqqiyotini belgilashdagi muhim ko‘rsatkichlardan biridir. Ularsiz ta’lim jarayoni kechishini optimallashtirib bo‘lmaydi, chunki ta’lim jarayoni muntazam ravishda harakatlanib turadigan dinamik tizimdir.
Demak, bo‘lajak o‘qituvchilarni zamonaviy talab asosida kasbiy faolliyatga tayyorlashni ham qat’iy algoritmik ketma-ketlik asosida olib borish maqsadida muvofiq bo‘ladi va bunda bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda qo‘yilgan maqsad, manba, belgilangan vazifalar, algoritmik yondashuv kabilar doimo bog‘liqlikda deb qaraladi.
Bunga hozirda zamonaviy pedagogik tadqiqotlarda ham keng o‘rin berilayapti [ 11-12, 14, 17, 21, 23 – 28, 33, 42 - 44 ]. Bunga sabab algoritmik yondashuv ta’lim-tarbiya jarayonining barcha bosqichlarida qo‘llanilishi mumkin.
Ushbu sohada olib borgan izlanishlarimiz natijalari bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashni intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlari negizida olib borish uchun qaralayotgan jarayonga algoritmik yondashuv qilish bosqichlarini ishlab chiqish kerakligini ko‘rsatdi [ 62 – 64 ]
Mazkur tadqiqot ishida ham intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlari negizida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashning algoritmik bosqichlarini ishlab chiqish muammosi echimi qaraladi.
Bu sohada olib borgan izlanishlarimiz natijalari qaralayotgan muammo yechiminii topishni quyidagi ketma-ketlikda olib borish maыsadga muvofik ekanligini kursatadi:

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish