Ushbu yo‘nalishdagi faoliyatga e’tibor mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan



Download 0,75 Mb.
bet13/47
Sana01.04.2022
Hajmi0,75 Mb.
#523596
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47
Bog'liq
111111111диссртатця lotin(1)

Ikkinchi bosqich: Yo‘nalishga tegishli muammolarni aniqlash.
Ma’lumki, hozirda milliy pedagogikamizda milliy ruhiyatning nozik jihatlariga kirib borish imkoniyati yaratilgan va unda dunyo bo‘yicha eng so‘nggi yutuqlarni ham hisobga olish imkoniyati yaratilgan. Ana shu sababli ham zamonaviy pedagogikamiz muntazam ravishda taraqqiy etmoqda va unga barkamol avlodni shakllantirishdek muhim vazifa qo‘yilgan. Ayni paytda barcha pedagogik tadbirlarda bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatiga tayyorganrlik jarayonining ob’ektigina emas, balki sub’ekti, ya’ni ijrochisi ham ekanligiga alohida e’tibor berilmoqda. Bu bo‘lajak mutaxassislarning mustaqil va erkin fikrlashlarini ta’minlashga keng imkoniyatlar yaratadi. Eng asosiysi, bo‘lajak mutaxassislardagi o‘z kasbiy egallashga bo‘lgan ehtiyojini va moyilligini tarkib toptirish muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Demak, zamonaviy mutaxassislarimiz uchun bilimlar yig‘indisi emas, balki zamonaviy raqobatbardosh, innovatsion rivojlangan bo‘lajak mutaxassis bosh qadriyatga aylandi. Shu sababli ham bugungi bo‘lajak zamonaviy mutaxassislarga qo‘yiladigan talab, faqatgina bilimli bo‘lish emas, balki izlanuvchan, tashabbuskor, fidoyi, intellektual salohiyatli bo‘lishlikni talab etiladi.
Bu borada zamonaviy pedagogikamiz oldida hozirda o‘z yechiminii kutayotgan qator muammolar turibdi. Ulardan ba’zilarini quyida keltirib o‘tamiz:
1. Uzluksiz ta’lim tizimidagi bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash tizim maqsadi, vazifasi va mazmunini zamonaviy ta’lim tizim va jahon ta’limi talablari asosida tubdan isloh qilishga erishish.
2. Bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash metodologiyasini tubdan isloh qilish konsepsiyasini yaratish, intellektual salohiyatli va innovatsion rivojlangan bo‘lajak mutaxassis modelini ishlab chiqish texnologiyasini yaratish.
3. Bo‘lajak mutaxassisilarni tayyorlashga kompleks yondashuv nuqtai nazaridan qarab, unda “Tizimiy yondashuv” va “Tizimiy tahlil” tadqiqot usullaridan foydalanishga oid innovatsion metod va texnologiyalarni ishlab chiqish.
4. Kasb va mehnat tarbiyasini jamiyat, zamonaviy ishlab chiqarish, ilm-fan, texnika-texnologiyalar asosida rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish.
5. Ijtimoiy va kasbiy pedagogikaning barcha sohalarini muntazam ravishda davr bilan mos holda takomillashtirib borishga erishish.
6. Zamonaviy bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashga oid barcha hatti-harakatlarni O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Qadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” va shu kabi davlat me’yoriy-huquqiy xujjatlarida qayd etilgan talablar asosida olib borish va shu kabilar.
Bu muammolar qatorini yana ko‘plab davom ettirish mumkin, chunki bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashga oid ta’lim-tarbiya jarayoni ham murakkab tuzilmaga ega bo‘lgan dinamik jarayondir. Shu sababli ushbu sohadagi ilmiy tadqiqot ishlarini uzluksiz ravishda rivojlantirib, takomillashtirib boraverish mumkin.
Bunday muammolarni hal qilishga oid ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish qaraliyotgan muammoni hal qilishga innovatsion yondashuv qilishni talab etadi. Bunga sabab innovatsion yondashuv orqali tadqiqot jarayonida ijobiy sifat o‘zgarishlariga erishib, yuqori samaradorlikni qo‘lga kiritish mumkin bo‘ladi va bunda bo‘lajak mutaxassislarni intellektual salohiyatli va innovatsion rivojlangan qilib tayyorlashda pedagogik innovatsiyalarning o‘rni va roli beqiyos. Shu sababli ham mazkur tadqiqot ishlarimizni bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashni takomillashtirishda pedagogik innovatsiyalardan foydalanish masalasini hal qilishga xam qaratdik.
Ma’lumki, bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashda pedagogik innovatsiyalardan foydalanish qaralayotgan jarayonni axborotlashtirish, modernizatsiyalashtirish optimallashtirish, intellektuallashtirish kabilar orqali hal etiladi. Ular ichida bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashni intellektuallashtirish negizida amalga oshirish istiqbolli yo‘nalishlardan biri bo‘lib hisoblanadi, chunki intellektuallashtirish yordamida axborotlashtirish, modernizatsiyalash va optimallashtirish kabi muammolarni hal etsa bo‘ladi.
Yuqoridagilarni e’tiborga olib biz qaralayotgan muammoni bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektuallashtirilgan kasbiy faoliyatga tayyorlash, deb belgilab oldik. Bunga sabab intelektuallashtirilgan o‘qitish tizimlari bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning o‘quv-metodik, dasturiy va axborotli ta’minotlarining hamda texnik ta’minotlari kabilarni o‘z ichiga oladi. Ular bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektualashtirilgan kasbiy faoliyatga tayyorlashdagi kompleks (majmuaviy) yondashuv qilishga keng imkoniyatlar yaratadi.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish