Beshinchi bosqich: Tadqiqot ob’ektidan yig‘iligan ma’lumotlarni tahlil qilish va uni sinflarga ajratish.
Tadqiqot manbaidan ma’lumotlar yig‘ishda mazkur tadqiqot ishimizning 1.2-qismida qayd etilgan quyidagi ketma-ketlikni e’tiborga oldik:
tadqiqot ob’ektini o‘rganish bo‘yicha;
tadqiqot ob’ektidagi ilmiy asoslangan tasavvurni tarkib toptirish bo‘yicha;
pedagogik tizimning yangilangan variantini tayyorlash bo‘yicha;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashga yangicha yondashuv qilish bo‘yicha;
yangilangan yondashuvdan amaliyotda foydalanish bo‘yicha. Bu ketma-ketlik bo‘yicha ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi va ular tadqiqot maqsad-vazifalarini e’tiborga olgan holda tahlil qilinib axborot ko‘rinishga keltirilib qo‘yiladi.
tahlil qilingan ma’lumotlar quyidagidek qilib tizimlarga ajratildi:
aniqlashtirish bosqichiga mos ma’lumotlar bazasi – bu bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashdagi birinchi kursga to‘g‘ri keladi;
shakllantiruvchi bosqichga mos ma’lumotlar bazasi – bu bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashdagi ikkinchi kursga to‘ri keladi;
tadqiqotchilik bosqichiga mos ma’lumotlar bazasi – bu bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchiarini tayyorlashdagi uchinchi kursga to‘g‘ri keladi;
umumlashtirish bosqichiga mos ma’lumotlar bazasi – bu bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashdagi to‘rtinchi bosqichga to‘g‘ri keladi.
Oltinchi bosqich:Tadqiqot manbai bo‘yicha olib boriladigan ilmiy tadqiqot ishiga tegishli ma’lumotlar omborini shakllantirish. Bu bosqichning vazifasi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashdagi ta’lim-tarbiya jarayoni bo‘yicha olib boriladigan ilmiy izlanishlarga tegishli ma’lumotlar negizida ma’lumotlar omborini shakllantirishdan iboratdir. Bunda axborotlar axborot resurslari va axborot tizimlarini yaratishda ma’lumotlar asosiy poydevor vazifasini bajaradi. Shu sababli ham bu ahamiyati katta bo‘ladi.
Axborotlashgan jamiyatda umumiy belgilanishdagi ma’lumotlar ombori g‘oyat muhim rol o‘ynaydi. Ma’lumotlar ombori ham noyob, tor ixtisoslashtirilgan dasturlar kabi muassasaviy qaramlikda bo‘ladi. Umumiy belgilashdagi ma’lumotlar va bilimlar omborlari ierarxik tamoyil bo‘yicha shakllartiriladi.
Ma’lumotlar omborini yo‘nalishlar bo‘yicha shakllantirganda (ular mazkur tadqiqot ishida to‘rtta) qaralayotgan soha ierarxiyasi hisobga olinadi yoki bir butun boshli tizim qaralayotgan qism tizimlarda tortib, to tizim elementlarigacha bo‘lgan ierarxiya bo‘yicha jarayon davom etadi.
Umuman olganda Yuqorida qisqacha bayyon qilingan ma’lumotlar, ma’lumotlar ombori va axborotlar haqidagi fikrlarimiz axborotlarning paydo bo‘lish jarayonini ifodalaydi.
Demak, biz axborotlashgan jamiyatga o‘tishdagi belgilar bazasidan (harflar, so‘zlar, tinish va matematik belgilar, kitoblar, ro‘znomalar, oynomalar, patentlar, turli tajriba namunalari va hakazo) axborotlar hosil bo‘lishgacha bo‘lgan bosqichni ko‘rib o‘tdik.