Ikkinchi – tasdiqlovchi bosqich: Bunda pedagogik faoliyatda muammoning holati, ommaviy va ilg‘or tajribalar o‘rganiladi. Tajriba-sinov ishining rejasi, dasturi va tajribaviy ishlanmalari tayyorlanadi. Tajriba –sinov ishini amamlga oshirish xususiyatidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan ta’lim mazmuni va uslublari bevosita ta’lim-tarbiya jarayonida sinab ko‘riladi.
Uchinchi –shakllantiruvchi bosqich: Bunda tadqiqot maqsadi va uni amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan ta’lim (tarbiya) texnologiyasi bo‘yicha tajriba-sinov ishi olib boriladi, olingan natijalar tahlil qilinadi va umumlashtiriladi. Bu bosqichda pedagogik samaradorlikni aniqlash mezonlariga aniqlashga e’tiborni kuchliroq qaratish zarur. CHunki, bir xildagi ta’lim (tarbiya) jarayonidagi pedagogik samardaorlikni aniqlash mezoni hamma yo‘nalishdagi ta’lim (tarbiya) jarayonidagi pedagogik samardaorliklarni aniqlashga to‘g‘ri kelavermaydi. Bunday hollarda tadqiqotchidan samadaorliklarni aniqlash mezonlari ichidan tadqiqot yo‘nalishi va tajriba-sinov ishiga mosini tiklash yoki tanlash uchun yuksak salohiyat talab etiladi. Bu orqali tadqiqotchi shug‘ullanayotgan yo‘nalishni rivojlantirish va takomillashtirish uchun uslubiy tavsiyalar tizimining optimal variantini tayyorlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O‘n ikkinchi bosqich:Olingan natijalar bo‘yicha pedagoik samaradorlikni aniqlash mezonlarini tahlil qilib chiqish va ular ichidan qaralayotgan mavzu uchun muvofig‘ini tanlash.
Bu bosqichning vazifasi bevosita oldingi bosqichning uzviy davomi bo‘lib, unda asosan pedagogik samaradorlikni aniqlash mezonlari bilan tadqiqotchining qanday darajada tanishligi, ularning mazmun-mohiyati hamda qanday hodisa va jarayonlar kechishini baholashda qaysi pedagogik samaradorlik mezoni samarali ekanligini baholay bilishi muhim ahamiyatga ega.
Pedagoik tadqiqotlar xususiy o‘qitish metodikasiga tegishli bo‘lganda, asosiy natijalarni miqdoriy taqqoslash mezonlari va ularning geometrik integratsiyasidan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda yaratilgan ta’lim texnologiyasi bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlari bilan nazorat guruhdagi sifat ko‘rsatkichlari taqqoslanadi, ularga miqdoriy tavsiyanomalar beriladi va shular asosida uslubiy tavsiyalar, ko‘rsatmalar ishlab chiqiladi.
Agarda pedagogik tadqiqotlar pedagogika nazariyasi va tarixiga oid bo‘lsa, kirish-chiqish anketa savollaridagi javoblar natijalari tahlili orqali pedagogik samaralar baholangani ma’qul. Bunda kirish anketa savollari muayyan yo‘nalish va tadqiqot maqsadi hamda vazifalarini e’tiborga olgan holda tuziladi. CHiqish anekta savollari esa kirish anketa savollaridagisidan yanada rivojlantirilib ularga to‘liq javob bera oladigan shaxsni tarbiyalashni hal qilinadi.
Kirish-chiqish anketa savollarni taqqoslashda ham turli mezonlar bor. Bu erda ham tadqiqotchining tadqiqot mavzusi va yo‘nalishiga mos pedagogik samaradorlikni aniqlash mezoniga mos pedagogik samaradorlikni aniqlash mezonini to‘g‘ri tanlay olish qobiliyatiga ega bo‘lishligi muhim ahamiyat kasb etaveradi.