3- bob. Pedagogik tajriba-sinov ishlari va uning natijalari pedagogik tajriba–sinov ishlari dasturi



Download 0,55 Mb.
bet1/6
Sana03.07.2022
Hajmi0,55 Mb.
#735053
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
тажриба-синов


3- BOB. PEDAGOGIK TAJRIBA-SINOV ISHLARI VA UNING NATIJALARI


3.1 . PEDAGOGIK TAJRIBA–SINOV ISHLARI DASTURI

BMIning asosiy xulosalari Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi 20 – sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida tajriba – sinovlar davrida tekshiruvdan o’tkazildi. Tajriba – sinov ishlarini o’tkazishda yuqorida keltirilgan maktabning matematika fani o’qituvchilari Tojitdinova Sanobar, Hojiyeva Feruzalar va o’quvchilari ishtirok etishdi.


Tajriba – sinov ishlarining asosiy vazifasi maktabda geometriyani o’qitish jarayonida o‘quvchilar faolligini orttiruvchi innovatsion metod va pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samaradorligini aniqlashdan iborat bo’ldi.
Olib borilayotgan tadqiqot ishining asosiy holatlarini tajriba - sinov qilish bir necha bosqichda o’tdi.
Tajriba-sinov ishlarini olib borishda quyidagi vazifalar qo’yildi:
-o’quvchilarning o’quv ko’nikmalarini shakllanganlik darajasini aniqlash -nazorat ishlarini tuzish va ularni sinash;
- o’quvchilarning o’quv ko’nikmalarini rivojlantirishda ularning o‘quv xarakatlarini faollashtiruvchi pedagogik texnologiyalar, innovatsion metodlarga asoslangan darslar loyihalarini tayyorlash;
-loyihalarni amalga oshirish uchun metodik ko’rsatmalar ishlab chiqish;
- loyihalar asosida shakllantiruvchi sinov-tajriba ishlarini o’tkazish;
- shakllantiruvchi tajriba- natijalari sifat va miqdoriy baholashni amalga oshirish.
Ushbu vazifalarni bajarish uchun kuzatish, suhbat o’tkazish, tajriba-sinov, ularni tahlil qilish, umumlashtirish kabi tadqiqot metodlari qo’llanildi.
Olib borilayotgan tadqiqot ishining asosiy holatlarini tajriba-sinovdan o’tkazish bir necha: holatni aniqlashtirish, shakllantirish, umumlashtirish bosqichlarida olib borildi.
Birinchi bosqichning asosiy maqsadi tanlangan muammoning maktabdagi holati, ya’ni o’quvchilarning o’quv ko’nikmalarini shakllantirishda foydalanilayotgan ta’lim metodlari, ularning samaradorligini aniqlashdan iborat.
Pedagogik tajriba – sinov ishlari davrida quyidagilar aniqlandi:

  • o’quvchilarning geometriyaga qiziqishlari, geometriyadan o‘quv axborotini mustaqil o‘zlashtirishlaridagi qiyinchiliklar xarakreri, geometrk masalalarning yechilishi va bunday masalalarni yechishda qo’llaniladigan matematik metodlarni o’quvchilar uchun tushunarlilik darajasi, o’quvchilarda bunday masalalarni yechish uchun zarur bo’ladigan ko’nikma va malakalarni shakillantirishda interfaol metodlardan foydalanish, o’quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakillantirish imkoniyatlari.

Tajriba – sinov ishlarining birinchi bosqichi izlanish xarakterida bo’ldi. Bu bosqichda geometriya darslarida o‘quvchilar o‘quv-biluv faoliyatini faollashtirish imkoniyatlari mufassal o’rganildi. Bunda:

  1. O’quvchilarda geometrik o‘quv ko’nikmalarni shakillantirish borasida uchraydigan kamchiliklar aniqlandi.

  2. Umumiy o’rta ta’lim maktablari geometriya darslarida o‘qitishning innovatsion metodlaridan foydalanish imkoniyatlari aniqlandi.

  3. O‘quvchi shaxsini rivojlantirish, ichki imkoniyatlarini namoyon qilish, mustaqil yangi o‘quv axborotini o‘zlashtirisda modulli darslardan foydalanildi.

  4. O‘quvchilarni o‘quv ko‘nikmalarini rivojlantirishda interfaol metodlar, o‘yin elementlaridan foydalanish orqali o‘quv xarakatlari faollashtirildi.

Shu munosabat bilan harakatdagi darsliklar va o’quv qo’llanmalardagi geometriya mazmuni tahlil qilindi. O’quvchilar shaxsini shakillantirish va rivojlantirishda pedagogic texnologiyalarning o’ziga xos xususiyatlariga doir psixologik – pedagogik adabiyotlar o’rganildi.
Yuqorida keltirilgan dastlabki ishlar davomida tajriba – sinov ishlarini tashkil qilishning ilmiy asoslari aniqlab olindi. Tajriba – sinov ishlarining birinchi bosqichi davomida geometriyaning ayrim mavzulariga tegishli o’quv-uslubiy materiallari tayyorlandi.
Pedagogik tajriba – sinov ishlarining 2- bosqichning asosiy maqsadi ishlab chiqilgan geometriyadan innovatsion dars loyihalarini ta’lim jarayoniga joriy etish va ularning o’quvchilar matematik tayyorgarligiga ta’siri, o’quvchilarda geometriyani o’rganishga qiziqish ortirishi, umuman o’quvchilarda geometrik bilimlar shakillanganlik darajasi kabilardan iborat bo’ldi.
Geometriya darslarida quyidagi o‘quvchilar o‘quv xarakatlarini faollashtirish imkoniyatini beruvchi metodik ishlanmalardan foydalandik.
DARS DAVOMIDA O‘QUVCHILAR FAOLLIGINI ORTTIRUVCHI METODLARGA NAMUNALAR:
Aqliy hujum. Aqliy hujum muammolarni hal qilishda keng qo’llaniladigan samarali metoddir. U o’quvchilarni mustaqil fikrlashga, o’z tasavvurlari va ijodlaridan foydalanishga undaydi. Aqliy hujum metodidan darsning uchala bosqichida ham foydalanish mumkin.
Geometriyadan aqliy hujum savollari:

  1. Uchburchak nima?

  2. Kvadratning p=120 sm . Tomonini toping?

  3. To’g’ri chiziq bilan kesmaning farqi nimada?

  4. 5 ta o’zbek matematik olimlarning nomlarini to’liq ayting?

  5. Matematika so’zi qaysi tildan olingan va uning lug’aviy ma’nosini ayting?

  6. Uchburchakning yizi nimaga teng?(s=1/2 a*b)

  7. Kvadratning S=625 sm2 a-? (25)

  8. Burchakni o’lchaydigan asbobning nomi nima?(sirkul)

  9. Doira bilan aylananing farqi nimada?(s,c)

  10. 5 ta geometrik figuralarning nomlarini ayting?

  11. To’rtburchakning yizi nimaga teng?(s=ab)

  12. Geometriya necha qismdan iborat va qaysilar? (2,planimetriya, steriometriya)

  13.  ?

  14. Doiraning yizi nimaga teng?

  15. Sinx burchak ta’rifini ayting?

  16. Aksioma nima?

  17. Modul nima?(masofa)

  18. Cosx ta’rifini ayting?

  19. Geometriya atamasining lug’aviy ma’nosi nima?

  20. Uchburchak ichki burchaklar yig’indisi necha gradus?

  21. Uchurchakni tomoniga va burchagiga qarab nomlang?

  22. Aylana nima?

Boshqotirma. Bu keng tarqalgan metod hisoblanadi. Aslini olsak bu ham savol-javob metodi, lekin bunda savol og'zaki berilsa javob yozma doska yoki daftariga yoziladi. So’zlar kichkina-kichkina chizilgan to’rtburchaklarda yoziladi. Boshqotirmadan o’tgan mavzuni so’rashda, yangi mavzuning "mavzusini" keltirib chiqarishda, darsni mustahkamlash maqsadida keng foydalanish mumkin.




Chaynvord.

  1. Aylana bilan chegaralangan tekislik bo’lagi.

  2. Grekcha harf.

  3. Amallar natijasi.

  4. Sonlar, ularning xossalari va ular ustida amallar to’g`risidagi fan.

  5. Mashhur grek olimi.

  6. Eng katta vatar.

  7. Parallelogramm xususiy ko’rinishlaridan biri.

  8. Burchakni teng ikkiga bo’luvchi to’g`ri chiziq.

  9. Algebraik munosabat.

  1. To’rtburchakning bir turi.

  2. Atom tarkibidan biri.

  3. Koordinat o’qlaridan biri.

  4. Isbotsiz qabul qilinadigan haqiqat.

  5. Uzgaruvchan miqdor.

  6. Astronomik asbob.

  7. Gipotenuzaning kvadrati katetlar kvadratlarining yig`indisiga tengligini topgan matematik.

  8. Oddiy mexanizm.

  9. Funkstiyani koordinatalar sistemasidagi tasviri.

  10. Geometrik jism.

  11. Ikki xonali son.

  12. Ingliz olimi.

  13. Isbotli teorema isbotidan bevosita kelib chiqadigan teorema.

  14. Koordinat o’qlaridan biri.

  15. Tok kuchi birligi.

  16. Aylananing elementi.

  17. Vaqt o’lchov birligi.

  18. Fransuz matematigi.



Konsepsual jadval.Bu jadvalni to`ldirish uchun tanlangan mavzuning 3 ta xususiyati yoritiladi.



Mavzu



Matematika tilida yozilishi

Geometrik tasvirlanishi

Musbat son

a>0, (0; +∞)

0

Manfiy son

a<0, (-∞;0)



Son o`qi

(-∞; +∞)



Nomanfiy son

,[0; +∞)



To`g`ri burchak





O`tkir burchak





O`tmas burchak





Vertical burchak





Qo`shni burchak





Yoyiq burchak









“Aqlli poezd” o‘yini.
2 guruh o’quvchilar ham sinf doskasi yoniga taklif kilinadi va birinchi o’quvchi qo’liga yumshoq o’yinchoq beriladi, u bitta so’z aytib , 2-o’quvchiga o’yinchoqni yuboradi.
Ma’nodosh so’z aytolmagan o’quvchi o’yindan chiqariladi va uning qo’liga jarima kartochkasi beriladi. To’g’ri javob bergan o’quvchi «Bilimlar saltanati»ga etib keladi va g’olib bo’ladi.
1-o’quvchi: uchburchak
2-o’quvchi: to`g`ri burchakli, o`tmas burchakli, o’tkir burchakli
3-o’quvchi: to`rtburchak
4-o’quvchi: to`g`ri to`rtburchak, kvadrat, parallelogram, romb, trapesiya
5-o’quvchi: burchak
6-o’quvchi: to`g`ri burchak, o`tkir burchak, o`tmas burchak, yoyiq burchak, vertikal burchak qo`shni burchak
7-o’quvchi: chiziq
8-o’quvchi : to`g`ri chiziq, egri chiziq, parallel chiziq,
perpedikulyar chiziq, ayqash chiziq
G’olib o’quvchiga rag’bat kartochkasi beriladi.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish