3- bob. Pedagogik tajriba-sinov ishlari va uning natijalari pedagogik tajriba–sinov ishlari dasturi



Download 0,55 Mb.
bet6/6
Sana03.07.2022
Hajmi0,55 Mb.
#735053
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
тажриба-синов

3- bob bo’yicha xulosa

Tajriba-sinov natijalarining tahlili quyidagi xulosalar chiqarishga imkon berdi:



  1. Geometriya darslarini loyihalashtirish va amalga oshirishda o‘quvchilarning o‘quv ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun ularning o‘quv faoliyatini faollashyiruvchi metodlar va pedagogik texnologiyalardan foydalanish o’quvchilarning geometriya darslariga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi, bilimlar darajasini ko‘taradi, har bir o‘quvchi shaxsi ichki imkoniyatlarini ishga solib, musobaqa ruhidagi vaziyatlarda o‘z bilim va qobiliyatlarini namoyon etish shart-sharoitlarini yaratadi hamda geometriyani o‘zlashtirish sifatini orttiradi.

  2. O’quvchilarning o’zlashtirish darajalari bilan o’quv ko’nikmalarining faol o‘qitish va o‘rganish metodlari orqali shakllanganligi o’zaro uzviy bog‘liq, o’quvchilarning o’quv ko’nikmalarini shakllantirish ularning bo’sh o’zlashtirishining oldini olishning muhim sharti degan holatni ilgari surishga imkon yaratdi.

  3. O’quvchilarni innovatsion muhitda bilim olishga o’rgatish maqsadida quyidagi o’quv ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish maqsadga muvofiq bo’ladi:

- o’qituvchi qo’ygan o’quv vazifani tushunish;
- uy vazifasini bajara olish;
- darslik bilan ishlash;
- o’z-o’zini nazorat qilish;
-nutq madaniyatini rivojlantirish.
XULOSALAR

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida geometriya darslarini o’quvchilarda umumo‘quv ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatini yaratuvchi o‘quvchilar o‘quv faoliyatini faollashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish muammosini tadqiq etish matematika o’qitish metodlari va mazmunini, psixologiya, pedagogikaga oid zamonaviy adabiyotlarni tahlil qilish, maktab amaliyotini o’rganish va umumlashtirish hamda tadqiqotchining shaxsiy o’qitish tajribasiga suyangan holda hal qilindi.


Olib borilgan tadqiqot ishlarimiz maktab matematika ta’limi samaradorligini oshirishning asosiy yo’nalishlarini ajratib olishga hamda ta’lim, tarbiya nazariyasi va metodikasining muayyan holatlarini rivojlantirishga zamin yaratuvchi quyidagi xulosalarni chiqarishga imkon berdi:

  1. Uzluksiz ta’lim tizimi, jumladan maktab ta’limini rivojlantirishda davlat va jamiyat siyosatini Prezidentimiz I.A.Karimovning “Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog‘lom o‘sishi, balki ularning eng zamonaviy intelektual bilimlarga ega bo‘lgan, uyg‘un rivojlangan insonlar bo‘lib, XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz” , degan fikrlari bilan qisqacha ifodalash mumkin.

  2. O‘quvchilarda o‘quv ko’nikmalarni rivojlantirish ta’lim mazmunining muhim va ajralmas komponenti bo‘lib, u o‘zida o‘quvchining o‘quv mehnatini tashkil etadigan bilimlar tizimini mujassamlashtiradi. O‘quv ko’nikmalarni rivojlantirish o’quvchi shaxsining mustaqil faoliyatini tashkil qilishga, uning ta’lim olishga bo‘lgan munosabatining keskin o‘zgarishiga imkon yaratadi.

2. O‘tkazilgan tajribalar asosida maktab geometriya darslarida o‘quvchida o‘quv ko‘nikmalarni rivojlantirishda ta’limning zamonaviy metod va vositalariga etarli o‘rin ajratilmaganligi o‘quvchilarning geometriyadan bilimlari darajasining pasayishi, mustaqil faoliyatlarining rivojlanmaganligiga sabab bo‘layotganligi aniqlandi.
3. O‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari geometriyani o‘qitish jarayoniga aniq fanlarni o‘qitishning ilg‘or tajribalarini ijodiy joriy etish ta’lim samaradorligini ta’minlash vazifalaridan biriga aylanishi zarurligini tasdiqladi.
4. O‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatlarini faollashtiruvchi innovatsion metodlar mazmuni aniqlashtirildi.
5. Maktab geometriya darsalarining mavzusi, mazmuni, maqsadiga mos pedagogik texnologiyalar xususiyatlari ularning o‘quvchilar ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni va imkoniyatlari aniqlandi va foydalanildi.
6. Ishlab chiqilgan dars loyihalari o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga, o‘quv biluv imkoniyatlariga mos kelishi sinovdan o‘tkazildi.
7. O‘quvchilar o‘quv ko‘nikmalarining rivojlanishiga imkon beruvchi interfaol metodlar, modulli dasturlar uchun tanlangan o‘quv topshiriqlarining asosiy qismi o‘quvchilarni zo‘riqtirmaslik maqsadida darslikdan olindi.
8. O‘tkazilgan tajriba-sinov jarayonida o‘quvchilarda geometrik bilim va ko‘nikmalarning shakllanganlik darajasi bilan bilimlarni o‘zlashtirishdagi o‘quvchilarning faolliklari orasida bevosita bog‘liqlik mavjudligi aniqlandi.
9. Geometriya darslarida pedagogik texnologiyalarning o‘quv materiali mazmuni, hajmi, murakkablik darajasi, o‘quvchilarning psixologik, fiziologik va shaxsiy xususiyatlariga qarab tanlanishi, mustaqil ta’lim imkoniyatlariga asosiy e’tiborni qaratish ular tomonidan o‘quv materiallarini puxta o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.
10. Tajriba-sinov natijalarining ishonchliligi matematik tahlil metodi bilan tekshirildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish