5
|
4
|
3
|
2
|
5
|
4
|
3
|
2
|
7 sinf
|
4
|
12
|
13
|
4
|
2
|
7
|
12
|
11
|
Тaжрибa охиридa олингaн нaтижaлaр бўйичa ўртача ўзлаштириш:
Caмaрaдорлик коэффициенти
3-va 4- jadvallardagi ma’lumotlar tasdiqlab turibdiki geometriya darslarida o‘quvchilarning o‘quv ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda o‘quvchilar o‘quv faoliyatlarini faollashtiruvchi, to‘la mustaqillik sharoitida yangi o‘quv axborotini o‘zlashtirish, o‘zaro muloqotga kirishish, o‘quv xarakatlari tezligi, to‘g‘riligini ta’minlovchi innovatsion ta’lim metodlari, jumladan, o‘yin texnologiyasi, modulli o‘qitish, interfaol metodlardan foydalanish o’quvchilar geometrik bilimlarining sifatiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari o’quvchilarning geometriya darslariga qiziqishlarining, bir-birlari bilan musobaqalashish, bir-birlarini yoki o‘zlarini baholash, darsda o‘quv topshiriqlarini tez va to‘g‘ri bajarishga intilish, masalalarni yechish algoritmlariga aniq rioya qilish, o‘zaro yordam, fikr almashish, maslahatlashish kabi o‘quv xarakatlaridagi faollikning ortisida o’quvchilarning umumiy aqliy rivojlanishlariga ta’sir qilishi kuzatildi.
Olingan natijalar matematik statistik metodlar asosida tekshirib ko’rildi. Bunda quyidagi gipotezalarning rostligi yoki inkor etilishi sinab ko’rdik:
a) o’quvchilarning geometriya fani bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarining egallanganligi;
b) o‘quvchilarda o‘quv ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda o‘qitishning interfaol metodlari, ta’lim texnologiyalarining geometriya mavzulari, o‘quvchilar yosh xususiyatlariga mos holda tanlanganligi;
c) xulosaning rostligini tekshirish uchun geometrya o’quv dasturi materiallarini o’zlashtirishning o’rtachasi olindi.
Tajriba guruhlari va nazorat guruhlaridagi o’quvchilarning materiallarni o’zlashtirganligining o’rtacha ko’rsatkich darajalari taqqoslandi.
Tajriba – sinov guruhida o’sish tendentsiyasi 3,09 dan 3,54 gacha ko’tarilgan, nazorat guruhidagi tendensiyada esa o’sish ko’rsatgichi quyidagicha 3,01 dan 3,1 gacha ko’tarilgan.
Shunday qilib, geometriya darslarini pedagogic texnologiyalar asosida tashkil etish bo’yicha olib borilgan izlanishlar shuni ko’rsatadiki, bunday innovatsion darslar o’quvchilar faolligini orttirib geometriya ta’limi samaradorligiga ijobiy ta’sir etadi. Geomeriyani o’qitish jarayoniga bunday metodlarni kiritish o’quvchilarning bilimlarini kengaytirishga va chuqurlashtirishga imkon yaratadi, ularning matematik tayyorgarlik darajasini oshiradi. Bu esa tadqiqotimizning ilmiy farazini tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |