Ha, orzuga ayb yo’q, to’siqlar ham
Hayot kutilmagan tuhfalari va takliflari bilan insonlarni sinaydi. Baxtni his qilish, haqiqatni anglash uchun vaqt kerakligining hikmati shunda.
TAKRORLANGAN IMTIHON
Imtihonlar tugab, oxirgi «5» sinov daftarchamga qo’ngan, yelkamdan tog’ ag’darilgan. Xushkayfiyatda universitet hovlisida turarkanman meni fakultet dekani chqarayotganini eshitib, shoshib qoldim. Xonasiga kirganimda doim qosh – qovog’ini uyib yuradigan dekanimiz kaminani favqullodda pchiq chehra bilan qarshi oldi. Hatto, o’tirish uchun o’rindiqni ko’rsatdi. Qiziq?!
-O’qituvchilar sizni juda maqatshdi. Shuncha ilim bilan o’qishga kech kirganingiz qiziq, - dedi u sinivchan boqib.
- Naq besh yil oldin shu universitet tomidan yiqilganman, - hazil aralash javob qildim.
- Demak, ancha tayyorlangansi, Endi besh yillik tajribaga ega abituriyentning bilimlari bekor ketmasligi kerak, vaqtida foydalanish lozim, - u stolini chertdi.
Boshimda orzuga cho’milgan hayollar aylana boshladi. Menga biror ish taklif qilmoqchi shekilli. Lekin dekan bildirgan taklifni ish deb bo’lmasdi. Bu g’irt ko’zbo’yamachilik!
… Behx yil oldin litseyni tugatayotganimda hamma meni o’qishga, albatta, kiradi, derdi. Matematika fanini o’zlashtirishga qiynalayotgan tengdoshlarimga dars ham o’tardim. Bu bilan bilimim mustahkamlanib borardi. Hujjat topshirish uchun poytaxtga bir guruh o’quvchilar repetitorimiz boshchiligida keldik.
-G’afur, juda baland dorga osilgansan, - ustozim meni bir kunoi qayg’urish asnosida ogahlantirdi. – Birinchi yil o’qishga kirishing kerak, shuning uchun nimadir qilish shart.
Imtihon oldida ming bilimingizga ishonmang, hasga ham, cho’pga ham yopishasiz. Buni abituriyentlar yaxshi tushunishadi. Men ham boshqa kursdoshlarim kabi o’qituvchimiz topib kelgan «shpargalka»dan foydalanishga ko’ndim.
Imtihon kuni esa yil davomida to’plagan bilimlarimni sinovdan o’tkazishimga fursat ham bo’lmadi. Boshlanishi bilan qo’lga tushdim. Bizga tayinlangan nazoratchi qattiqqo’l ekan, test savollari varaqasini olib qo’ydi – o’qishdan yiqildim.
Alam ustida to’rt yil o’qishga topshimadim. O’qituvchim bizni chalg’itganidan jahlim qattiq chiqqandi. Beshinchi yil singlimni o’qishga tayyorlash asnosida darsliklar, testlarga ko’z yugurtirdim. Singlim «Agar senga boshingni qotirmasdan o’qishg akirish yo;lini taklif qilishsa, rozi bo’larmiding?» degan savolimga yo’q deya qat’iy javob bergach, adolatsizlikka rozi bo’lib, o’zim xatoga yo’l qo’yganimni tushunib yetdim.
Bugun dekanimiz «Abituriyent bo’lib imtihonda qatnashasan» degani men uchun sinovli taklif edi. Qani, pul uchun nohaqlikka rozimisan degan taklifning taqdiri. Albatta, YO’Q!
TO’RTINCHI QIZ
Men o’zimni uchayotgandek his qildim. Yo’q qo’llarim qanotga aylanmagan, qizim qanotim bo’lib qolgan.
-Buncha aqlli qiz bo’lmasa, ismi nima ekan?
- Robiya, - qizalog’imni bag’rimga tortdim.
- To’rtinchi qizingizmi? – ayol qo’llarini biz tomon uzatib, qizimning yuzlaridan silab qo’ydi.
- Ha, to’rtinchi, deya aqlliginamning sochlarini siladim.
Robiyaga homiladorligimdayam qaynonam shu shifoxonada davolanayotgandi. O’shanda Robiya ismli hamshiraga mehri tushgandi. Bir kuni ko’rgani kelsam, uni maqtay ketdi.
-Qiz chaqaloq tug’ilsa, Robiya qo’yamiz ismini, - dedi havasmand qaynonam.
Indamay qoldim, ammo qaynonam xafa bo’lganimni sezmadi. U Robiyaxonnning qo’li yengil hamshiraligi, har doim kattayu kichikka yordam berishi, katta yoshlilarni o’z onasidek parvarishlashi haqida tinmay gapirishda davom etardi.
Men o’g’il kutayotgandim. Ichimdagi xavotir tufayli UZI ga tushishga shoshilmayotgandim.
Oy kunim yetib, doyalar «Holva muborak» deganida qaynonamni yomon ko’rib ketdim.
-O’shanda gapingizga farishtalar omin degan ekan, - dedim tug’ruqxonaga shir guruch pishirib kelgan qaynonam ahvolimni so’rashi bilan.
- Qizimiz Robiya ham hammaning mehrini qozona oladigan, siz bilan o’g’limga rahmat olib keladigan farzand bo’lsin, - deya u kishi chaqaloqni qo’llariga oldi.
Tug’ruqdan keyin ancha payt tushkun holatda yurdim. To’qqiz oy kutganim o’g’il farzand emasligi meni o’ksitardi. Bora – bora erimni «Bizni jannatiy qiladi qizlarimiz», deya bolalarimizni erkalashlar, chaqaloq va uning atrofida parvona qizaloqlarimning shirin qiliqlari tushkunlikni bulutdek tarqatdi.
Bugun qaynonamning shifoxanadan chiqishini kutib o’tirar ekanmiz, to’rt yashar qizimiz ukasi o’yinqaroqlik bilan otib yuborgan yaltiroq qog’ozlarni yig’ib, chiqndi chelakka tashlab keldi.
-Odobi o’zidek chiroyli ekan, - yoshi kattaroq ayol shunday deyya suhbatga qo’shildi – yu Robiyani duo qildi.
Hayotimizda sodir bo’ladigan har bir voqeada hikmat bor. Ammo hamisha ham bu haqiqatni anglayvermaymiz. Chunki gohida shukrni, mulohaza qilishni, sabrni, bosiqlikni unutib qo’yamiz. Avvalo, taqdiringizdan minnatdor bo’ling, shunda har bir kuningzi yorqin lahzalarga boy bo’ladi.
BAXT O’QITUVCHISI
Asablarim juda charchagan, biror ish qilgim yo’q edi. Oddiy ishchidan savdo menedjeri lavozimigacha ko’tarilgandim, Maoshim ham shunga yarasha edi. Jamoada yaxshigina nufuzga erishgan bir paytimda oyog’imdan chalishdi. Tag’in o’z hamkasim, dugonam. Men imzo chekkan hujjatlarda yozilgan pullarni cho’ntakka urib, g’oyib bo’ldi, to u topilguncha aybsizligimni isbotlay olmadim. Eng yomoni, erim va qayonam oldida yuzim shuvut bo’ldi.
-Uyda o’tiraverasizmi, nimadir qiling, - qaynonam mehmon kelganida shu gapni takrorlashdan charchamasdi, men erim ishlashimga ruxsat bermasa, nima qilishim mumkinligini hayolimga ham keltira olmasdim.
Bir gal qaynonam ortiqcha gap – so’zsiz oldimga bir to’p ipni tashladi. To’qishni boshlarkanman. Umrimda igna – ip tutib, biror narsa tikkan ayolmasman qaynonamning qistovi bilan to’qishni o’rgansam deng. Qarasam, asablarim tinchlanayapti, bir – ikki so’m ham topa boshladim. Avval bolalarga kiyim – kechaklar, so’ng qaynonam tengilarga ro’mollar to’qidim. Bora – bora qo’g’irchoq to’qishga oshtiyoqim tushdi.
-Qo’g’irchoqlaringizni kim oladi? Kiyim to’qisangiz, pul qilardingiz, - qo’shnim shuncha mehnatimga achinib gapirdi.
- Bilamadim, lekin o’zimga shu ish yoqayapti, - dedim.
Uning hayron qolgani tabiiy. Axir avvaldan foyda kelmaydigan joyga qadam tashlamasligimni bilardi – da.
Qizimning qiziqishi ustunlik qilib qo’g’irchoqlarimni suratga olib, mening maqtanchoqlik bilan ijtimoiy tarmoqqa joylashim – yaxshigina biznesga asos bo’lishi- ni o’shanda qo’shni ayol ham, men ham hayolimga keltirmagandik.
XALOSKOR
Nafaqaga chiqadigan bo’libman. Ha, o’zim ham keksayganimni sezib yuribman. Oldingi chaqqon harakatlar yo’q, sal qadam tashlashni tezlatsam, nafas olishga qiynalib qolayapman. Lekin baribir ishdan ketishimni o’ylasam, siqlaypman. Ayolim har kuni bir gapni takrorlaydi:
-Nafaqaga chiqa qolsangiz, mundoq nevaralarga siz qarardingiz.
Nevaralarim biram shirin, o’ziga yarasha to’polonchi. Har kuni ishdan iular yoniga oshiqsam ham, baribir shuncha yil ishlagan joyingizdan ketar chog’I boshqacha bo’lib qolarkansiz.
-Shu xayrlashuv tadbiri shartmasdi, - dedim kadrlar bo’limi boshlig’iga ishxonamizning eng katta xonalsiga yo’l olarkanmiz.
- Voy, nega shartmas bo’larkan? Barcha hamkasblar sizni kutib turishibdi. Ko’ngilni cho’ktirmang. Xurmat topdingiz, qancha insonlarni xonadonlarini asrab qoldingiz! – dedi u ruhimni ko’tarish maqsadida.
Xanoga kirsam, hamkasblarim tizilib turishibdi. Ular ichida yoshlar ko’p biri ukamdek, biri o’g’limdek bo’lib qolgan. Rahbarimiz qo’lidagi guldastani tutqazib, «Bu kelinoyimga» dedi – da, keyin «Buni sizga», deya to’n kiydirb qo’ydi. Biz – o’t o’chiruvchilar orasida biror ayol kishi yo’q. Qo’lida chiroyli gulqog’ozga o’rog’liq sovg’ani ko’tarib turgan qizni shu sababdan taniy olmadim.
-Bu qizni tanidingizmi? – deb rahbarimiz notanish mehmonni yonimizga chorladi.
- Yo’q, nahot o’t o’chiruvchi qiz kelgan bo’lsa ishxonamizga? – dedim.
- Bu qiz o’t o’chiruvchi emas, ammo sizdek insonlar hayotini asrab qolish yo’lida xizmat qiluvchilardan – shifokor!
- Meni bolaligimda uyimiz yonib ketganida qutqarib qolgan edingiz, - qiz shunday deya hayajon bilan so’zlardi.
Ko’zlarim yoshlanib ketdi. Yzida xoli bor qizaloqni esladim. Olov ichida qolgan uyda, karavot ostida yashirinib yotgan qizaloq mening birinchi bor qutqargan insonim edi.
-Taqdirni qarang, o’tgan hafta sizl=ni izlab kelgan ekan, biz bugun tadbirda qatnashishni taklif qildik, - dedi kadrlar bo’limi boshlig’i.
Butum faoliyatim ko’z o’ngimdan o’tib, hamkasblarimga minnatdorchilik bildira olmay hayajonlandim. Axir ular ham qutqaruvchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |