Ushbu kitobdan joy olgan hikoyalar


Birovning tashqi ko’rinishini baholashga shoshmang



Download 126,15 Kb.
bet32/36
Sana12.05.2020
Hajmi126,15 Kb.
#49343
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
QATRALAR

Birovning tashqi ko’rinishini baholashga shoshmang.

Odamlar insoniy fazilatlarni har qanday manfaatlardan ustuvor qo’yish, bir – biriga beminnat yordam ko’rsatish kabilarni unutib qo’yishmasa, bu zaminda hayot davom etaveradi…

JARROH


Kech soat o’n birlarda jarrohning telefoni jiringladi.

-Allo, eshitaman sizni, - u ko’ngliga qil sig’mayotgan bo’lsa – da, qo’ng’iroqqa javob berdi.

- Iltimos, shifoxonaga tez yetib keling, yoshgina bir yigitni juda og’ir ahvolda olib kelishdi…

- Boryapman, - jarroh ertalabki kiyimlarni hali ham almashtirmagani uchun to’g’ri ko’cha eshigi tomon otildi.

U shifoxonaga kirib borarkan yelkalari cho’kib qolgankishiga duch keldi,

-Nega darrov yetib kelmadingiz? Mening o’g’lim o’lim to’shagida, o’zingizning bolangiz jon talvasasida yotganida shunday qilarmidingiz? – dedi u titrab… Keyin musht qilingan qo’llarini devorga urish bahonasida tirqirab yosh oqayotgan ko’zlarini yashirdi…

Shifokor unga javob bermadi. Jarrohlik xonasiga otildi. Avtohalokatga uchragan yigitning jonini omon saqlab qoldi. Ammo operatsiyadan chiqarkan unga imid – la tikilib turgan bemorning yaqinlari oldida boshini eggancha o’tib ketdi.

Bun iota o’zicha tushundi. Keyin o’g’lining joni omanligi, ohvoli joyidagiligini eshitib hayron qoldi.

-Juda sovuqqon jarroh ekan, bir og’iz ko’nglimni ko’tarib qo’ysa bo’lardi…

- U sovuqqan emas, bugun ertalab o’g’li avtohalokatga uchrab, o’sha ondayoq jon bergan… - dedi bosh jarroh yordamchisi qayg’uga cho’kib.

ASKAR KUNDALIGIDAN

O’shanda qattiq yaralandim. Ko’z oldim tinib ketayapti, quloqlarim tom bitgan. Og’riq va atrofimdagi portlagan bombalarninig hovuridan tanam olov bo’lib yonayapti. Hayotga vidolar ayta boshladim. Meni bu jaholat tutuniga cho’mgan maydondan kim ham olib chiqardi? Hammaga o’zining joni shirin…

Hushimdan keta boshlaganimda kimdir meni mast ko’tardi. Chekkaroqqa olib chiqib, daraxtga suyadi. Keyin og’zimga suv tomizdi. Hatto, yaramni ham bog’ladi. U bir so’z demadimi yo men gap eshitadigan ahvolda amasligim sabab shunday tuyildimi, bilamdim. Qolaversa, yuzini ham ko’rolmadim – xullas, kimligi noma’lumligicha qoldi. Bir soatlardan so’ng harbiy shifoxonada ko’zimni ochdim. Avvalo jang maydonidagi yordam sabab hayotim asrab qolindi. Xaloskorlim kimligini esa yaralangan ko’ksimga bog’langan dushman tomon kiyimining yengi aytib turardi. Ha, urush razolatga botgan odamlarning manfaatlari yo’lida insonlarning bir – biriga qarshi qurol ko’tarishga majbur qiladi… Urushning dahshati ham shunda.

QUTQARUVCHI

Oilaviy dam olish uchun toqqa jo’nagandik. Ota – onam, ayolim, bolalarim… Ishdan uch kunga ruhsat ham olgandim. Birinchi kuniyoq telefon orqali ertalab sakkizda bo’ladigan yig’ilishga yetib kelishimni aytishdi. Shu ondayoq mashinamda bir o’zim yo’lga tushdim.

Asabiylik, charchoq, kayfiyatsizlik iskanjasida shaharga kirib keldim. Bir yigitning yo’l bo’yida qo’l ko’targancha turganini uzoqdan ko’rib, to’xtadim.

-Aka, bir tanishimning to’yiga kelgandim. To’y egalariga ortiqcha tashvish bo’lmay deb, shaharga ketayapman. Iltimos, yotoqxonamga olib borib qo’ying. Faqat borgach pulni yotoqxonadan olib chiqaman, - u so’zlarini shunday dona – dona qilib aytdiki, xuddi men olib ketishga majburdek.

Gap pulida hammas, tun yarmidan oqqanda shaharning u boshidan – bu boshiga izg’ish niyatim yo’qligi sabab «Yo’lim emas, uka», deya mashina oynasini ko’tardim. Rosti, yo’lim emasdi. Uning qo’lini ko’ksiga qo’yib aytgan so’zini eshitmadim. «Mayli» yoki «uzr» degandir – da.

100 metrcha yurar – yurmay o’zimga ham noma’lum sabab bilan ortga qaytdim. Yigit xursand bo’lib mashinaga o’tirdi. Lekin kayfiyatsizligimni ko’rib, ortiqcha gapirmadi. Hartugul…

Birdan ertlabdan qornimning o’ng tomonidagi simillab turgan og’riq kuchaydi. Mashinani noiloj to’xtatdim. Og’riqdan bukchayib qoldim. Yigit darrov meni suyab orqaga o’tkazdi – yu, to’g’ri shifoxonaga haydadi. Baxtimga meshina haydashni ham bilarkan. Axir telefonimni quvvati o’lgan, yolg’iz bo’lganimda «Tez yordamni» chaqira olmasdim…

Ko’richak xuruj qilib qolgan ekan, darrov jarrohlik stoliga yotqizishdi. Yo’lovchi yigit esa operatsiyadan chiqqanimdan so’ng uydagilar bilan gaplashtirdi… Hozir notanish qutqaruvchimni qidirib, u aytgan yotoqxona tomon ketayapman…


Download 126,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish