Ushbu kitobdan joy olgan hikoyalar


Unutilmagan yaxshiliklar, uzilmagan rishtalar va vaqtida anglangan haqiqatlar ko’nglimizga xotirjamlik baxsh etadi



Download 126,15 Kb.
bet2/36
Sana12.05.2020
Hajmi126,15 Kb.
#49343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
QATRALAR

Unutilmagan yaxshiliklar, uzilmagan rishtalar va vaqtida anglangan haqiqatlar ko’nglimizga xotirjamlik baxsh etadi.

AJRIMDAN KEYIN...

Ayolim bilan ajrashdik. Ajrim oldidan kelishib oldim: aliment deb qog’ozbozlik qilib ortiqcha boshog’riq qilib o’tirmaymiz, o’zim har oy yordam berib turaman. Avvaliga yarim yil qarashdim. Bolalarning kiyim–kechagi, o’qishi degandek. Bora bora sobiq xotinimning “bolalarni o’zim boqib olaman”, deya ajrimga ariza berganini o’ylab ta’minotni kamaytirdim. Onam aytsa – farzandlarimni uyga olib kelish bilan chegaralanadigan bo’ldim. Sobiq ayolim ham indamadi, harqalay menga qarab qolgan kuni yo’qligini isbotlash uchun ham bu mavzuda so’z ochmasdi.

Bu orada umurtqamda churra borligi aniqlandi. Shifoxonaga tushib qoldim.Yonimda oltmishlardan oshgan kishi yotdi. O’g’illari navbatlashib padariga qarashardi.

- Bolangizning ko’pligi shunday paytda bilinar ekan. Siz eslolmaysiz. 90 – yillarda do’konlarda narsalar taqchil bo’lib qolganida rosa qiynalardik. Hali unisining oyog’iga etik ololmaymiz, hali bunisini davolatishga pul topa olmaymiz. O’sha kunlarni ham chidab o’tkazdik. Mana, hammasi yo’lni topib, qanotimga kirishdi, - dedi otaxon.

Shu kech uxlay olmadim. Mening bolalarim – chi? Ular hali kichkina, operatsiya bo’lganimdan ham bexabarlar. Ammo men – chi? Men ularga mehr tugul hech narsaga zoriqmasliklari uchun yordam ham bermayapman – ku!

Shifoxonadan chiqqan kunimoq bolalarni uyga olib keldim. Onasi bilan yarashish imkoni yo’q, biroq farzandlarim bilan ota-bola munosabatlarini saqlab qolish o’z qo’limdaku!



KO’P TARMOQLI VIJDON

Ko’p tarmoqli savdo bilan shug’ullanardim. Qancha ko’p kishini izimdan ergashtira olsam, shuncha foyda ko’p ko’rardim. Sovg’alar, oylik maoshi oshishi, kerak bo’lsa chet elda dam olish imkoni. Kishilarni so’zim bilan sehrlab qo’yishni-ku tez eplab ketdim. Bir kuni xokisorgina ayol bilan tanishib qoldim. Hayotdan umidlari uzilgan, turmushidan ajrashgan juvon men uchun yaxshigina mijoz bo’lishini ilk so’zlaridanoq ilg’adim. Hayotingiz yaxshilanib ketadi, degan va’dalarim bilan unga umid mash’ali bo’lib ko’rindim chog’i kompaniyamizga a’zo bo’ldi.Kishi tavakkalchi bo’lishi kerak deb, bir dunyo mol olib berdim. Aksiga olib juvon bo’shlik qildi, bir oy o’tmay olgan mahsulotlarini topshiraman, deb keldi. Men esa bunday qilishga aslo yo’l qo’ya olmasdim. Agar yana ozgina ball to’plasam, mukofot sifatida xorijga uchib ketadiganman: “Unda o’zingiz pulini to’lang”, deya qattiq – qattiq gapirganim esimda. Ayol izillab yig’lagancha ketgani ham. Uch kundan so’ng tikuv mashinasini sotib qarzini uzdi. Men esa orzum ushalib xorijga uchdim.Biroq begona yurtda avtohalokatga uchrab, oyog’im sindi. Bir haftaga ketgan odam ikki oydan oshiq qolib ketdim. Ko’z oldimdan: “Bolalarni bir o’zim boqaman, buncha narsani pulini to’lolmayman”, deb yig’lagan ayol ketmasdi. Yurtga qaytib borishim bilan uni izlab uyiga bordim. Xususiy atele ochib, uni ishga olibdi. Uzr so’rasam, “Aksincha, men sizga rahmat aytishim kerak, tikuv mashinamni sotish bahonasida bu inson bilan tanishib qoldim”, deya samimiy jilmaydi.



(K)O’CHIRILMAGAN XOTIRA

- Sizga olib kelishibdi, - yuzidan hech tabassum arimaydigan hamshira qiz karavotim yonidagi stolga yelim xaltalar bir dasta gulni qo’ydi.

- Kim? – dedim gavdamni tiklashga urunib.

- Oltita yigit, - hamshira qiz biram farosatliki, darrov bo’sh banka ichiga suv qo’yib, gullarni unga soldi.

- O’quvchilarimmi? – ishonqiramay so’radim.

- Yo’q, sinfdoshlaringiz.

Hamshiraning gapidan bir dilim yorishsa bir hayratim oshdi. Murod boshchiligidagi oltovlon meni ko’rishga kelishgani, ammo iymanishgani tufayli palataga chiqishmaganini keyin bildim.

Sinfda eng a’lochisi men edim. Yil boshida o’qituvchimiz kim qayerda o’tirishini hal qilardi. O’g’il bolalar men bilan birinchi qatorda o’tirish uchun jon- jahdlari bilan harakat qilishardi. Uddalay olmaganlari esa yozma ishlar bo’lganida yo mening qatorimga o’tib olishar, yoki meniki bilan bir xil savolli variantlarni tanlashar edi. Chunki ko’chirtirardim-da.

- Yigitlar menga qo’ng’iroq qilib nima bo’lganini surishtirishdi. Hastalanganimni eshitib, chunonam kuyunishdiki, nima yerkan, nimalar mumkin ekan, deya so’rayverishdi. Tunov kuni Muroddan xabar oldingizmi deya so’rasam, “Ha, lekin xonasiga chiqmadik, ortiqcha xijolat qilmaylik deb . U har doim qiyin vaziyatda qo’lardi”, dedi. Hamon seni maktabdagidek kuchli xurmat qilishadi, a? – Zilola o’rtog’im shunday deya hamshira qizning parvarishidanmi yo yillar o’tsa-da o’rtadan ko’tarilmagan mehr – oqibatning kuchidanmi, gulbarglari so’lmagan atirgullarni hidladi.


Download 126,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish