Ushbu kitobdan joy olgan hikoyalar



Download 126,15 Kb.
bet6/36
Sana12.05.2020
Hajmi126,15 Kb.
#49343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
QATRALAR

YURAGIM TO’LA MEHR

Pedagogika universitetida o’qib yurganimda “Mehribonlik uyi”ga amaliyotga bordik. U yerda yoshiga nisbatan juda aqlli va shiringina qizcha bor edi. Bir kuni o’sha qizaloq bilan gaplashib qoldik.

-Opa, pufakchalarni yaxshi ko’rasizmi? – qizaloq bayram arafasida xona shiftlariga osilgan rang – barang pufaklarga qarab gapirdi.

- Albatta, kim ularni yaxshi ko’rmaydi, deysan.

- Qiziq ularni ichi bo’sh bo’lsa ham, hamma yaxshi ko’radi. Mening ichim to’la mehr lekin hech kimga kerak emasman…

Bu gapdan tovonimgacha muzlab ketdim. Qizaloqni quchoqlab yig’ladim. U esa sochlarimni silab meni yupatishga urinar edi. Bu qizchadan avval o’z ota – onasi keyin asrab olgan ota – onasi ham “Bizga to’gri kelmas ekan”, deya voz kechishgan edi.Umrimda hech qachon yuragim bu qadar og’rimagan …

O’sha yili sevgan yigitim bilan oila qurdik va qizchani o’zimiz bilan olib ketdik. U hozir mening ishonganim, ukalarining mehribon opasi. Endi mening yurakchalari mehr va ezgu hislarga to’la uch bolam bor. Ular rangli pufakchalarni shishirib, biz bilan maza qilib o’ynashni yaxshi ko’rishadi.

YOTOQXONADAGI BOYLIK

Talabalik cheksiz erkinlik bo’lib tuyulardi menga. Ota – ona nazoratisiz yashaysan, pulni istaganingcha ishlatasan. Orziqib kutilgan kun keldi – o’qishga kirdim. Talabalar yotoqxonasiga dugonam bilan joylashdik. Xonamizdan bir choynak topib oldik, ichida tangalar hamda ikki yuz so’mliklar bor edi. Qaysi bir gadoy qoldirib ketgan ekan, deb ikki dugona kulishdik. O’shanda sentyabr edi – uydan boyib kelgandik . Dekabrda esa… Rejasiz pul ishlatganimiz o’z so’zini aytdi: moddiy ahvolimiz tang bo’lib qoldi. Hattoki, bir kuni qarasak, nonga ham pulimiz yo’q. Ota – onamizga bu xabarni berib, to ularni pul jo’natishguncha kimdandur qarz ko’tarib turishimiz kerak. Ammo kimdan? Hali kursdoshlar bilan qadrdonga aylanib ulgurmadik. Birdan chopynakdagi pullar esimiga tushdi. Ular bir – ikki jonimizga oro kirdi. Yozgacha esa bizdan keyingilarga ham asqatsin degan niyatda choynakni yana mayda pullarga to’ldirib o’ydik. Yanagi yil yangi yotoqxonaga ko’chib o’tarkanmiz, qadrdon derazamizga mamnuniyat bilan boqib qo’ydik.

IKKINCHI TURMUSH OSTONASIDA…

Taqdir ekan, turmush o’rtog’im bilan hali farzandli bo’lishga ulgurmasdan ajrashdik. Uydagilar mening qismatimdan xavotirlanib, ikkinchi bor turmush qurishimni istashardi. Bir nomzod ham topildi, aqlli, ziyoli, kelishgan erkak. Uchrashdik, birinchi taassurotim yaxshi edi. Unga ham manzur kelgan shekilli, telegram orqali yoza boshladi. Avval shunchaki hol so’rashdan boshlanga suhbat bora – bora dildan hamrozlikka aylandi. Ikkimiz ham o’tmishimiz, avvalgi turmushimiz haqida ko’p gapirar edik. U sobiq xotinidan nolirdi, men sobiq erimdan. Oradan yarim yilcha fursat o’tdi. Kattalar to’y haqida gap ochishsa, ikkalamiz ham keyin derdik. Suhbatlarimizdd\a esa “sobiq”larimiz ni g’iybat qilishdan ortmasdik. Oxiri u ham, men ham bir narsani anglab qoldik: bizning avvalgi turmushimiz hali tugamabdi, biz hamon ko’z ochib ko’rgan yorlarimizni sevar ekanmiz. Shuning uchun ular haqida ko’p eslar va gapirarkanmiz. Mana endi, u xotini, men esa erim bilan yarashib, yashab ketdik. Har kimga ko’z ochib ko’rgani bilan qo’sha qarish nasib etsin.

Kimningdir noto’g’ri ishqilayotganini ko’rganingizda, nima qilasiz? «Bu uning xatosi, o’zi javob beradi», deysizmi? Ammo shunday xatti – harakatlar borki, ular uchun boshqalar ham javob berishiga to’g’ri keladi: sog’ligi, tinchligi, kelajagi bilan…

TOMOSHABIN OTA

Yozning issiq kunlari edi. Kechki payt oilaviy sayrga chiqdik. Olti yashar o’g’lim, ayolim va men. Viloyat markazida yashaganimiz bois sayr qiladigan, ko’ngil ochadigan joylar bisyor. Chiroqlar yoritib turgan azim shahrimizning har bir go’shasi ko’zni quvnatadi. Muzaymoq yegancha ikki tomoni yashil maysalarga burkangan yo’lakdan yurarkanmiz, xiyobon o’rtasida ikki yigitning yoqalashayotganiga ko’zimiz tushdi. G’azab otiga mingan yoshlarning atrofini 10 chog’lik tengqurlari o’rab olishgan. Bari tomosha qilib turibdi. Shunchaki emas, ayrimlari qo’l telefonida allaqachan voqeani syomka qilishni boshlab yuborishgan. Ustaroqlari yoqalashayotganlarni to’rt tomonidan aylanib sur’atga olish bilan ovora.

To’polondan uzoqlashsammi, deb ikkilanib turganimda o’g’lim qo’limdan tortqiladi:

-Dada, telefoningizni bering.

- Nima qilasan? – ajablanib so’radim.

- Videoga olaman. Keyin sizam o’rtoqlaringizga telegramdan jo’natasiz, - dedi meni battar ajablantirib.

Bunday o’ylab qarasam, uning gapining ajablanarli joyi yo’q. Deyarli, har kuni telefonimda mana shunday janjallar, mashmashalarni ko’rib o’tiraman. «Voy!» «Boplashibdi!» «Xotin, qara», deganimdan keyin o’glim ham ularni menga qo’shilib tomosha qiladigan bo’lgan.

-Bera qoling, dada. Hozir tugab qoladi, anuv militsioner amaki ajratmoqchi, - dedi shoshgancha ular tomon kelayotgan militsiya xodimini ko’rsatib.

- Suratga olmaymiz, ularni ajratamiz! – deya o’g’limni ayolimga topshirib, ikki mushtumzo’r tomon shoshildim.

Bir daqiqa o’tmay, yana bir nechta militsiya xodimlari yetib kelishdi va janjal bosildi. Telefoniga voqeani suratga olganlar esa endi bir biriga ko’rsatib, izohlashni boshlab yuborishdi. Attang qilib qolgan o’g’limga yigitchilikda shunday yoqalashuvlar bo’lib turishi mumkinligini, muhimi, ularni ko’rgan kishi vaqtida to’xtatishi kerakligini ta’kitladim.

ARSLONNING ZARBASI

Sarvinozimizni hamma qo’l – oyog’i chaqqongina, deya maqtardi. Qo’ni – qo’shni yaxshi qiz mahalladan chiqmaydi, deb bo’yi yetganidan buyon «Men kelin qilaman» deya havas bilan so’zlardi. Kuz kelsa, tongu shomda hovlini supurishni odat qilgan qizimning sochlari ham yer o’pardi. Ko’cha tomonga suv sepayotgan Sarvinozga qarab, shu yil kollejni tugatsa, universitetda ham o’qitaman, turmushga berishga shoshmayman, deya hayol qilib turgandim ikki uy naridagi Arslon mashinasini uchirib o’tib ketdi. Shalop etib ustiga suv sachragan qizim birzum joyida qotib qoldi. Keyin ko’ylagiga sachragan loyga qarab arazlagannamo gapirdi:

-Oyi, hali «prava» olmagan bolaga nega otasi mashinasini berib qo’yibdi…

-Erkatoy – da, - dedim har kuni dadasining mashinasida u yoqdan – bu yoqqa o’tib tinchimizni buzadigan Arslonning betarbiyaligidan achchiqlanib. – Sal ehtiyot bo’lib, baland ovozda qo’shiq eshitmasdan haydasa ham bir gap edi – da…

- Bu bolaning ustidan shikoyat qilish kerak! Yoki ota – onasiga aytish shart, mashina kalitini berishmasin.. – adolatparvar qizim o’rindiqqa – yonimga o’tirdi.

Ko’ylak yuvildi, quyoshda birpasda quridi, loyning izi ham qolmadi… Ammo oradan ko’p o’tmay o’qishdan qaytayotgan qizginamni Arslon mashinasida urib ketdi. Xudo hammamizni asradi – Sarvinozning joni omon qoldi. Bir yil qo’ltiqtayoqda yurib qiynalgan dilbandimga qarab yuragim pora – pora bo’lar «Nima qilaylik? Aytinglar…» deya qo’li ko’ksida uzr so’rab turgan Arslonning ota – onasiga qattiq gapirishga ham o’zimda hol topolmasdim. Qizim to’g’ri aytgan ekan: kimdir qonunni buzayotganini ko’rsangiz, ko’z yumib ketmang. Jabrini qonunbuzarga qo’shilib o’zingiz ham tortishingiz mumkin…

Arzimagan narsalar uchun norozi bo’lamiz-u, erishganlarimiz ko’zimizga ahamiyatsizdek tuyuladi. Hayotimizdagi har bir zarra, har bir lahzani qadrlab, bizga ato etgalgan ne’matlarning qanchalik bebaholigini anglab yashasak, baxt bir umrlik hamrohimizga aylanardi.

HAYOTNING SHIRASI

Turmushimdan hech ko’nglim to’lmasdi. Erim qo’rs, uyim odmi, bolalar to’polonchi. O’zim hayotda hech narsaga erishmaganman. Qo’limda na hunarim, na bir ishim bor. Orzularim bari o’lgan. Ularni eslasam, dil og’riydi faqat. Oxirgi paytlarda beholligim, tez-tez chanqayotganimni tushkunlikka yo’ydim. Biror bayramda gul ko’tarib kelish esiga tushmagan turmush o’rtog’im esa tashvishlanib qoldi. Hayratim oshdi. Qo’yarda – qo’ymay shifokorga olib borgani – ku men uchun chinakam hodisa edi. Qonimda qand miqdori oshib ketibdi. Qirqqa kirmasimdan qandli diabetga uchrabman. Hamma shirin narsalar taqiqlandi, dori – darmonlar ro’yxati qo’lga tutqazildi. Shifokorning «Nimadandir qattiq siqildingizmi? Og’ir judolikni boshdan kechirmaganmisiz?» kabi savollari kela – kelgunimcha o’yga cho’mdirdi.

Ota – onam sog’, boshimda turmush o’rtog’im o’z qo’li bilan tiklagan boshpanamiz bor, o’g’il – qizimiz sog’lom, yonimda erim… Nega shu paytgacha hayotimdan norozi bo’lganman? Hayronman?

Uyga kelishim bilan qizalog’im asalli tort pishirib bering, deya erkalandi. Xastaligim haqida xabardan tushkun bo’lsam – da, negadir boshqa safarlardagidek «Tug’ilgan kun yo bayram bo’lmasa, nimaga kerak ortiqcha xarajat?» deya uni urushib bermadim. Ko’z yoshlarimni artdim – da, shirinlik tayyorlashga unab ketdim. Asalli tortdan totib ko’rgim kelsa – da, bolajonlarimning «Rahmat, oyi» deb yuzimni o’pib qo’yishidan shira topdim. Endi ular uchun o’zimni asrashim kerak…


Download 126,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish