Ushbu kitobdan joy olgan hikoyalar


Eng katta jinoyat – bolalardan orzularini tortib olishdir. Eng katta xato esa ko’nglini sindirishdir



Download 126,15 Kb.
bet5/36
Sana12.05.2020
Hajmi126,15 Kb.
#49343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
QATRALAR

Eng katta jinoyat – bolalardan orzularini tortib olishdir. Eng katta xato esa ko’nglini sindirishdir.

BOLALARINGIZNI ASRANG!

FUTBOL – PUTBOL

-Hozir hamma artistlarning bolasi futbolga boradi. O’rtoqlarim ham bolalarini futbolga berishgan. Jaloliddinning o’zi ham anuv Messi – Pessimi, o’shanga havas qilib, futbolkasini kiyib yuradi – ku, - dedi dadam onam archib to’rg’ayotgan olma bo’lagini og’ziga solarkan.

- Shu, menam futbolga borsin deyapman. Boksga beraylik desam, kaltak yeb yuradimi? – onam ham otam tomon bo’lib javob berdi.

Hal qiluvchi suhbat boshlanganda men endigina oshxonaga kirgandim. Ukam esa o’z xonasida – surat chizish bilan ovora.

-Rasm-pasmini yig’ishtirsin, bir yillardan so’ng eng zo’r bolalar futbol klubiga joylab qo’yaman. – Dadamning bir odati bor ayrim so’zlarni juftlab aytadi – ovqat – povqat, o’qish – po’qish.

- U rasm chizishga qiziqadi. Suratlarini bir ko’rsanglar edi, - dedim o’n oltiga to’lganman, o’z fikrimni bildirishga haqliman degan o’yda. Qolaversa, opa bo’lib ukamning qiziqishlarini men himoya qilmasam, kim himoya qilsin?

- Ey, bir balo rasmlar. Keyin rassom bo’lib nima qiladi? – dedi onam.

Ayni shu paytda ukam ham oshxonada bo’y berdi.

-Futbolchi bo’lib nima qilaman? Jahon chempionatiga chiqa olmasligimizga hissa qo’shmamanmi? Men jamoamiz chempionatga chiqishini istamayman, - deya darrov javob berdi endi sakkizga to’ladigan ukam o’ziga yarasha ishonch bilan. – Futbol – putbolga bormayman, - deya hoynahoy bizga ko’rsatishga olib kelgan, yangi chizgan suratini bag’riga bosgancha xonasiga kirib ketdi.

Ertasi kuni maktabda ukamning tumanimizda “Eng yaxshi rassom bola” deb topilganini eshitib, quvonib ketdim. Ana endi, futbol – putbolga bormaydi! Ota – onamni ko’ndiramiz!

AMALIYOT O’QITUVCHISI

Amaliyot o’tash uchun litseyga kelganimizda, har birimizni alohida guruhlarga biriktirib qo’yishdi. Mening chekimga aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan guruh tushdi, darsxonalarga kirsam – ikkitagina qiz o’tiribdi, o’g’il bolalar esa to’p – to’p bo’lib olishgan. Yuragim orqaga tortib ketdi. Bu to’polonchi o’g’il bolalar bilan amaliyot o’qituvchimizdan tuzuk baho ololmasam kerak?

Bekor cho’chigan ekanman, tez orada bolalar bilan do’stlashib ketdik. Ular meni ustoz deb emas, opa deb chaqirishlari ham yelkamdagi ma’suliyatni yengillatib turar, ammo mehrim tovlanib, kasbim sirlarini o’rganar edim. Bir kuni sinf rahbarining darsini kuzatishga kirdim. O’qituvchi qo’yarda – qo’ymay meni o’zining joyiga o’tirg’izda.

-Baribir, men o’tirmayman, siz o’quvchilarni baholab turasiz, - dedi u qo’limga guruh jurnalini tutqazgancha.

Keyin dars boshlandi. O’qituvchi matematika ilmini suv qilib ichgan, misollarni zumda formulaga solib, tez-tez doskaga yozgancha tushuntirib tashlar – bir so’z bilan aytganda, yillar davomida ishlab, qo’liyu ko’zi pishib ketgan edi. Qachon men ham shunday chaqqon harakatlar bilan misollar yechib, bolalarning diqqatini doskadan uzmay ushlab turarkanman – a?

-Mahmud! – o’qituvchi qo’lidagi borni doskaga taq etib urib, orqa partada o’tirgan sapsariq yigitga qaradi.

Mahmud istamaygina o’rnidan turdi. Hamma o’quvchilar u tomon o’girilishdi.

-Labbay, ustoz, - dedi u bir qo’li parta ustida turgan ruchkasini o’ynab.

- Qani, doskaga chiq. Hozir tushuntirgan misolimni ishla, - shunday deya yoshi qirqlardan oshgan opa nam mato bilan doskani artib tashladi.

Mahmud esa doskaga chiqib angrayib turaverdi. Boshqa fanlardan ham o’zlashtirishi uncha yaxshi bo’lmagan bu bola doim meni o’ylantiradi – nega buncha g’amnok u?

-Telefon titkilamasdan, doskaga qarab o’tirishi kerak. – O’qituvchi shunday deya Mahmudga joyini ko’rsatdi. Menga qarab esa gapida davom etdi. –“2” qo’yib qo’ying. Bu bolada na bilim bor, na tarbiya. Onasi tashlab ketgan uni.

Ruchka tutgan qo’llarim qaltirab ketdi. Boshimni egib oldim. Mahmud tomonga qaray olmasam – da, uning sap – sariq yuzi qizarib ketganini sezayotgandim.

Mahmud ertasi kuni darsga kelmadi. Dadasi litsey direktoriga uchrashib uni boshqa litseyga o’tkazmoqchiligini aytibdi. Men, negadir, xotirjam tortdim. O’qituvchidan esa faqat bitta narsani – bolani tengdoshlari oldida izza qilmaslikni o’rgandim.



Nega shunday ekanmiz, kichik narsa bo’ladimi yoki yuragimizga yaqin, odatda yo’qotganimizdan keyin ularning qadriga yetamiz. Bu hayot bir bir darsxonaligidan dalolatmi bu? Quyidagi hikoyalar sizni mulohaza qilishga chorlaydi deb o’ylayman.


Download 126,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish