3
Kirish
2019 — 2030-yillar davomida “O‘zkimyosanoat” AJ faoliyatida ishlab chiqarish
quvvatlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish, bazaviy mahsulotlarni qayta ishlashni
yanada
chuqurlashtirish, mavjud aktivlardan oqilona foydalanish va boshqarishning
zamonaviy usullarini joriy qilishning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha
“Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-apreldagi PQ-4265-
sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 04.04.2019-y.,
07/19/4265/2883-son)
Hozirgi “Maksam-Chirchiq” OАJning tarixi Hukumatning suvni elektroliz usuli
bilan vodorod olish va havodan ajratish yoʼli bilan azotni olish asosida azot oʼgʼitlarini
ishlab chiqaradigan Chirchiq elektr kimyo kombinatini qurish toʼgʼrisidagi qarori chiqqan
kun, yaʼni 1932 yil aprel oyidan boshlanadi.
2010 yilning may oyida past zichlikdagi ammoniy nitrat ishlab chiqarishi bo'yicha
qurilmani qurilish ishlari boshlandi. Ushbu obektni qurilishiga «MAXAM Corp
International S.A.U.» (Ispaniya) kompaniyasining investitsiyalari ajratildi. Hozirgi
vaqtda korxonada avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi bo'yicha katta ishlar olib
borilmoqda. Xizmat va uchastkalarni avtamatlashtirish bo'yicha ham ishlar olib
borilmoqda. Axborotlar bilan ishlash kompyuter tarmoqlarini joriy etish asosida
birlashmani kompleks avtomatlashtirish joriy etilmoqda.
“Maxam-Chirchiq” AJ O‘zbekistonda kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi asosiy
korxonalardan biri bo‘lib, mamlakatdagi birinchi azot zavodi bazasida tashkil etilgan. 80-
yildan ortiqroq korxona O‘zbekistonda mineral o‘g‘itlar va boshqa kimyo mahsulotlarini
yirik ishlab chiqaruvchisi deb hisoblanadi. Barqarorlik va mustahkamlik korxonani
mahalliy va xorijiy korxonalar oldida yirik va raqobatbardosh ishlab chiqaruvchi
sifatida
tavsiya etdi. Bugungi kunda korxonada 40 dan ortiq turdagi mahsulotlar ishlab
chiqarilmoqda: karbamid, ammiakli selitra , ammoniy sulfat, KAS, suyuq texnik ammiak,
suvli texnik ammiak, konsentrlangan nitrat kislotasi, konsentrlanmagan nitrat kislotasi,
katalizatorlar, suyuq va gazsimon ikki oksidli uglerod. Ushbu
mahsulotlar sanoatning
ko‘p tarmoqlarida keng qo‘llaniladi. Shu jumladan kimyo,
elektronika, metallurgiya,
to‘qimachilik, oziq ovqat va qishloq xo‘jaligida.
“Maxam-Chirchiq” AJ tarkibida O‘zbekiston hududida yagona bo‘lgan
katalizator
ishlab chiqarishi ishlab turibdi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati sertifikat bilan tasdiqlanadi.