Yillar davomida "O‘zkimyosanoat" aj faoliyatida ishlab chiqarish


“Maksam-Chirchiq” АJ rivojlanishi tarixi



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana11.07.2022
Hajmi0,74 Mb.
#775228
1   2   3   4
Bog'liq
AMALIYOT HISOBOT JUMANOV B

“Maksam-Chirchiq” АJ rivojlanishi tarixi 
Hozirgi “Maksam-Chirchiq” АJning tarixi Hukumatning suvni elektroliz usuli 
bilan vodorod olish va havodan ajratish yo‘li bilan azotni olish asosida azot o‘gʼitlarini 
ishlab chiqaradigan Chirchiq elektr kimyo kombinatini qurish to‘gʼrisidagi qarori chiqqan 
kun, yaʼni 1932 yil aprelь oyidan boshlanadi.
1936 yilda bo‘lajak kombinatning asosiy hududida bir nechta sexlarning poydevori 
qo‘yildi. 
1940 yilda asosiy taqsimlash podstantsiyasi, havoni ajratish sexi, suvni elektroliz 
qilish sexlarining qurilishi boshlandi. 
1940 yilning oktyabrь oyida ammiakli selitraning birinchi to‘pi olindi. 
Chirchiq elektr kimyo kombinatining birinchi navbatini rasmiy ishga tushirish 1941 yil 
25 yanvarida amalga oshirildi. 
1941 yilda kombinatning ikkinchi navbatini – ammiak olishning konversion liniyasini 
qurish ishlari boshlandi. Bunga gazogenerator sexi, suv bilan tozalash, mis-ammiakli 
tozalash bo‘linmalari va uglerod- P oksidi konversiyasi kirdi. 
1942 yilda kuchli nitrat kislota ishlab chiqarish bo‘yicha 6/12 sexi ishga tushdi. 
1944 yilning boshida ammiak ishlab chiqarishi ikkinchi navbatining azot-vodorod 
aralashmasi olindi. Shunday qilib, ushbu yildan boshlab konversion usul bilan ammiak 
olishning loyihaviy sxemasi joriy etildi. 
1945 yilda frontni xomashyo bilan taʼminlayotgan sexlarning bir qismi mahsulot 
chiqarishni qisqartirdi, 6/12 sex esa rekonstruktsiyaga yopildi. 1952 yilda to‘gʼridan-
to‘gʼri sintezlash usuli bilan kuchli nitrat kislota ishlab chiqarilishi o‘zlashtirilgandan 



so‘ng, 1952 yilda rekonstruktsiyadan keyin sex yana ishga tushdi.
1949 yilda nikelь-xrom katalizatorini ishlab chiqarish bo‘yicha katalizator sexi 
ishga tushirildi. 
1958 yilda konversion usul bilan ammiak olish texnologik jarayoniga muhim 
takomillashtirishlar kiritildi. Oltingugurt aralashmalaridan gazni tozalash sexi 
foydalanishga topshirildi va chang yutish uchun ho‘l plenkali filьtrli GIАP yangi gaz 
generatori ishga tushirildi. 
Chirchiq elektr kimyo kombinatida 1961 yilgacha ammiakni ishlab chiqarish 
Kuzbassdan olib kelinadigan Sulukta ko‘miri va kokosini bugʼ-havo-kislorod 
gazifikatsiya usuli bilan gazogenerator sexida olingan yarim suvli gazga ishlov berish 
yo‘li bilan amalga oshirilar edi. 1961 yilda ammiak ishlab chiqarishi Buxoro koni tabiiy 
gaziga to‘liq o‘tkazildi. Buning uchun metanni va uglerod-P oksidini konversiyalash sexi, 
suv bilan tozalash bo‘linmasi 1,6 kgs/sm2 bosimdan 2,4 kgs/sm2 bosimga o‘tkazildi, 
barcha ammiak ishlab chiqarishi rekonstruktsiya qilindi, monoetanolamin tozalash sexi 
qurildi, qozonxona sexi kengaytirildi va qattiq yoqilgʼidan tabiiy gazga o‘tkazildi. 
1965 yilda suvni elektroliz qilish sexining M-18 bo‘linmasi foydalanishga 
topshirildi.
1972 yilda kuchsiz nitrat kislota sexining azot oksidlari tashlamalarini selektiv tozalash 
qurilmasi montaj qilindi. 
1962 yilda to‘liq suyuq retsiklli sxema bo‘yicha “Stamikarbon” golland firmasidan sotib 
olingan karbamid sexi qurilishi boshlandi. 1964 yilda sex amaldagi sexlar qatoriga kirdi. 
1964 yilda ammiakli selitraning ikkita granminorasida qurilish-montaj ishlari tugatildi 
va 1965 yildan boshlab tangachali selitra o‘rniga donadorlangan ammiakli selitra ishlab 
chiqarilishi boshlandi. 
1960-1970 yillarda kombinatda asbob-uskunalarni yangilash va modernizatsiyalash 
ishlari to‘liq olib borildi. 
1970 yilda 25-ishlab chiqarish foydalanishga topshirildi. 
1972 yilda АK-72 nitrat kislota yirik tonnajli agregatida kuchsiz nitrat kislota olindi. 
1975 yilda Chirchiq elektr kimyo kombinati “Elektrkimyosanoat” ishlab chiqarish 
birlashmasiga qayta nomlandi. 
1980 yilda birlashmada kaprolaktam ishlab chiqarishi bo‘yicha quvvat ishga 
tushirildi. 
1981 yilda АM-76 katta ammiak sexi qurilishi boshlandi va 1984 yilda u ishga tushirildi. 
АM-76 ishga tushirilishi bilan NDF tozalash inshootlari bo‘yicha barcha qurilish-montaj 
ishlari tugatildi. 
1984 yilning yakunida karbamid sexining maxsus suv aylanish siklli yangi granminora 
qurilishi tugatildi. 
Birlashmaning keyingi rivojlanishi ekologik muammolar, maʼnaviy va jismoniy eskirgan 
sexlarni almashtirishga qaratildi. Oqova suvlardan ogʼir metallarni tozalash qurilmasi 
foydalanishga topshirildi. NDF tarkibida azot miqdori bo‘lgan tozalash inshootlari 
rekonstruktsiyasi o‘tkazildi. Аmmiakli selitra, karbamid, kuchsiz nitrat kislota, 
katalizator sexlarida suv aylanish sikllari joriy etildi, bu esa toza daryo suvlari sarfini 
qisqartirdi. 
1985 yilda АS-72M ammiakli selitra yangi yirik tonnajli agregati qurilishi 
boshlandi, u 1988 yilda foydalanishga topshirildi. Bu 1989 yilda maʼnaviy va jismoniy 
eskirgan ammiakli selitra sexini to‘xtatishga imkon yaratda. 



1988 yilning yanvarь oyida АK-72M yangi agregatida nitrat kislotaning birinchi 
tonnalari olindi. Bu agregat o‘zning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha АK-72 bosh 
agregatdan afzal bo‘ldi. Shuning uchun АK-72M ishga tushganidan so‘ng АK-72 1989 
yilning aprelь oyigacha rekonstruktsiyaga to‘xtatildi. АK-72 ishga tushirilishi bilan 
rekonstruktsiyadan so‘ng maʼnaviy va jismoniy eskirgan 5-tsex to‘xtatildi. 
Kuchsiz nitrat kislota sexi bilan bir paytda АKK-M-80 agregati bazasida kuchli nitrat 
kislota yangi sexi qurildi va u 1987 yilning dekabrь oyida foydalanishga topshirildi. 
1993 yilning dekabrь oyida KА-15-5 havoni ajratish sexining yangi bloki ishga 
tushirildi. Bu blok 1936 yilda ishlab chiqarilgan ammiak-sovitkich qurilmali eski 
bloklarini to‘xtatishga imkon yaratdi. 
2002 yilda “Elektrkimyosanoat” IChBsi “Elektrkimyosanoat” Ochiq Аktsiyadorlik 
jamiyatiga o‘zgartirildi. 2007 yilda esa «Elektrkimesanoat» АJ «Maksam-Chirchik» 
АJga o‘zgartirildi. 
2004 yilda karbamid ishlab chiqarish sexida nasos parki «Sandayn» firmasining 
markazdan qochma yuqori tezlikdagi nasoslariga almashtirildi. 
2009 yilda АM-76 yirik tonnajli agregati rekonstruktsiya va modernizatsiya qilindi
uning quvvati yilda 420 ming tonnaga yetdi. 
2010 yilning may oyida past zichlikdagi ammoniy nitrat ishlab chiqarishi bo‘yicha 
qurilmani qurilish ishlari boshlandi. Ushbu obʼektni qurilishiga «MAXAM Corp 
International S.A.U.» (Ispaniya) kompaniyasining investitsiyalari ajratildi. 
Hozirgi vaqtda korxonada avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi bo‘yicha katta 
ishlar olib borilmoqda. Xizmat va uchastkalarni avtamatlashtirish bo‘yicha ham ishlar 
olib borilmoqda. Аxborotlar bilan ishlash kompьyuter tarmoqlarini joriy etish asosida 
birlashmani kompleks avtomatlashtirish joriy etilmoqda. 

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish