Ammoniy nitrat — NH4NO3 ni ammiakli
selitra deb ham yuritiladi. Ammoniy nitrat 110°C haroratdan
yuqorida parchalana boshlaydi:
NH4NO3 NH3 + HNO3 – 174,4 kJ
Bu reaksiya sekin sodir bo‘ladi. Masalan, 165°C haroratda bir
sutka davomida massa jihatdan 6% miqdori parchalanadi. Namlik
ortishi bilan parchalanish tezligi ham ortadi. Harorat 200—270°C
da parchalanish tezligi yanada ortadi:
NH4NO3 N2O + 2H2O + 36,8 kJ
Harorat 400—500°C gacha tez ko‘tarilsa, parchalanish reak-
siyasi portlash bilan sodir bo‘ladi:
2NH4NO3 2N2 + 4H2O + O2 + 118 kJ
Amalda 300°C harorat portlashga sabab bo‘ladi.
NH4NO3 ning mineral kislotalar va yengil oksidlanuvchi
(moylovchi va boshqa organik moddalar kabi) qo‘shimchalar
ishtirokida portlashi tezlashadi. Toza holatda esa zarbaga chidamli,
lekin yopiq muhitda qizdirish natijasida portlashi mumkin. Portlash
xususiyatini kamaytirish maqsadida unga karbamid (0,05—0,1%),
kalsiy karbonat, magniy karbonat va boshqa qo‘shimchalar qo‘shi-
lishi mumkin.
Ammoniy nitratdan portlovchi moddalar ishlab chiqarish
xomashyosi sifatida ham foydalaniladi. Bunda yog‘och kukuni va
organik materiallar, ammonallar (aluminiy kukunli aralashmalari)
va boshqalar qo‘shiladi. Bunday aralashmalar detonator ishtirokida
portlatiladi.
Davlat standarti bo‘yicha donadorlangan ammiakli selitraning
yuqori sifatli A va B kategoriyali (oliy nav) va 1-kategoriyali
(1-nav) turlari mavjud. Qishloq xo‘jaligida va sanoatda qo‘llaniladigan
ammiakli selitra tarkibida NH4NO3 ning miqdori 98% dan kam
emas. B markali ammiakli selitraning oliy navida 34,4% N,
1-navida esa 34,0% N bo‘ladi. Suv (namlik) esa sulfat va sulfat-
fosfat qo‘shimchali ammiakli selitrada 0,2% dan ko‘p emas (B
markali 1-navda esa 0,3% dan ko‘p emas). Suv tutuvchi qo‘shimcha
0,3% bo‘lsa, bu miqdor 0,6% ga yetishi mumkin. Yuqori sifat
kategoriyali A va B markali ammiakli selitra tarkibidagi qo‘shimchalar
miqdori: kalsiy va magniy nitrat
CaO (MgO) hisobida 0,2—0,5%,fosfatlar P2O5 hisobida 0,5—1,2%, ammoniy sulfat 0,3—0,7%, ammoniy sulfati va fosfatlari 0,4—0,6% bo‘ladi. B markali 1-navda esa qo‘shimchalar miqdori me’yorlanmaydi. Ammiakli selitra 10%
li suvli eritmasining pH muhiti barcha navlarda: sulfat-fosfat
qo‘shimchasi bo‘lsa 4,0 va boshqa qo‘shimchasi bo‘lsa 5,0 ga teng
bo‘ladi.
Ammiakli selitraning donadorlik tarkibi: A markada 1—3 mm li
donachalar 93% dan kam emas; B markada 1—4 mm li donachalar
95% dan kam emas (shuningdek, barcha yuqori navlarda 2—3 mm
li donachalar 50% dan kam emas). Barcha navlarda 1 mm dan
kichik donachalar 4% dan ortiq emas
Do'stlaringiz bilan baham: |