O‘zbekistonning sanoat salohiyati mustahkamlanmoqda 28/03/2015 14: 18 17014



Download 13,79 Kb.
Sana13.07.2022
Hajmi13,79 Kb.
#787322
Bog'liq
O‘zbekistonning-WPS Office


O‘zbekistonning sanoat salohiyati mustahkamlanmoqda

28/03/2015 - 14:18 17014

Mamlakatimizda 2015-2019-yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi

Bugun O‘zbekistonni iqtisodiyoti eng ilg‘or texnologiyalar asosida jadal rivojlanib borayotgan davlat sifatida butun dunyo yaxshi biladi. Mamlakatimizning ulkan ilmiy-texnik va ishlab chiqarish salohiyati tobora yuksalib borayotir.

Mamlakatimizda har yili iqtisodiyot, ijtimoiy soha, infratuzilma va transport-kommunikatsiya tizimlarini yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli investitsiyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda. Buning samarasida yangi ish o‘rinlari yaratilib, aholi daromadi ko‘paymoqda. Uzoq muddatli taraqqiyot strategiyasining hayotga izchil tatbiq etilayotgani O‘zbekistonga dunyoning kam sonli davlatlari qatorida yalpi ichki mahsulot, sanoat ishlab chiqarishining yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash imkonini bermoqda. 

Jumladan, 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga ko‘ra, yalpi ichki mahsulot 8,1 foiz, sanoat ishlab chiqarish hajmi 8,3 foiz, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi 6,9 foiz, kapital qurilish 10,9 foiz, chakana savdo aylanmasi hajmi 14,3 foizga o‘sdi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qariyb 70 foizini yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan tayyor tovarlar tashkil etdi. 

Prezidentimizning 2015-yil 4-martdagi «2015-2019-yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi farmoni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlab chiqarishni yangilash va innovatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha uzluksiz jarayonning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Dastur tarkibiy o‘zgarishlarni izchil ta’minlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, barqaror iqtisodiy o‘sish lokomotivlari bo‘lishga qodir yuqori texnologiyali sanoat tarmoqlarini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning energiya sarfi, moddiy va mehnat xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha mavjud zaxiralardan yanada to‘liq foydalanish, shuningdek, jahon bozorida talab barqaror bo‘lgan raqobatbardosh tayyor tovarlar va yarim fabrikatlar ishlab chiqarishni kengaytirish, buning uchun xorijiy investitsiyalarni, jumladan, yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan birgalikda qo‘shma korxonalar tashkil etish orqali faol jalb qilish maqsadida qabul qilindi. 

Xususan, ushbu farmonga muvofiq, resurs tejaydigan bug‘-gaz qurilmasi va quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha sinab ko‘rilgan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish asosida elektr energetika sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini izchil modernizatsiya qilish va yangilarini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda. 

Neft-gaz va neft-kimyo sanoatida tabiiy gaz va gaz kondensatini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish va turini kengaytirish rejalashtirilmoqda. Kimyo sanoatida ishlab chiqarish va eksportni murakkab mineral o‘g‘itlar, polimerlar, sintetik kauchuk, metanol va keng turdagi maishiy-kimyo tovarlari ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali diversifikatsiya qilish ko‘zda tutilgan. 

Umuman, geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoatida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha 124 investitsiya loyihasi, shuningdek, xorijiy sarmoyadorlarni jalb etgan holda 48 istiqbolli investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. 

Masalan, «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi quvvatlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» unitar korxonasida gaz-kimyo majmuasini barpo etish, Ustyurt gaz-kimyo majmuasi xomashyo bazasida uglevodorodlar pirolizi ishlab chiqaradigan yangi zavod, O‘zbekiston-Xitoy gaz quvurining to‘rtinchi tarmog‘ini qurish, «O‘zbekkimyomash» zavodining yirik va og‘ir neft-gaz-kimyo uskunalari ishlab chiqaradigan quvvatlarini kengaytirish (2-bosqich), plastik mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, geologiya-qidiruv ishlari uchun yuqori texnologiyali uskunalar xarid qilish va boshqa loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilayotir. 

Kimyo sanoatida «Samarqandkimyo» aksiyadorlik jamiyatida murakkab mineral o‘g‘itlar (NPK) va kaliy sulfati, «Navoiy azot» aksiyadorlik jamiyatida polivinilxlorid va metanol, «Angren» maxsus industrial zonasida avtomobil va qishloq xo‘jaligi texnikasi shinalari, konveyyer lentalari hamda boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan. 

«O‘zbekenergo» davlat aksiyadorlik kompaniyasi Dastur doirasida Navoiy issiqlik elektr stansiyasini 450 MVt quvvatga ega ikkinchi bug‘-gaz qurilmasini qurish orqali kengaytirish, Quyi-Bo‘zsuv GESi kaskadi, Farhod GESi va «Toshkent GES» kaskadi unitar korxonasini modernizatsiya qilishni boshlaydi. «O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyatida Apartak konini qurish va moliyaviy hisobga olish va hisobdorlik, xodimlar, tezkor hamda ishlab chiqarish-texnologik faoliyatni boshqarishni komputerlashtirish bo‘yicha integratsiyalashtirilgan kompleks tizimni joriy etish ko‘zda tutilmoqda. 

Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinatlari ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha 41 loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Sulfat kislota ishlab chiqarish zavodi qurish, Muruntov kareriga ishlov berish (5-navbati), qo‘shimcha ishlab chiqarish obyektlarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash, Jizzax viloyatidagi sement zavodini kengaytirish, Sherobod tumanida sement zavodi qurish, mis simi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va boshqa loyihalar shular jumlasidandir.

Davlatimiz rahbarining ushbu farmoniga muvofiq, mashinasozlik, avtomobil va elektr texnika sanoati, mahsulotlarni standartlashtirish sohasida ham keng ko‘lamli o‘zgarishlar belgilangan. Mazkur sohalarda jami 77 loyihani, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali amalga oshirish rejalashtirilgan. Buning natijasida 2019-yilda texnologik yetakchi korxonalar bilan hamkorlikda import o‘rnini bosadigan qishloq xo‘jaligi texnikasi, yuk avtomobillari hamda butlovchi qismlar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlar tashkil etish va faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni kengaytirish ko‘zda tutilgan. 

Chunonchi, «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi «JV MAN AUTO Uzbekistan» va «UZAUTOTRAILER» qo‘shma korxonalarida yuk avtotransporti vositalari kabinasi ishlab chiqarishni o‘zlashtirish hamda ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, Jizzax akkumulyator zavodini texnologik modernizatsiya qilish, «Gentra», «Spark», «Cobalt», «T250» avtombillari uchun alyuminiy va plastmassa detallar, tormoz tizimi elementlari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

«O‘zagrosanoatmashxolding» xolding kompaniyasi Toshkent va Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodlarini modernizatsiya qilish va texnologik qayta jihozlash orqali «Klass», «Lemken» va boshqa yetakchi texnologik korxonalar bilan hamkorlikda zamonaviy traktorlar, don, yem-xashak o‘rish va paxta terish mashinalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, temir buyumlar, transmissiya va reduktorlarga mexanik hamda termik ishlov berish quvvatlarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. 

Shuni ta’kidlash kerakki, 2019-yilga kelib elektr texnika uskunalari tayyorlash bo‘yicha yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni jadal rivojlantirish va o‘zlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uchun uskuna va ehtiyot qismlar, keng turdagi ekologik toza qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi korxonalar tashkil etish kutilmoqda. 

Xususan, «O‘zeltexsanoat» aksiyadorlik kompaniyasi «Andijonkabel» aksiyadorlik jamiyatida Yevropa texnologiyalari asosida avtomobil simlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, Motor zavodi maydonlarida integral mikrosxemalar, kam quvvatli fotoelektr stansiyalari, turli quvvatli elektr dvigatellar va maishiy elektr texnika vositalari uchun kompressorlar ishlab chiqarishni tashkil etish, muzlatgich, maishiy gaz va kombinatsiyalangan plitalar ishlab chiqarishni kengaytirish, maishiy elektr va elektr texnika mahsulotlari ishlab chiqarish, marketing va logistika klasterini tashkil qilishni rejalashtirmoqda. Umuman olganda, kompaniya tomonidan umumiy qiymati 268,5 million dollarlik 39 yangi investitsiya loyihasini amalga oshirish mo‘ljallanmoqda. 

«O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik kompaniyasi, xususan, xorij investitsiyalarini jalb etgan holda 11 loyihani amalga oshirishni rejalashtirgan. «Qizilqumsement» aksiyadorlik jamiyatida uzluksiz bazalt tolasi va armatura ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, ohak va temir-beton plitalar, «Uz Ouna» mas’uliyati cheklangan jamiyatida yirik o‘lchamli oyna ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, Qoraqalpog‘iston Respublikasida sement zavodi qurish, Jizzax viloyatida sement asosida pardozlash materiallari ishlab chiqarishni tashkil qilish ana shunday yirik loyihalar sirasidan. 

Shuningdek, Dasturda mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash asosida ichki va jahon bozorida xaridorgir bo‘lgan raqobatbardosh tayyor mahsulotlar hamda yarim fabrikatlar, jumladan, bo‘yalgan ip, mato, ishlov berilgan teri, trikotaj, tikuvchilik, poyabzal va attorlik-charm buyumlari ishlab chiqarish hisobidan to‘qimachilik hamda charm-poyabzal sanoati tuzilmasini yanada yaxshilash ham ko‘zda tutilgan. 

Shunga muvofiq, «O‘zbekengilsanoat» davlat aksiyadorlik kompaniyasi chet ellik yetakchi sheriklar bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, yangilarini tashkil etish bo‘yicha 58 loyiha, shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda, 21 istiqbolli loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Ellikqal’a va Qo‘ng‘irot paxta zavodlari, Buxoro viloyatining G‘ijduvon, Jondor va Romitan tumanlarida qurilishi yakunlanmagan obyektlar negizida to‘qimachilik komplekslari, «Indorama Qo‘qon tekstil» xorijiy korxonasining to‘rtinchi bosqichini tashkil etish va boshqalar shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, «O‘zbekcharmpoyabzali» uyushmasi tashqi bozorda talab yuqori bo‘lgan charm va zamonaviy poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha 61 investitsiya loyihasini amalga oshiradi. 

Farmon doirasida Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi tomonidan zamonaviy sublimitlash, muzlatish va vakuumli qadoqlash texnologiyalari asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash hamda qayta ishlashga qaratilgan qiymati 410 million dollarlik 304 loyihani hayotga tatbiq etish rejalashtirilgan. 

Jumladan, Surxondaryo viloyatidagi «Fayzi Ramz» fermer xo‘jaligida meva-sabzavotni qayta ishlash (sublimatsion quritish), «Jizzax» maxsus industrial zonasi hududida tez tayyorlanadigan mahsulotlar, Samarqand viloyatidagi «Siyob saxovati» xorijiy korxonasi mas’uliyati cheklangan jamiyatida go‘shtni qayta ishlash, Toshkent viloyatidagi «Euro Food Trade» korxonasida baliq konservalari ishlab chiqarish va qo‘ziqorinni chuqur qayta ishlash yo‘lga qo‘yiladi, shuningdek, faoliyat yuritmayotgan oziq-ovqat sanoati korxonalari modernizatsiya qilinadi (165 loyiha).

Prezidentimiz farmonida jahondagi yetakchi kompaniyalarning litsenziya va patentlari asosida farmatsevtika sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va turini kengaytirish, mahalliy ishlanmalar hamda xomashyo asosida tibbiyot preparatlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish rejalashtirilgan. 

Shu munosabat bilan «O‘zfarmsanoat» davlat aksiyadorlik konserni 22 investitsiya loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. «Pharm Product» mas’uliyati cheklangan jamiyatida bir marta ishlatiladigan tibbiyot buyumlari uchun metall ninalar, ineksiya eritmalari, quritilgan holda qadoqlangan dori vositalari, tabletkalar, kapsula va sashe-paketchalar uchun bo‘sh ampulalar, kanal naychalar, «Soft inter medical» mas’uliyati cheklangan jamiyatida infuziya eritmalari, «Radiks» xususiy ilmiy-ishlab chiqarish korxonasida plazma o‘rnini bosadigan eritmalar, dori vositalari ishlab chiqarish uchun o‘simlik substansiyalari va boshqa dori vositalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidandir.

Shu bilan birga, Dastur doirasida zamonaviy texnologik talablarga javob bermaydigan eskirgan uskunalar va quvvatlarni foydalanishdan chiqarish va ularni zamonaviy hamda samarali ishlaydiganlari bilan almashtirishga qaratilgan qariyb 300 loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan (Farg‘ona issiqlik elektr markazi va Navoiy issiqlik elektr stansiyasidagi energobloklar, «Navoiy azot» aksiyadorlik jamiyatida ammiak va kuchsiz azot kislotasi ishlab chiqarish quvvatlari, «Ammofos Maksam» aksiyadorlik jamiyatida sulfat kislota ishlab chiqarish korxonasi, Toshkent va Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodlarining ishlab chiqarish quvvatlari va boshqalar).

Davlatimiz rahbarining farmonida 2015-2019-yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq etish doirasida qiymati 30 million AQSh dollaridan ziyod va chet ellik investor ulushi kamida 50 foiz bo‘lgan loyihalar bo‘yicha ishlab chiqarish maydoni tashqarisida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yo‘lga qo‘yish byudjet mablag‘lari hamda ichki moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan. 

Muxtasar aytganda, Prezidentimizning 2015-yil 4-martdagi «2015-2019-yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi farmonida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha umumiy qiymati 40 milliard 809 million dollarlik 846 investitsiya loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

2015-2019-yillarda amalga oshiriladigan qiymati 19 milliard 640 million dollarlik 711 yangi loyihaning sarmoyadorlari va moliyalashtirish manbalari belgilab olingan. Qiymati 21 milliard 169 million dollarlik 135 istiqbolli loyihaga esa xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilinadi. 

Ushbu Dasturning hayotga tatbiq etilishi 2015-2019-yillarda yalpi ichki mahsulotni yiliga o‘rtacha kamida 8 foiz, jumladan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni 9 foiz, shu davr ichida ushbu ko‘rsatkichni 1,5 barobar oshirish imkonini beradi. Mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida sanoat ulushi hozirgi 24 foizdan 2020-yilda 27 foizga yetadi. Mashinasozlik, neft-gaz, neft-kimyo, kimyo, to‘qimachilik va oziq-ovqat kabi yuqori texnologiyali tarmoqlarni yanada jadal rivojlantirish, sanoatda ularning ulushini 2014-yildagi 62 foiz o‘rniga 2020-yilda 67 foizga yetkazish kutilmoqda. Bu borada 100 ga yaqin yangi tovar guruhlari (qariyb 1000 xil mahsulot) ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi va 2020-yilga borib mamlakatimiz sanoatining yillik ishlab chiqarish hamda eksport salohiyati tegishli ravishda 18 trillion so‘mga va 2 milliard dollarga oshiriladi.

O'zA


Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda metallurgiya sanoatining ulushi 13 foizga, to‘qimachilik 20,9 foizga o‘sdi.

2021 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston korxonalari tomonidan 200,1 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi va 2020 yilning mos davriga nisbatan 8,5 foizga o‘sish kuzatildi.

Qaysi mahsulotlar ishlab chiqarishda o‘sish kuzatildi?

Davlat statistika qo‘mitasiga ko‘ra, jami sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi ortishining asosiy omili:

tog‘-kon sanoati va ochiq konlarda ishlash 7,5 foiz;ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning 8,6 foizga;elektr, gaz, bug‘ bilan ta'minlash va havoni konditsiyalashning 12,1 foizga;suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish 3,5 foizga o‘sishi bo‘lib xizmat qildi.

O‘tgan 6 oy davomida mashina va asbob-uskunalar ishlab chiqarish, ta'mirlash va o‘rnatish, avtotransport vositalari, yarimpritseplar va boshqa tayyor buyumlarni ishlab chiqarish ulushi jami sanoat ishlab chiqarishining 17,6 foizini tashkil etib, 2020 yilning shu davriga nisbatan 0,7 foizga o‘sdi.

Metallurgiya sanoatining ulushi 27,2 foiz bo‘lib, o‘tgan yil mos davriga qaraganda 13 foizga, to‘qimachilik, kiyim, teri mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi 18 foiz bo‘lib, 2020 yilga qaraganda 20,9 foizga o‘sdi.

Shuningdek, oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi 16,3 foiz bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,9 foizga yuqoriladi. Kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlarini ishlab chiqarishning ulushi 9,4 bo‘lib, 2020 yilning shu davriga ko‘ra 6,4 foizga o‘sdi.

Qaysi hududlarda ishlab chiqarish hajmi yuqori bo‘ldi?

Respublika sanoat ishlab chiqarishi hajmi tarkibida eng ko‘p ulush Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy, Andijon va Farg‘ona viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keldi. Eng past ulush esa Surxondaryo hamda Jizzax viloyatlarida qayd etildi.

Navoiy viloyatida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish aholi jon boshiga 34 mln 493 ming so‘mdan to‘g‘ri kelib, respublikadagi eng baland ko‘rsatkich bo‘ldi. Ushbu hajm Toshkent viloyatida kishi boshiga 12 mln 278 ming so‘mdan, Toshkent shahrida 13 mln 488 ming so‘mdan to‘g‘ri keldi. Manbada mazkur hududlarda yirik sanoat korxonalari joylashgani sababli ko‘rsatkichlar yuqori ekani keltirilgan.

Yil boshidan buyon respublika bo‘yicha aholi jon boshiga iste'mol mahsulotlari ishlab chiqarilishi 1 mln 852 ming so‘m bo‘lgani holda, Toshkent shahrida 5 mln 254 ming 500 so‘mni, Andijon viloyatida 3 mln 418 ming 800 so‘mni, Toshkent viloyatida 2 mln 449 ming 600 so‘mni va Sirdaryo viloyatida 2 mln 27 ming 700 so‘mni tashkil etdi.

O‘zbekistonda nechta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda?

Manbaga ko‘ra, ayni paytda O‘zbekistonda 89,8 mingta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan 16,4 mingtasi Toshkent shahrida, 9,8 mingtasi Farg‘ona viloyatida, 9,2 mingtasi Toshkent viloyatida, 9,1 mingtasi Andijon viloyatida, 7,8 mingtasi Samarqand viloyatida va 7,1 mingtasi Namangan viloyatida joylashgan.

Ma'lum qilinishicha, yil boshidan buyon respublikada 11 ming 117ta yangi sanoat korxonalari tashkil etildi. Shulardan 1 ming 233tasi Farg‘ona viloyatida, 1 ming 109 tasi (10 foiz) Samarqand viloyatida, 959 tasi (8,6 foiz) Qashqadaryo viloyatida, 967tasi (8,7 foiz) Namangan viloyatida, 1 ming 186 tasi (10,7 foiz) Toshkent shahrida faoliyat yuritadi.

Bugungi kunda shahar va tumanlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan eng ko‘p sanoat korxonalari joylashgan hududlar o‘ntaligida Andijon, Namangan, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi.



2021 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan eng kam sanoat korxonalari joylashgan hududlar o‘ntaligiga Sirdaryo, Jizzax, Qoraqalpog‘iston va Surxondaryo viloyatidagi tumanlar ko‘rsatilgan.
Download 13,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish