Ushbu kitobdan joy olgan hikoyalar



Download 126,15 Kb.
bet35/36
Sana12.05.2020
Hajmi126,15 Kb.
#49343
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
QATRALAR

AJOYIB MUKOFOT

Qadim zamonlarda o’ta qiziquvchan shoh bo’lgan ekan. Bir kuni tong saharda u shaharga kiradigan yo’lning o’rtasiga ulkan xarsang qo’ydirib, o’zi bir chekkaga yashirinib kuzatib turibdi. “Qani, shu ulkn xarsangni olib tashlashga biror kishi hafsala qilarmikan”, o’ylabdi shoh.

Birinchi bo’lib bu yerdan qirollikning eng boy savdogarlari, har kungi o’tkinchilar, bitta-yarim saroy mulozimlari izvoshlarida o’tdilar. Yo’lovchilar halaqait qilayotgan xarsangni chekkaroqqa surish o’rniga, ular uni aylanib o’tishar, ayrimlari shohni yo’llarga e’tibor qaratmaslikda ayblashar edi. Tush paytigacha ko’plab fuqarolar bu yerdan o’tishibdilar, biroq birortasining bu harsang bilan ishi bo’lmabdi. Odamlarning befarqligidan shohning hafsalasi pir bo’lib turgan ekan kutilmaganda ko’nglida umid uyg’onibdi.

Quyosh tikkaga kelguncha mehnat qilib, quchog’i to’la meva – sabzavot bilan daladan qaytayotgan dehqon xarsang yonida to’xtab, toshga ajablanib tikilibdi, yon – vriga qarabdi.. Baxtga qarshi atrofda hech zot yo’q. U yuklarini bir chekkaga qo’yib, kaftlarini yelkasiga tiragancha toshni itaribdi. Tosh osonlik bilan siljimas edi. Qanchalik mashaqqatli bo’lmasin, dehqon oxirgacha kurashib, toshni yo’l chetiga suribdi.

Dehqon yuklarini olib, xarsangdan xoli joyga hotirjamlik bilan qarasa, yerda hamyon yotgan ekan. Unda tilla tangalar hamda podshohning maktubi bor edi. Maktubda bu pul xarsangni yo’ldan olib tashlagan odamga mukofot ekani bitilgan ekan.

Shoh dehqonga ko’pchiligimiz kech anglab yetadigan haqiqatni eslatib qo’yibdi: yo’limizdagi har bir to’siq, aslida, maqsadimizga olib boruvchi mukofotdir.

XUNUKKINA AYOL

Uning iqtisodiy ahvoli yaxshi emasdi, lekin chet elda to’rt yil ishlab, o’zini tiklab oldi. Otasi taqvodor kishi bo’lib imomlik qilardi. Otasiga qo’ng’iroq qilib:

-Otajon, endi uylanishni istayman. Shuncha yil o’tdi, oila qurish vaqti keldi, bo’lajak ayolimni o’zingiz topishingizni xohlaymnan. Nikoh marosimini ham o’tkazavaring. To’yim – borgan kunimda bo’lsin. Topgan kelioningizni ham ko’rishim shart emas, - dedi.

Bu, aslida otasiga bo’lgan ishonchi ramzi edi. Albatta, taqvodor bir mo’min, payg’ambarimiz alayhissalomning: “Ayol to’rt narsa uchun nikohlanadi: moli uchun, nasabi uchun, chiroyi uchun va dini uchun. Bas, sen dindorini tanla, qo’ling tuproqqa qorilgur” degan hadislariga amal qiladi. Otasi unga soliha, dindor bir qiz topdi. Lekin qiz go’zal emas edi.

Yigit yurtiga qaytdi. Uni yopinchiqqa o’rangan ayolning yoniga olib borishdi. Xullas, xonada ikki yosh yolg’iz qoldilar.Qiz yopinchig’ini olar-olmas yigitning kayfiyati tushib ketdi.

“otamning menga topgani shumi? Shuncha yildan keyin katta hayajon bilan yurtga qaytdim va … “ Ko’ngliga chiroq yoqsa yorishmasdi. Kelinga e’tibor bermay yotib uxladi. Kuyovning bu xarakatidan gap nimada ekanini tushunga kelin kechaning oxirgi uchdan bir qismida erini uyg’otishga harakat qildi.Ammo eri uyg’onishni rad etdi. Kelin qayta harakat qildi, yana rad javobini oldi. Keyin erining yuziga suv sepdi. Eri o’rnidan turdi va kelin asta tushuntira ketdi:

-Hayolingizdan nimalar o’tayotganini sezib turibman. Go’zal emasligimni bilaman. Lekin shuni bilishingizni istardimki, oila qurishni faqat bir sababdan hohladim. Payg’ambarimiz alayhissalomning bir hadislarini amalda ko’rsam dedim. U zot shunday deganlar:

“Kechasi namoz o’qigan, ayolini ham namoz o’qishga uyg’otgan, agar bosh tortsa, yuziga suv sepgan kishiga Allohning rahmati bo’lsin. Kechasi turib namoz o’qigan, erini ham namoz o’qishga uyg’otgan, agar uyg’onmasa, yuziga suv sepgan ayolga (ham) Allohning rahmati bo’lsin!” bu tilagimni amalga oshirganingiz uchun sizdan juda minnatdorman. Bu hadisni juda istardim, biroq go’zal emasligimni bilganim uchun turmushga chiqishdan umidimni uzgandim. Iltimos, hadisning qolgan qismini men bilan ado etsangiz!

Kuyov joynamozni oldi. Namozni birga o’qidilar.

Namoz tugagach, kuyov kelinga qarar ekan hayratdan lol bo’lib qoldi. O’zi bu haqida shunday dedi:

-Namozni tugatib, ayolimga qarar ekanman, oldinroq ko’rganim xunukkina ayol shu ekaniga ishonmasdim. Qasam ichib aytamanki, shu on yonimda dunyoning eng go’zal ayoli turar edi.

CHAQALOQ


Ayol go’dakning go’zalligi oldida sehrlangan edi go’yo. Jingalak sariq sochlari, dum – dumaloq moviy ko’zlari, kichkina burunchasi va qirmizi dudoqchalari bir san’at asarini eslatardi. Ayol qizchaning ipakde mayin yonoqlaridan to’yib-to’yib o’pib, jannat iforini tuymoqni istab egildi:

-Tegmang menga… Meni erkalatishga haqqingiz yo’q, - degan ovoz eshitildi.

Ayol seskanib atrofga qaradi. Xonada go’dak va o’zidan boshqa hech kim yo’q edi. Shu ovozni yana eshitgach, go’dakka qaradi. Yo tavba! Yangi tug’ilganiga qaramay, gapirgan u edi.

-Menga yaqinlashmang, istamayman. Mendan uzoq turing, - devom etardi u.

Ayol bir oz o’zini qo’lga olib:

-Bolalarimizning hammasi o’g’il, ular ham yaxshi lekin qiz bola boshqa. Shuning uchun seni erkalatishni istayman.

- Meni erkalata olmaysiz, o’polmaysiz, - deya yig’lay boshladi go’dak.

- Nega, nimaga o’polmayman?

- Buning sababini bilishingiz kerak. O’ylab ko’rsangiz, tushunasiz, - dedi go’dak.

Ayol nimalar bo’lib o’tganini xotirlarkan, o’ziga keldi. Xususiy shifoxonaning lyuks xonasida yotar va narkoz ta’siridan ko’ngli aynirdi. Oilasining do’sti bo’lgan tanish shifokor vazani to’ldirib turgan gullardan bittasini ayolga uzatarkan:

-Ortda qolgani rost bo’lsin. Muvaffaqiyatli abort bo’ldi. Ochig’ini aytsam, oldirganingiz qiz bola ekan!

QIZIM ESHIK OCHADI

‘ Kelin-kuyov turmush qurganlarining birinchi kunida eshikni hech kimga ochmaslikka qaror qilishdi. Birinchi bo’lib kuyovning ota-onasi yosh oilani ko’rgani kelishdi. Kelin – kuyov bir – biriga qaradi, kuyov eshikni ochishni istadi,lekin qarorlari tufayli shashtidan qaytdi. . Shunday qilib, ota – ona ko’p kutmay qaytib ketishdi. O’sha kuni bir oz vaqtdan keyin kelinning oilasi keldi. Kelin- kuyov bir – biriga termildi. Kelin ko’zida yosh bilan “Bunday qilolmayman”, deb eshikni ochdi. Kuyov hech nima demadi.

Yillar o’tib kelin – kuyov birin – ketin to’rt o’gil ko’rishdi. Keyin to’rt o’gil ortidan qiz farzand dunyoga keldi. Ota yangi tug’ilgan chaqaloq uchun katta tantana o’tkazishni istadi va hamma tanishlarini taklif qildi. Xotini eridan nima uchun 4 o’g’liga bunday tantana o’tkazmay, bu safar bunday qilganini so’radi. Er o’ychan nigoh bilan shunday dedi:

-Chunki qizim menga eshik ochadi!


Download 126,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish