Qasam birliklarining tartibi va qasam matnning uslubiy qo`llanilishi. Qandahorov Sherali Xurram o’g’li



Download 19,23 Kb.
Sana18.10.2022
Hajmi19,23 Kb.
#853897
Bog'liq
Maqola 5-may AndijonDU


QASAM BIRLIKLARINING TARTIBI VA QASAM MATNNING USLUBIY QO`LLANILISHI.
Qandahorov Sherali Xurram o’g’li
magistrant
Termiz davlat universiteti,
sheraliqandahorov@gmail.com, tel:+998915189402
Annotatsiya: Qasam so’zlar va matnlarni o’rganish uchun yigish hamda tartibini o’rganish zarur. Qasam matnarini sintaktik va leksik jihatdan tahlil qilish.Matnlarni badiiy adabiyot va jonli so’zlashuvlaridan yig’ish va grammatik tahlil qilish.Qasam tushunchalarning hayotdagi ahamiyati va uslublarda aks etishini uslubshunoslik asosida tahlil qilish;
Kalit so’zlar: Qasam, qasamyod, uslub, so’z tartibi,sifat,sifatdosh,uslubshunoslik,qo’shma gap, gap qolipi,sintaktik qolipi, ursin, ont, matn;
Qasam va qasamyodlarda tartib deganda, qasam matnlarida faol qo`llanadigan so`zlarni aniqlashtiramiz. Kuzatishim va qasam matnlarni yig`ishimda islom din kirib kelgandan keyingilarida -ki qo`shimchasi juda faol qo`llanilgani ko`rishimiz mumkin.Masalan: Allohga qasamki, Xudoga qasamki, Jonim qo`lida bo`lgan zotga qasamki, Yaratgan egamga qasamki, Tangrimga qasamki, qodir Egamga qasamki, Ilmli yurtga qasamki, anjirga qasamki, zaytunga qasamki, choshgoh vaqtiga qasamki, sukunatga cho`mgan oqshomga qasamki, ka’ba xudosiga qasamki kabi –ki qo`shimchasi yordamida yasalgan qo`shma gap qolipi hosil bo`ladi.[1,167]. Shu qolipdagi bitta qo`shma gapni olaylik va tahlil qilishga harakat qilamiz: Jonim qo`lida bo`lgan zotga qasamki, Muhammad hech qachon yolg`on gapirmagan[2,17]. - ki ko`rsatish olmoshi , jonim qo`lida bo`lgan zotga qismi esa birikma holatidagi – ot(gap bo`laklariga ajratilsa, ega), qasam - ot(gap bo`laklariga ajratilsa, ega), Muhammad – atoqli ot(gap bo`laklariga ajratilsa, ega), hech qachon – olmosh bo`lishsizlik, yolg’on – sifat, gapirmagan – fe’l (sifatdosh ko`rinishi). Bu oddiygina sintaktik tahlil asosida qasam matnida ot so`z turkumi faolroq qo`llanishini ko`rdik. Qasam matnida ursin, o`lay, bo`lay , haqqi va nomi kabi so`zlar ham bugungi kunda so`zlashuv nutqini kuzatishimizda boshqalariga nisbatan ko`proq qasam matnlaridagi shakllarga aylanib qolgan va doimiy uchratmoqdamiz. Bularning ichida ursin so`zili misollarga qarab ko`raylik: non ursin, choy ursin, kitob ursin(Qur’oni Karim nazarda tutilmoqda), onam oq suti ursi,(so`zlashuvchilar nutqidan) “fotiha “ursin, mozor ursin kabidir[1,168,]. Tuzilishi jihatidan sodda gaplar hioblanadi. Ammo bu uzviy bo`laklari ham bor.To`lig`icha ko`ramiz: Mollaringizni olgan bo`lsam, non ursin, gapida sintaktik tahlilga olamiz. Bu gap ham qo`shma qap bo’lib, qo`shma gap ikkita sodda gapdan yuzaga kelgan, ular orasini – sa shart mayli qo`shimchasi bog`laydi. Qasam va ont so`zlarini sinonimning ma’no qirralarini to‘g‘ri anglash va o‘z o‘rnida qo‘llash ularning qanday so‘zlar bilan birikib kela olishi imkoniyatlarini ham hisobga olishni talab etadi. Masalan, qasamyod, qasam, ont; qasamyod qilmoq, qasam ichmoq, ont ichmoq. Qasam qilmoq, ont qilmoq deb bo‘lmaganidek, qasamyod ichmoq ham deyilmaydi. Bursadan Antokiyaga keladi. Talaba xufton namoziga azon aytilgach, masjidga kiradi. Namoz tugab, odamlar tarqay boshlaydi. Shunda antokiyalik bir kishi uning musofir ekanini sezib, turar joyi bor-yo‘qligini so‘raydi. Talabadan boradigan yeri yo‘qligini eshitgach, uyiga olib borib mehmon qiladi. Kechki ovqat paytida: “Bugun yurtimizga Islomning buyuk ulamolaridan Muhammad ibn Jazariy keldi”, deydi mezbon. Bu gapni eshitgan ilm tolibi o‘rnidan sakrab turadi: “Allohga qasam, u zotni ko‘rmagunimcha uxlamayman!” Mezbon: “Bu kecha dam ol, ertaga ko‘rasan”, desa ham, baribir ko‘nmay turib oladi. Shunda ikkovlari Imom Jazariy mehmon bo‘lib tushgan uyni so‘rab-surishtirib yo‘lga chiqishadi. Ilm tolibi olim bilan ko‘rishgach, yig‘lab yuboradi, sevinchidan terisiga sig‘maydi. Qasam yuqoridagi misolda keltirilgan holatda shart qo`yish va his-hayojon bilan aytigan qa’tiyatlilik ekanini ko`rishimiz mumkin. Allohga qasam, u mehmonni ko‘rmagunimcha uxlamayman! Shu misolimiz his-hayojon gap,matn ichida mana bu ko`rinishda ifodalaydigan bo`lsak: “Allohga qasam, u zotni ko‘rmagunimcha uxlamayman!” deya o`rnidan turdi.bo`lsa, bu ko`chirma gap hisoblanadi. shu gapni so`z turkimlariga ajratadigan bo`lsak, uxlamayman,ko`rmagunimcha fe’l so`z turkumi,allohga, qasam, zotni kabi so`zlar ot so`z turkumi,u ko`rinib turganidik olmosh so`z turkumidir.O`zbek tilida faol qo`llaniladigan so`z turkumlari ot va fe’l qasam matnida ham faol ishlatilgandir. Asos va qo`shimchalarni yana boshqa misolda ko`ramiz. Masalan: “Shu kaʼbatulloning ichida oʻltirib yolgʻon gapirgan odam musurmon emas. Kishining qasamiga ishonmagan ham yetti mazhabda moʻmin emas!”[4,267] Mazhabda so`zi adashmasam, mazhab asos, -da o`rin-payt kelishigi qo`shimchasi bugundagi ko`rinishi, lekin arab- fors tilidan o`tgan so`z bo`lgani sababli ularda asos va qo`shimcha ajratish farq qiladi.arab-fors tili feliktiv tillar oilasiga mansubdir.Ishonmagan so`zida ishon asos,-ma fe’lning bo`lishsiz shakli, -gan fe`lning sifatdosh shaklidir. Qasamiga so`zida qasam asos,-i egalik qo`shimchasi, -ga jo`nalish kelishigi.Kishining so`zi esa kishi asos,-i egalik kelishik qo`shimchasi, -ning qaratqich kelishigi.Emas to`liqsiz fe`l,gapirgan so`zida gap asos, -ir so`z yasovchi qo`shimcha, - gan sifatdosh qo`shimchasidir. -ki: Bu shakl bilan birikkan qo’shma gaplarda ahd kilish, qasam ichish, va'da berish ma'nolari ifodalanadi: Sening ko’zing surmasidan ayrilgan bu ko’zlarimga lahad tuproqlari to’lsinki, bir odim sendan yiroq qolsam. (H.H.)[3,5] -sa: bu shakl esa, asosan, shart qo`yish bilan kifoyalanadi. Shu kunga qadar odamlar orasida ,telvideniyalarda,va rasmiy saytlarda qasam ichmoq hamda qasamyod qilish kabi so`zlarni eshitib qolamiz.Bu so`zlar o`zi nima-yu qanday ma’nosi bor deb o`ylab ko`rganmisiz? Unda e’tibor qiling. Qasam arabcha so`z bo`lib, va’da , ont,juda qattiq so`z berish,Alloh nomi bilan ichilsa Allohga ahd qilish kabi ma`nolarda ishlatiladi.Masalan: “Sizning yaxshiliklaringizni unutsam, ko`zlarim ko`r bo`lsin”deb qasam ichganman.(Oddiy so`zlashuv nutqidan so`rav asosida olingan)[5,134]. Qasamyod esa ikki so`zdan tashkil topgan bo`lib, qasam arabcha,yod fors-tojikcha xotira, xotirot singari ma’nolari bor. Masalan, Prezidentlik qasamyodi, Harbiy qasamyodi, Shifokorlar qasamyodi. Hayotimizda qo`llanib kelayotgan qasam yoki ont so`zi etimologiyasi, semantikasi haqida bir qarabchiqaylik. Ont turkiycha so`zdir. Ont so`zi ilk shakli ”nt” ko`rinishda bo`lib,Urxun-Enasoy yodgorlikida qo`llnilgandir. Aynan bu so`zi Bilga xaqoni bitiklaridagi qo`llanilgandir. Qasam va qasamyodlar uslublarda ifodalanishi nima?
1.So’zlashuv uslubida jamiyat a’zolari bo`lgan, nutq egalari ishlatadigan uslubdir.Shu uslubda qasam yoki qasamyod. Masalan:”Itini so`yib izzatini qilaman”qasam ichganman. 2. Badiiy uslubda qasam tasviriylik va ta’sirchanlikka egaligi tushuniladi.Masalan:”Shu xotinning nimasini yaxshi ko`raman? Nimasiga ishqi bozman? Bir og`iz so`zimga ilhaq bo`lib, yurganlar ko`p edi-ku? Bo`ldi! Bo`ldi!.Endi bironta iltimosini bajarmayman!” debontichardi. Ammo qasam qo`rg`onini Fotimaning birgina shirin jilmayishidayoq vayron bo`lib, ketardi. Tohir Malik “Murdalar gapirmaydilar” qissasi. 3. Publisistik uslubda qasam yoki qasamyodlar,jurnalistlar nutqida hamda gazeta –jurnalardagi xabarlarda ishlatilishi tushuniladi.Masalan:Shavkat Mirziyoyev qasamyod qildi va O'zbekiston Prezidenti sifatida o`z lavozimiga kirishdi 4.Ilmiy uslubda qasam va qasamyodlar barcha ilmiy kitoblarda uchrashiga aytiladi. Lug`atlarda izoh beriladi, etimologiyasi beriladi.Masalan: “O`zbek adabiy talaffuzlar lug`ati” kitobida ont va qasamyot so`zlarining talaffuziga e’tibor qarataylik: ont – ant, э – im, - iᶇ, - i; t.- ni, ѥ. - kә, ч – ten ∆ Ant ichmoq.5. Rasmiy uslubda qasam va qasamyodning ishlatilish bugungi kunda ommolashmoqda hamda yana boshqa sohalarga ham qo`llash kerak.Har qanday kasb egalarining qasamyodi matni ishlab chiqishni maslahat bergan bo`lur edim.Bu uslubdagi qasam matni quyidagicha Masalan: Prezident qasamyodi,Harbiy va boshqa qasamyodlar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Omonturdiyev A.Professional nutq evfemikasi(chorvadorlar nutqi misolida): Filol.fanlari d-ri dis. …avtoref. - T.,2009. - 167,168,169 b. 24
2. “Olamga nur sochgan – oy” . t\s olingan.28-qism.
3. Tolibjon Qodirov tayyorlagan maqolasida.“Hidoyat” jurnalining 2012-yil, 1-sonidan olindi.
4. A. Qodiriy, «Mehrobdan chayon» , G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti,1994;149b.
5. Omonturdiyev J,Omonturdiyev A “Hozirgi o`zbek tili”3-qism Termiz-2014 So`zlashuv nutqidan olingan
Download 19,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish