Ushbu kitobdan joy olgan hikoyalar


MEHRDAN SHIFO TOPGAN MALIKA



Download 126,15 Kb.
bet34/36
Sana12.05.2020
Hajmi126,15 Kb.
#49343
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
QATRALAR

MEHRDAN SHIFO TOPGAN MALIKA

Podshohning judayam aqlli va go’zal qizi to’satdan xastalanib qolibdi: oyoq –qo’li ishlamay, eshitish va ko’rish qobiliyati zaiflashibdi. Tabiblarning davolashga urinishlaridan natija bo’lmabdi.

Bir kuni saroyga nuroniy qariya tashrif buyurib, malika dardini davolash sirini bilishini aytibdi. Saroy ahli undan yordam berishini, malikani tuzatishini so’rashibdi. Shunda qariya bemorning qo’liga tol novdalaridan to’qilgan, ustiga mato yopilgan savatni tutqazibdi: «Savatni ol, undagi narsaga g’amxo’rlik qil, Xudo xohlasa, tuzalasan», debdi.

Oylar o’taveribdi, malika bolaga parvona bo’libdi: uni ovqatlantiribdi, erkalabdi – suyubdi, o’ynatibdi. Bolaga mehri tushgach, dardlarini ham unutib, tunlari uxlamay uni parvarishlabdi.

Kun, oylar o’tibdi. Bola kulibdi, bir kuni yurib ketibdi. Quvonganidan uni dast ko’tarib olgan malika juda yengil harakat qilar, unga hech qanday og’riq azob bermas ekan.

Bola bilan o’tgan yillar davomida malika asta – sekin sog’ayib borgan ekan.

Hayotning qoidasi shu – birovga mehr berib, mehr topasan, baxt ulashib saodatga erishasan.

YONIMIZDAGI BAXTDAN SARMAST BO’LIB YASHAYLIK

-Onam yoshligimda nuqul sabr qilish kerak, «Sabrning tagi sariq oltin», derdi. Onamning o’gitlari doim quloqlarim ostida yangrayveradi.

Dadam bolaligimda bizni tashlab ketgan. Bir kuni onamdan dadam haqida so’raganimda tonggacha yig’lab chiqqani yodimda. O’shandan keyin ulardan dadam haqida so’ramaganman…

Bo’yim yetib uyimizdan sovchilar arimay qo’ydi. Meni yoqtirgan yigitlarning birini o’poq desam, birini so’poq derdim. Ikki orada onam qiynalar, men esa onaizorimni ukalarim bilan yolg’iz tashlab ketishga ko’nglim bormasdi. Air oilanin boqish ularni yeb-ichirish faqat volidamga qolib ketardi – da. Xullas, vaqt o’tdi. Bu orada mahallamizdagi bir yigitdan sovchilar keldi. Ular onamga ma’qul bo’ldi. Kuyov bo’lmish Toshkentdan Farg’onaga qatnar, oyijonimning ta’biri bilan aytganda, yigitning «pishog’i moy ustida» ekan.

Bir kuni ishdan qaytayotib, eshigim oldida turgan oppoq «Neksiya» ga ko’zim tushdi. «Yana kelishibdi-da», degan hayolda o’tib ketayotsam, mashina ichida ko’rkamgina yigit o’tiribdi. Unga bir qaradim – u, yuragim taka – puka bolib ketdi. Bu yigitni birinchi marta ko’rishim emas edi. Kuni kecha o’qishim yonida ham, undan oldin bekatda turganimda ham ko’rgandim. Demak, u meni kuzatib yurgan ekan – da, degan fikr o’tdi ko’nglimdan. Bir kuni o’qishdan qaytayotganimdan yana uni uchratdim. U mashinasidan tushdi – da, eshikni asta ochdi:

-Marhamat, o’tiring, Hilolaxon. Agar hozir o’tirmasangiz, juda xafa qilgan bo’lasiz.

O’ylanib turganimni ko’rgan yigit men tomon bir qadam bosdi. Qo’rqib ketganimdan mashinaga o’tirib oldim.

-Ismim Ziyod. Ismim nega bunaqa qo’yilganiga hayron bo’layapsizmi? To’g’risini aytib qo’ya qolay, oyog’imdagi bitta barmog’imning yonida «bolachasi» ham bor…

Kulgidan o’zimni zo’rg’a tiydim.

- Hozir bir - -birimizni qanchalik yaxshi bilsak, o’zimizga yaxshi, chunki turmush qurgach,qiynalmaymiz – da…

- Sizga kim tegarkan?

- Siz, albatta. Men tutgan joyimni kesmasdan qo’ymayman. Siz menga yoqib qoldingiz. Hatto bir – ikki marta ovozimni o’zgartirib sizni o’ramoqchiydim. Bo’lmadi. Qarg’ashga shunaqangi usta ekansizki… Men orzu qilgan qiz sizsiz, Hilolaxon. Agar rozi bo’lsangiz, o’zingizni dunyodagi eng baxtli insonlar qatorida ko’rasiz!

Yigitning dangalchiligi menga yoqdi va to’yga rozilik berdim. Ikki oyda to’yimiz ham bo’lib o’tdi. Qaynonam, qaynotam, qaynisinglim meni shunaqangi e’zozlashardiki…

To’yimizga bir yil to’lish arafasida yangi mujda eshitgan erimni yosh bola singari sakrashini ko’rib, ichagimiz uzilgudek kulganimiz hamon yodimda. Ona bo’lishimni eshitgan oilamdagadilar hatto oshxonaga ham yo’latmasdi. Qaynisinglimni aytmaysizmi? Uni shundoqqina qo’shnimizga uzatganmiz. O’zining ro’zg’ori bo’lishiga qaramay, menga yordamlashishga chiqar, ko’nglim tusagan ovqatni birga tayyorlardik. Erim esa har gal yo’lga chiqqanida hadyalar olib kelardi. Gohida buning barchasiga kuni kelib ko’z tegmasin, deya niyat qilardim. Oradan bir necha oy o’tib, men ona bo’ldim. Onamning qadrini, ona bo’lish qadrini o’shanda anglab yetdim. Qaynona – qaynotam bolamni to’tiyo qilib, boshlariga ko’tarishardi. Bolamni hatto menga ham ishonismasdi. Men qaynonamning yonida yotardim. O’sha damlarni o’ylasam haliyam o’rtanib ketaman. O’g’limning ketidan qizim Husnorani dunyoga keltirdim.

Xudoyimning nega menga ketma – ket farzand ato etganini keyinchalik fahmladim. Oradan besh yil o’tdi. O’g’lim Mihij[bl mektabga chiqdi. Husnora esa bog’chada, o’zim ishga tushib ketgandim. Shunday kunlarning birida…

Hammamizning hayotimizni buzib yuborgan shum xabarni eshitdik. O’shanda qor zabtiga olib yog’ayotgandi. Ziyod akam Toshkentga ketgan, yo’l juda yomon edi. Maktab derazasidan tashqariga boqarkanman, barchaga oqlik, beg’uborlik baxsh etayotgan qor ko’zlarimga balodek ko’rinardi. Chunki Ziyod akam qor yoqqanda dovon yo’li yaxmalak bo’lishini, serqatnov mashinalar orasida mashina haydash amri mahol ekanini ko’p bora ta’kidlardi. Shu payt telefonim jiringlab qoldi. Tugmachani bosdim. Qaynisinglimning vahimali ovozidan dunyo ko’zlarimga qorong’I bo’ldi.

-Kelinoyi, tez shahar kasalxonasiga yetib keling, akam, akam…

U yog’ini eshitmadim. Qanday qilib sinfdan chiqqanim, bo’ralab yog’ayotgan qorga ham qaramay, paltosiz ketganimni ham eslolmayman. Yo’lakda turgan yaqinlarimni ko’rib yig’lab yubordim.

Qaynonam:

-Hilolaxon, qo’rqmang, bolam yaxshi, faqat oyoqlari salgina ezilibdi. Oldinda kelayotgan yuk mashinasi sirg’alib ketib, Ziyodjonimning mashinasini ezib qo’yibdi – da, qo’rqmang, kelin – dedi.

Ammo qaynotamning qizargan ko’zlari, qaynsinglimning ahvolidan hamma narsa ayon edi. Ziyod akam operatsiyada ekan. Qaynotam «Bolalarni maktabdan, bog’chadan olib, uyga boravering», dedi. Ammo ko’nglimga hech narsa sig’masdi. Shunda Xudoga iltijo qildim. «Nima bo’lsa ham Ziyod akam yashasa bo’ldi. Qolgan hamma narsaga tayyorman…»

Oradan to’qqiz soat o’tgach, shifokorlar chiqishdi.

-Bolangiz yaxshi , - dedi shifokor qaynotamning yelkasiga qoqib. – Barchasi ortda qoldi, muhimi, u yashaydi.

Oradan bir hafta o’tgach, Ziyod akamni palataga olishdi. O’sha kuni erimni ermni ilk bora ko’rdim. Rangi dokadek oqarib ketgan, soqollari o’sib, bir tutamgina bo’lib qolgan turmush o’rtog’imning yoniga yaqinlasharkanman, birdan uning:

-Ket, - degan so’zidan cho’chib tushdim.

- Ziyod aka, dadasi…

- Ket deyman senga!

Boshimdan sovuq suv ag’darilgandek bo’ldi. Qaynonam oraga qo’shildi.

-Ziyodjon, bolam, shu kunlar ham bor ekanda boshimizda.

- Oyi, ayting, u ketsin. Bolalarni tashlasi – u, ketsin…

- Nima uchun? Dadasi, nega, aybim bo’lsa, ayting…

- Senmi? Senda ayb yo’q. Hamma ayb menda! Mana! Mana, mening aybim! – Ziyod akam ustidagi qalin adyolni otib yubordi.

Ne ko’z bilan ko’rayki, erimning ikki oyog’I o’rnida bintalab tashlangan ikki bo’lak et turardi.

E, voh! Falakning boshimga solgan sinovi shumidi? Nahotki, nahotki endi shu ahvolda yashasa?! Dam kesilgan oyoqlarga, dam Ziyod akamga qararkanman, esankirab qoldim.

-Ahvolimni ko’rding, endi ket!

- Nega, nega ketarkanman? Siz qay ahvolda bo’lsangiz ham men uchun o’sha – o’shasiz!

O’sha voqeadan keyin Ziyod akam hamma narsaga bee’tibor, loqay bo’lib qoldi. Kun ketidan oylar, oylarni quvib yillar o’tdi. Men erimni yosh bolalardek ko’tarib, goh cho’miltirib qo’yardim, gohida aravachada hovlida aylantirib yurardim. Bir kuni yon qo’shnimiz Zarifa opa erimni ko’tarib yotqizayotgan vaqtimda chib qoldi va :

-Eh, guldek emring shu yarim jon eringni deb o’tib ketayapti. Ket, deganda ketsang, bo’lmasmidi? Ikkita bolangni o’zlari katta qilib olishardi, Senga nima edi, kap – katta erkakni ko’tarib yurushingni qara! – deya dashnom berdi.

Bunday achchiq gaplarni juda ko’p eshitdim. Hatto onajonim ham tez – tez takrorladi. Ziyod akamning gohida kayfiyati tushib ketar, o’sha onda hammani, hatto bolalarimni ham ayamas edi. Haftalab xonasidan chiqmas, qo’liga tushgan narsani duch kelgan tomonga uloqtirardi. Men esa duv – duv ko’z yosh to’kib, hech narsa bo’lmagandek yana ularni parvarish qilishda davom etardim.

O’g’lining rang – ro’yiga, ahvoliga, ko’ngliga qarab, avval qaynonam, oradan hech qancha vaqt o’tmay qaynotam vafot etdim. Katta hovlida o’zimiz qoldik. Endi men ham asabiylashadigan, bolalarimga do’ uradigan odat chiqargandim. Oradan bir necha oy o’tdi. Biz asta – sekin judolikka ko’nikka boshladik.

Ziyod akam kompyuterni yaxshi tushungani uchun turli bannerlar, afishalar dizaynini tayyorlab, tajribalari ortib boraverdi. Erimning o’ziga ovunchoq topganidan hammamiz quvondik. Shu taxlit yillar o’tdi. Bir kuni Ziyod akamni so’rab, ikki kishi kirib keldi. Ularning salobatidan qo’rqib keldim. Anglashimcha, ular mashhur firmaning vakillari edi.

-Bizga katta o’lshamdagi reklama banner kerak. Agar ishingiz yoqsa, sizni doimiy ishga olamiz. Hafa bo’lmaysiz, uka, biznesda avval sinab ko’riladi, - dedi o’zini Erkin deb taishtirgan qorachadan kelgan bo’yi baland kishi.

Erim bu taklifga rozi bo’ldi. Ikki haftada benner tayyor bo’ldi va u firma rahbariga maqul keldi. Ziyod akam shu taxlit ishga kirdi. Endi ularning ishi ko’paygandan – ko’paydi. Hatto hayotga bo’lgan qiziqishlar ham ortgan, avvalgi qo’polligi odamoviligi chekinggan edi. Bundan juda ham xursand edik. Kompaniyaning chet eldagi rahbari Ziyod akamni ko’rish uchun uyga keldi. Ahvolini ko’rgach, «Qanday yordam kerak bo’lsa, ayting?» dedi. Erim: «Mahalla – ko’y, qarindoshlarning ko’magi bilan sh darajaga yetishdik, bu yog’iga ish bilan ko’mib tashlang», deb hazillashdi. Xullas, yana yangi rejalar, yangi loyihalar…

Bularning bari Ziyod akamni qaytardi. Yaqinda uyimizni ta’mirlatdik. Endi kelin tushirish arafasidamiz. Erim gohida: «Eslaysanmi, to’yimizdan oldin o’zingizni dunyadagi eng baxtli insonlar qatoriddan ko’rasiz, degandim. Ammo seni baxtli insonlar qatorida ko’rasiz, degandim. Ammo seni baxtli qila olmadim», deydi. Men esa: «Mening baxtim – sizsiz. Siz, bolalarim yonimda bo’lsangiz, mendan – da baxtli inson yo’q», deyman. Aytmoqchi bo’lganim, har bir ayol o’z baxtidan sarmast bo’lib yashasin . Baxtni uzoqdan emas, farzandlaringiz, yaqinlaringiz, turmush o’rtog’ingizning kulgisidan, ularning beg’ubor nigohidan qidiring. Hayot naqadar go’zal, naqadar yoqimli ekanini ana o’shanda tuyasiz.

Hozirgi yoziladigan hikoya juda ham ajoyib hikoya hisoblanadi. Bu orqali siz inson haqida yana ham kengroq tasavvurga ega bo’lasiz ya’ni, inson nima, nima uchun u yovuzlik va yaxshilik qiladi. Bularni hammasi mana shu hikoyada jamlangan. Bu hikoya sizlar uchun zerikarli bo’lishi mumkin lekin bu hikoya ajoyib hikoyadir.

INSON

Inson – eng avvalo biz inson deganda nima tushunishimiz aytiladi. Inson rastdan ham nima? Yovuz, johil mavjudotmi yoki sodda, beg’araz va boshqa k’plab yaxshi hislatlarni egasimi. Bu savolga hech kim javob bera olmaydi. Chunki inson yaxshi hislatlar egasi bo’lishi mumkin lekin insonlar yaxhsi hislastlar egasi bo’la olmaydi. Inson yamon hislatlar egasi bo’lishi mumkin lekin insonlar yomon hislatlar egasi bo’la olmaydi. Chunki hayotning asosiy qonuniyati yaxshilik va yovuzlik o’rtasidagi kurashdir. Dunyo shunday yaralgan. Mana shu dunyoda tirik jon bo’lib yashar ekanmiz bu qonuniyatni o’zhartirish juda ham mushkul. Chunki biro dam barchasini doimo yaxshilikka yetaklay olmaydi. Mana shu yaxshilik va yvuclik o’rtasidagi kurash bizni hayotimizni ma’no va mazmunga boy qilishda asosiy yordam beradi. Demak, siz nolimang hayotda yomon insonlar ko’p deb, yaxshi insonlar ham bor faqat ularni topish o’z qo’lingizda.

Bir odam bor edi. O’zini juda ham omadsiz deb hisoblar edi. Qanday ishga qo’l urmasin doimo omadsizlikka uchrab o’sha ishdan boshqa ishga o’tardi. Bir kuni menga aytdi. Do’stim sen qanday ishga qo’l ursang doimo ishing baroridan keladi, meniki esa uni teskarisi. shu tariqa menga mana shu omadsizliklarini aytib bera boshladi. Men esa unga shunday dedim:

– Sen biror ishni boshlashdan oldin unga puxta reja tuzib olasanmi.

– Yo’q – dedi u.

– Nega unda bu ishni boshlaysan- dedim men.

– Qiziqqanimdan – dedi.

– Bir ishni boshlashdan oldin unga puxta reja tuzib olinadi va ana o’sha reja asosida ish ko’rib borasan – dedim.

– Mayli bu narsa o’zimni xatoyim ekan. Bo’lmasam bir narsani menga astoydil tushuntirib berchi.

– Nimani?

– Nega men senga o’xshab do’stlarim bilan birga yura olmayman…

– Mana shu yerda to’xta – dedim – sen aytayotgan narsalar o’zini qo’lingda. Sen o’zing odamlarga qo’shilishni xohlamaysan. Mana shu senga tushunarli va qisqa javob. Agar kirishimli bo’lganingda do’stlar davrasiga qo’shila olar eding va boshlagan har qanday ishing ham omad bilan kechar edi.



  • Demak hamma ayb o’zimda ekanda – dedi.

  • Ha o’zingda. Sen men omadsizman deb ko’p nolima. Usting but, yeyish – ichishing yaxshi va asosiysi ota – onang, do’stlaring bor.Bu kunlarni ko’rmaganlar qancha. Sen esa bu kunlarni ko’rib turibsan. Kimdir bedavo dardlarga yo’liqqan. Seni esa to’rt muchang sog’lom. Kimlardir ustiga kiygani kiyimi yo’q, yegani ovqati va yotarga joyi yo’q. Sen omadsizlikdan nolimasdan doimo shukr qili yasha va omad senga kulib boqadi. Omadga ham ishon do’stim

Mana demak doimo shukr qilib yashash kerak ekan. Avval ayganimdek bu hikoya qiziqarli va ajoyibdir.

Siz hayotda hech qachon hammaga yoqadigan ideal inson bo’la olmaysiz. Chunki hammaning didi har xil. Mana shu ham hayotimizni ma’noga boyitadi. Hayotni ma’noga boyitadigan narsalar juda ham ko’p. Agar biz har kuni hammamiz bir xil narsa haqida gapiraversak zerikib ham ketamiz. Shuning uchun biz doimo turli xil odamlarni ko’ramiz va ulardan turli xil ma’lumotlarni olamiz. Agar biz birovga o’xshashga harakat qilmoqchi bo’lsak bir narsani sedan chiqarmaylik. Hayotda asosiysi va eng qiyin ish bu o’zligingcha bo’lib qolishdir. To’g’rida bizga hayotda ko’plab insonlarni o’rnak qilib ko’rsatishadi. Biz esa ularga o’xshaymiz deb ulardaqa kiyinamiz, ularga taqlid qilamiz va hokazo. Biz ularga emas, ular bizga o’xshashga harakat qilishsa bu biz uchun yaxshi emasmi. Biz mana mashhur qo’shiqchi yoki kino yulduzlarini ko’rib qolsak ulardan dasxat so’rashga tushamiz – u, lekin oddiy bir haqiqatni tushunmaymiz. O’sha dasxatni ham olarmiz lekin kular kelib u dasxat qayerlarda qolib ketmaydi. Biz ana o’sha qo’shiqchi – yu, kino yulduzlarini ko’klarga ko’taramiz lekin hech qachon biz uchun mehribon hatto jonini fido qilguvchi ota – onalarimizni ko’klarga ko’tarmaymiz. Biz katta bo’lamiz. O’zimiz ishlab pul topamiz. Keyin o’sha pulni har xil be’mani narsalarga sarflaymiz. Afsuski uyga hattoki ikki dona ham non ko’tarib kira olmaymiz. O’rtoqlarimiz davrasida o’tirsak onamiz yoki otamiz bizdan havoti olib qo’ng’iroq qilishadi lekin biz ana o’sha qo’ng’iroqni olmaymiz. Agar ota – onamiz olamdan o’tsa biz o’sha qo’ng’iroqni olmaganimiz uchun juda ham afsuslanamiz. Shuning uchun qiladigan xatolarimizni avvaldan o’ylab keyin qilishimiz kerak. Qizlar hozirda hattokki o’g’il bolalardan ham o’tib ketishayapti. Avvalari qizlar ostona hatlab ko’chaga ham chiqa olishmagan. Hozirda esa tunlari ham ko’chalarda qizlarni uchratish mumkin. Bunga sabab esa hozirda ko’pchilik bir-biriga beparvo bo’lib ketganida. Agar biz o’z mahallamizda biror begonani ko’rsak uni kimligini va qayerda ekanligini so’rashimiz kerak lekin biz unday qilmaymiz. Oddiy bir yo’lovchi bo’lsa kerak deb indamaymiz ham.

Hayotda ideal insonni uchratish juda ham qiyin va shu bilan bir qatorda ideal inson bo’lish ham qiyin. Ideal inson avvalo nima degan savolga javob topishimiz va ana o’sha ideal inson bo’lishga harakat qilishimiz kerak. Biz aslida kimmiz. Daho, normal inson yoki past tabaqadagi insonmizmi. Har kimni qiziqqan mashg’uloti bo’ladi. Agar ana o’sha qobiliyatini u yoshligidan boshlab shakllantirib borsa, demak u kelajakda ana o’sha sohani yetuk insoni bo’lib yetishadi. Buning uchun e’tibor asosiy o’rinda turadi. Agar bola yoshligidan rasm chizishga qiziqsa demak u rassom bo’lishga qiziqadi. Agar musiqaga jo’r bo’la boshlasa musiqachi, agar tartibni yoqtirsa demak u buyuk matematik bo’lib yetishishi mumkin. Faqat buning uchun ota-onalar unga e’tibor qaratishi lozim.

Yuqorida aytib o’tilganidek inson nega yovuzlik qiladi, yaxshilik qilmaydi yoki nega yaxshilik qiladi, yomonlik qilmaydi degan edik. Bunga sabab hayotning muhim qonunidir.

Inson o’zini xursand qilishi uchun ko’plab o’yinlar va boshqa ko’ngilochar narsalar o’ylab topa boshlaydi. Hamma narsaning me’yori bor degandek inson ham mana shu me’yorga amal qilishi kerak. Mana shu ko’ngilochar narsalar ortida me’yorga amal qilmayapti. Mana shu ko’plab narsalarni uvol qilayapti.


Download 126,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish