Cho’qqida turgan osmondan tushgan emas
Albert Eynshtyen
ADOLATLI HAKAM
Otam juda qat’iyatli va intizomli inson. Biz – uch farfarzandidan doim shuni talab qilgan. Mas’uliyat degan tushuncha bolaligimizdan ongimizga singdirilgan., doim adolatli bo’lishimiz talab etilgan. Hamon shunday. Esimda, bundan o’n besh-o’n olti yillar oldin bir uchrashuvni boshqardim. Jamoalarning biriga otam murabbiylik qilardi. Avvaliga jamoa yaxshi o’yin ko’rsatayotgan edi, shundanmi, ayrimlar allaqachon o’yinni xulosalashgan: «Ravshan otasining jamoasiga yon bosadi».Qarangki, ikkinchi taymda sustlashishdi, yutqazishdi. O’shanda otam «O’g’lim, qo’rqandim, dadamning jamoasi yutsin, deb adolatsizlik qilishingdan! Yasha!» deb yelkamni qoqib qo’ygan.
Faoliyati davomida jahon final bosqichida eng ko’p – 9 ta o’yinni boshqarib, dunyo rekordini o’rnatgan, «Yilning eng yaxshi hakami», deb e’tirof etilgan Ravshan Ermatovning hayotiy xulosalaridan biri bu.
Do'stlaringiz bilan baham: |