E’tiboringizga xavola etilayotgan hikoyalar bir qarashda oddiy. Ammo ularni shunchaki o’qimang mulohaza ham qiling.
HAQIQIY TUHFA
Yoshligimda onam pardoz vositalari firmasi a’zosi edio, ularning mahsulotlari- ni sotar, oyligiga qo’shimcha tarzda kelib turadign shu mablag’ bilan yolg’iz o’zi ro’zg’or tebratardi (otam erta vafot etgan). Bir kuni u kishi keltirgan yangi katalogda qizchalar uchun bir sovg’aning rasmini ko’rib qoldim. U sochto’nog’ich, lak, bejirim sumkacha, kapalakli to’nog’ich kabi chiroyli mayda – chuydalardan ibo- rat bo’lib, bari juda go’zal pushti qutichaga joylangandi. Yangi yilga ikki haftagina vaqt qalgani uchun men shu sovg’a haqida orzu qila boshladim. Bir necha kun o’tgach esa … Oyimning yotoqxonasida qara paketning bir chetidan shu quticha chiqib turardi! Oyim men uchun olib qo’ygan deb o’ylab, biram suyundimki… Kutilgan bayramga bir necha kun qoldi, men orzumdagi qutichaga yetishish uchun soat, daqiqa sanardim. Ammo…
Oyim u qutichani dugonasiga berib yubordi. Dugonasi qizi uchun buyurtma qilgan ekan. Quticha menga atalmagan ekan! Bu bolalaigimdagi eng katta yo’qotish bo’lgan men uchun. Oyimdan ranjidim, mening ichki tuyg’ularim, hislarim bilan qiziqmasligidan kuyindim. Lekin endi o’zim ona bo’lgach angladim: ota – ona farzandining oniy orzulari emas, kelajakdagi buyuk maqsadlari va marralari haqida o’ylar ekan. Onam o’sha firmada ishlab topgan pullariga meni repetitorga berib, ingliz tilini o’rgatdi. Hozir elchixonada ishlayman.
BAHO
Biro dam yangi muzlatgich sotib olibdi. Eskisi ham binoyidek ishlar ekan. Lekin uyda uni saqlashga joy yo’q. Shuning uchun eshik tagiga chiqarib, «Kimga kerak bo’lsa, tekinga olib ketaversin. Ishlaydi!» deb yozib qo’yibdi. Muzlatkich uch kun ko’chada turibdi, birov olib ketmabdi. To’rtinchi u odamning shumligi tutibdi va yozuvdagi «tekinga» sozining o’rniga «50 ming so’mga» deb yozib qo’yibdi. Ertalab eshik oldida muzlatkichdan asar ham qolmabdi.
Faqat bahosi qo’yilgan narsagina qadrli ekan.
SOXTA OLTIN
Yaqinda feysbukda sobiq erimning profiliga duch kelib qoldim. Kirdim. Bir nechta suratlarda u yangi tug’ilgan jiyanini ko’tarib olgan, yonida yana bir jiyani turardi. Xullas, bolasevar va bolaparvar erkak qiyofasi. Qaysi ayolga bu yoqmaydi? Surat tagiga shunaqangki maqtovlar, ofarinlar yozilgandiki… kulgim qistadi.
Erim meni hali chaqalog’imiz olti oylik bo’lmay turib tashlab, boshqa ayolga ketib qolgandi. Oradan olti yil o’tsa ham bizni biror marta yo’qlamadi, shiringina bo’lib qolgan o’g’ilchasi ko’z oldiga kelmadi, hatto.
Yaltirab ko’ringa har narsa ham oltin bo’lavermaydi. Shu qarmoqqa ilinadigan baliqchaga hozirdan rahmim kela boshladi.
NOHOLIS NIYAT
Yaxshigina kasbim, ish joyim bor edi. Ammo men hech qayerda ishlamasdan pul olishni orzu qilardim. Avto halokatga uchradim va nogiron bo’lib qoldim. Ishlamay pul ola boshladim. Lekin yilda bir marta tashxisdan o’tish, hujjatlar to’plab nafaqa muddatini cho’zdirish lozim edi. Adoqsiz navbat kutishlar, yugur – yugurlar, asabbuzarlik va yalinishlardan bezor bo’lganimda tezroq doimiy nafaqaga chiqarishlarini orzu qilardim.Bu niyatimga ham yetdim: Menda saraton aniqlandi va doimiy nafaqa bilan ta’minlanadigan bo’ldim.
Endi o’z istaklarim va orzularimga ehtiyot bo’la boshladim. O’ylab niyat qilaman. Hech qachon muammo va azoblarimdan shikoyat qilmayman. Faqat kech emasmikan?
Do'stlaringiz bilan baham: |