Urganch davlat universiteti «tasdiqlandi»



Download 245,69 Kb.
bet3/14
Sana19.02.2020
Hajmi245,69 Kb.
#40182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
DIAGNOSTIKA MAJMUA


Rahbariyat adabiyotlari.

  1. Karimov. Barkomol avlod - O'zbekiston taraqqiyoting poydevori. Toshkent, 1997-yil.

  2. I.A. Karimov. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. T. Ma’naviyat, 2008

  3. O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi,-T.:O’zbekiston.2012y

  4. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni.,-T.:Ozbekiston.1997 y

  5. Kadrlar tasyyorlash milliy dasturi,T.:Ozbekiston.1997 y

  6. Maktabgacha yoshdagi bolalarga qo’yiladigan davlat talablari-T.:Kvinta print.2012 y

Asosiy adabiyotlar.

1.Sh.A.Sodiqova”maktabgacha pedagogika”.”Tafakkur sarchashmalri”T:2013y

2.N.M.Kayumova “Maktabgacha pedagogika”TDPU nashriyoti T:.2013y

3.Xasanboyeva.O.U. va boshq.Maktabgacha ta’lim pedagogikasi.T.:Ilm ziyo.2006y



4.Козлова.С.А,,Куликова.Т.А Дошкольная педагогика М.:Академия.2002г

5 Ilk

Qoshimcha adabiyotlar.

1.Xasanboyeva O> Pedagogika tarixidan xrestomatiya .-TO’qituvchi.1993y

2.Pedagogika.A. Munavvarov tahriri ostida.-T.:O’qituvchi .1997y

3.”Bolajon” tayanch dasturi T.:2010y.



  1. www.tdpu.uz

  2. www.pedagog.uz

  3. www.ziyonet.uz

  4. www.edu.uz

  5. tdpu-INTRANET. Ped


Asosiy nazariy qism (maruza mashgulotlari)

1-MAVZU: PEDOGOGIK DIAGNOSTIKANING MOHIYATI VA FUNKSIYALARI .

REJA:

1. Pedagogik diagnostikaning eng muhim kriteriyalari

Metodik ish tizimida pedagogik diagnostikaning ahamiyati vazifalari

2. Pedagogik diagnostika nima? Uni joriy etish yo`llari va ahamiyati

3. Pedagogik diagnostika fanining hozirgi kundagi ahamiyati

4.Metodik ish tizimida pedagogik diagnostikaning ahamiyati vazifalari

Tadqiqot ishlarining natijalari zamonaviy pedagog va rahbar shaxslarning quyidagi kasbiy sifatlari bilan farq qilishini ko`rsatmoqda:


  • O`z faoliyatini tahlil qilish ehtiyoji;

  • Dialogga kirishish qobiliyati;

  • Diagnostika va o`zini-o`zi diagnostika qilishning yangi usullarini egallshga intilish;

  • O`zi-o`zini bir xilda baholash qobiliyati.

Shuning uchun o`quv jarayonini boshqarish, ayniqsa uning ishtirokchilarini boshqarish masalasiga tubdan o`zgartirishlar jkiritish kerak.Ularni o`zi-o`zini boshqarish tartibiga o`tkazish har bir rahbarning bosqichma-bosqich o`zini-o`zi tahlil qilishi va o`z maqsadini belgilashi, o`zi-o`zi baholash va korreksiya qilishi (to`g`irlash) demakdir.Bu esa har qanday boshqaruvchining tashxis qilish tomonini kuchaytiradi.

Tahlil, ozini ozi tahlil qilish, shaxsni o`rganish tushunchalari so`nggi vaqtlarda yagona diagnostika(tashxis) atamasi bilan nomlana boshladi. Ushbu so`zning umumiy ma`nosi – tashxis qo`yish nazariyasi va amaliyoti, bilishning alohida turidir, chunki “diagnostika” lotinchadan tarjima qilinganda “aniqlash”, “belgilash” ma`nolarini anglatadi.

harakatini aks ettirish demakdir/ Uning vazifasi pedagog va rahbarlarga sabablarning o`zaro bog`liq harakati, ularning qaysi biri shu lahzada kritik ahamiyatga ega bo`lishi haqida tezkor va ishonchli axborot beradi. Shuning uchun ta`lim tarbiya va metodik jarayonlarning barcha tarkibiy qismlari tashxis qilib turish muhim ahamiyat kasb etadi.

Pedagogik diagnostikaning mazmuni deganda metodik va pedagogic jarayonning, bola shaxsi, pedagog yoki rahbarning faoliyati darajasidan qat`i nazar, tezkor o`rganilishi va baholanishi, tartibga solinishi va korreksiyasi(to`g`rilanishi ) tushuniladi.

Pedagoglarning faoliyati va shaxsini o`rganish – metodik ishlarning sifati va samaradorligini oshirishning muhim omilidir. Metodik ishlar pedagoglarning bolalarga ta`lim-tarbiya berish va ularni rivojlantirish bilan bog`liq faoliyatida yuqori natijalarga erishish uchun yordam berishga qaratilgan .Ushbu masalani nafaqat keying takomillashtirish, balki har bir pedagogning mavjud imkoniyatlarini har tomonlama hisobga olish shartlaridagina bajarish mumkin.

Metodik ish tizimida pedagogic diagnostikaning ahamiyati va vazifasi

Pedagogik tashxis pedagoglar bilan olib boriladigan metodik ishlarni tashkil etishda, ularning kasbiy va o`zaro rivojlanishida ilmiy yondashuvni ta`minlaydi. Shuning uchun u metodik, ta`lim-tarbiya jarayonlarida hamda maktabni boshqarish jarayonida muhim rol o`ynaydi. O`qituvchining kasbiy rivojlanish darajasini o`rganishning tizimi sifatida olingan pedagogic tashxis qoyish ishdagi qiyinchiliklarni aniqlash uchun mos bo`lib xizamt qiladi, ularni yengib o`tishning muqobil usullarini izlashga undaydi. Shu bilan birga, u o`qituvchining kuchli tomonlarini aniqlashga, ularni mustahkamlash hamda pedagogic faoliyat va o`qitish metodining yakkalashtirilgan metodlarini rivojlantirish yo`llari hamda aniq usullarini belgilab olishga ham imkon beradi.

Pedagogik mahorat, pedagogning muaffaqiyatlarini diagnostika qilish attestatsiya muammolarini muqobil hal qilishga imkon beradi, chunki u ta`lim muassasasi mamuriyatining bahosidagi subyektivizmni chetlashtiradi. Biroq ta`lim muassasasi rahbarlari shuni yodda tutishlari kerakki, diagnostika bu – shaxsiy maqsad emas, balki maslahat, korreksiya(to`g`rilash), moslashish va metodik –psixologik qollab-quvvatlash bilan bir qatorda pedagoglar bilan ishlash bosqichlaridan biri hisoblanadi.

Pedagogik faoliyat diagnostikasini, ayniqsa o`zini-o`zi diagnostika qilishni o`tkazsh har bir pedagog tomonida o`zini-o`zi tahlil qilish va baholash malakalrini egallashga yo`naltirilgan Bu hol pedagogic kadrlar bilim olib boriladigan ishlarnng o`zini tartibga solish va korreksiyalashning faol tartibiga o`tkazishga imkon beradi.

Pedagogik diagnostika har bir pedagogning bilish, har birining ko`ngliga yo`l topa olish singari murakkab masalalarni muaffaqiyatli yechishda rahbar – metodistlarga yordam beradi. U o`qituvchilarni kasbiy va shaxsiy xusuiyatlarini bilishga imkon beradi va shu bilan birga pedagog kadrlar bilan metodik ishlarnong tashkil etilishini yengillashtirib, ularning samarasini oshiradi.

Zamonaviy diagnostikaning vazifalari:

Yaqin vaqtlargacha pedagogi diagnostika biron-bir belgilarni baholash muammosiga taqalar ekan, shaxs esa bir figura, fotosurat ko`rinishida ifodalanar edi. (N.Golubev, P.Bitinas). Bugungi kunda pedagogic diagnostika ko`p tarmoqli bo`lib bormoqda va o`zida ma`lumot, asl diagnostika, baholash, korreksiya, yo`naltiruvchi, tahliliy kabi vazifalarni mujassamlashtirmoqda.

Diagnostik yondashuv ham o`quvchilar, ham butun pedagogic jamoa faoliyatining turli bosqichlaridagi harakatining majmuaviy diagnostikasi, o`zini-o`zi sinovdan o`tkazish va monitoring tizimini tuzish hisobiga amalga oshadi va shuning uchun boshqaruv faoliyatining natijalarini holisona baholashga imkon beradi.

Diagnostikani tashkil etish jarayonida subyektlarning rivijlanish dinamikasini o`rganish va holislikni oshirish uchun bosqichilik, davriylikka rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Obektning nafaqat asl holatini balki oraliq va yakuniy natijalarini organish zarurligi sababli kamida uchta kesimda bajarilishi lozim: birinchi kesimkirish nazorati (birinchi boshlang`ich diagnostika), ikkinchi kesim – joriy nazorat(qiyosiy diagnostika) va uchinchi kesim – chiqish nazorati (yakuniy diagnostika).

Har bir pedagog mazkur ta`lim muassasasining metodik ishi tizimiga mos ravishda amalga oshirayotgan faoliyatni diagnostika va tahlil qilish dasturi pedagogic ta`lim –tarbiya va metodik jarayonni tashkil etishdagi jarayon va omillarni aniqlash, zarur va kutilayotgan o`zagrishkarni bir ketma-ketlikka qo`yish, boshqaruv korreksiaysini amalga oshirish – bularning hammasi ta`lim muassasasiga yutuqlar asosida mavjud muammolarni hal qilishda ularning qay darajada ekanligini, an`na bilan innovatsiy o`zaro qanchalik uyg`unlashganini, manfaatdorlik vaziyati vujudag keltirilganligini, sinov, tajriba , izlanish va ilmiy-metodik tadqiqot jarayonida pedagogic jamoa ko`pchiligining ichki kechinmalarini bilish va ko`rishga imkon beradi.

Shuni yodda tutish kerakki, diagnostika u yoki bu sifatlar va xususiyatlarning mavjudligi yoki ularning yo`qligini ko`rsatib beradi, rahbar esa, uning natijalaridan foydalangan holda, pedagogning kasbiy o`sishining istiqbollari, yo`llari va usullarini aniqlashda yordam berishi kerak. Pedagogning o`rganish ishlari nafaqat dianostik, balki istiqbolli tavsifga ega bolsagina, ushbu yo`nalishda olib borilgan ishlarning u yoki bu darajadagi natijaviyligi yoki uning foydaliligi to`g`risida gapirish mumkin(V.M. Lizinskiy)

Pedagogik diagnostika nima?

Uni joriy etish yo`llari va ahamiyati

Har qanday faoliyat zamirida ham amalga oshirilagn ishlarning pirovard maqsadi, vazifalari va kutilgan natijalari bo`ladi. Faoliyat natijalarini sarhisob qilish, amaliy xulosalar yasash – bo`sh yoki muaffaqiyatli o`rinlarni belgilab olish, faoliyatning keying bosqichlarida uni hisobga olish diagnostika deyiladi.

Pedagogik diagnostika ta`lim samaradorlig, ish mazmuni, olib borilgan pedagogic faoliyatni tahil qilishda katta ahamiyatga ega bo`lib, ilg`or ta`lim muassasalarida bu ish uslubi muaffaqiyatli tarzda amalga oshirilmoqda, yutuqlar musathkamlanib, yo`l qo`yilgan kamchilik va nuqsonlarni tahlil qilish asosida bosh strategic yo`nalishlar belgilab olinmoqda va yuqori darajadagi pirovard natijalar qo`lga kiritilmoqda Savol tug`iladi:


  • bolaning bilish va ko`nikmalarini belgilashga o`qituvchi aralashgani ma`qulmi yokio`ziga-o`zi baho bergani afzalroqmi?

Mana shu savollarga eng maqbul asoslarda javob berish pedagogic diagnostikaning predmetidir.Mana shu maqsadni ro`yobga chiqarish yo`l-yo`riqlari, metodik mexanizmlarini ishlab chiqish, joriy etish muhim vazifadir.Pedagogik diagnostikaning tarixi pedagogic faoliyat tarixi bilan deyarli tengdosh. Boshqacha qilib aytganda, pedagogic jarayon ming yillardan beri mavjud bo`lsa, bu faoliyatning meyorlari va natijalarini belgilash ham shunchalik qadimiydir. Demoqchimizki, o`quvchi bilimga baho qo`yish, uni sinov va imtixon qilish, pirovard ish natijalarini belgilab olish boshlangan yerda pedagogic diagnostika ham mavjud. Faqat farq shundaki ibtidoiy va o`rta asr pedagogikasida bola bilim va iqtidorini diagnostic tahlil qilishning ilmiy asosi yo`q edi. Pedagogik diagnostikani ilmiy asosda tahlil etish va yo`lga qo`yish XX asr boshlarida amalga oshirilgan. Shu boisdan bu pedagogic jarayonning nomlanishi ham turlicha bo`lgan.

Ayrimlar pedagogic diagnostikani taklif etilgan bilimlarni o`zlashtirish asosi deyishadi.Boshqalar diagnostika o`qitishni jadallashtiruvchi axborotdir deb hisoblaydilar.Yana ayrimlar esa diagnostika egallangan bilim sifatini nazorat etishdir, degan fikrni ham ilgari suradilar.

Taniqli pedagogic olim Matserman pedagogic diagnostikani o`quvchi o`zlashtirishi bilan, o`quv materialini to`g`ri tanlash, maqsadni to`g`ri qo`yish mezonidir deb hisoblaydi.

Aslida pedagogik diagnostika o`quv materialini bilish jarayonining asosini tashkil eti, maqbul pedagogik xulosaga kelishga zamin yaratadi.

Shu boisdan ham, pedagogik diagnostika:

birinchidan, o`quvchiga individual ta`lim berishni jadallashtiradi;

ikkinchidan, davlat va jamiyatning ta`limga qo`ygan talablaridan kelib chiqib, o`quvchi bilimini to`g`ri, adolatli baholashni ta`minlaydi;

uchinchidan, ishlab chiqilganta`limiy mezon, kriteriyalar orqali o`quvchining sinfdan sinfga o`tishida, mutaxassislikda qabul qilinishida minimal talablarga javob berishin belgilaydi.

Pedagogik diagnostika yordamida ta`lim-tarbiya jarayoni to`g`ri tahlil etiladi va uning samaradorligi to`g`ri baholanadi. Boshqacha qilib aytganda, pedagogic diagnostika orqali ta`lim obyektda, ta`limiy tushunchalar qay darajada o`zlashtirilganligi tahlil etiladi, butun o`quv kursini, o`quv dasturlarini o`zlashtirish darajasi baholanadi.

Pedagogik diagnostika muhim ahamiyatga ega. U o`quv-tarbiya jarayonini yaxshilashga xizmat qiladi, talimiy faoliyat natijasida erishilgan samaralarni holislik bilan belgilab beradi, yo`l qo`yilgan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etishga yo`l ochadi, pirovard natijada ta`limning takpmillashib borishiga ijobiy ta`sir qiladi.

Pedagogik diagnostika tarixiga nazar tashlasak, o`tgan asrlarda u faqat o`quvchi bilimini baholash orqali amalga oshirilganini kuzatamiz. Unga 164-yilda AQSH olimlari D.Fisher va R.Resslar asos solganlar, 1908-yildan boshlab esa, olim T.Stoun arifmetikadan test orqali o`quvchi bilimini sinash tizimini tatbiq etagn.

Egallagan malakani aniqlashga qaratilgan pedagogic diagnostika yoki diagnostic faoliyatning ayrim jihatlari:



  1. taqqoslash;

  2. pedagogic tahlil;

  3. avvaldan ayta bilish(prognoz);

  4. interpretatsiya;

  5. pedagogik diagnostika natijalarini o`quvchilarga yetkazish;

  6. amalga oshirilgan turli diagnostic metodlarni o`quvchiga yetkazish;

  7. pedagogik diagnostika metodlarini to`g`ri belgilashdan iborat bo`lgan

Pedagogik diagnostikaning eng muhim kriteriyalari esa:

haqqoniylik(obektivnost);

ishonchlilik(nadejnost);

puxtalik(validnost)ka asoslanadi.



Nazorat savollari

1.Metodik ish tizimida pedagogik diagnostikaning ahamiyati va vazifalari nimalardan iborat?

2. Pedagogik diagnostika nima? Uni joriy etish yo`llari va ahamiyati qanday?

3. Pedagogik diagnostika fanining hozirgi kundagi ahamiyati nimalarda iborat?



4. Pedagogik diagnostikaning eng muhim kriteriyalariga nimalar kiradi?

2- Mavzu: pedagogic diagnostika fanining predmeti, maqsad va vazifalari.

Reja:

  1. Psixodiagnostika va pedagogik diagnostika iboralarini eshitganizda fikringizda qanday so’zlar , iboralar keladi. ( Aqliy hujum ) – 5 daqiqa.

  2. Shaxs rivojlanishining psixologik pedagogic diagnostikasi kursini o’rganishning ahamiyati haqidagi fikrlar munozarasi. (3x4 pedagogik texnologiya asosida) – 25 daqiqa.

  3. Shaxs rivojlanishining psixologik pedagogic diagnostikasi kursining predmeti, maqsad va vazifalari. ( Kichik guruhlarda ishlash metodi orqali) – 35 daqiqa.

  4. Darsga yakun yasash- 5 daqiqa.

Mashg’ulot uchun zaruriy uslubiy tavsiyalar va o’quv didaktik tarqatma materiallar

  1. Psixodiagnostika va pedagogic diagnostika iboralarni eshitganizda fikringizda qanday so’zlar,iboralar keladi,degan savol bilan magistrlarga murojaat etiladi. Bi\unda biz interfaol usullardan biri aqliy hujum usulini qo’llaymiz. Aqliy hujum – g’oyalarni generatsiya ( ishlab chiqish) qilish metodidir. “ Aqliy hujum” metodi biror muammoni yechishda talabalar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to’plab,ular orqali ma’lumbir yechimga kelinadigan eng samarali metoddir. Aqliy hujum metodining yozma va og’zaki shakllari mavjud. “Aqliy hujum” ishtirokchilari oldiga qo’yilgan muammo bo’yicha har qanday mulohaza va takliflarni bildirishlari mumkin.Aytilgan fikrlar yozib boriladi va ularning mualliflari o’z fikrlarini qaytadan xotirasida tiklash imkoniyatiga ega bo’ladi. Metod samarasi fikrlar xilma-xilligi bilan tavsiflanadiva hujum davomida ular tanqid qilmaydi, qaytadan ifodalanmaydi. Aqliy hujum tugagach , muhumlik jihatiga ko’ra eng yaxshi takliflar umumlashtirilishi, sinflashtirilishi tizimlashtirilishi va muammoni yechish uchun zarurlari tanlanishi mumkin.

2.”Shaxs rivojlanishining psixologik pedagogic diagnostikasi” kursini o’rganishning ahamiyati haqidagi fikrlar munozarasini “3x4” pedagogic texnologiya asosida tashkil etish uchun gueuh 4ta kichik guruhlarga bo’linadi. Har bir guruh uchun bir varaq qog’oz olinib, unga “SHaxs rivojlanishing psixologik pedagogic diagnostikasi” kursini o’rganishning ahamiyati haqida 3tadan guruh fikrini yozish hamda , bu fikrlar yozilgan qog’ozni (soat setrelkasi yo’nalishi bo’yicha ) keying guruhlarga uzatish taklif etiladi. Keyingi guruh esa yana bu haqida 3ta fikr bilan to’ldirishi va keying guruhga uzatishi lozim.SHu tarzda davom etib,Har bir qaog’ozda 12 tadan fikrlar mujassam bo’lgach ,guruhlar bu fikrlarni hal etib, guruhning bir umumlashtirilgan fikrini bildirishlari talab etiladi.

3’’Shaxs rivojlanishning psoxologik pedagogik diagnostikasi’’ kursiningpredmeti,maqsadivavazifalarini muhokama etisgh uchun kichik guruhlarda ishlatish metodidan foydalanish maqsadga mufvofiq .Kichik guruhlarda ishlash uchun guruh 4ta kichik guruhlarga bo’linadiva ularga quyidagi tarqatma materiallar berib, ushbu masalalar bo’yicha taqdimotlar tayyorlash topshiriladi.

1-guruhuchun tarqatma material

Psixodiagnostika nima?

‘’Psixodiagnostika ‘’so’zining mohiyat ‘’psixologik tashxis qo’yish’’ yoki kishining mavjud mavjud psixologik holati va xususiyati haqida qarror qabul qilishni anglatadi

Psixodiagnostika-amaliy jihatdan psixologning deyarli barcha faoliyat doiralarida, ya’nipsixologik-pedagogik tadqiqotlarda muallif yoki ishtirokchi sifatida qatnashayotganda, psixologik maslahat hamda psixologik korreksion (to’g’rilash va rivojlantiruvchi) ishlarni amalga oshirayotgan jarayonda qo’llaniladi. Ammo ko’pincha amaliy psixologning ishlarida psixodiagnostika – faoliyatning alohida mustaqil turi sifatida namoyon bo’ladi. Uning maqsadi- psixologik tashhis qo’yish, ya’ni kishini mavjud psixologik holatini baholash orqali ifodalanadi. Psixodiagnostikaning nazariy asoslari psixologiya fanining turli jabhalari, jumladan, umumiy,differensial, tibbiy,yosh davrlari psixologiyasi kabi sohalarga asoslanadi.Uning metodik usullariga esa, individual- psixologik xususiyatlarni o’rganish, olingan natijalarni qayta ishlash va tahlil qilishning aniq yo’l-yo’riqlari kiradi. Psixodiagnostika sohasidagi nazariy-metodik ishlarning yo’nalishlari avvalam bor psixologik amaliyot talablari asosida belgilanadi.Ushbu talablarga muvofiq usullarning kompleksi shakllanadi.

Psixodiagnostik faoliyat jarayonini metodikalar aprabatsiyasi, talablar yo’riqnomasini ishlab chiqish, tadqiqotlarni o’tkazishdagi qonun-qoidalarni yaratish, natijalar tahlilining usullarini shakllantirish hamda ma’lum metodlarning imkoniyat va cheklanishlarini muhokama qilish tashkil etadi.

Diagnostik faoliyat o’z maqsadiga ko’ra tashhis (diagnoz) yo’nalishining turli ko’rinishlariga ega bo’ladi. Qo’yilgan tashhis o’rganilayotgan xususiyatlarni shakllantirishga yoki korreksionishlarni tashkil etishga qaratilgan amaliy tavsiyalar bilan ifodalanadi.

Shunday qilib, diagnostika yorqin namoyon bo’luvchi individual-psixologik, psixofizologik xususiyatlar asosida olingan ma’lumotlarni taqqoslash bilan alohida kishi yoki ma’lum shaxslar guruhi borasida xulosa chiqarish demakdir.



Pedagogik diagnostikaning umumiy tamoyillari.

Bolalarda maktabgacha ta`lim muassasasidagi bolalarning qobiliyati va layoqatlarini har tamonlama rivojlantirishga, ular shaxsini shakllantirishga qaratilgan. Pedagogika jarayonining mahsuldorligi pedagogning o’z tarbiyachilarini yaxshi bilishga, ta’lim va tarbiyaning xilma -xil metodlarini qo’llashga bog’liq harakat qiladilar. Bolalarning bunday holatlari chegara holatlari sifatida, psixik taraqqiyot kamchiligi sifatida shaxs aksentuatsiyasining turli ko’rinishi sifatida tasniflanishi mumkin Ularni aniqlash uchun bolalar psixologiyasi, klinik potopsixologiya va psixatriya kabi sohalardagi bilimlar talab qilinadi. Bundan tashqari tarbiyachiga qarovsizlik kabi muammolarni hal qilishga to’g’ri keladi.

O’qituvchi ta’lim va tarbiya dagi qiyinchiliklarni uchun va qanday qilib paydo bo’lishini tushunish uchun, u avvalo bola psixik taraqqiyotining asosiy qonuniyatlarini bilishi va turli psixik holatlarini, psixologik - diagnostika metodlarini egallashi zarur. O’qituvchining psixodiagnostik tadqiqot yoki doimiy kuzatish jarayonida olingan natijalarni bolalar bilan ishlashda qanchalik to’g’ri foydalana olishi ham zarur hisoblanadi.

Tajribaga asoslangan fan sifatida XIX- asroxirida vujudga keldi. Xuddi shu davrda psixologiyada o’lchash g’oyasi keng tarqaldi. Psixodiagnostikaning mustaqil fan sohasiga aylanishi olimlarning insonlar psixikasidagi individual farqlarga qiziqishining ortishi bilan bog’langan.

Psixodiagnostika psixologikdiagnoz qo’yish haqidagi fandir. Bunda diagnoz ko’rsatkich va tavsifnomalarni birgalikda tahlil qilish asosida sinaluvchining holati va xususiyatlari haqidagi xulosalaridan iboratdir.

Psixologikdiagnoz (diagnosis - grekcha, aniqlash, bilishdegan ma’noni anglatadi) – shaxs individual – psixologik xususiyatlarining hozirgi holatiga baho berish, rivojlanishini oldindan aytib berish (prognoz qilish ) va psixodiagnostik tekshiruv vazifalaridan kelib chiqish, tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan psixolog faoliyatining so’nggi natijasidir.

Psixodiagnostik tadqiqotlar amaliyotida psixologik diagnoz qo’yishning 3 bosqichi farqlanadi:

Simptomik diagnoz dadasturi mavjud har qanday EHM bajarishi mumkin bo’lgan tadqiqotdan olingan natijalar qayta ishlanadi.

Etnologik diagnozda (kelib chiqish sabablari) biror xususiyatning mavjudligini emas; balki uning vujudga kelish sabablari ham hisobga olinadi.

Tipologik diagnozda sinaluvchi shaxs tuzulishida olingan natijalarning ahamiyati va o'rni aniqlanadi

Psixadiagnostika psixalogiyaning ilmiy va amaliy jabhalaridan tashqari uning boshqa sohalarida keng qamrovda qo’llaniladi. Masalan, tibbiy psixalogiya , patopsixalogiya ,injenerlik psixalogiyasi ,mehnat psixalogiyasi kabi insonning psixologik xususiyatlarini bilish talab qilinadigan barcha sohalarda foydalaniladi.

Ilmiy va amaliy psixadiagnostika qayd etilgan barcha holatlarda ham o’ziga xos muhim vazifalarni hal etadi.Ularga quyidagilar kiradi:

1.Insondagi mavjud biror psixologik xususiyat yoki xulq atvori holatini aniqlash;

2.Mazkur xususiyatning shakllanganligi , ya’ni uning miqdoriy va sifatiy ko’rsatkichlarda namoyon bo’lishi darajasini o’rganish;

3.Zarur bo’lgan holdagina shaxsning tashxis qilinayotgan xulq atvoridagi psixalogik xususiyatlarini ochib berish ;

4.O’rganilayotgan xususiyatlarning shakllanganlik darajasini taqqosiy ishlanmasini yaratish.

Amaliy psixadiagnostikada sanab o’tilgan vazifalarning har biri alohida yoki kompleks tarzda olib borilayotgan tadqiqot maqsadiga muvofiq amalga oshiriladi.

Demak, psixadiagnostika psixologdan professional faoliyati jarayonida maxsus tayyorgarlik talab qiluvchi murakkab sohadir.Psixolog egallashi kerak bo’lgan bilim, ko’nikma malaka shunchalik keng va murakkabki, uning o’zlashtirilishi bilan psixodiassgnostikani professional psixolog faoliyatining negizi sifatida e’tirof etilishiga sabab bo’ladi .Haqiqatdan ham amaliy psixologlarni malakali mutaxassis etib tayyorlash ahamiyatga molik omildir.

Ilmiy va amliy psixadiagnostikaning asosiy masalalari

Psixalogiya fanida “psixalogik tashxis qo’yish” so’zining ikki xil tushunchasi mavjud.Birinchisi “psixadiagnostika “-amaliyotda turli psixadiagnostik usullardan foydalanish mumkin bo’lgan psixalogik bilimlar doirasini ifodalab ,u o’z ichiga tashxis jarayonini amalga oshirishda muhim

32

Ahamiyat kasb etadigan quyidagi qator masalalarni qamrab oladi:



1.Psixologik xususiyatlar tabiati va ularni ilmiy baholash imkoniyatlarining mavjudligi qanday?

2.Psixalogik xususiyatlarni aniqlash jarayonida va miqdoriy baholash vaqtdagi umumiy bo’lgan ilmiy asoslar holati qay tarzda ?

3.Hozirgi vaqtda qo’llanilayotgan psixadiagnostik usullar qabul qilingan umummilliy , metadologik talablarga qanchalik mos keladi?

4.Psixadiagnostikaning turli usullarga qo’yiladigan metadologik talablar nimalardan iborat?

5.Amaliy psixadiagnostika , jumladan , tashxis jarayonlarini amalga oshirish sharoitlariga qo’yiladigan talablar , olingan natijalarni qayta ishlash va tahlil qilish usullrining ishonchlilik darajasini aniqligi qanday?
6.Psixadiagnostik metodlarning ilmiyligini tekshirish va ularni yaratish jarayonlari qanday amalga oshadi?

Ikkinchisi , “Ppsixadiagnostika”-psixalogik tashxisning amaliy jihati bilan bog’liq bo’lgan psixologning maxsus faoliyati doirasini o’z ichiga qamrab oladi .

Bunda , nafaqat ilmiy , nazariy balki, psixadiagnostikani tashkillashtirish va uni amalga oshirish jarayoniga aloqodor amaliy masalalar yoritiladi.Uning tarkibini :

1.Psixadiagnost sifatida psixolog uchun qo’yiladigan maxsus talablarni aniqlash ;

2.O’z faoliyatini malakali tashkil etishda kerak bo’lgan bilim va ko’nikmalar tartibini joriy qilish ;

3.Psixologning psixadiagnostik metodlarini mevaffaqiyatli va malakali o’zlashtirishidagi ayrim amaliy shart –sharoitlarni yaratish hamda ularga rioya qilish zarurati ;

4.Psixadiagnostik doira faoliyati ko’rsatadigan psixologni amaliy jihatdan tayyorlash hamda uning kompetentligini baholashda dastur , metod va usullarni ishlab chiqarish masalalari tashkil etadi.

Yuqoridagi nazriy va amaliy masalalr bir-biri bilan o’zaro chambarchas


Chet ellarda bu sohada olib borilgan va rus tiliga tarjima qilinib, o`zbek mutaxassislarining ham tushunish imkoniyatiga ega bo`lgan ishlarida K Ingenkampning 1991 yilda bosmadan chiqqan Pedagogik diagnostika (muallif ning yozishicha pedagogic diagnostika atamasi u tomonidan 1968 y taklif qilingan va kiritilgan) asarida ancha keng yoritilgan.

Pedagogik diagnostika mazmuniga qisqacha to`xtalib o`tamiz .

Tarbiyalanganlik darajasini diagnostika qilish –bu yo`nalish shaxslarning tarbiyalangan ligi, ularning xulq -atvorini, odob axloqini, tarbiyalanganlini (tarbiyaviy ta`sirlarga berilishi )ni o`rganisdan iboratdir .

Tashkiliy –metodik diagnostika pedagogning -pedagoglarning kvali fikatsiya ni,o`quv jaroyoning uslubiy ta`minlanganligi darajasini baholashdir.

Didaktik diagnostika –pedagog jaroyonni takomillashtirish uchun xizmat qilishdir(o`quv jarayoning tashkiliy metodik tomonlaridan tashqari)

Shaxsning o`g`zaki va yozma javoblarini, javoblaridagi tipik xatolarni xatolarni, ularning ularning sabablarini o`quv faoliyatidagi salbiy o`zgarishlarini,

Shaxslarda o`quv mehnat malaka va ko`nikmalarning rivojlanganlik darajasini, ta`lim olishga nisbatan moyilliklari diagnostika qilinadi

Ijtimoiy –pedagogik diagnostika –shaxslarning pedagogic qarovsizligini,moslashganlik darajasi, tarbiyasi o`gir bollalarni diagnostika qilishda ijtimoiy omillarni hisobga oluvchi yo`nalishdir .Diagnostika pedagoglar

Tomonidan maktabdan,o`quv yurtidan tashqarida olib boriladi/Shu sababli

Diagnostika pedagoglar tomonidan maktabdan, o`quv yurtidan tashqarida olib boriladi.shu sababli diagnostika jaroyinida oila sotsiologiyasi va iqtisodi,huquq sotsiologiyasi,dam olish sotsiologyasi kabi sohalarda qo`llaniladigan metodikalar va ko`rsatkichlardan foydalanishni taqozo etadi.

Ijtimoiy psihologik –pedagogik diagnostika –bu yo`nalish

Sotsiologiya, ijtimoiy psihologiya , pedagogikani o`z ichiga qamrab olgan bo`lib, shaxslar pedagoglar, ota- onalar guruxlarini shaxslarga ommaviy kommunikatsiya vositalaring (radio, televizor, gazetalar, va h.k) ta’sirini shaxslarning burch va huquqlari ,ular orasidgi munosabatlar o’rganilishiga qaratilgan.

3-guruh uchun tarqatma material


Download 245,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish