Urganch davlat universiteti «tasdiqlandi»


-Mavzu:Pedagogik diognostika asosida ta’lim –tarbiya jarayonini rejalashtirish



Download 245,69 Kb.
bet8/14
Sana19.02.2020
Hajmi245,69 Kb.
#40182
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
DIAGNOSTIKA MAJMUA


9-Mavzu:Pedagogik diognostika asosida ta’lim –tarbiya jarayonini rejalashtirish.

Reja:

1.Psihologik va pedagogik maslahat iborasini eshirganingizda fikringizga qanday so`zlar,iboralar keladi.(aqliy hujum )-5daqiqa.

2. Psihologik va pedagogik maslahatlarni samarali tashkil etishning shart-sharoitlari haqidagi fikrlar munozarasi(3x4 pedagogik texnologiya asosida)-25daqiqa

3.Psihologik va pedagogik maslahat ishlarining mazmuni bosqichlari asosiy qoidalari (Kichik guruhlarda ishlash metodi orqali )-35daqiqa.

4.Darsga yakun yasash-5 daqiqa.

Mashg`ulot uchun zaruriy uslubiy tavsiyalar va o`quv didaktik tarqatma materiallar

1.Psihologik va pedagogik maslahat iboralarini eshitganinganingizda fikringizga qanday so`zlar iboralar keladi?

Degan savol bilan magistrlarga murojaat etiladi:

Bunda biz interfaol usullardan biri aqliy hujum usulini qo`llaymiz .Aqliy hujum g`oyalarni generatsiya (ishlab chiqish)

qilish metodir. “Aqliy hujum ” metodi biror muammoni echishda talabalar tomonidan bildiririlgan erkin fikr va mulohazalarini to`plab,ular orqali ma`lum bir echimga kelinadigan eng samarali metoddir.

Aqliy hujum metodining yozma va og`zaki shakllari mavjud.

Aqliy hujum ishtirokchilari oldiga qo`yilgan muammo bo`yicha har qanday mulohaza va takliflarni billdirishlari mumkin.Aytilgan fikrlar yozib boriladi va ularning mualliflari o`z fikrlarini qaytadan xotirasida tiklash imkoniyatiga ega bo`ladi.Metod samarasi fikrlar xilma –xilligi bilan tavsiflanadi va hujum davomida ular tanqid qilinmaydi qaytadan ifodalanmaydi Aqliy hujum tugagach muhimlik jihatiga ko`ra eng yahshi takliflar generatsiyalanadi va muammoni echish uchun zarurlari tanlanadi.

2.Psihologik va pedagogik maslahatlarni samarali tashkil etishning shart sharoitlari haqidagi fikrlar munozarasini “3х4”pedagogik texnologiya asosida tashkil etish uchun guruh 4 ta kichik guruhlarga bo`linadi.Har bir guruh uchun bir varaq qog`oz olinib,psihologik va pedagogi maslahatlarni samarali tashkil etishning shart sharoitlari haqidagi fikrlar haqida 3 tadan guruh fikrini yozishni hamda hamda bu fikrlar yozilgan qog`ozni (saot strelkasi yo`nalishi bo`yicha ) keyingi guruhlarga uzatish taklif etiladi.Keyingi guruh esa yana yana bu haqda uchta fikr bilan to`ldirishi va keying guruhga uzatishi lozim.Shu tarzda davom etib har bir qog`ozda 12 tadan fikrlar mujassam bo`lgach,guruhlar bu fikrlarni tahlil etib guruhning bir umumlashtirilgan fikrini bildirilishi talab etiladi.

3.Psihologik va pedagogik maslahat ishlarining mazmuni,bochqichlari asosiy qoidalarini muhokama etish uchun kichik guruhlarda ishlash metodidanfoydalanish maqsadga muofiq.Kichik guruhlarda ishlash uchun3 ta kichik guruhga bo`linadi va ularga quyidagi tarqatma materiallar berilib ushbu masalalar bo`yicha taqdimotlar tayyorlash topshiriladi.

1-guruh uchun tarqatma materiallar.



Psihologik maslahatishlarining mazmuni

1.Bolalar o`qituvchilar talabalar ta`lim va tarbiyasi bilan shugullanuvchi barcha shahslarga jumladan ma`muriyat (director,rector, mudir )o`qituvchilar,murabbiylar ,ota onalar, ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari xodimlariga aniq va yaqqol maslahatlar berish .

2.Ta`lim, taraqqiyot,tarbiya kasb tanlash va turmush qurish , o`zaro munosabat muomala va muloqot sirlari,tengdoshlar va voyaga etganlar munosabatlari,masalan,dunyoqarash ,qobiliyat,iqtidor muammolari yuzasidan individual ,guruhiy jamoaviy tarzda maslahatlar uyushtirish.

3Ma`muriyatga,bolalar, o`quvchilar,talabalarga (yotoqxonada,klublarda,kutubxonalarda )qiziqtiruvchi masalalar bo`yicha bolalar,o`quvchilar,

Talabalarning psihik o`sishi hususiyatlariga oid ma`lumot berishi,o`g`il va qizlarni asrab olish ,onalik va otalikdan mahrum qilish, tashkilotlarni g`amho`rlik va vasiylik to`g`risidagi qabul qilgan qarorga munosabati,shaxs taqdirini xal qilishda

qatnashishi va maslahatli fikr berishi lozim.

4.Ota –onalarga bolaning psihik rivojlanishi xususiyatlarini shaxs sifatida shakllanishi,o`zaro munosabat maqomlari,bunda farzandlarining yoshi,jinsi,individual –tipologik xususiyatlari muammosi bo`yicha ilmiy –amaliy maslahatlar beradi.

5.Yangi tipdagi maktablarga o`rta maxsus va kasb –hunar kolleji o`quvchilari,akademik litsey talabalariga ularning imkoniyati,istiqboli to`grisida ilmiy –amaliy xususiyatiyaga molik konsultativ ishlar olib borish:yoshlarni saralash,tanlash,ixtisosida yaroqlik darajasini aniqlash, tanlov komissiyasida maslahatchi sifatida ishtirok etish.Mazkur ishlar o`quvchilarni maktabda ,kollejda va litseylarda o`qitish davomida psihologik –pedagogik jihatdan chuqurroq o`rganishga yo`naltirilgan bo`lib,ularning individual xususiyatlarini, ta`lim tarbiyasidagi nuqsonlarning sabablarini aniqlash ga mo`ljallandir .Diagnostik ishlar guruhiy yoki individual tarzda o`tkaziladi.Bu asnoda amaliy psiholog quyidagi vazifalarni bajaradi.

Yosh davr taraqqiyoti mezonlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida psixolog bolalar, o`quvchilar,maxsus maktab,o`quvchilarini,akademik litsey va kasb –kollejlari,oliy o`quv yurti talabalarini psihologik tekshirividan o`tkazadi, ularning darajalarini belgilaydi.O`quvchilarning kasbiy yaroqliligini diagnostika qiladi,ularning shaxs xislatlari, irodaviy sifatlari,his-tuyg`ulari, o`o`zini boshqarish imkoniyati, intelektual darajasini tekshiradi.

Maslahat berish ishlari –amaliyotchi psihologning asosiy faoliyat turlaridan biridir.Maslahat berish ishlari –amaliyotchi psihologning asosiy faoliyat turlaridan

biridir.Maslahat berish ishlari o`qituvchilar ko` pincha psihologga quyidgi muammolar bo`yicha murojaat qiladilar turli fanlar bo`yicha o`quvchilarning o`zlashtirishidagi qiyinchiliklar, bolalarning o`qiy olmasligi va istamasligi,guruhda nizoli vaziyatlar,shaxsiy pedagogic ta`sirning natija bermasligi,har xil yoshdagi bolalarning tengdoshlari oila muloqoti va bolalar jamoasining shakllanishi, kasbiy malakalarni oshirish yo`llari,o`quvchilarning qobiluyatlari,layoqatlari,qiziqishlarini aniqlash va rivojlantirish yo`llari,o`quvchilar bilan kasbga yo`naltirish ishlarini olib boorish.

Amaliyotchi psihologga o`qituvchilar ham murojaat qiladilar.

Kattalar va tengdoshlari bilan o`zaro munosabatni yaxshilash masalalari,o`z-o`zini tarbiyalash ,kasbiy va shaxsiy o`z o`zini bilish,aqliy mexnat va hulq –atvor madaniyati va boshqa muammolar bo`yicha maslahatlar so`raydilar.

Psiholog o`quvchilar bilan bevosita aloqada ularda vujudga kelgan muammolarni hal qiladilar.bu to`g`ridan to`g`ri maslahat berish deb ataladi.Ba`zan o`quvchilarga

Va ota onalarga o`qituvchilarning u yoki bu muammolari bo`yicha maslahat beradi,bu bilvosita maslahat berishdir,bunda ma`lum qoidalarga amal qilinadi

Maslahat berish markazida har doim psiholog va maslahat berilayotgan shaxsning

O`zaro ta`sir jarayoni,ular orasida ishonchli o`zaro munosabatni o`rnatish yotadi.

Bunda psiholog –maslahat beruvchi ,o`qituvchi ota –ona maslahat oluvch, o`quvchi mijoz rolda bo`ladi.

Maslahat berish- psihologik xizmatning asosiy yo`nalishlaridan biridir,

Lekin psihologik maslahati o`zi nimaligi haqida aniq yagona tushuncha yo`q.

Kollejlardagiyoki akademik psiholog ishidan tubdan farq qiladi.

Psiholog aniq o`quv muassasidagi o`qituvchilar va o`quvchilar orasidagi munosabatning ijobiy va salbiy tomonlarini rivojlanadigan ijtimoiy muhitning

Ichida bo`ladi. U har bir o`quvchi yoki o`qituvchining o`niginf emas, shaxslararo munosabatning murakkab sistemasini ham ko`radi,boshqa ish turlari bilan birgalikda vaziyatni hal qiladi.

Maslahat berish ishini quyidagicha shematik tasvirlash mumkin.



Psiholog maslahat o`qituvchi

Muammolar Sabablarini bola bilan

Aniqlash o`quvchi ishlash Yuqoridagi usulda ish olib borganda psiholog va o`qituvchi o`z sohasini yaxshi biluvchi mutaxassislar sifatida namoyon bo`ladi.1.O`quvchi muammolari bo`yicha ularning hamkorligi bilimlarining birikuviga imkon beradi va muammolarini hal qilish uchun keng ijodiy imkoniyatlar yaratadi.Maslahat berishning asosiy ahamiyati ana shunda.

2.Psiholog o`qituvchilar va talabalarning psihologik hususiyatlari,ularning qiziqishi,mayli,ilk iqtidori kabilarni o`rganadi,mutaxassis va etuk shaxs sifatida shakllanishiga yordam ko`rsatadi.

3.Maktabgacha yoshdagi bolalar, o`quvchilar, hunar bilim yurti tinglovchilari yangi tipdagi maktab ,oliy o`quv yurti talabalarida uchraydigan o`quv malakalari va ko`nikmalarini egallashdagi nuqsonlar xulq atvoridagi kamchiliklar,intelektual taraqqiyot va shahs fazilatlaridagi buzilishlarni diagnostika qiladi

4.Boshqa sohaning mutaxassislari bilan birgalikda psihik rivojlanishidagi nuqsonlar xilma –xilligini hisobga olgan holda differensial psihologiya amalga oshiradi.Nuqsonlarning tibbiy va defektologik tabiatini aniqlaydi.

Assotsial hulq atvor sabablarini va shakllarini belgilaydi.Giyohvandlik va taksionmanlik alkogolizm,o`g`irlik, daydilikning ijtimoiy psihologik ildizlarini tekshiradi,omillarini tahlil qiladi.

5.Iqtidorli talabalar, yosh mutaxassilarni tanlashda ishtirok etish, ilmiy psihologik tavsiyalar ishlab chiqish va unga asoslanib,ularga nafaqalar belgilashda qatnashish.2-guruh uchun tarqatma material.

Psihologik va pedagogik maslahat ishlarining bosqichlariri

110

Psihologik va Pedagogik maslahat maqsadi – muyyan muammosi mavjud bolalarga,tarbiyachilar ,o`qituvchilar va ota onalarga yoki boshqa murojaat etuvchilarga psihologik yordam ko`rsatish.



Psihologik va Pedagogik maslahat vazifalari

Muammoni aniqlash.

Muammoning respondent (murojaat etuvchi ) tomonidan tushunishi va his qilinishiga erishish.

Res pondent shaxsini o`rganish .

Muammoni hal etish yoki vaziyatdan chiqish yo`llarini izlash va respondent bilan muhokama etish.

Amaliy psihologik yordam.

Shunga o`xshash muammolarining oldini olishga o`rgatish.

Psihologik va pedagogik maslahat bosqichlari

Tayyorgarlik bosqichi.

Ishonchli munosabat o`rnatish bosqichi .

Psihodiagnostik bosqichi.

Psihologik yordam bosqichi.

Nazorat bosqichi.

Psihologik va Pedagogik maslahat muolajalari.

Respondentni kutib olish, ishonchli munosabat o`rnatish,muloqot to`siqlarini bartaraf etish.

1.Respondentni refleksiv,empatik tinglash .

2.Qo`llab quvvatlash.

111

B)O`zaro ma`qul qarorlarni izlash,ularning qabul etish muhimligini tushuntirish va ishontirish.

1.Ushbu qarorlarning amalga oshirishning oqibatlarini muhokama etish va baholash.

2.Muammoni hal etish tayyorligi va o`z o`ziga ishonchini orttirishga yo`nalgan muolaja.

3.Muammoni hal etishga kirishishini ta`minlashga yo`nalgan muolaja .

3-guruh uchun tarqatma material.



Psihologik va pedagogik maslahat ishlarining asosiy qoidalari.

Qoida1 Nasihat, maslahat bermang!

Qoida 2.Respondentni passiv emas ,refleksiv va xayrixoxlik bilan tinglang ,uni tinglayotganligingizni respondent his etsin.

Qoida 3. Respondentning his tuyg`ulari haqida gapiring, ularni muloqot mazmuni bilan bo`glang.

Qoida 4.Mijoz uchun uning muammosini echishga harakat qilmang.

Qoida 6.Shu erda va hozir sodir bo`layotgan voqealar va holat haqida gapiring.

Qoida 7. Uchinchi shaxs va uning muammolari haqida gapiring.

Nazorat savollari

1.Tarqatma materiallaridan nima maqsadda foydalaniladi?

2.Psihologik maslahat ishlarining mazmuni nimalardan iborat?

3.Psihologik va pedagogik maslahat ishlarining bosqichlarini sanab o`ting va izohlang.
4.Psihologik va Pedagogik maslahat ishlarining asosiy qoidalari nimalardan iborat?

10- MAVZU: PEDAGOGIK DIAGNOSTIKANI O’TKAZUVCHI SHAXS VA UNGA QO’YILGAN TALABLAR

REJA:

1.Tashxis markazlarining maqsad va vazifalari

2.Ijro intizomi va madaniyati haqida mulohazalar

3.Rahbardagi pedagogik qoboilyatlarni aniqlash

O’quvchilarni kasb- hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazlari Respublikamiz mustaqilligi yillarida ta’limda amalga oshiriliyotgan islohotlarning hosilasi sifatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13-maydagi “ O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’limni tashkil etish to’g’risida”gi 203- sonli Qaroriga asosan tashkil etilgan.

Markaz o’quvchilarni kasb – hunarga yo’naltirishda ularning qobiliyati va moyilliklarini aniqlaydi. U bolani 6 yoshidan boshlab , ta’limning maktab bosqichiga psixologik, jismoniy va aqliy rivojlanganligini hisobga olgan holda tayyorligini belgilaydi. Iqtidorli bolalarni kashf qilish , o’quvchilarni har yili tibbiy-pedagogik tekshuruvdan o’tkazish, ota-onalarga bolalarni o’qitish tarbiyalash , kasb-hunarga ilmiy jihatdan to’g’ri yo’nalishlar berishga yordamlashish kabi muhim vazifalar ham markaz faoliyatiga kiradi. Shu asosda o’quvchilarning ijtimoiy moslashuvlarini to’g’ri tashkil etish, 9-sinflarni bitirgan yoshlarni akademik litsey , kasb-hunar kollejlarga oqilona yo’llash kabi masalarni psixologik- pedagogik va tibbiyot nuqtayi nazaridan to’g’ri hal qilib berish ishlari amalga oshiriladi.

Mazkur markaz iqtidorli bolalarni izlab toppish, ularning iste’dodini shakllantirish masalasida Respublka Iste’dod markazi bilan uzviy hamkorlik qiladi, salomatligi yaxshi bo’lmagan bolalarning sog’ligini tiklash maqsadida tibbiyot muassasalariga yo’naltiradi. Markazlar tuman ( shahar) xalq ta’limi bo’limlari tarkibida faoliyat ko’rsatadi.

Bir so’z bilan aytganda, tashxis markazlari hozirgacha barcha umumiy ta’lim muassasalarining orzu-armoniga aylangan dolzarb muammolarni: bolalarning kelajagini ilmiy va tahliliy asoslarda to’g’ri tashkil etish , ularning qobiliyati va imkoniyatlariga , salomatligiga mos o’quv , kasb-hunar shaklini to’g’ri belgulashga yordam beradi,maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni maktab bosqichiga psixologik, ijtimoiy va aqliy jihatdan nechog’lik tayyor ekanliklarini aniqlashtiradi. U 9-sinf o’quvchilarining keying bosqich hayotini belgilab beradi. Ayni paytda, iqtidorli bolalarni izlab topish , ularning iste’dod qirralarini rivojlantirishni ta’minlaydi.

To’g’ri bolalarni kasb yo’naltirish kabi amaliyot turi ilgari ham bor edi. Lekin bu soha hech qanday nizom , me’yoriy hujjatlarsiz sinf rahbarlari , mehnat ta’limi o’qituvchilarga yuklatilgan bo’lib, ular o’quvchilarni ijtimoy moslashtirish , kasbga yo’naltirish va ayniqsa , bolaning aqliy, psixik va ijtimoy rivojlanishiga tashxis qo’yish bo’yicha hech qanday ma’lumot , qo’llanma, me’yoriy , huquqiy hujjatlarga , qo’llanmalarga ega emas edilar. Bunday psixologik – pedagogik amaliyot bo’yicha qilinadigan ishlarning shakl va uslublari pedagogic ta’lim o’quv shartlarida ham o’rgatilmas edi. Vazirlar Mahkamasining eng dastlabki qaroridayoq bu dolzarb masala ijobiy hal qilinib, barcha tuman ( shahar) xalq ta’limi bo’limlari tarkibida tashxis markazlarini tashkil etish haqida qaror qilindi va mazkur masala bilan bog’liq barcha tashkiliy tadbirlarni amalga oshirishga kirishildi. Markaz rahbari , kasbga yo’naltiruvchi mutaxassis , psixolog, defektolog vrach kabi mutaxassislarni tanlash, ularni o’qitish , kerakli yo’riqnomalar , test blankalari , qo’llanmalar bilan ta’minlash va bowqa tashkiliy tadbirlar respublika miqyosida ham, viloyatlar miqyosida ham amalga oshiriladi. O’quv- ma’ruzalar semenarlar , anjumanlar, yo’riqnomalarda berilgan topshiriqlarning bajarilishi qat’iy nazoratga olindi, tashxis markazlari Nizomda belgilangan talablarning bajarilishi izchillik bilan kuzatib borilmoqda.

Endigi vazifa tashxis markazlarining rahbarlari , uning xodimlari tomonidan markaz Nizomida ko’rsatilgan holatlardan og’ishmay , qatiyat bilan , oshna – og’aynigarchilik , tanish- bilishchilik kayfiyatlariga berilmasdan o’z burchlarini halol , puxta , to’g’ri ado etishlariga bog’liq .

Biz o’tkazilgan semenarlarda berilgan yo’riqnomalarda tashxis markazlari mutaxassislari amalga oshirgan tashkiliy – pedagogic tadbirlarda ishning nazariy – metodik va amaliy jihatlari bilan bir qatorda , ro’y berishi ehtimol tutilgan ayrim ko’ngilsiz vaziyatlar to’g’risida ham ogohlantirdik. Jumladan:

bolalarni psixologik , defektologik , tibbiyot nuqtai nazaridan maktab ta’limiga yaroqlimi yoki yaroqsizligi o’ta yuzaki tekshirilib ayrim bolalar aqlan zaif , jismonan kamquvvat , turli defektologik va bowqa ijtimoiy nuqsonlar bilan maktabga kelsa, sinflarda o’quv – tarbiya ishlarini samarali tashkil etishga to’sqinlik qilishi mumkin. Agar shunday holga yo’l qo’yilsa, maktab ta’limiga jismoniy , aqliy, psixologik jihatsdan tayyor bo’lmagan bolalarda ruhiy tushkunlik, iztirob , qo’rquv yuzaga keladi va bolaga katta ma’naviy zarar yetadi;

ta’limda demokratik , insonparvarlik tamoyillarini yetarli darajada ma’rifatli tarzda yo’lga qo’yilmaganligidan u yoki bu fanni o’zlashtirishga layoqati va iqtidori hamda sog’ligi yetishmaydigan o’quvchilar , ularning ota- onalari bilan o’qituvchilar , maktab jamoasi o’rtasida turli ixtilof va ko’ngilsiz to’qnashuvlar kelib chiqadi. Bu har ikki tomon manfaatlariga ham salbiy ta’sir etadi;

o’quvchilar yoshligidanoq kasb- hunarga to’g’ri yo’naltirilmaganligadan, ayrim o’quvchilar ota- onalari , yaqinlari xoxishi bilan o’zlari qiziqmaydigan yoki qobiliyatlari yetmaydigan kasb- hunar yo’nalishiga tushib qoladilar;

kollejlarga, ayniqsa, akademik litseylarga , xatto maktablarning 1-sinfiga nomunosib o’quvchilar uchun ota-onalar yoki “ yuqoridan” ko’rsatilgan tazyiq asosida yo’llanmalar berish;

tashxis markazlari yo'llanmasi bilan u yoki bu o'quv muassasalariga borishdan bo'yin tovlash kabi holatlardan ogohlantirdi. Chunki agar yuqoridagi masalalar xolisona va to’g’ri bajarilmasa , tashxis markazlari ish samarasi kutilganidek chiqmaydi, maktab va o’quvchilar oldidagi mavjud muammolar yechilmay qolaveradi.

Xalq ta’limi vazirligi esa o’z navbatida tashxiz markazlarining umumiy ta’lim maktablarida, MTMlarda ham “o’z kishisi” bo’lishini ta’minlashga harakat qilinmoqda. Ayni shu maqsadda har bir maktabda psixolog, oliy ma’lumotli vrach tibbiyot xizmatini yo’lga qo’yish izidan bormoqda.

E’tirof etish joizki,tashhis markazlarini tashkil etish va ularning faoliyatini yo’lga qo’yish respublikamiz sharoitida yangilik hisoblanadi. SHu boisdan ham, hali bizda bu sohada tajriba , malaka yetarlicha shakllanmagan. Yangilikni joriy qilishda ayrim muammolar, qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Shularni hisobga olib, pedagogic matbuotda joylarda bu ish qanday yo’lga qo’yilganligi , ishlar qanday ketayotganligi haqida tez-tez maqola va xabarlar berib borilmoqda. Respublika Iste’dod markazi, tashhis markazi, pedagogika institutlarining olimlari bir qator metodik qo’llanmalarni nashrdan chiqardi. Tashhis markazlariga nazariy – amaliy , ilmiy- metodik yordam berishning shakl va uslublari bundan keyin ham rivojlantiriladi.

Asosiy maqsad - o’quvchilarni kasb- hunarga yo’naltirish va psixologik – pedagogic tashhis markazlari ish faoliyatini muntazam ravishda takomillashtirib borishdan iboratdir.

Ijro intizomi va madaniyati haqida mulohazolar

Asrimizga - kosmik asr deb bekorga ta’rif berihmagan . Insoniyat tarixining so’ngi 100 yilligida ilm , fan, texnika, madaniyat, ijtimoiy munosabatlar shu qadar shiddatli rivojlandiki, uning sur’atini faqat kosmik tezlik mezonlari bilan o’lchash mumkin. Binobarin, inson aql- zakovati, uning axborotlardan voqiflik darajasi ham shunga muvofiq tarzda rivojlanyotir. Jah

onning umumxalq e’tirofi va ishonchiga sazovor bo’lgan mashhur olimlar , sotsiologlar, siyosatshunoslarning bashorat berishlaricha 21-asrda axborotlardan voqoflik darajasi va unga ehtiyoj 3 barobar yuqori bo’ladi.

Hozirgi zamon ta’limning vazifasi esa ana shu shiddatkor davr bilan nafaqat tengma – teng odimlash , balki undan o’zib ilgarilab faoliyat ko’rsatishdan iborat. Bunga esa jamiyatda ro’y berayotgan voqea va xodisalar xuddi yetarli axborotlardan voqif bo’lish , ijodkorlik faoliyatini tinimsiz tarzda takomillashtirib boorish bugundan turib ertangi kunning unumi , samarasi yuqori bo’lishiga erishish , tahlillar diagnostika bilan yashash orqali erishiladi. Aks holda faoliyatda va uning ayrim bosqichlarida hozircha uchrab turgan boqibeg’amlik , loqaydlik , qo’rqish, ularni joriy qilishga hafsalasizlik, faoliyatiga konservativ munosabat , tashabbussizlik 21asr kishisining fazilati bo’la olmaydi va bundaylarni davr va muhitning o’ziga uloqtirib tashlaydi. Buyuk hind yozuvchisi va mutafakkir Rabindranat Tagor yozganidek “ Inson doimo oqimga qarshi suzmog’i kerak. Bunday qilish qo’lidan kelmaydiganlarni esa oqim has – cho’plar yanglig’ dashtu sahrolarga uloqtirib tashlaydi “ .

Binobarin, 21 asr ijodkor , serg’ayrat , tadbirkor- tashabbuskor , o’z faoliyatiga tahlil ko’zi bilan qaraydigan oqil va zukko insonlar asri bo’lishi kutilmoqda. Kirib kelayotgan asr ruhini qisqacha bayon qiladigan bo’lsak , u vaqtdan o’zib ishlaydigan , olisni ko’zlab faoliyat ko’rsatadigan , tashabbuskor , ijodkor , tezkor, shiddatkor, faoliyat samaradorligiga to’g’ri yetaklovchi , zarur axborotlardan voqif kishilar davridir.

Ta’limning turli axborotlar bilan o’z vaqtida ta’minlash darajasi bugungi kun maktabi muvaffaqiyatini ta’minlovchi omillardan biridir. Shu boisdan bu borada respublikada eng zamonaviy axborot uzatish texnologiyasi joriy etildi va bu tizim yanada takomillashtirilmoqda. Bundan atigi 2-3 yil ilgari joylarga ta’limga doir axborotlar faqat pochta orqali yuborilar edi. Bugun bu xizmatda fakt, electron pochta, MODEM, INTERNET kabi inson aql zakovotining mo’jizakor ixtirolari joriy etilmoqda.

Ta’lim tizimida ham axborotlarni uzatishdagi tezkorlikni oshirish, uning geografiyasini kenggaytirish bo’yicha keyingi yillarda ko’pgina ishlar qilindi.

Qabul qilinayotgan buyruqlar , qarorlar, xukumat xujjatlarini tezkorlik bilan ijrochilarga yetkazish maqsadida xalq ta’limi muassasalarida – 5ta jurnal, 2ta gazeta chop etilmoqda. Yuqoridagilarga qo’shimcha tarzda “ Ta’lim taraqqiyoti” axborotnomasi ta’sis qilindiki, u qisqa vaqt ichida ta’lim muassasalari xodimlarining sevimli nashri , do’sti , maslahatgo’yiga aylandi. Ta’lim bo’yicha gazetalar deyarli barcha viloyatlar xalq ta’lim boshqarmalarida ham chaqirilmoqda. Bir so’z bilan aytganda vazirlikdan ta’lim muassasalariga axborotlarni tezlikda uzatish masalasi zamon talabiga xos rivojlanmoqda.

Joylarga yetib borgan hujjatlar ijrosini ta’minlash , ijro intizomini yo’lga qo’yish mqasadida respublikaning barcha viloyatlari , tuman( shahar) xalq ta’limi boshqarmalari va bo’limlari tarkibida yangi monitoring xizmati tashkil etildi va faoliyat ko’rsatyapti.

Lekin alohida ta’kidlash, e’tirof etish kerakki, ta’lim muassasalariga Respublika Prezidentining , Vazirlar Mahkamasining qaror, farmon va farmoyishlarini , shuningdek , topshiriqlarini o’z vaqtida yetkazish , ular ijrosini ta’minlashda yuqorida bayon etilganidek, ko’pgina ishlar qilinganiga qaramasdan uning sifati va samaradorligi hamda izchilligi bugungi kun talablaridan jiddiy tarzda orqada qolayotgani sezilmoqda.

Muhtaram mushtariylarimizga ma’lumki, 1999-yil 12-yanvardagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “ Ijro intizomini mustahkamlash chora tadbirlari to’g’risida” gi 12-sonli Qarori qabul etilib , unda haqqoniy tanqid qilinganidek, vazirliklar, idoralar , mahalliy hokimyatlar Prezident farmonlari , hukumat qarorlari va topshiriqlarni bajarish bo’yicha aniq va puxta ishlangan tadbirlarni amalga oshirish o’rniga keraksiz kengashlar va majlislar o’tkazishga ko’p kuch va mablag’ sarflamoqdalar , aynan bir mazmundagi toki unga yaqin turadigan mavzularda takror va takror qarorlar qabul qilinmoqdalar. Eng achinarlisi idoralarda qarorda ko’rsatilgan va topshirilgan vazifalarni bajarish mazmunini joylardan ma’lumotlar yig’ib olishdan iborat deb hisoblashmoqda. Natijada , u yoki bu masaladagi dolzarb muammolarga yechim toppish , xato, kamchilik, va nuqsonlarni bartaraf etish , shu asosda belgilangan maqsadlarni ro’yobga chiqarish qiyinlashmoqda. Xatto joylarda sodir bo’layotgan haqiqiy ahvolni bilib olish imkoniyati ham ta’minlanmayapti.

Bu sohada hukm surayotgan jiddiy nuqsonlardan yana biri shundaki, ijro ustidan nazorat yurgizish yengil- yelpi , yuzaki va qisqa muddatli bo’lib, ular ham ahyonda bir chuqur tahlillarsiz amalga oshirilayotganligi , ayniqsa, bevosita ijro ta’minlanadigan quyi tashkilot va zvenolardagi ahvol juda kam o’rganilgan.

Joylardagi ahvolni o’rganish natijalari shuni ko’rsatmoqdaki, ijro intizomi ustidan nazorat qilishdagi bunday kamchilik va nuqsonlar ta’lim muassasalari faoliyatida ham tez-tez uchramoqda.

Ma’lumki, yuqori ta’lim idoralarining quyi bosqichidagi ta’lim muassasalariga berayotgan topshiriqlari , ko’rsatmalari va tavsiyalari yuborilayotgan turli buyruqlar, qarorlar , farmoyishlarda o’z aksini topadi. Tahlillarga qaraganda, vazirlik va ta’limning boshqarishning barcha bosqichlariga 2000 ga yaqin rahbarlar va mutaxasislarning faoliyati bevosita qarorlar , buyruqlar, tavsiyalar ishlab chiqish bilan bog’liq . Agar joylarda shu buyruq qaror va topshiriqlar bajarilmasa, ta’limni boshqaruv mutaxasislari va rahbarlari mehnatining samarasi yo’qqa chiqmaydimi? Vaholanki, ular faoliyati ta’limdagi davlat siyosatini ro’yobga chiqarishga yo’naltirilgan-ku .

Masalan, Vazirlikdan birgina 1999 yilda quyi ta’lim muassasalariga 16ta hay’at qarorlari, 117 ta direktiv ko’rsatmalar berilgan vazirlik buyruqlari, 337 ta topshiriqlar yuborilgan, 538 ta xat , ariza va shikoyatlarni adolatli hal qilish bo’yicha ko’rsatmalar yuborilgan . To’g’ri , bunday axborotlarning oqimi va ko’lami katta, hatto ba’zan bu sohada e’tirozlar ham bo’lib turadi. Biroq xalq ta’limi mutaxasislari u yoki bu qarorni qabul qilishga sabab bo’lgan omillarni oqilona hisobga olishi kerak.

Modomiki, davlat va jamiyatning u yoki bu sohada olib borayotgan ishlar samarasidan ko’ngli to’lmayotgan ekan, yangi- yangi chora – tadbirlarni ishga solishi tabiiy bir holdir. Ana shu chora tadbirlar esa o’z navbatida masalarni hal qilish bo’yicha yangi yechimlar izlashga, demakki, yangi hujjatlar qabul qilishga sabab bo’ladi.

Vazirlik hujjatlarni yuborar ekan, avvalo ularning ijrosini ta’minlash uchun ketadigan vaqtni , ijrochilarning imkoniyatini, hatto sarflanadigan qog’oz miqdorigacha tahlil , hisob- kitob qiladi. Tahlillar shuni ko’rsatadiki, ijroni orqaga surish , so’ralgan axborotlarga o’z vaqtida quyi tashkilotlardan dastlabki ma’lumotlarni to’plashni paysalga solish o’z vaqtida ularni tahlil qilib , umumlashtirmaslik , mahalliy xalq ta’limi boshqarmalari va bo’limlarining:

yuqori ta’lim idoralariga u yoki bu axborotlarni tegishli tahlillarsiz , ahvolni jiddiy o’rganmasdan ma’lumot tayyorlash;

Tayyorlanga ma’lumot hajmini ko’paytirish maqsadida qo’yilgan masalaga mutlaqo aloqasi yo’q yoki ikkinchi darajali ma’lumotlar kiritiladi. Natijada bir necha satrda ifoda etilishi mumkin bo’lgan ma’lumotnoma hajmi 3-4 sahifa , hatto undan ham ko’proqni tashkil qiladi. Umumlashtiruvchi esa joylardan kelgan ma’lumotlardan zaruriy ta’limiy fikrlarni ololmay qo’shimcha ma’lumotlar talab etishga majbur bo’ladi.

Bu o’rinda vazirlikning ko’pchilik boshqarma va bo’limlari Samarqand , Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmalardan olinayotgan ma’lumotlarning aksariyati aniq, qisqa, mazmunli, belgilangan muddatlarda kelayotganligini ta’kidlaydilar, Jizzax , Qashqadaryo, Navoiy , Surxondaryo viloyatlarida esa buning aksi ko’rinmoqda .

Endi bevosita ijroni ta’minlash masalasiga kelsak, shuni aytishimiz kerakki, yuqori rahbarlik idoralariga direktiv hujjatlarda ko’rsatilgan ma’lumotlarni o’z vaqtida yubormaslik, hujjatlar ijrosini zo’rma- zo’rakilik bilan emas , hafsala va hurmat, ixlos va aniqlik bilan yuqori saviyada bajarish, ijrochining ijro ma’daniyati yuqoriligini belgilab, beradigan omildir. Lekintahlillarning bizga shohidlik berishicha, ijro intizomi va ma’daniyati hamma joylarda ham risoladigidek emas.

Tekshuruvlar shundan dalolat beradiki, hujjatlar bilan ishlashda ijrochidan talab etiladigan masalaning tub mohiyatini yaxshi anglash va aniq, to’g’ri va puxta topshiriq shaklida ifodalash katta ahamiyatga ega. Qaysi darajadagi rahbar bo’lishidan qat’iy nazar , u o’z xodimini qo’yilgan vazifalarni ado etishi uchun ro’g’ri , dadil va ishonch bilan yo’naltirishi kerak. Aks holda, chalkashlik, masalaning mohiyatiga mos ish qilmaslik kabi noxushliklar hujjatni ro’yhatga va nazoratga olingan kundanoq boshlanadi.

Shu boisdan ham biz qayerda ijro intizomi buzilsa, o’sha joyda ijro intizomi va madaniyati yetarli darajada shakllanmaganligini ko’ramiz. Ayrim viloyatlar, tumanlar, rahbarlari yuborilgan rahbarlik hujjatlari: qarorlar, buyruqlar, farmonlar, farmoyishlar , topshiriqlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan aniq chora – tadbirlar ko’rish o’rniga umumiy ko’rsatmalar berish , qog’ozlarni ko’paytirish , majlisbozlik bilan chegaralanmoqdalar. Bunday misollar Andijon, Surxondaryo, Farg’ona , Qashqadaryo viloyatlari xalq ta’limi boshqarmalari, Qoraqalpog’iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi faoliyatida tez- tez uchrab turadi.

Yuqorida bayon qilinganlardan xulosa shuki, muayyan bir ta’lim muassasasida ijro intizomning shakllanishi va uning takomillashib borishi avvalo rahbarga, chiqarilayotgan qarorlar mohiyatini to’g’ri anglab , ijro shaklini to’g’ri belgilashga bog’liq. Masalaning tub mohiyatini tushunish , anglab yetish, u yoki bu hujjatning ijrosini hozirgi zamon talablari darajisida ta’minlab berishda faoliyatga keladigan manfaatni ko’ra bilish ma’suliyati va javobgarlikni to;la his qilgan rahbarning ish uslubiga bevosita va bilvosita bog’liqdir.

Respublika hukumatining “ Ijro intizomini mustahkamlash chora - tadbirlari to’g’risida”gi 12-sonli qarorida alohida ta’kidlanishicha , u yoki bu hujjatning ilro shakli optimal belgilab berilgandan so’ng , uning ijrosini ta’minlash bo’yicha alohida dastur ishlab chiqish va amalga oshirish vazifasi yuklatilgan. Ijroni dasturiy asosda ta’minlamaslik ijro faoliyatidagi izchillikka putur yetkazadi, ijroga aniq ishlab chiqilgan dastursiz yondashuv esa ijroni ta’minlashdagi ketma- ketlikni belgilab bera olmaydi, pala-partish ishlarga sabab bo’ladi.

Qabul qilingan qarorlarni o’z vaqtida sifatli bajarish, ta’lim muassasasining ish mazmunini , uning faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Zotan, har bir qabul qilingan hujjat mohiyatida ta’limning u yoki bu sohasidagi muammolarni bartaraf etish , takomillashtirish, pirovard natijada gaoliyatini yanada yaxshilash maqsadlari yotadi. To’g’ri qarorlar ta’lim taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qiladi. Ta’lim muassasalarining rahbarlari buni yoddan chiqarmasliklari, xodimlarga nisbatan talabchan va prinsipial bo’lishlari, har bir jamoa a’zosidan ishonib topshirilgan ish uchun shaxsiy javobgarlikni talab etishlari lozim. Zotan, intizomni talab qilish , xodimlarni unga o’rgatish ham tarbiyadir. Shunday qilingandagina jamoa o’z oldiga qo’ygan ezgu maqsadlarga erishadi: bu esa “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ni muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi muhim omillardan biridir.

Keyingi yillarda xalq ta’limi boshqarmalari va bo’limlari tarkibida monitoring bo’limlari tashkil etildi. Bu, albatta yaxshi. Lekin bu bo’limlar zimmasiga hujjatlar bilan ishlash mas’uliyatini to’la- to’kis yuklab qo’yish ko’zlangan maqsadni ro’yobga chiqarishga to’sqinlik qiladi. Monitoring tizimining maqsad va vazifalari esa uning nizomida aniq ifoda etilgan. Joylarda bu holatni to’g’ri va maqbul asoslarda hisobga olish zarur.



Download 245,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish