3. TAJRIBA O’TKAZISH SHAROITLARI VA USULLARI.
3.1. Tajriba olib borilgan xududning tuproq va iqlim sharoitlari.
Xorazm viloyati O‗zbekistonning shimoliy-g‗arbida Amudaryoning quyi
qismida joylashgan. Sug‗orishga asoslangan dehqonchilik madaniyati Xorazmda
qadim zamonlardan rivojlangan. Viloyat tuproqlari Amudaryo suvining
loyqalaridan hosil bo‗lgan. Relyefi past tekislik bo‗lib, umumiy pasayishi
shimoldan g‗arbga tomon. Viloyat xududi sug‗orish kanallari va zovurlarining
qalin sertarmoq shoxobchalari bilan qoplangan. Xorazmda dehqonchilik qadimdan
rivojlangan soha hisoblanadi. Voha tabiiy iqlim sharoitining o‗ziga xosligi, ya‘ni
uning geografik jihatdan tekis hisoblangan dengiz sathidan 90-110 m va 120-
150m balandlikdagi Turon past tekisligida joylashganligi, xududda qishda
shimoldan keluvchi sovuq shamollarni, yozda janubdan keluvchi issiq shamollarni
to‗suvchi tog‗ning, namlik manbai va hayvonot dunyosining xilma-xilligini
ta‘minlovchi o‗rmonning, yomg‗ir va ob-havo haroratining mo‗tadilligini
saqlovchi dengiz yo‗qligi bilan boshqa viloyatlardan keskin farq qiladi.
Yuqoridagi omillar voha iqlimining o‗ziga xosligini belgilaydi. Qishda havo
quruq sovuq, haroratning kecha va kunduz o‗rtasidagi farqi ayrim vaqtlarda 15-20
gradusga borib, qattiq sovuq izg‗iradi. Bahorda esa tez o‗zgaruvchi kuchli
shamollar ta‘sirida qisqa muddatli yomg‗irning ko‗p marotaba yog‗ishiga olib
keladi. Asosiy yomg‗ir miqdori qish va bahor oylariga to‗g‗ri kelib, yozda deyarli
bo‗lmaydi. Yoz fasli quruq, o‗ta issiq, ayrim paytlarda janubdan garmsel
shamollarini ko‗plab takrorlanishi bilan o‗tadi. Xorazm vohasining tuprog‗i
sho‗rlangan, ko‗pchiligi o‗tloqi botqoq. Amudaryoning eski hozirgi davrida
yo‗qolib ketgan Daryolik va Davdan irmoqlari yotqizliklaridan tashkil topib,
mexanik tarkibi jihatdan murakkab, har xil cho‗kindilardan iborat asosan bo‗z
tuproqdir.
Yer osti suvlari yuzaga yaqin joylashgan, turli darajada sho‗rlangan,
iste‘molga deyarli yaroqsiz qattiq suv. SHunday murakkab sharoitda dehqonchilik
27
bilan shug‗ullanish dehqonlardan o‗ta omilkorlikni, ko‗p va mukammal tajribani
hamda mustaxkam iroda va ancha mashaqqatli mehnatni talab qiladi.
Vohada dehqonchilik, avvalo, sug‗oriladigan yerlarni obdon, deyarli
nishabsiz tekislash, paxtayetishtirishga mo‗ljallangan yer tuprog‗ining sho‗rlanish
darajasiga qarab, dalalarni 0,05 ga dan 0,2 ga gacha kattalikda bo‗lib chiqish,
bunda asosiy e‘tiborni chellarning balandligiga qaratish muhim ahamiyatga ega.
SHo‗rlangan tuproqlarni har gektar hisobiga 2500-3000 m
3
suv sarflangan holda
kamida 3 yoki 4 marta, jami 10000 dan 12000 m
3
gacha suv sarflab yuviladi. Aks
holda sho‗r sifatsiz yuvilib hosil olishda ko‗zlangan natijaga erishib bo‗lmaydi.
Avvallari Xorazm dalalarida kichik qishloq xo‗jalik mashinalari ishlashi
noqulay bo‗lgan. Endilikda dalalar birlashtirilib, 3 gektardan 10 va 15 gektar
kattalikdagi qishloq xo‗jalik mashinalari ishlashi uchun qulay holga keltirilib,
atroflari vaqtinchalik sug‗orish shaxobchalari bilan o‗ralib, ularning ikki yon
tamoniga tutlar ekilmoqda. Bu tutlar ipak qurti uchun ozuqa bazasi bo‗lishi bilan
birga yozda o‗simliklarni janubdan esuvchi issiq garmseldan asraydigan ixota
vazifasini ham qisman o‗taydi.
Har bir daladagi tuproqning sho‗rlanishiga qarab tuproqning yetilish jarayoni,
uning mexanik tarkibi va boshqa sharoitlar, ya‘ni zahkashlarning yaqinligi,
dalalarning atrofida sug‗orish shaxobchalari mavjudligiga qarab dalalarga suv
quyish navbat bilan to‗xtatiladi, keyinroq tuproq yetilishi bilan oldiga 8 ta zig-zag
borona taqalgan og‗ir temir mola bilan dalalar uzunasiga va ko‗ndalangiga
haydaladi. Borona va mola yordamida tuproqni maydalash hisobiga yozib, 2-3
kun kutiladi. Bu tadbir tuproqdagi namlikni tuproq qatlamlarida bir xilda
taqsimlanishini ta‘minlaydi.
Sabzavot yetishtirish ham yuqoridagidek olib boriladi, lekin jadal
yetishtirishda esa yer kuzda haydalib yaxshilab tekislanadi, dalalar kichik 100 m
2
dan 200 m
2
gacha bo‗laklarga bo‗linadi va egatlar olinadi.
Pomidor, chuchuk qalampir, achchiq qalampir, so'ya urug‗lari sepilib, 1.5-
2 sm qalinlikda sho‗rlanmagan qum yopilib chiqiladi. Bu tadbir dalalar
28
sug‗orilganda, birinchidan, namlikni saqlasa, ikkinchidan dalalarni ikkilamchi
sho‗rlanishdan saqlab yangi maysalarni sho‗rdan va erta bahordagi shamol
ta‘sirida tuproq qurib yerning yorilishidan saqlasa, tuproqdagi namni
bug‗latmasdan ikkilamchi sho‗rlanishning ham oldini oladi.
Omilkor dehqonlarimiz hozirda urug‗ning ustini 2 sm qalinlikda qum bilan
yopib, barcha sabzavot ekinlarini tez va sifatli ko‗kartirib olish uchun
qo‗llamoqdalar. Vohada dehqonchilik madaniyatining eng muhim shartlaridan biri
dalalarni to‗g‗ri sug‗orishdan iborat. Aks holda suvga to‗yinmasdan qolgan joy
yoki kesak ikkilamchi sho‗rlanish jarayoniga uchrab, o‗simliklar uchun zaharli
tuzlar manbaiga aylanadi.Ana shunday murakkab vayer resurslari cheklangan
sharoitda dehqonchilik qilish ulardan samarali foydalanishni taqoza etadi. Bu
borada voha dehqonlari diqqatga sazovor ishlarni amalga oshirib, tuproqni
organik o‗g‗itlar bilan boyitish hisobiga undagi gumus miqdorining kamayib
ketishini oldini olmoqdalar.
Viloyatdagi mavjud eski shirkat xo‗jaliklarini tugatib fermer xo‗jaliklariga
aylantirilishi bu sohada tubdan burilish yasadi. Har bir fermer o‗ziga ajratilgan
yer hududida paxtani navbati bilan bug‗doy, sholi, oq jo‗xori, makkajo‗xori,
poliz, sabzavot va beda ekinlari bilan almashlab ekishni, shuningdek ekinlarni
sug‗orishda turli go‗ng sharbatlari bilan sug‗orishni yo‗lga qo‗yganlar.
2007- yilning birinchi yarmida viloyat bo‗yicha dalalarga jami 62.457 t
maxalliy go‗ng chiqarildi. SHuningdek, tuproq unumdorligini oshirish va
saqlashda sug‗orishni belgilangan tartibda olib borish ham katta ahamiyat kasb
etadi. Ma‘lumki, Xorazm vohasi ekinlarini sug‗orish uchun suvni kanallar orqali
Amudaryodan oladi. Toshsaqa kanalining uzunligi 34 km bo‗lib, SHovot 25 km,
Polvon-G‗ozovot 33 km kanallariga bo‗linadi. Bu kanallar yordamida vohada
170 000-180 000 ga gacha yerlar sug‗oriladi. Qilichniyozboy kanali orqali 25,6
ming ga yer sug‗oriladi. Bulardan tashqari Pitnak arna kanali 6,2 ming ga
Daryoliq arna kanali 14,8 ming ga, Urganch arna kanali orqali 6,3 ming ga yerlar
sug‗oriladi.
29
Viloyat bo‗yicha 1908 ta joydan suv olinib, shundan 862 tasi o‗z oqimiga
ega, qolgan 1076 tasi nasoslar orqali sug‗oriladi. Jami nasoslar 2000 tadan ortiq
bo‗lib, 25,3 ming ga yerni suv bilan ta‘minlaydi. Xo‗jaliklararo kanallarning
jami uzunligi 2371 km bo‗lib, 257 km qismi betonlashgan.Ichki xo‗jalik
kanallarining jami uzunligi 13,616 km bo‗lib, buning 1107 km betonlashgan.
Ushbu katta va kichik kanallarda ekinlarni sug‗orishga sarflanayotgan suv «Suv
nazorat» viloyat inspeksiyasi tomonidan qattiq nazoratga olingan.
Xorazm vohasida yer osti suvlarining yuzaga yaqinligi sho‗r yuvish hamda
vegetatsiya davrida va ayrim yillari Amudaryo suvining ko‗tarilishi natijasida yer
osti suvi 0.5 m yuzagacha ko‗tariladi. Ana shu suvlar o‗simliklarga zarar
keltirmasligi uchun zah qochirish tizimi ham ishlab chiqilgan. Zah qochirish
tizimilarisiz vohada eskidan ham, hozir ham va kelajakda ham dehqonchilikni
tasavvur qilib bo‗lmaydi. Vohada zahkashlarning umumiy uzunligi 10 625 km
bo‗lib, shundan 424 ta jami uzunligi 3718 km ni zahkashlar xo‗jaliklararo, 8 tasi
tumanlararo uzunligi 444 km, xo‗jaliklarning ichki zahkashlari 6907 km ni
tashkil qiladi. Bu zahkashlar yordamida vohadan yiliga 2 mlrd m
3
yaqin chiqindi
suv, 5430 t tuz bilan chiqarib yuboriladi.
Vohada jami 605 ming 145 ga yer fondi mavjud bo‗lib, shundan imoratlar
850 ga, tarmoqlar 47.656 ga ko‗p yillik daraxtlar 13.359 ga, o‗rmonlar 38.371 ga,
pichanzorlar 9434 ga, yaylovlar 162709 ga, jami qishloq xo‗jaligiga yaroqli yerlar
399404 ga ni tashkil qiladi. Ekin yerlari 271793 ga aholi ekin yerlari 34205 ga,
meliorativ qurilish holatidagi yerlar 1400 ga ni tashkil qiladi. Vohada yer fondi yer
resurslarining cheklanganligi va aholining son jihatdan o‗sishi mavjud yer
resurslaridan samarali foydalanishni taqozo etadi. Buni amalga oshirish uchun
mavjud yerlarning tuproq unumdorligini oshirish, ekin maydonlarining atrofidagi
foydalanilmay yotgan sug‗orish shahobchalarini talab darajasiga keltirish,
dalalarga mahalliy go‗ng, eski bino kesaklarini chiqarish yoki ko‗kat o‗g‗it
(siderat)larni joriy qilish, dalalar atrofini ixota daraxtlari bilan o‗rash,
zahkashlarni har 2-3 yilda tozalab, ularning ravon ishlashini ta‘minlash,
30
ekinlarni joylashtirishda agrotexnika qoidalariga qat‘iy rioya qilish kabi ishlar
amalga oshirilsa, tuproq unumdorligi va mavjud er resurslaridan foydalanish
darajasi yanada yuqori bo‗ladi.
Tuproq ham o‗simlik va hayvonot dunyosi paydo bo‗lishi kabi tabiiy
qonuniyatlar asosida rivojlanadi. Viloyatdagi mavjud tuproqlar kontinental cho‗l
iqlimi sharoitida shakllanadi. Viloyat tuproqlarining hosil bo‗lishida yillik
harorat, yog‗in miqdori, yer osti suvlarining ham ta‘siri katta. SHuningdek
insonning xo‗jalik faoliyati ham tuproq hosil bo‗lishidagi muhim omillardan
hisoblanadi. Yog‗in miqdorining nihoyatda kamligi, yog‗inga nisbatan
3.1.1-jadval
Xorazm viloyatining o‗rtacha ko‗p yillik iqlimining asosiy ko‗rsatkichlari.
Ko‗rsatkichlar
O‗rtacha oylik
I
II III IV V VI VII VIII IX X
XI
XII
O‗rta-
cha
yillik
―Urganch‖ meteostansiyasi
Havo harorati
(
0
S)
-
3.
8
-
2.
5
4.
9
14
.2
21.7 26
.9
28
.8
26.1 19
.1
11
.2
11.1 3.9
12.2
Yomg‗irlar, mm
6
10 18 15
9
4
2
1
2
4
10
11
91
Havoning
nisbiy namligi
%
77 73 67 54
41
37 41
45
49 56
66
78
57
Changli
bo‗ronlarni
o‗rtacha kunlari
miqdori
0.
2
0.
6
0.
6
1
0.8
1
0.
6
0.4
0.
2
0.
2
0.1 0.04
6
31
bug‗lanishning 18-20 marta ko‗pligi tuproq yuzasida juda ko‗p miqdorda tuzlar
to‗planishiga olib keladi. Viloyatning geografik joylashuviga ko‗ra bu yerga mos
keladigan tuproq zonal bo‗z tuproqdir(3.1.1-jadval).
Tuproqning paydo bo‗lishi, rivojlanishi bevosita Amudaryo bilan juda
bog‗liqligi tufayli shakllangan allyuvial yotqiziqlar ustida tashkil topgan. Mavjud
tuproqlar chirindiga unchalik boy emas, lekin Amudaryo keltirgan loyqa va
minerallar tuproqlar unumdorligini oshirishga yordam beradi. Hozirgi kunda
Amudaryoda Tuyamo‗yin suv omborining barpo etilishi daryo keltirgan unumli
minerallar va boshqalarning bevosita suv omborida cho‗kib, ushlanib qolishiga
olib keladi. Natijada suv omboridan kanal, ariqlarga tiniq suv berilishi minglab
gektar yerlarni unumdor loyqadan mahrum qiladi. Tog‗lardan oqib kelgan
minerallarga boy suv, suv omborida ushlanib o‗z sifatini, tarkibini o‗zgartirib voha
tuproqlari tarkibini va sifatini buzilishiga zamin yaratmoqda.
Hozirgi vaqtda keyingi o‗n yilliklardagi Xorazm viloyati xududi tuproq
qoplamining rivojlanib o‗zgarishi natijasida sur qo‗ng‗ir, sur qo‗ng‗ir o‗tloqi
(allyuvial va allyuvial ona jinslarda) paydo bo‗lganligi yaqqol ko‗rinadi.
Dehqonchilikda asosiy ishlov- shudgorlash, boronalash, qator oralariga
ishlov berish va boshqa ishlarni sifatli bajarish ularni qanday va qaysi
davrlarda amalga oshirishga bog‗liq. Tuproq ilashimligi ham mexanik tarkibga
bog‗liq . Yuqori (23,9-25,0%) va quyi (16-17,5 %) hamda ilashimlik chegaralari
soni 6,4-8,3 % gacha bo‗lgan tuproqlar eng kam suv bilan sug‗oriladigan
yengil qumoqli (694,1 ming gektar) tuproqlar hisoblanadi.
Umuman, tuproqqa mexanik ishlov berishning eng qulay davri yarim qattiq
holatga o‗tish vaqti hisoblanadi.
Bu holat quyi ilashimlik chegarasi yoki tuproqlarning uvalanish chegarasi
deyiladi. Qumoq tuproqlar yarim qattiq holatdan ilashimlik holatiga o‗tishda
kuchli deformatsiyalanadi, strukturasi esa buziladi.
SHu sababli tuproqlarning quyi ilashimlik chegarasidan yuqorida
tuproqqa ishlov berish mumkin emas, ular yanchiladi, lentaga o‗xshab yotadi,
32
donador bo‗lib sochilmaydi, kuchli deformatsiyalanadi hamda agregatlar tiqiladi.
Tuproqlar bu chegaradan pastda yaxshi donador bo‗ladi, ishlov berishda
qo‗shimcha xarajat va kuch talab qilinmaydi.
O‗rta qumoqli yangidan sug‗oriladigan tuproqlarda, ayniqsa eskidan
sug‗oriladiganlarida, ilashimlik chegaralari engil qumoqlilarga nisbatan
birmuncha yuqori bo‗ladi.
Masalan, yangidan sug‗oriladigan o‗rta qumoqli tuproqda ilashimlikning
yuqori chegarasi 27%, quyisi esa 19% bo‗lsa, eskidan sug‗oriladigan
tuproqlarning haydalma osti qatlamlarida bu ko‗rsatkichlar birmuncha yuqori
bo‗lib 28 va 19 % ni tashkil qiladi (har ikkalasining maydoni 1418,4 ming
gektar).
Izlanishlar olib borilgan xududning og‗ir va loy tuproqlari (maydoni
754,5 ming gektar) yuqori ilashimlik chegaralariga mos keladi.
Agarda og‗ir qumoqlarida yuqori ilashimlik chegaralari 30-31 %, quyisi esa
11%ni tashkil qilsa, loyli tuproqlarda bu ko‗rsatkichlar sezilarli oshadi.
Tuproqlarning fizik etilganlik namligi deyilganda ishlovga tayyor holati
tushunilib, eng kam plug va boshqa mexanizmlarni tortish kuchlari sarflanib, eng
ko‗p maqbul struktura donachalari hosil qiladi. Buning natijasida tuproqda eng
qulay suv fizik va havo tartibotlari hamda bilogik faollik hosil qilinadi.
Tuproqlar yuqori namlik holatida shudgor qilinganda mayda donachalarga
parchalanmaydi, yuzasi yaltiroq lenta holatida yotadi, quruq holatda esa ishlov
beriladigan yirik kesakchalar hosil bo‗ladi. Yuqori namlikda va quruq xolatda
shudgorlash zarari bir necha yil davomida saqlanib qoladi.
Shu sababli ishlov berishni tuproq namligi fizik yetilganlik chegarasida
o‗tkazish zarur. Tuproqlarning fizik yetilganligijadval ma‘lumotlaridan
ko‗rinishicha, shudgorlashda eng sifatli donadorlik hosil bo‗lishi tuproqning
mexanik tarkibi bilan uzviy bog‗liq bo‗lib va bir muncha sug‗orish davriyligiga
ham bog‗liqligini ko‗rsatadi.
33
Tuproqlar kam chirindili va kuchsiz strukturali bo‗lsa, fizik yetilganlik
namlik oralig‗i qisqaligi bilan farqlanadi. Ammo bu oralik mexanik tarkibi
og‗irlashgan, sug‗orish davriyligi uzaygan va madaniylashgan tuproqlarda
birmuncha kengayib boradi. Sug‗oriladigan turli mexanik tarkibli o‗tloqi
tuproqlarning fizik yetilgan namligi oralig‗i turlichadir.Eng qisqa oraliq namlik
yengil mexanik tarkibli tuproqlarda bo‗lib, 13-16 % ni tashkil qiladi. O‗rta va
og‗ir, hamda loyli mexanik tarkibli tuproqlarda bu oraliq birmuncha kengroq
bo‗lib 15-17 va 16-19 % ga yetadi.Eskidan sug‗oriladigan madaniylashgan
tuproqlarda fizik yetilish haydov qatlamining birmuncha yuqori namligida (15-
20 %) hosil bo‗ladi.Haydov qatlamining eng yaxshi fizik yetilishi yengil
mexanik tarkibli tuproqlarda namlik 13- 16% gacha bo‗lganda yoki dala nam
sig‗imining 60% dan 80 % gacha bo‗lgan oralig‗ida tuproqqa ishlov berilganda
u yaxshi uvalanib qimmatli agronomik agregatlar (0,25 dan 10 mm gacha)
miqdori 60-70 % tashkil qiladi va 10mm dan katta kesakchalarning miqdori (20-
30 %) keskin kamayadi.Eng ko‗p miqdor kesakchalar (50 %gacha) yetilmagan
(loy yoki qurigan) holatda ya‘ni haydov qatlamining namligi dala nam
sig‗imining 80-85 % yoki 60 % dan kam bo‗lganda hosil bo‗ladi.
Xorazm viloyati tuproqlari Amudaryo, Daryoliq va Daudan daryolari
yotqiziqlarida hosil bo‗lgan o‗tloqi allyuvial tuproqlar bo‗lib, mexanik tarkibini
xilma-xilligi bilan ya‘ni qumlardan tortib loyli tuproqlargacha bo‗lgan profil va
yuza qatlamlari bo‗yicha farqlanadi. Daryolar o‗zan oralig‗i (ko‗l) yotqiziqlarida
asosan og‗ir mexanik tarkibli tuproqlar hosil bo‗lgan. O‗zan oldi va Qoraqum
tekisligi atrofidagi geomorfologik rayonlarda yengil mexanik tarkibli tuproqlar
keng tarqalga.Loyqa suvlar bilan sug‗orish va ko‗p yillik inson faoliyati
ta‘sirida eskidansug‗oriladigan yerlarda qalin agroirrigatsion qatlam hosil
bo‗lgan.Eskidan sug‗oriladigan o‗rta va og‗ir mexanik tarkibli tuproqlarning
ishlov berish va sho‗rtoblanish ta‘sirida kuchli zichlanish kuzatiladi.
34
Viloyat tumanlarida sizot suvlarining ko‗tarilishi tuproqlarning turli
darajada sho‗rtoblanishga sabab bo‗lgan bo‗lsa, bu o‗z navbatida ularning suv
fizik va fizik - mexanik xossalariga kuchli ta‘sir qiladi.
Tuproqlar unumdorligini oshirish uchun og‗ir mexanik tarkibli tuproqlarni
chuqur shudgorlash, yuqori me‘yorda organik o‗g‗itlar qo‗llash, beda-g‗alla-paxta,
beda- sholi-paxta almashlab ekishni tashkil qilish, tuproqqa ishlov berishni
uning fizik yetilganligida amalga oshirish, sug‗orishni me‘yorida o‗tkazish,
sizot suvlarning sathini tushirish, sho‗r yuvishni o‗z vaqtida o‗tkazish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |