14
Dunyoning turli davlatlarida yetishtiriladigan qоvоqning shakli, katta-
kichikligi va ranglari har xil. Katta qоvоqlar 4 dan 6 kilоgrammgacha bo‘lishi
mumkin, eng yiriklarining оg‘irligi esa 25 kilоgrammgacha yetadi. Tillо rang
qоvоqlar silliq, kichkina, оlоv rang krem rangida bo‘ladi. Оdatda, qоvоqlar sariq
yoki оlоv rang bo‘ladi, birоq ayrimlari yashil (to‘q yashildan mallagacha), jigar
rang, qizil va hattо kul rang bo‘lishi mumkin. Qоvоqning rangi, terisidagi va
etidagi sariq va оlоv rangli pigmentlarga bоg‘liq.
Qоvоq o‘stirishda mevasining kattaligi bo‘yicha rekоrdni 2010 yil Nyu-
Richmоndalik
fermer
Kris
Stivensga
taqdim
etildi.
U
Amerikaning
Viskonsinshtatida o‘stirgan qоvоq mevasi 821,2 kg ga yetdi va jahоn rekоrdini
qo‘ydi. (
https://ru.wikipedia.org/wiki/
)
2012 yilda Shvetsariyada yetishtirilgan dunyodagi eng og‘ir oshqovoq
yo‘nalishidagi rekord 952 kilogrammlik ekinga tegishlidir.2015 yilda esa AQShda
Kaliforniyaning Nepa vodiysida 933 kilogrammlik oshqovoq yetishtirildi.
(UzReport.uz)
Oshqovoq ekinini ekish muddati tuproq harorati bilan bog‘liq.(A. Olimov)
Tuproqning 8-10 santimetr chuqurlikdagi harorati 9-10 daraja bo‘lganda urug‘
ekila boshlanadi. Uning ekish chuqurligi urug‘ning mayda yoki yirikligi,
tuproqning namligi, fizik holati va ekish muddatiga ko‘ra, 3-4 santimetrdan 6
santimetrgacha bo‘lishi mumkin. Urug‘ chirigan go‘ng va o‘g‘it bilan ekilsa,
maqsadga muvofiq bo‘lardi. CHiritilmagan go‘ng ekinni quritishini unutmaslik
kerak. Oshqovoqning boshqa o‘simliklardan xarakterli jihati shundaki, bu
o‘simlikning onalik va otalik gul tugunchalari alohida-alohidaligi uchun tashqi
muhitdan changlanadi. Bu jarayon asosan hasharot, ya‘ni asalari orqali amalga
oshadi.Tajribalardan ma‘lum bo‘lishicha, mexanik, ya‘ni qo‘l bilan changlatish
oshqovoqdan ko‘zlangan hosilni olish imkoniyatini beradi.
A. Rasulov[5] ma‘lumotlarida bayon etilishicha, quruq ob-havo sharoitida
qovoq mevalari uzilgach, 3-5 kun shamollatiladi. Shu tufayli qovoq badaniga
15
tuproq bilan yopishgan har xil mikroorganizmlar zararsizlanadi, uning po‘sti
chiniqadi. Agar qovoqni yig‘ish yoki tashishdan oldin yog‘ingarchilik bo‘lib
o‘tgan bo‘lsa, paykal qurigandan keyin, agar iloji bo‘lmasa, usti berk
bostirmalarga tashib keltirilib, bir necha kun shamollatib omborxonaga qo‘yilishi
kerak. Ob-havo sharoiti yaxshi bo‘lsa, paykalda bir qator qilib terib, noqulay ob-
havo bo‘lsa, bostirma tagida 3-4 qator qilib quritiladi. Qovoqni tashish uchun
barcha transport vositalaridan foydalanish mumkin. Qovoqeti tig‘iz bo‘lgani
uchun mevasi boshqa poliz ekinlariga nisbatan yaxshiroq saqlanadi. Qisqa
muddatga saqlash uchun bostirmalar tagida, xashak va payraxa to‘shab yoki
shunday holatda 4-5 qator qilib teriladi. SHu davrda sovuq olish xavfi bo‘lsa,
qovoqlar ustini poxol, o‘simliklar palagi, brezent yoki plyonka bilan yopiladi.
Qovoqni katta hajmda saqlash uchun konteyner va katakli qutilardan
foydalaniladi. Ularga omborxonaning past-balandligiga qarab, bir necha qator
qilib taxlab qo‘yiladi. Bunday idishlarda saqlashning qulayligi shundaki,
omborxonaning ichiga ustma-ust mahsulotni joylashtirish va ortish-tushirishda
mexanizatsiyadan, har xil ko‘targich aravacha va kranlardan foydalanishga imkon
beradi. So‘kchaklarda saqlash - bu usulda omborxona tuzilishiga qarab, ularning
ustiga 2-3 qator oshqovoq teriladi.
Shuningdek, oshqovoq uyumlarda ham saqlanadi.Agar oshqovoq qisqa
muddatga saqlansa, 4-5 qator, uzoq muddatga esa 2-3 qator qilib teriladi.Saqlash
davrida oshqovoq mevalari nazorat ostida bo‘lib turishi kerak, ularda aynish
belgilari sezilsa, darhol olib tashlash lozim. Oshqovoqni muqobil saqlash sharoiti
6-10° va havoning nisbiy namligi 73-75 foiz hisoblanadi. Oshqovoq saqlash
samarali bo‘lishi uchun iloji boricha haroratni bir me‘yorda ushlab turishga
xarakat qilish, yog‘ingarchilik va sernam havo kunlarida omborxonani bekitib,
haroratni 3
o
dan pastga va 12° dan yuqoriga ko‘tarmaslikka harakat qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: