Tayyorladi: Jumaboyeva So’g’diyonabonu Tekshirdi



Download 140,4 Kb.
bet1/3
Sana04.03.2023
Hajmi140,4 Kb.
#916527
  1   2   3
Bog'liq
osh tuzi


MUSTAQIL ISH


Tayyorladi: Jumaboyeva So’g’diyonabonu
Tekshirdi:________________


Mavzu: Osh tuzi. Osh tuzining navlari va ularning navlari Tuzning sifati va uning va fizik xususiyatlari


Reja:

  1. Osh tuzi haqida ma’lumot

  2. Osh tuzinign kimyoviy tarkibi

Natriy (arab, natrun, yun. nitron — tabiiy soda; lot. natrium), Na — Mendeleyev davriy sistemasining 1 guruhiga mansub kimyoviy element. Ishkr-riy metall. Tartib rakami 11, atom massasi 22,9898. Bitta tabiiy izotopi 23Na bor. Sunʼiy radioaktiv izotoplaridan 23Na va 24Na muhim. Natriyning tabiiy birikmalari — osh tuzi NaCl, soda Na2CO3 qadimdan maʼlum. Metall holidagi Natriyni 1807 yilda ingliz olimi Natriy Devi oʻyuvchi natriyni elektrolizlab ajratib olgan. Massa jihatdan Yer poʻstining 2,64% ini tashkil qiladi. Quyosh atmosferasi va yulduzlararo fazoda Natriy borligi aniqlangan. Dengiz suvida 1,5-1016 t Natriy bor. Natriy tabiatda faqat bi-rikma (tuzlar) holida uchraydi. Ulardan eng muhimlari: natriy xlorid, yaʼni osh tuzi (tosh tuz, galit) NaCl, natriy sulfat (mirabilit, glauber tuzi) Na2SO410H2O, natriy nitrat (chili selitrasi) NaNO3, natriy sulfat (tenardit) Na2SO4, trona NaH(CO3)2, natriy alyuminiy geksaftorid (kriolit) 3NaF-AlF3, natriy tetraborat (bura — tinkal) №2V4O710N2Ovab. Bundan tashqari, Natriy Sa, Sr, Ba, Mg, A1 va nodirer elementlari bilan birgalikda koʻpgina tabiiy silikatlar tarkibiga kiradi. Natriy oʻsimliklar (boʻyimodaron, dengiz oʻti) tarkibida ham bor. Odam va hayvonlar organizmida birikmalar holida boʻladi. Mac, Natriy ionlari odam qoni plazmasida 0,320%, suyakda 0,6%, muskul toʻqimasida 0,6—1,5% ni tashkil kiladi. Organizmda sarf qilingan Natriy oʻrnini toʻldirish uchun kishi sutkasiga 4—5 g osh tuzi isteʼmol qilishi lozim. Natriy konlari yer yuzida keng tarqalgan. Oʻzbekistonda Surxondaryo viloyatida va Qoraqalpogʻistonda katta osh tuzi konlari bor.
Natriy — kumush kabi oq, yumshoq metall; pichoq bilan oson kesiladi. Zichligi 0,968 g/sm³ (20° da), suyuqlanish temperaturasi 97,83°, qaynash temperaturasi 882,9°. Kimyoviy jihatdan juda faol. Havoda oson oksidlanadi. Suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishib (reaksiya baʼzan portlash bilan boradi), natriy gidroksid NaOH va N2 hosil qiladi. Vodorod, kislorod, galogenlar, oltingugurt, uglerod va boshqa bilan reaksiyaga kirisha oladi. Natriy suyuq ammiakda yaxshi eriydi. Koʻpgina metallar bilan qotishmalar beradi.
Natriy osh tuzi NaCl ni elektrolizlab olinadi. Natriy juda faol metall boʻlgani uchun kerosinda saqlanishi kerak. Uni kavsharlab bekitilgan idish yoki maxsus sisternada tashish mumkin. Natriyni ishlatishda maxsus korjoma, qoʻlqop kiyib, koʻzoynak taqish lozim. Ish joyi yongʻinga qarshi vositalar bilan jihozlanishi zarur. Natriy bor joyda yongʻinni suv bilan oʻchirish mumkin emas, aks holda portlash yuz beradi.
Natriy (oʻzi yoki qotishmasi) aviatsiya dvigatellarida, yadro reaktorlarida, maxsus yoritkichlarda, metallurgiyada (qay-taruvchi sifatida va qotishmalar olishda) va tetraetilqoʻrgʻoshin olishda, birikmalari tibbiyotda kasalliklarni davolashda, qishloq xoʻjaligida oʻgʻit sifatida ishlatiladi.
Natriy birikmalari. Natriy bikarbonat, ichimlik soda — NaHCO3 rangsiz monoklin panjarali kristall modda, zichligi 2,16—2,22 g/sm³. Kizdirilganda 50° dayoq oʻzidan karbonat angidrid SO2 ni chiqara boshlaydi. 100—150° da butunlay parchalanib, natriy karbonat Na2CO3 ga aylanadi. Suvda 20° da 8,8%, 60° da 14,1% eriydi. Natriy karbonatga SO2 taʼsir ettirib olinadi. Oziq-ovqat sanoatida, tibbiyotda va oʻt oʻchiruvchi modda sifatida ishlatiladi (qarang Soda).
Natriy bromid, NaBr — bromid kislota (NVg)ning natriyli tuzi. Rangsiz gigroskopik kristall modda, zichligi 3,20 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi 747°, kaynash temperaturasi 1390°. Suvda yaxshi eriydi, 30° dan past temperaturada NaBr-2H2O holida kristallanadi. NaOH eritmasi Vg taʼsir ettirib olinadi. Optik material sifatida, tibbiyotda va fo-tografiyada ishlatiladi.
Natriy yodid, Nal — rangsiz kristall modda, zichligi 3,665 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi 662°, kaynash temperaturasi 1307°. Yorugʻlikda xavodagi kislorod bilan oksidlanib, erkin yod ajratib sargʻayadi. Suvda 20° da 64,1%, 100° da 75,1% eriydi. Suv bilan kristallogid-ratlar hosil qiladi: Nal-5H2O, NaI-2H2O. Metil va etil spirtida, atsetonda eriydi. Fe3lH bilan NaCO3 oʻrtasidagi almashish reaksiyasi asosida olinadi. Tibbiyotda yod preparati sifatida qoʻllanadi.
Natriy silikatlar — silikat kislotalarning natriyli tuzlari, natriy metasilikat (Na2SiO3), natriy ortosilikat (Na4SiO4), natriy pirosilikat (Na6Si07), natriy bisilikat (Na2SiO5), natriy trisilikat (Na2Si3O7). Suvda eriganda quyuq kolloid eritma hosil qiladi. Natriy me-tasilikatning 1, 5, 6, 8 va 9 molekula suvli, natriy pirosilikatning 3,5 va 11 molekula suvli kislotallogidratlari mavjud.
Natriy metasilikat shishasimon amorf modda. Zichligi 2,614 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi 1089°. Natriy ortosilikatning 2 ta modifikatsiyasi bor, bir turdan ikkinchi turga aylanish temperaturasi 960°; suyuqlanish temperaturasi 1118° (parchalanadi). Natriy pirosilikat oʻtkir qirrali plas-tinkasimon kristall modda. Zichligi 2,96 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi 1115°. Natriy bisilikat romb panja-rali kristall modda. Zichligi 2,496 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi 874°. Natriy trisilikat monoklin panjarali kristall modda. Zichligi 2,467 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi 700°. Natriy tegishli tarkibli shishalarni kristallash yoʻli bilan olinadi. Shisha, alyumosilikat katalizatorlar, seolitlar, shuningdek, suyuq shisha ishlab chiqarishda qoʻllanadi.
Natriy tiosulfat (natriy giposulfit), Na2S2O32H2O — rangsiz, yaltiroq kristall modda, zichligi 2,119 g/sm³. Suvsiz Na2S2O3 ok, poroshok, ochiq havoda faqat bir necha kun barqaror. Nam havoda tez oksidlanadi. Spirtda erimaydi. 100 g suvda 20° da 70,2 g eriydi. Suvdagi eritmasi havodan kislorod yutadi . Oltingugurtni natriy sulfatning issiq eritmasida eritib: Na2SO3+S=Na2S2O3; natriy gidrosulfidni natriy bi-sulfitga taʼsir ettirib: 2NaHS + 4NaHSO3 = 3Na2S2O3+ ZN2O va boshqa usullarda olinadi. Fotografiyada, toʻqimachilikda, koʻnchilikda, tibbiyo-tda, shuningdek, analitik kimyoda reaktiv sifatida ishlatiladi.
Natriy fosfatlar — meta-, orto- va pirofosfat kislotalarning natriy tuzlari. Ortofosfat kislota uch xil fosfat hosil qiladi, Mas, mononatriy fosfat (NaH2PO4), dinatriy fosfat (Na2HPO4); trinatriy fosfat (Na3PO4). Agar NaH2PO4 qizdirilsa, oʻzidan suv chiqarib natri y gidropirofosfat (Na2H2P2O7) ga, yanada kuchliroq qizdirilsa, polimer modda — natriy geksametafosfat (NaPO3)6 ga aylanadi. Agar Na2HPO4 qizdirilsa, natriy pirofosfat (Na4P2O7) hosil boʻladi. Natriy suvni yumshatishda, rudalarni boyitishda, toʻqimachilik, koʻn, oziq-ovqat sanoatlarida, fotografiyada, elektrolizda va boshqa soxalarda qoʻllanadi.

Download 140,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish