O‘tloqi-taqir tuproqlar. Ular Amudaryo bo‗ylarida tor polosada, asosan
to‗qaylarda uchraydi. Bu tuproqlarning aksariyati sholizzorlarda, poliz ekinlari
bilan band bo‗lib,g‗o‗za ham ekiladi. Amudaryodan uzoqlashgan sari bu tuproq
tarkibi o‗zgara boshlaydi.
Taqir tuproqlar. Amudaryo deltasining hamda viloyatning yer osti suvlari bir
muncha chuqurroq bo‗lgan joylarida ko‗p uchraydi. Taqir tuproqlar dehqonchilik
uchun kam o‗zlashtirilgan. Agar bu tuproqlar sug‗orilsa o‗zining oldingi holatini
butunlay yo‗qotishi mumkin. Taqir tuproqlar tarkibida chirindi miqdori 1 foiz
atrofida bo‗lib, unga yaxshi ishlov berilsa, ekinlardan mo‗l hosil olish mumkin.
Taqirlarda suvning singishi 30-40 sm dan pastga tushmaydi.Bunday tuproqlarda
yuksak o‗simliklar deyarli o‗smaydi. Uning unumdor qismi ustki 3-4 sm da
Tuproq Namlik, %
Agregatlar kattaligi, mm
Jami agregatlar
Don
a
koe
f.
Abso
lyut
Dala
nam
sig‗.
nis
>50
50-30
30-
10
10-5 5-3
3-1
1-
0,25
<0,25
>10
10-
0,25
<0,
25
YAngi
sug‗or.
engil
qumoq
19,0
16,5
14,2
97,0
82,9
73,5
18,6
8,0
9,3
14,3
12,3
9,0
18,8
11,7
18,6
8,4
13,7
15,2
8,4
13,7
11,1
17,2
20,2
13,4
7,9
15,5
14,3
5,8
7,4
9,1
52,3
32,0
30,0
41,9
60,6
60,0
5,6
7,4
9,1
0,72
1,38
1,47
YAngi
sug‗or.
o‗rta
qumoq
18,0
15,5
13,6
75,7
65,5
75,4
8,5
9,0
12,6
9,7
10,2
12,7
17,8
19,0
22,6
15,4
14,8
11,1
14,1
11,8
9,6
15,7
14,9
11,4
16,6
15,8
10,8
2,2
4,5
9,2
36,0
38,2
42,9
61,8
57,0
42,9
2,2
4,8
9,2
1,63
1,35
0,75
Eski.
sug‗or.
engil
qumoq
21,5
17,0
13,5
98,0
76,0
62,5
29,8
3,4
0
18,8
5,6
5,7
27,6
17,6
16,0
10,2
14,4
12,1
5,6
16,1
13,7
4,3
31,0
36,5
2,6
3,3
8,7
1,1
4,2
7,3
76,2
26,0
21,7
22,7
60,8
76,0
1,1
4,2
7,3
0,30
2,33
2,45
Esk.
sug‗or.
o‗rta
qumoq
22,8
19,0
15,5
96,7
79,9
66,0
6,9
1,9
1,4
20,8
9,2
9,4
32,9
18,8
17,6
15,4
21,2
15,3
13,5
20,3
15,7
7,9
16,4
18,6
2,6
7,9
13,3
0
4,3
8,7
60,6
29,6
28,4
39,4
65,8
62,9
0
4,3
8,7
0,64
1,94
1,70
Eski.
Sug‗or.
og‗ir
qumoq
23,5
19,6
15,9
88,0
73,5
60,0
16,3
6,0
7,8
15,0
13,9
8,3
30,8
23,2
23,2
13,3
17,3
14,4
12,0
16,4
14,5
8,4
12,8
11,8
4,2
7,4
11,1
0,
3,0
8,9
62,1
43,1
39,3
37,9
53,9
51,8
0
3,0
8,9
0,01
1,17
1,08
36
joylashgan bo‗lib, 6-10 sm chuqurlikdagi qismlarida madaniy tuproqlar vujudga
kelgan. Bu tuproqlar viloyatning barcha tumanlarida uchraydi.Amudaryoning o‗ng
qirg‗oqidagi
viloyat
xududida
allyuvial
qumoq
tuproqlar
keng
tarqalgan.Viloyatimiz xududida barcha tumanlarida sho‗rxok tuproqlar orollar
tarzida uchraydi.
Sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlar. Xorazm viloyatining janubiy-sharqiy
burchagida Toshsoqa platosida va o‗ng qirg‗oqdagi qizilqumda uchraydi. Ular
uchlamchi davr ellyuviylarida va bo‗r davri jinslarida shakllanadi. Tuproq qatlami
qalinligi, bir necha o‗n santimetrdan bir necha metrgacha bo‗ladi. yer osti suv sathi
5 m dan pastda joylashgan. Allyuvial yotqizliqlar yuqoridan pastgacha dag‗alligi
bilan ifodalanadi. Sur-qo‗ng‗ir tusli tuproqlar qisqa, lekin to‗la shakllangan aniq
genetik qatlamlari bo‗lishi bilan ajralib turadi. Cho‗l sur-qo‗ng‗ir tuproqlarining
yuzasi och jigar rang, kul rang, changsimon 2-3 sm qatlamli, bu po‗stloqning ustki
qismi g‗ovak va turlicha bo‗laklarga bo‗lingan bo‗ladi.
Har bir tuproq turini o‗zlashtirish (madaniylashtirish) darajasi viloyatimiz
tumanlarida bir xil emasligini ko‗ramiz. Tuproq unumdorligi Xazorasp, Bog‗ot,
Xonqa, Urganch, Xiva, SHovot tumanlarida bir muncha yuqori. Xorazm viloyati
xududi juda kuchsiz tabiiy yer osti suvi oqimi va sun‘iy suv o‗tkazuvchi inshoatlar
etishmasligi bilan tavsiflanadi. Shu munosabat bilan hamma tuproqlar
sug‗oriladiganlari ham sug‗orilmaydiganlari ham sho‗rlanishga uchragan.
Hozirgi vaqtda viloyat xududining aholi yashaydigan qismida kuchsiz sho‗rlangan
va yuvilgan tuproqlari (umumiy viloyat yer fondining 37,2%) ko‗proqdir. Gurlan,
SHovot, qo‗shko‗pir va Urganch tumanlarida yuvilgan tuproqlar alohida
ajratilmagan, ular kuchsiz sho‗rlangan tuproqlar ichiga kiritilgan, chunki ular
tuman umumiy maydonini 15-20% ni tashkil etadi. Shuni ham ta‘kidlash kerakki,
kuchsiz sho‗rlangan va yuvilgan tuproqlar salmog‗i keyingi o‗n yilda kam
o‗zgargan (avval ular umumiy yer fondining 39,3% egallagan bo‗lsa, hozir 37,2%
dir). Sho‗rxoklarning maydoni juda qisqardi, ularning yer fondidagi salmog‗i 10,8
37
dan 1,6% ga tushib qoldi. SHo‗rxoklar maydonining kamayishi, qishloq xo‗jaligiga
yangi yerlarning kiritilishi melioratsiya ishlarining jadallashuvi natijasidadir. Qiyin
o‗zlashtiriladigan yerlarni o‗zlashtirish hisobiga, o‗rtacha sho‗rlangan (11% dan
26% gacha) va kuchli sho‗rlangan (10% dan 18% gacha) maydonlar ko‗paydi, bu
esa viloyat umumiy yerlarining meliorativ holatini yomonlashtirdi.
Xonqa va Yangibozor tumanlari tuproqlari meliorativ holatiga ko‗ra o‗ta
noqulay hisoblanib, sho‗rlanmagan (yuvilgan) va kuchsiz sho‗rlangan tuproqlar yer
fondining 50 % dan ortig‗ini egallagan. Kamroq noqulaylikka ega bo‗lgan
Urganch va Yangiariq tumanlari tuproqlari hisoblanib, u yerda sho‗rlanilmagan va
kuchsiz sho‗rlangan tuproqlarning umumiy maydoni 60% dan ortig‗ini
egallagandir. Gurlan va Xazorasp tumanlarida o‗rtacha sho‗rlangan tuproqlar
ko‗proqni tashkil etadi. Viloyatda jami sug‗oriladigan maydonlarining (341914 ga)
tuz zahiralari 0-50 t ga cha bo‗lgan maydonlari 36,64% ni (125262 ga) tashkil
etadi. Bu maydonlarning tuproqlari tuzlardan yuvilgan (sho‗rlanmagan) guruhga
mansub bo‗lib, yuqori hosildor yerlar hisoblanadi.
Ikkinchi guruh-kuchsiz sho‗rlangan tuproqlarda tuz zahiralari gektariga 50-
100 tonnani tashkil etib, ularning maydoni jami sug‗oriladigan yerlarning 29,24%
ni (99970 ga) tashkil etgan holda meliorativ holati deyarli qoniqarli.
Uchinchi guruh tuproqlarining gektarida 100-200 tonna zararli tuzlar bo‗lib,
o‗rtacha sho‗rlangan tuproqlar maydoni 25,30 foizni (86494 ga) tashkil etadi. Bu
esa meliorativ nuqtai nazardan noqulay, qator meliorativ tadbirlar o‗tkazilishini
taqozo etadi.
Keyingi guruh-kuchli sho‗rlangan tuproqlarda tuz zahiralari gektariga 200-
300 tonnani tashkil etadi va viloyat jami sug‗oriladigan yerlarining 8,40 foiziga
(28720 ga) teng. Bu maydonlarning tuproq meliorativ holati noqulay, ancha og‗ir.
Bu guruh tuproqlarini sho‗rsizlantirishda qator meliorativ tadbirlar majmuasi
talab etiladi.
38
Nihoyat, tuz zahiralari gektariga 300-350 tonna va undan yuqori bo‗lgan
guruh-juda va o‗ta kuchli sho‗rlagan tuproqlar hisoblanib, ularning maydonlari
0,42 foizni (1466,3 ga) tashkil etib, sug‗orma dehqonchilikda deyarli yaroqsiz.
Kuchli va juda kuchli(300-350 t ga) sho‗rlangan tuproqlar Xazorasp,
Yangibozor, Gurlan, Urganch va Xiva tumanlarida bo‗lib, jami sug‗oriladigan
yerlarining 1-7%, Xonqa, SHovot, Bog‗ot va Qo‗shko‗pir tumanlarida 8-14%,
Yangiariq tumanida 28 foizni tashkil etadi. Viloyat bo‗yicha har xil darajada
sho‗rlangan tuproqlar maydoni 63,36 foizni, shundan kuchsiz sho‗rlangan (50-100
t ga) tuproqlar 29,24 foizni, o‗rtacha sho‗rlangan (100-200 t ga)25,3 foizni, kuchli
sho‗rlangan (200-300 t ga) 8,4 foizni va juda va o‗ta kuchli sho‗rlangan (300-
350t ga) tuproqlar maydonlari 0,42 foizni tashkil etadi. SHo‗ri yuvilgan
(sho‗rlanmagan) tuproqlar maydoni esa 36,64% ga teng.
Hozirgi kunda qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishining asosiy vositasi yerlardan
oqilona va samarali foydalanish, qishloq xo‗jalik ekinlari hosilini aniq
rejalashtirish, yerlarni har tomonlama sifat jihatdan baholashni talab
etadi.Tuproqlarning gumusli holati.
Tuproq unumdorligi qanchalik yaxshi bo‗lsa, undan shunchalik yuqori hosil
olish mumkin. qishloq xo‗jalik ekinlaridan qanchalik yuqori hosil olinsa,
chorvachilikning ozuqa bazasini shunchalik mo‗tadil qilish imkoniyatini beradi.
Ozuqaviy moddalar bo‗yicha tuproq zahirasi ko‗p mahsulot yetishtirish
uchunyetarli emasdir, bu esa o‗g‗itlar bilan to‗ldirilishi kerak deganidir.
Dehqonchilikni chorvachiliksiz to‗g‗ri tashkil qilib bo‗lmaydi va aksincha
rivojlangan chorvachilikni dehqonchiliksiz, ya‘ni mustahkam ozuqa bazasiz
tasavvur qilish mumkin emas. Lekin, hayvonlarning o‗zlari, foydali mahsulotlarni
iste‘mol qilgan ovqatliklarining atigi 1 4 yoki yarmini qayta ishlaydilar. Lekin bu
moddalarni o‗simliklar organik turda o‗zlashtira olmaydilar. Buning uchun ularni
o‗simliklar o‗zlashtirishi mumkin bo‗lgan mineral birikmalarga aylantirish kerak.
39
Bu jarayonni tuproqda yashaydigan ko‗p sonli mikroorganizmlar amalga oshiradi.
Shundan tushunish mumkinki, chorvachilik va dehqonchilikning barcha
qoldiqlarini saqlab, yanada tuproqqa qaytarish kerak. Tuproqda ular
mikroorganizmlar tomonidan qayta ishlanadi, shundan so‗nggina ular o‗simliklar
tomonida oson o‗zlashtiriladigan holga o‗tadi. Shunday qilib, dehqonchilik
madaniyatini oshirish, ikki tarmoqni chambarchas bog‗laganholatda olib borish
orqali amalga oshiriladi. Bu aloqa buzilganida butun qishloq xo‗jaligi katta
qiyinchiliklarga duchor bo‗ladi.
Masalan, agar xo‗jalik chorvachilik bilan shug‗ullanmasa va organik
moddalarni to‗plamasa, dehqonchilik mahsulotining yarmidan ko‗pi befoyda bo‗lib
qoladi, tuproq o‗z navbatida yetarlimiqdorda organik moddalarni to‗play olmasdan
o‗z unumdorligini yo‗qotadi. O‗simliklar barcha organik va organik-mineral
qoldiqlarni albatta tuproqqa qaytarishi lozim. (Pannikov 1969).Tuproqdagi organik
moddalarning asosi-chirindi yoki gumus biologik qoramtir murakkab modda.
CHirindi miqdoriga tuproqning madaniylashganlik darajasi ta‘sir qiladi. Bir xil
tuproq har xil miqdordagi chirindiga ega bo‗lishi mumkin. CHirindining tuproq
unumdorligini oshirishda ahamiyati ikki turga:
a) Bioximiyaviy-chirindi parchalanganidan hosil bo‗ladigan ozuqaviy
moddalar manbai va qisman o‗simliklar o‗sishi uchun qulay mikrobiologik jarayon
sifatida;
b) Fizikaviy va fizik-ximiyaviy tuproq unumdorligiga ta‘sir etuvchi
tuproqning fizikaviy-ximiyaviy xususiyatlari sifatida:
O‗simlik tuproqdagi organik moddaning asosiy manbaidir. SHuning uchun
ham hosildorlik qanchalik yuqori bo‗lsa, tuproqda organik moddalar shunchalik
ko‗p bo‗ladi. Chirindi miqdori tuproqda vaqt o‗tishi bilan oshadi, ayniqsa yuqori
hosildorlikda va organik o‗g‗itlarni muntazam ravishda berilganida. Har yili
40
tuproqqa kiritiladigan boshqa o‗simlik qoldiqlari asta-sekin parchalanadi va
shuning uchun ham to‗planmaydi. Dunyo dehqonchiligining tajribasi shuni
ko‗rsatadiki, tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirishning eng radikal usuli
organik o‗g‗itlarni tizimli ravishda qo‗llashdir. Buni quyidagi misol bilan izohlasa
bo‗ladi. Tuproqda organik o‗g‗itlarni tizimli ravishda kiritishdan oldin 0,27%
chirindi (gumus), 3,25 mg fosfor va kaliyning faqat o‗zi bo‗lgan. Qator yillar
davomida organik o‗g‗itlar kiritilgan, aynan shu tuproqda 1,47% chirindi, 25 mg
fosfor va 10,6 mg kaliy miqdori aniqlangan (Pannikov 1969). Agarda unumli
tuproqda ekinlarga o‗g‗it berilmasa, yig‗ib olinayotgan mahsulotlar asta-sekin
kamayadi. SHunday qilib, ekinlarning hosili tuproq unumdorligini pasaytirib, uni
kambag‗allashtiradi.qadimdan shu tasdiqlanganki, madaniy ekinlarning har xil
turlari tuproqqa har xil darajada kambag‗allashtirish ta‘sirini o‗tkazadilar. Lekin
beda, soya va boshqa dukkakli o‗simliklar nafaqatyerni kambag‗allashtiradi, balki
ozuqa bilan to‗ldiradi, shu bilan birga unga yangi unumdorlik qo‗shadilar.
Xalq xo‗jaligi nuqtai nazaridan tuproq asosiy va umumiy ishlab chiqarish
vositasidir. Tuproqning bu ahamiyati uning asosiy xususiyati-unumdorligi bilan
belgilanadi. Shuning uchun ham barcha agrotexnik va meliorativ tadbirlar tuproq
unumdorligini maksimal darajada oshishiga va eng ko‗p hosil olinishiga
qaratilmog‗i kerak. Har bir hosil bilan o‗simliklar tuproqdan ancha miqdorda azot
va boshqa ko‗p moddalarni olib ketadilar, agarda bu yo‗qolish tiklanmasa asta-
sekinlik bilan tuproqning kambag‗allashishi sodir bo‗ladi va hosildorlik pasayadi.
Tuproq unumdorligiga, nafaqat ekinlarga kerakli bo‗lgan ozuqaviy modda,
ekinlar bilan chiqariladigan ozuqaviy moddalar hosil darajasiga qarab har xil
bo‗ladi. Masalan, boshoqli don ekinlari 15-20s don hosilida tuproqdan 20-25 kg
fosfor, 40-60 kg azot va 55-50 kg kaliy chiqaradi, 25-30s hosilida esa 30-40 kg
fosfor 85-100 kg azot va 60-90 kg kaliy chiqib ketadi. Ozuqaviy moddalarni
tuproqdan olib chiqish jarayonida tuproqqa yetkaziladigan ta‘siri orasida dukkakli
ekinlar, ayniqsa ko‗p yillik beda, alohida o‗rin tutadi. Yerdan to‗g‗ri foydalanish
41
o‗g‗itlarni qo‗llash va shu asosda qishloq xo‗jalik ekinlaridan ko‗proq hosil
olinishi dehqonchilikda bosh vazifa bo‗lib qoladi. Tuproqqa qanchalik ratsional
ta‘sir qilinsa, agrotexnika qanchalik takomillashgan bo‗lsa, madaniy ekinlarning
o‗sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi, hosildorlik esa shunchalik
yuqori bo‗ladi. Tuproq unumdorligini oshirishda go‗ngdan foydalanish alohida
o‗rin tutadi. Go‗ng o‗simliklarning qoldiqlaridan tarkib topgan, o‗simliklarga
kerakli bo‗lgan barcha moddalar go‗ng tarkibida mavjud. Shuning uchun ham
go‗ngni to‗liq o‗g‗it deb ham aytadilar. Lekin go‗ngning qimmati faqat buning
bilan o‗lchanmaydi. Go‗ngning organik moddasi va undagi ko‗p sonli
mikroorganizmlarning o‗zi tuproqni yaxshilash uchun foydalidir, tuproqni doimiy
ravishda go‗ng bilan boyitib, uning sifatini yaxshilaydi. O‗ta donador, qumoq
tuproqlarga doimiy ravishda go‗ng kiritilsa, ko‗p namni ushlaydi, og‗ir tuproqlarni
bir muncha donador qilish, ularga ishlov berish yaxshilanadi.
Xorazm vohasi sharoitida tuproqlar gumus qatlamining hosil bo‗lishi, gumus
hosil bo‗lish jarayonining tezlashishi va gumus moddalarining minerallanishida
Amudaryoning hozirgi hamda uning qadimgi o‗zani yotqiziqlari muhim
ahamiyatga ega. Shuningdek dehqonchilik madaniyati darajasi, sug‗orish
muddatining davomiyligi ham asosiylaridan hisoblanadi. Ma‘lumki, hududning
asosiy tuproqlarining gumus tarkibi ularni hosil bo‗lishi sharoitlari, tarkib topgan
ona jinsi, sug‗orish muddati davomiyligi, sho‗rlanganlikko‗rsatkichi, namlanganlik
rejimi kabilarga bog‗liq. Barcha tuproqlar uchun xarakterli tomoni-ularning
genetik qatlamlari bo‗yicha gumus moddalarini yuqori migratsiyalash qobiliyatiga
ega ekanligini ko‗rsatadi. Aynan, shuning uchun bo‗lsa kerak, bu tuproqlarning
yuqori potensial unumdorlikka ega bo‗lishligi va ularda gumus to‗planishining
nisbatan sekin sodir bo‗lishi kuzatiladi.
Yangibozor va Gurlan tumanlarida eng ko‗p gumusli (miqdori 2% dan ko‗p)
tuproqlar uchramaydi, gumusli 1,5 %-2,0% bo‗lgan tuproqlar miqdori 4% atrofida,
haydalma qatlamida 1,0-1,5% va ildiz tarqalgan (40-80 sm) qatlamida 0,70-0,80%
42
bo‗lgan tuproqlar 19-21 % ni tashkil etadi. Eng ko‗p miqdorini esa haydalma
qatlamida 0,5-1,0%, ostki qismlarida 0,25-0,35% gumus bo‗lgan tuproqlar tashkil
etadi. Ularni gumusiga ko‗ra oz darajada ta‘minlangan tuproqlar guruhiga kiritish
o‗rinlidir. Shunday tuproqlar Yangibozor tumani tuproqlarida 59% ni, Gurlan
tumanida esa 70% ni tashkil etadi. Yangiariq tumanida haydalma qatlamlarida
1,5% dan ko‗p gumusi bo‗lgan tuproqlar uchraydi, 1 dan 1,5% gacha esa
11%atrofida, eng ko‗pi esa (64%) gumus bilan kam ta‘minlangan (0,5-1%)
tuproqlarga to‗g‗ri keladi. Shu tumandagi sug‗oriladigan tuproqlarning 25% ga
yaqini gumus bilan juda oz (0,5% dan kam) ta‘minlangan tuproqlar guruhiga
to‗g‗ri keladi. Xonqa tumani tuproqlari orasida ham gumusning miqdori 1,5% dan
yuqorisi uchramaydi. Bu tuproqlarning haydalmaqatlamida gumus miqdori 0,50-
0,70 dan 1,48% gacha, ostki ildiz tarqalgan qatlamlarida 0,25-0,30 dan 0,80%
gacha. Gumus miqdori haydalma qatlamida o‗rtacha (1,0-1,5%) bo‗lgan, ostki
ildiz tarqalgan qatlamlarida 0,6-0,8% bo‗lgan tuproqlar nisbatan ko‗p bo‗lib,
umumiy maydonning 47,5% ni tashkil etadi. Yuqoriqatlamlarida gumus miqdori
oz bo‗lgan (0,5-1,0%) tuproqlar 53% ni tashkil etadi. Bu tumanda gumus miqdori
oz (0,5% dan kam) bo‗lgan tuproqlar uchramasligini ta‘kidlash o‗rinlidir.
Bog‗ot tumanida ham haydov qatlamida gumus miqdori 1,5% dan yuqori
tuproqlar uchramaydi. Taxminan 27% haydalma qatlamida gumus 1,0-1,5%
bo‗lgan tuproq farqlariga to‗g‗ri keladi, 54% esa oz gumusli (1,0-1,5%), 19%i esa
eng oz gumusli (0,5% dan kam) tuproqlardir. Xazorasp tumanida tuproqlar haydov
qatlamida gumus miqdori 0,27-0,36 dan 1,50% gacha, ildiz tarqalgan qatlamlarida
022-0,33 dan 0,80% gacha farqlanadi. Bu yerda ham haydov qatlamida gumusi
1,5% dan yuqori bo‗lgan tuproqlar uchramaydi. Xazorasp tumanining 63%
maydoni gumus bilan kam ta‘minlangan (0,5-10%) tuproqlarga to‗g‗ri keladi. 20%
ga yaqini o‗rtacha (1,0-1,5%) va 17% juda kam (0,5 dan kam) ta‘minlangan tuproq
farqlariga to‗g‗ri keladi.
43
Xiva tumanidagi R.Madaminov nomli shirkat xo‗jaligi xududida joylashgan
Xorazm Ma‘mun akademiyasi eksperimental bazasidagi tajriba dalalarining
tuproqlari 3 ta geomarfologik rayon tarkibiga kirganligi sababli, tuproqlarning
mexanik tarkibi bo‗yicha keskin farq qiladi. Eskidan sug‗oriladigan qumoq va
yengil qumoq tuproqlarning haydov qatlamidagi xajm massasi 1,15-1,22 g/sm
3
bo‗lib, haydov osti qatlami ancha zichlashgan. Tuproqlarning solishtirma massasi
2,59-2,21 g/sm
3
gacha, eskidan sug‗orilib kelinayotgan tuproqlarda tuproq
kesmasining yuqori va o‗rta qismida og‗ir metallar granat, gematit, magnitit, va
boshqalari to‗planishi kuzatiladi, tuproqlarda bu minerallarning ishtirok etishi
tuproqlarning solishtirma massani oshishiga olib keladi. Tekshirilgan
tuproqlarning umumiy g‗ovakligi 43,5-45%. Umumiy g‗ovaklik tuproq mexanik
tarkibiga bog‗liq holda qumli, qumoqi va yengil tuproqlarda bir muncha
yuqoridir.
Xiva tumanida tarqalgan va o‗rganilgan tuproqning qamlamlari bo‗yicha
umumiy gumusning taqsimlanishi haydalma qatlamlarda 1,4% dan ko‗pgumusli
tuproqlar uchramaydi. 1 dan 1,5% gacha esa 13% atrofida, 0,5-1% gacha bo‗lgan
tuproqlar 66% ga, qolgan tuproqlar 21% ni tashkil qiladi hamda eskidan sug‗orib
kelinayotgan o‗tloqi allyuvial tuproq bo‗lib, vohada keng tarqalgan tuproqlardan
hisoblanadi.
O‗rtacha sho‗rlangan, yer osti suvlarining tarkibiga ko‗ra sulfat xloridli,
hattoki xloridli darajada bo‗lishi mumkin. Shuning uchun tajriba dalasi
tuproqlarning sho‗ri 2-3 marta yuvilyapti. Tajriba dalasi tuprog‗i madaniylashgan,
eskidan sug‗orib kelinayotgan, granulometrik tarkibiga ko‗ra yengil qumoq bo‗lib,
xududda keng tarqalgan tuproqlardan hisoblanadi. Tajriba dalasi tuproqlarining
agrokimyoviy xossalari unchalik yuqori emas, tuproqning faol qatlami, ya‘ni
haydov qatlamida chirindi miqdori 0,90%, haydov osti qatlamida (30-50 sm)
0,81% ni tashkil qiladi.
44
Umumiy azot haydov qatlamida 0,12%, umumiy fosfor esa 0,13%,
almashinuvchi kaliy miqdori 230 mg kg bo‗lib, karbonatlar miqdori 4,9% ni
tashkil qiladi. Haydov osti qatlamida umumiy azot 0,09% umumiy fosfor 0,12%,
karbonatlar miqdori 5,3 % ni tashkil qiladi. SHuningdek, tuproqning solishtirma
og‗irligi 2,44 g sm
3
, hajm og‗irligi 1,41 g sm
3
, almashinuvchi kaliy 230 mg kg ni
tashkil qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |