Botqoqli tuproqlar. Bu tuproqlar sug‗orib dehqonchilik qilinadigan yerlarda
uchraydi. Botqoqli tuproqlarda yer osti suvlarining sathi tuproq yuzasiga yaqin
joylashgan bo‗ladi. Amudaryoning suv toshqini ko‗p bo‗lib turadigan yerlarida bu
tuproq keng tarqalgan. Botqoqli tuproqlarda kislorod tanqisligi kuzatiladi. Shu
tufayli bu tuproqlarda o‗simliklarning ildizlari tuproqning yuza qismida yaxshi
rivojlanadi. Botqoq-o‗tloqi va boshqa tuproqlar yer osti suvi 1 m gacha bo‗lgan
ayrim pastliklarda va ko‗l bo‗ylarida shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |