7.24. Tokli himoya (T.h.) - Токовая защита
–
Current protection -
tortish tarmog‘i va elektr harakar tarkibi kuch zanjirlarida qisqa
tutashish(QT) yoki mumkin bo‘lmagan o‘ta yuklanish yuzaga kelganda
ta’minlovchi liniyalarni avtomatik ravishda manbadan ajratish uchun xizmat
qiladi hamda maksimal T.h. va tokli kesma kabi turlarga bo‘linadi.
Maksimal T.h. selektivligi tortish tarmog‘ining himoya qilinayotgan
uchastkalaridagi uzgichlar uchun turli xil kutish vaqtlarini o‘rnatish, tokli
kesmada esa ishga tushish tokini tanlash bilan amalga oshiriladi. Tortish
tarmog‘ining ikki tomonlama ta’minlanish sxemasida asosiy elementi himoya
qilinayotgan liniyaga tok transformatori orqali ulanadigan tok relesi bo‘lgan
yo‘naltirilgan maksimal T.h. qo‘llaniladi. Liniyadagi tok qiymati rele
o‘rnatma(ustavka)siga teng bo‘lganda u ishga tushadi va vaqt relesi
chulg‘amiga kuchlanish beriladi, natijada uning kontaktlari tegishli uzgich
368
boshqaruv zanjirini ulaydi hamda uzgich QT yoki o‘ta yuklanish yuz bergan
liniya uchastkasini manbadan ajratadi.
7.25. Tokli kesma
(T.k.)
– Токовая отсечка
–
Current cutoff -
QTda
ishga tushadigan tokli himoya bo‘lib, u cheklangan zonada ishlovchi
yordamchi himoya turi hisoblanadi, masofaviy himoya bilan birga ikki
bosqichli himoyani tashkil etadi hamda fiderlar va seksiyalash postlarida
qo‘llaniladi. T.k. funksiyasini maksimal tok relesi bajaradi. Bu himoya
maksimal tokli himoyadan selektivlikni ta’minlash prinsipi bilan faqr qiladi.
7.26. Tortuvchi nimstansiya
(
magistral temir yo‘l
)(T.n.)
- Тяговая
подстанция
магистральной железной дороги
- Traction power
of the
main railway
-
elektr energiyasini o‘zgartirish va elektr harakat tarkibini va
temir yo‘l boshqa iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun
xizmat qiladigan elektr jihozlar majmuasi bo‘lib, odatda (t.y. elektrlashgan
uchastkalari birinchi toifali iste’molchilar turkumiga mansub bo‘lganligi
bois) ikkita o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan elektr energiyasi manbayidan (yoki
bitta manbadan ikkita alohida elektr uzatish liniya(EUL)laridan radial
sxemasi asosida) ta’minlanadi hamda tashqi elektr ta’minoti tizimiga ulanish
turiga ko‘
ra bosh
(94 kV li tortish elektr ta’minoti tizimlarida),
tayanch
va
oraliq
tortuvchi nimstansiyalarga bo‘linadi. Tayanch T.n. elektr energiyasini
tashqi elektr ta’minoti tarmo‘gidan uchta va undan ham ortiq EULlaridan,
oraliq T.n. esa ikkita ta’minlovchi kirishlardan oladi. Tashqi elektr ta’minoti
tizimiga ulanish xarakteriga ko‘ra oraliq T.n.lar
tranzit
va “
otpayka
”li
T.n.larga bo‘linadi. Tranzit T.n.lar tashqi elektr ta’minoti tarmo‘giga kesma,
“otpayka”li T.n.lar esa unga “otpayka”lar ko‘rinishida ulanadi. Tortish
yuklamalarini ta’minlash uchun ayrim hollarda energetik tizim
nimstansiyasi(tuman nimstansiyalari) hududida taqsimlash qurilmasi(TQ)
quriladi; bunday holatda bu nimstansiya birlashgan nimstansiya deb ataladi.
Boshqaruv
usuliga
ko‘ra
tele
boshqariladigan
va
tele
boshqarilmaydigan
T.n.larga; xizmat ko‘rsatish usuliga ko‘ra
doimiy
navbatchilikli
,
navbatchiliksiz
; mobilligiga ko‘ra
statsionar
va
ko‘chma
;
binolarining konstruktiv xususiyatlariga ko‘ra kapital binoli, mobil binoli va
kombinatsiyalashgan T.n.larga bo‘linadi. T.n. himoya, avtomatika va
boshqaruv zanjirlari o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan tokli qilib yasaladi.
O‘zgaruvchan tok T.n. 27,5 kV, 2x27,5 kV, 94 kV li tortish tarmoqlarini
elektr energiyasi bilan ta’minlaydi. Mamlakatimiz elektrlashgan t.y.larida
hozircha T.n. faqat 27,5 kV li tortish tarmog‘ini ta’minlaydi (7.16- rasm).
369
O‘zgaruvchan tok T.n. elektr energiyasini 110 yoki 220 kV kuchlanishli
tashqi elektr ta’minoti tarmo‘gidan oladi. Tortuvchi nimstansiya uchta
7.16- rasm. 27,5 kV kuchlanishli tortuvchi nimstansiya sxemasi:
TQ –
taqsimlash qurilmasi; TT1 va TT2 - tortuvchi transformatorlar; EHT – elektr harakat
tarkibi.
chulg‘amli uch fazali transformatorining yuqori kuchlanishli chulg‘amlari
tashqi tarmoqqa ulanadi; quyi kuchlanishli (tortish) chulg‘amlaridan biri
ishchi kuchlanishi 27,5 kV bo‘lgan elektr harakat tarkib(EHT)larini, 6; 10
yoki 35 kVli boshqa (tuman) chulg‘amlari esa tuman notortuvchi
iste’molchilarini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Elektr energiyasi
ta’minotini zahiralash uchun T.n.da ikkita tortuvchi transformator o‘rnatiladi.
Tortish
yuklamasining
nominal
kuchlanishi
transformator
tortish
chulg‘amining salt ish rejimidagi 27,5 kV ga teng bo‘lgan kuchlanishi
hisoblanadi.Tashqi elektr ta’minoti EULdan elektr energiyasini qabul qilib
olish uchun T.n.da maxsus TQ quriladi(7.16- rasm). Bu TQ EULdan
ta’minlovchi kirishlar orqali elektr energiyasini oladi.
370
Nimstansiya rusumiga qarab TQ har bir ulanishda yuqori kuchlanishli
uzgichlar bilan; yuqori kuchlanishli uzgichlar bilan; qisqa tutashtirgichlar va
alohodalagichlar bilan; yuqori kuchlanishli uzgichlarsiz, ammo qisqa
tutashtirgichlar va alohodalagichlar bilan. Barcha tok o‘tkazuvchi qismlar,
elektr apparatlar va elektr qurilmalar ochiq joyda o‘rnatiladi hamda xizmat
ko‘rsatuvchi xodimlar ishlash xavfsizligini inobatga olgan holda montaj
qilinadi. Tortuvchi transformatorlar va boshqa qurilmalarni transportirovka
qilishni osnlashtirish maqsadida nimstansiyani magistral t.y. bilan bog‘lovchi
t.y. shoxobchasi quriladi. 27,5 kVli tortuvchi transformator nimstansiyaning
ochiq hududida joylashgan 27,5 kVli Tqni ta’minlaydi. Bu TQ o‘z navbatida
tortish tarmog‘ining T.n.dan o‘ng va chap tomonidagi elektrlashgan t.y.larda
harakatlanayotgan EHTlarini, kontakt tarmog‘i tayanchlarida osilgan “Ikkita
sim-rels” liniyasini, (agar T.n. va depo stansiyada joylashgan bo‘lsa) stansion
va depo yo‘llari kontakt osmalarini, muzlamani eritish fiderlarini, T.n. o‘z
ehtiyojlari uchun kerak bo‘lgan transformatorlarni elektr energiyasi bilan
ta’minlaydi. TQga ko‘ndalang, bo‘ylama va ko‘ndalang-bo‘ylama sig‘imli
kompensatsiya qurilmalari ulanishi mumkin. TQ T.n. qurilgan joyda montaj
qilinishi yoki zavodda yasalgan komplekt qutilar ko‘rinishida yig‘ilishi
mumkin.
2x25 kVli o‘zgaruvchan tok T.n.lari elektr energiyasini 110 yoki 220 kV
kuchlanishli tashqi elektr ta’minoti tarmog‘idan oladi, ularda 110 yoki 220
kV kuchlanishli TQ mavjud bo‘lib, undan maxsus ikkita yoki uchta
chulg‘amli tortish transformatorlari ta’minlanadi. Ikkita chulg‘amli tortish
transformatorlari TT1 va TT2 o‘rnatilganda(7.17- rasm) 110 yoki 220 kV
yuqori kuchlanish 50 kV kuchlanishga o‘zgartiriladi. Bu transformatorlar
ikkilamchi chulg‘amlari o‘zaro ochiq uchburchak sxemasida ulanadi. T.n. da
odatda uchinchi(zaxira) transformator ham o‘rnatiladi. TT1 va TT2 lar
ikkilamchi chulg‘amlari uchtadan chiqishda ega bo‘lib, har bir transformator
ikkita chetdagi chiqishlari orasidagi kuchlanish 50 kV, o‘rta va chetdagi
chiqishlar orasidagi kuchlanishlar esa 25 kV dan. TT1 va TT2 elektr jihatdan
o‘zaro birlashtiriladi va tortish relslariga va 2x25 kVli TQga ulanadi, keyin
esa T.n.dan kontakt tarmog‘i tayanchlari bo‘ylab bo‘ylama fiderlar va
kontakt osmasi simlari tortiladi. Bitta yo‘nalish bo‘ylama fideri tortuvchi
transformator bilan elektr jihatdan ulangan, shu transformator boshqa
chiqishi esa shu yo‘nalish kontakt osmasi bilan ulangan. Fider va kontakt
371
osmasi orasidagi kuchlanish 50 kV, fider bilan tortish relslari va tortish
relslari bilan kontakt osmasi orasidagi kuchlanishlar 25 kV danga teng.
7.17- rasm. 2x27,5 kV kuchlanishli tortuvchi nimstansiya sxemasi:
TQ –
taqsimlash qurilmasi; TT1 va TT2 - tortuvchi transformatorlar; TumT1 va TumT2 –
tuman tarnsformatorlari; AT – avtotransformatorlar; EHT – elektr harakat tarkibi.
Tortish tarmog‘ida yo‘lning har 8 – 12 km ida bo‘ylama fiderlar, kontakt
osmasi va tortish relslarini o‘zaro bog‘lovchi liniya avtotransformatorlari
o‘rnatiladi. 50 kV kuchlanish EHTlariga ushbu avtotransformatorlar orqali
uzatiladi; bunda tortish tarmog‘idagi elektr energiyasi isrofi va kuchlanish
yo‘qolishi kamayadi, EHTlari esa 25 kV kuchlanish bilan ta’minlanadi. 2x25
kVli o‘zgaruvchan tok tortish elektr ta’minoti tizimida elektrlashtirilgan t.y.
uchastkalarida 25 kVli o‘zgaruvchan tok tortish elektr ta’minoti tizimida
elektrlashtirilgan t.y. uchastkalarida harakatlanadigan EHT parkidan to‘la
foydalanish mumkin bo‘ladi. 2x25 kVli tizimda 50 kV kuchlanishli fiderlar
va avtotransformatorlarning mavjudligi yondosh T.n.lararo masofani 80 – 90
372
km gacha uzaytirish imkoniyatini beradi (25 kVli o‘zgaruvchan tok tortish
elektr ta’minoti tizimida bu masofa 45 – 55 km ni tashkil etadi). T.y.
atrofidagi tuman iste’molchilarini ta’minlash uchun alohida TumT1 va
TumT2 transformatorlari o‘rnatiladi. Bu transformatorlar 6; 10 yoki 35 kV
kuchlanishli TQga elektr energiyasini uzatadi.
O‘zgaruvchan tok T.n.lari o‘z ehtiyojlarini ta’minlash uchun ikkita
alohida transformator o‘rnatiladi. Yoritish tarmog‘i ham ushbu
transformatorlardan ta’minlanadi. Yoritish asboblarining bir qismi maxsus
yoritish tarmog‘i(akkumulyator batareyasi)dan ta’minlanadi, bu asboblar
T.n.ning normal ish rejimida transformatorlardan, avariya rejimida esa
avtomatik ravishda akkumulyator batareyasidan ta’minlanadi. T.n.da tunda
nimstansiyaning ochiq qismida tezkor, ta’mirlash-taftish ishlarini bajarish
uchun ham yoritish tizimi ko‘zda tutilgan. Akkumulyator batareyasi
uzgichlar elektromagnit yuritmalari, himoya va signalizatsiya zanjirlari,
avtomatika va telemexanika qurilmalari manbayi vazifasini ham bajaradi;
doimiy zaryadlanib turadi; u joylashgan xona ventilyator yordamida
shamollatib turiladi. Ta’mirlash-taftish va tezkor ishlar bajarilishini
osonlashtirish maqsadida TQda
Do'stlaringiz bilan baham: |