Sudralib yuruvchilarning xilma-xilligi Tangachalilar turkumi



Download 89 Kb.
bet1/5
Sana08.07.2022
Hajmi89 Kb.
#758734
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Sudralib yuruvchilarning xilma-xilligi Tangachalilar turkumi


Sudralib yuruvchilarning xilma-xilligi


Tangachalilar turkumi. Bu turkumga har xil kaltakesaklar va ilonlar kiradi. Ulaming tanasi tangachalar bilan qoplangan. Bizning cho'llarimizda kaltakesaklardan dasht agamasi, kulrang echkemar va oyoqsiz kaltakesak - sariq ilon uchraydi. Ular har xil hasharotlami уеb, foyda keltiradi. Тurаr joylarda tunda hayot kechiruychi kaltakesaklardan gekkonlami uchratish mumkin. Bekkonlar kunduzi devor yoriqlariga yashirinib oladi, faqat tunda ovga chiqadi. Eski imoratlarda tunda ularning ohista chiqillashi eshitiladi. Gekkonlar har xil hasharotlar va o'rgimchaklar bilan oziqlanadi.
Ilonlariimg oyog'i bo'lmaydi., Ular gavdasini u yoki bu tomonga egib, qovurg'alariga tayangan holda harakatlanadi.( Lekin kaltakesaklar orasida oyoqsiz turlari ham bo'ladi. Misol tariqasida sariq ilon va urchuqsiтon kaltakesakni ko'rsatish mumkin) Shuning uchun ko'pincha ular ilonlar bilan adashtiriladi. Ilonlar kaltake­saklardan ko'zining tuzilishi bilan farq qiladi. Кaltakesaklaming ochilib-yumiladigan uchinchi xira qovog'i bo'lishi eslatib o'tilgan edi. Ilonlarda esa bunday qovoq bo'lmaydi, chunki ulaming ustki va ostki qovoqlari shaffof bo'lib, soat oynasi singari ko'zini qoplab turadi. Ko'zi yumilmasligi tufayli ilonlar baqrayib turganga o'xshaydi.
Kaltakesaklar singari ilonlar ham tullaydi. Lekin ilonlar tullaganda terisi paypoqqa o'xshab yaxlit ko'chib tushadi. Ilonlaming yuqori va pastki jag' suyaklari cho'ziluvchan paylar yordamida harakatchan birikkan. Shuning uchun ular og'zini juda, katta ochib, tanasidan ancha yo'g'on bo'lgan o'ljasini butunligicha yuta oladi. Ko'pchilik ilonlar o'ljasini tiriklayin yutadi. Bo'g'ma ilonlar esa o'ljasini tanasi bilan o'rab olib, bo'g'ib o'ldirgandan so'ng yutib yuboradi.
Zaharli ilonlaming og'iz bo'shlig'ida yuqori jag'idan orqaroqda zahar bezlari va yuqori jag'ining old tomonida esa zahar chiqa­radigan ikkita yirik tishiari joylashgan. Ilоn chaqqanida bezlar ishlab chiqaradigan zahar аnа shu tishlardagi egatcha yoki naycha orqali o'ljasi yoki g'animi organizmiga o'tadi. Ilonning uchi ayri tili ham kaltakesakniki singari tuyg'u va ta'm bilish a'zosi hisohianadi. Ilonlаrdа eshitish a'zosi yaxshi riyojlanmaganligidan havoda tarqaladigan tovushni eshitmaydi.
Во 'g'ma ilonlarda shaqildoq ilonda issiqlikni sezish a'zosi bo'ladi. Ular uzoqdagi hayvon tanasidan chiqayotgan haroratтni yaxshi sezadi.
Ilonlаr o'rgimchaksimonlar, hasharotlar, baliqlar, baqalar, qurbaqalar, kaltakesaklar, qushlar va sutemizuychilar bilan oziqlanadi. Ilonlаr bittadan bir necha o'ntagacha tuxum qo'yadi. Ayrim ilonlar tirik tug'adi
­ O'rta Osiyo hududidа ilonlаrning o'nlab turi uchraydi. Ular orasida kapcha ilon, ko'lvor ilon, qora ilon, charx ilon va qalqon­tumshuq ilon zaxarli hisohianadi.
Qizilqum, Ustyurt va Amudaryo qumloqlarida tanasining uzunligi 70 sm keladigan qum bo'g'mailoni tarqalgan. Вu ilon zaharli emas. U kaltakesaklar, kemiruvchilar va mayda qushlar bilan oziqlanadi. O'ljasini boshqa ilonlar singari tanasi bilan o'rab olib, bo'g'ib o'ldir­gandan so'ng yutib yuboradi. Bu ilon tirik bola tug‘adi.
O'zbekistonning hamma suv havzalarida suv ilon uchraydi. U turli mayda baliqlar va baqalar bilan oziqlanadi. Baliqchilik xo'jaliklarida ilon birmuncha ziyon keltirishi mumkin. Vohalardagi jarliklar, tashlandiq eski binolar, molxonalar, hatto xonadonlarda chipor ilon tez-tez uchrab turаdi. Chipor ilon turli qushiar va ulaming jo‘jalari, kemiruvchilar va kaltakesaklar bilan oziqlanadi. Ilon o'lja qidirib, molxona va xonadonlarning shiftiga chiqib olib, devorning yoriqlariga kirib qolishi mumkin, Chipor ilon ham suvilon singari zaharli еmаs.
O'rta Osiyoning janubiy umanlarida, xususan Bobotog', Hisor, Zarafshon, Nurota tizma tog'larining tog'oldi hududlarida, Qarshi dashtida yirik zaharli ilonlardan biri kapcha ilon (kobra) tarqalgan. Ilonning uzunligi 170 sm dan 2 m gacha boradi. U bahorda kunduzi, yoz va kuzda ertalab va kechqurun faol harakat qiladi. Biron xavf tug'ilganida yoki odam yaqinlashganida ilon tanasining old qismini ko'taradi-da, bo'ynini kengaytirib yassi qiladi va vishillagan ovoz chiqaradi. Kapcha ilоn qurbaqa, kaltakesaklar va boshqa ilonlami tutib yeydi. Вu ilon o'ta zaharli hisohianadi. Uning zaharidan dori tayyorlanadi. Кapcha ilon noyob tur sifatida “Qizil kitob"ga kiritilgan.
Nurota, Zarafshon va Hisor tizma tog'larida, tog' etaklarida tanasining uzunligi l20 sm cha keladigan ko‘lvor ilon ko'p uch­raydi. Uni tog' etaklaridagi bog'larda va hatto daraxtlarning shoxida ham uchratish mumkin. Ilon ko'pincha kechasi ovga chiqadi. Mayda qushlar, kemiruvchilar, kaltakesaklar bilan oziqlanadi. Ko'lvor ilon ba'zan o'zidan ancha yirik o'ljani, masalan, tovushqonlami ham yutishi mumkin. ilon odamga duch kelganida harakatsiz yotadi.
Yalangoyoq kishi uni bosib olganida chaqadi. Ko'lvor ilonning' zahari juda xavfli. Ви ilon chaqqan odam davolanmasa, halok bo'lishi mumkin.
O'rta Osiyoning janubidagi cho'llarda va tog' etaklarida uzunligi 80-90 sm keladigan charx ilon ko'p uchraydi. Ilon bezovta qilinsa, u bir joyda turib aylana boshlaydi va uning yon tangachalari bir ­biriga ishqalanib, aylanadigan charx tosh kabi ovoz chiqaradi. Shuning uchun unga charx ilon degan nom berilgan. Ilon faqat tunda ovga chiqadi. Tosh ilonlar umurtqasiz hayvonlar: chayon, chigirtka, ko'poyoqlilar; voyaga yetgan ilonlar kemiruychilar, kaltakesaklar, baqa va zaharsiz ilonlar bilan oziqlanadi. Charx ilon chaqqanida badan juda kuchii og'riydi, lekin ko'pincha odam tuzalib ketadi.
­
Toshkent va Samarqand viloyatlarida, shuningdek, Mirzacho'l va Xorazm cho'llarida qаlqоntumshuq ilon ko'p uchraydi. Uning uzunligi 68 smgacha bo‘ladi. Ilon chaqqan odamning badani shishib ketadi va issig'i ko'tariladi. Kasal odam l0-l5 kundan so'ng tuzala boshiaydi.
Zaharli ilonlar chaqqanida, jarohatlangan joydan zahar qon bilan birga qo'l bilan siqib yoki og'iz bilan so'rib chiqarib tashianadi. So'ngrajarohatga margansoYka, sirka yoki sodali suy bilan ho'llangan bint yoki paxta bosiladi. Jarohatga qizdirilgan temir bosish mumkin emas. Dastlabki chora-tadbirlar ko'rilgandan so'ng zaharga qarshi zardob qabul qilish uchun tezda shifoxonaga murojaat qilish zarur.



Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish