Uo‘K: 53(072) kbk


Tayanch tortuvchi nimstansiya



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet264/288
Sana15.11.2022
Hajmi4,05 Mb.
#866013
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   288
Bog'liq
e1ec71dde00394f7be513a1c627bc7af Temir yo‘llar elektr ta’minoti Т 2017

7.20. Tayanch tortuvchi nimstansiya
(T.t.n.) - 
Опорная тяговая 
подстанция -Support traction power
- uchta va undan ortiq yuqori (110, 
150 yoki 220 kV) kuchlanishli elektr uzatish liniyalaridan ta’milanadigan 
tortuvchi nimstansiya. Tortish elektr ta’minoti tizimida T.t.n. ni mavjudligi 
tashqi elektr ta’minoti tarmog‘idagi kuchlanish yo‘qolishini kamaytiradi va 
tortish yuklamalarining elektr ta’minoti ishonchliligini oshiradi. T.t.n. har bir 
ulanishida odatda yuqori kuchlanishli uzgich (YuKU) nazarda tutiladi. 
Tortuvchi nimstansiya transformator(TNT)lari yuqori kuchlanish taqsimlash 
qurilmasi(TQ)ga uzgichlarsiz ulanadigan holatlarda YuKU vazifasini tezkor 
ajratgich bajaradi. T.t.n. dagi 110(150) yoki 220 kV yuqori kuchlanish TQ 


362
yig‘ma shinalarning ikkilangan tizimi (qo‘shimcha shinali yoki usiz), yakka 
seksiyalangan yoki seksiyalanmagan yig‘ma shinalar asosiy tizimi va 
shinalarning qo‘shimcha tizimi bilan, besh va undan kam kirishli T.t.n. da 
esa yakka seksiyalangan yig‘ma shinalar asosiy tizimi va shinalarning 
qo‘shimcha tizimi bilan birga yasaladi. TQ ga ulanishlarning barchasida 
uzgichlar mavjud bo‘lganda yig‘ma shinalar seksiyalari seksion 
uzgich(SU)lar bilan ulanadi (7.14- rasmga qarang!). Yig‘ma shinalar I- 
seksiyasiga ulangan 1- va 2- kirishlar va TNT1 SU uzilgan holatda yig‘ma 
shinalar II- seksiyasiga ulangan 2- va 4- kirishlar va TNT2 dan elektr jihatdan 
ajratilgan(alohidalangan), SU ulangan holatda barcha ulanishlar elektr 
jihatdan bog‘langan. Ulanishlar qo‘shimcha shinalar tizimi bilan ajratgichlar 
orqali amalga oshirilishi mumkin. Qo‘shimcha uzgich ham ajratgich 
yordamida qo‘shimcha shinalar tizimi bilan ulanishi mumkin, ikkita
 
7.14- rasm. Tayanch tortuvchi nimstansiya 110(150) yoki 220 kV
kuchlanish taqsimlash qurilmasi sxemasi:
1 - kuchlanish transformatori; 2 – 
razryadniklar; 3 – ta’minlash kirishlarining shina ajratgichlari; 4 - ta’minlash 
kirishlarining uzgichlari; 5 - ta’minlash kirishlarining liniya ajratgichlari; 6 - ta’minlash 
kirishlarining qo‘shimcha ajratgichlari; 7 - transformator qo‘shimcha ajratgichlari; 8 - 
transformator liniya ajratgichlari; 9 – transformator uzgichlari; 10 - tortuvchi nimstansiya 
transformatori shina ajratgichlari; 11, 13 - qo‘shimcha uzgich ajratgichlari; 12 - 
qo‘shimcha uzgich; 14 – seksion uzgich ajratgichi; 15 - seksion uzgich; 16 – yerlovchi 
ajratgich. 


363
ajratgichdan biri orqali esa asosiy yig‘ma shinalar bilan ulanishi 
mumkin. Bu elektr energiyasi ta’minotini to‘xtatmasdan istalgan ulanish 
uzgichini (u qaysi yig‘ma shina seksiyasi bilan bog‘langanligidan qat’iy 
nazar) qo‘shimcha uzgich bilan almashtirish imkoniyatini beradi.
Agar TNT lari yig‘ma shinalarga ajratgich(alohidalagich)lar orqali 
ulansa, u holda TNT laridan istalgan biri shikastlanganda releli himoya 
shinalarning ushbu seksiyasiga ulangan barcha YuKU larni va SU ni uzadi. 
Shikastlangan TNT toksizlangan seksiyadan alohidalagich yordamida 
ajratiladi; bunda uzilgan YuKU ulanadi. Himoya, nazorat va o‘lchash 
asboblarini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun TQ yig‘ma shinasining 
ikkala seksiyasiga kuchlanish transformatori ulangan. Razryadniklar TQ 
jihozlarini o‘ta kuchlanishdan himoyalash uchun xizmat qiladi. 
T.t.n. hududida ko‘pincha transformator-moy bazasi, ta’mirlash-
taftishlash sexi, elektr ta’minoti distansiyasi, kontakt tarmog‘i hududi, yo‘l 
elektrotexnika laboratoriyasi va ustaxona binolari joylashtiriladi. Tashqi 
elektr ta’minoti tarmog‘ining kuchlanishi 110 kV bo‘lganda T.t.n. har 150-
200 km da, uning kuchlanishi 150, 220 kV bo‘lganda esa har 250-300 km 
da quriladi. 

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish