5
SO‘ZBOSHI
Elektrlashgan temir yo‘llar elektr ta’minoti tizimlari ularga qo‘yiladigan
talablar, ularning ishlash sharoitlari, foydalaniladigan elektroenergetik va
elektrotexnik qurilma va jihozlar, hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha
sanoat korxonalari elektr ta’minoti tizimlaridan keskin farq qiladi.
“Elektrlashgan temir yo‘llar elektr ta’minoti” fani 5310200 –
elektr
energetikasi (temir yo‘l transporti) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasidagi
asosiy ixtisoslik fanlaridan biri hisoblanadi. Ushbu fanni talab darajasida
o‘zlashtirish uchun talaba o‘quv rejadagi “Oliy matematika”, “Fizika”,
“Elektrotexnikaning nazariy asoslari”, “Elektronika asoslari”, “Elektrotexnika
materiallari”, “Elektromexanika”, “Metrologiya va elektr o‘lchashlar”,
“Avtomatika va mikroprotsessorli qurilmalar asoslari”, “Energetikaning
matematik masalalari”, “Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash
va ularni avtomatlashtirish” fanlari bo‘yicha yetarlicha bilimga ega bo‘lishi
lozim. Shuning bilan birga ushbu fan o‘quv rejadagi “Elektr tarmoqlari va
tizimlari”, “Kontakt tarmog‘i”, “Tortuvchi nimstansiyalar”, “Yuqori kuchlanish
texnikasi va izolatsiya”, “Elektr ta’minoti qurilmalarini qurish va montaj qilish”
va “Notortuvchi iste’molchilar elektr ta’minoti” kabi umumkasbiy hamda
ixtisoslik fanlari bilan chambarchas bog‘langan.
Ushbu fan bo‘yicha darslik 2016 yilda chop etilgan bo‘lsa-da, uning hajmi
cheklanganligi bois unda elektrlashgan temir yo‘llar elektr ta’minoti
tizimida
foydalaniladigan
qurilmalar, uskunalar, apparaturalar va sxemalarga oid texnik
ma’lumotlar cheklangan hajmda keltirilgan yoki umuman keltirilmagan.
“Elektrlashgan temir yo‘llar elektr ta’minoti” fanini o‘zlashtirishga oid
Germaniya,
Yaponiya, Fransiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Rossiya
Federatsiyasi va boshqa chet el davlatlaridagi oliy temir yo‘l o‘quv yurtlari olim
va pedagoglari tomonidan ko‘plab
darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va
ma’lumotnoma(spravochnik)lar chop etilgan. Qo‘lingizdagi kitob ana shu
manbalar hamda so‘nggi yillarda ushbu sohani ilmiy va amaliy rivojlantirishga
bag‘ishlangan monografiyalar, dissertatsiyalar,
ilmiy maqolalar, xorij va
respublikamizda o‘tkazilayotgan ilmiy va amaliy anjumanlar hamda xorijda va
respublikamizda ishlab chiqilgan Davlat standartlari, sohaga oid qabul qilingan
qoidalar, tavsiyalar, ensiklopedik materiallardan foydalanilgan holda yozilgan.
O‘quv qo‘llanmada elektrlashgan temir yo‘llar va notortuvchi iste’molchilar
elektr ta’minoti, kontakt tarmog‘i va tortuvchi nimstansiyalarga
oid atama va
6
tushunchalarning qisqacha mohiyati, ularda qo‘llaniladigan qurilmalar,
uskunalar va apparaturalar konstruksiyalari, ulanish sxemalari, qo‘llanish
xususiyatlari, asosiy texnik xarakteristikalari ushbu sohadagi chet el tajribasidan
ma’lum darajada foydalangan holda keltirilgan. Bundan tashqari, kitobda temir
yo‘llar elektr ta’minotida foydalaniladigan temir yo‘llar, nazariy elektrotexnika,
elektr transporti, metrologiya va elektr o‘lchashlarga oid atama va
tushunchalarning qisqacha izohli lug‘ati ham berilgan.
Ushbu o‘quv qo‘llanmani sinchiklab o‘rganib, uning sifatini oshirish va
yanada boyitish borasida foydali maslahatlarini ayamagan “O‘zbekenergo”
aksiyadorlik jamiyati ilmiy-texnika markazi direktori, texnika fanlari doktori,
professor X.M.
Muratovga, Toshkent davlat texnika universiteti “Elektr
stansiyalari, tarmoqlari va tizimlari” kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori,
professor T.Sh. G‘oyibovga, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati
“Elektr ta’minoti” boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.A. Norjigitovga,
Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti qoshidagi “Xodimlar
malakasini
oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash yo‘l markazi” katta o‘qituvchisi G‘.T.
Sagatovga mualliflar chuqur minnatdorlik bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: