Uo‘K: 53(072) kbk


 Transformator ta’mirlash bazasi



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet272/288
Sana15.11.2022
Hajmi4,05 Mb.
#866013
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   288
Bog'liq
e1ec71dde00394f7be513a1c627bc7af Temir yo‘llar elektr ta’minoti Т 2017

7.30. Transformator ta’mirlash bazasi 
(T.t.b.)
 – Трансформаторная 
ремонтная база

Transformer repair base -
elektr ta’minoti distansiyasi 
bo‘linmasi 
bo‘lib, 
moy 
bilan 
to‘ldirilgan 
elektrotexnik 
qurilmalar(transformatorlar, uzgichlar va b.)ni kapital ta’mirlash ishlarini 
bajaradi. T.t.b.da transformatorlar va ular elementlarini ko‘tarish, 
chulg‘amlarni yasash va quritish, transformator moyini tozalash, quritish va 
regeneratsiya qilish uchun uskunalar hamda moyni saqlash uchun idishlar 
manjud. Moy va ta’mirlanayotgan qurilmani elektr mustahkamlikka sinash va 
moy tarkibini kimyoviy tahlil qilish elektr apparatlar, o‘lchash asboblari bilan 
jihozlangan 
baza 
laboratoriyasida 
amalga 
oshiriladi. 
Tortuvchi 
nimstansiyalardagi qurilmalar moyini almashtirish intiyorida to‘rt o‘qli ikkita 
yopiq vagon va ikkita sisternalari bo‘lgan harakatlanuvchi moy xo‘jaligi 
xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Vagonlarda moy tozalash, quritish va 
regeneratsiyalash uskunalari, ustaxona, ta’mirlash brigadalari uchun yashash 
va sanitar-maishiy xonalar mavjud. 
7.31. Tranzit tortuvchi nimstansiya
(T.t.n.) 
– Транзитная тяговая 
подстанция - Transit traction power -
oraliq tortuvchi nimstansiya bo‘lib, 
u 110 yoki 220 kV li bitta yoki ikkita ikki tomonlama ta’minlash liniyasiga 
kesma ko‘rinishida ulanadi. Bunda elektr energiyasi ushbu nimstansiya orqali 
yondosh tortuvchi nimstansiyalarga yig‘ma shinalar (ishchi tutashtirgich) 
vositasida transit uzatiladi. Tayanch tortuvchi nimstansiyalarni o‘zaro ulovchi 
bir yoki ikki zanjirli elektr uzatish liniyasi(EUL) oralig‘idagi uchastkada 
faqat T.t.n. qo‘llaniladi; ikki zanjirli EULlarda T.t.n. taqsimlash qurilmasi 
kirishlari navbati bilan EULlarga kesma ko‘rinishida ulanadi. Ikkita (har bir 
liniya alohida tayanchlarda osilgan) ikki zanjirli EULlaridan foydalanilganida 
T.t.n.dan tashqari “otpayka”li tortuvchi nimstansiya ham ulanadi. 110 yoki 
220 kV li taqsimlash qurilmali T.t.n.da yuqori kuchlanishli uzgich bir 
vaqtning o‘zida seksion izolyator va ta’minlivchi kirishlarni o‘zaro ulovchi 


382
tutashtirgichdagi uzgich vazifalarini bajaradi. T.t.n.da ishchi va ta’mirlash 
tutashtirgichlar mavjud bo‘lib, ishchi tutashtirgich ajratgich va seksion 
uzgich orqali ulangan (7.22- rasm). 
7.22-rasm. Tranzit tortuvchi nimstansiya prinsipial sxemasi:
1 – muzlamani 
eritish zanjiridagi ajratgich; 2 va 3 – ta’mirlash tutashtirgichdagi ajratgichlar; 4, 5 va 9 -
yuqori kuchlanishli kirishlardagi ajratgichlar; 6 va 7 – ishchi tutashtirgichdagi 
ajratgichlar; 8 - ishchi tutashtirgichdagi uzgich; 10 – ajratgich-alohidalagich; 11 – bir 
qutbli qisqa tutashtirgichlar; 12 – tortuvchi nimstansiya transformatorlari; TQ – 
taqsimlash qurilmasi. 
Ushbu kommutatsion apparatlar ulangan holatda elektr energiyasi ishchi 
tutashtirgich orqali EUL bo‘ylab transit uzatiladi. Ishchi tutashtirgich uzilgan 
holatda ta’mirlash tutashtirgich elektr energiyasini transit uzatish uchun 
xizmat qiladi. Bu tutashtirgichda o‘rnatilgan va o‘zaro ketma-ket ulangan 
elektr yuritmali ajratgichlar normal holatda uzilgan bo‘ladi.
Ta’mirlash tutashtirgich ajratgich orqali 110 yoki 220 kV li EULlaridagi 
muzlamani eritish zanjiriga ulanadi (muzlamani eritish qurilmalari faqat
T.t.n. va “otpayka”li tortuvchi nimstansiyada o‘rnatiladi). Ikkala tutashtirgich 
oralig‘idagi yuqori kuchlanishli kirishlar zanjirlarida ta’mirlash-taftish 
ishlarini olib borishda qulaylik yaratish va zarurat tug‘ilganda zanjirlar 
ulanish sxemalarini tezkor o‘zgartirish maqsadida elektr yuritmali 
ajratgichlar o‘rnatiladi. T.t.n.dagi har bir transformator o‘zining yuqori 
kuchlanishli kirishiga (
a
va 
𝑎

tugunlar) ajratgich va alohidalagich orqali 


383
ulanadi. Transformator va alohidalagich oralig‘ida fazalardan birini yerga 
ulovchi bir qutbli qisqa tutashtirgich o‘rnatiladi. Tashqi elektr ta’minoti 
tomonidagi yuqorida keltirib o‘tilgan ulanish sxemasi transformator 
sxemasidagi barcha tezkor almashlab ulashlarni bajarish va releli himoya
7.23- rasm. 2x25 kV li elektr ta’minoti tizimidagi SNCF rusumli (Fransiya) 
bir fazali kuch transformatorlari o‘rnatilgan tranzit tortuvchi nimstansiya 
sxemasi:
T1, T2 – bir fazali kuch transformatorlari; D1, D2, DB – ta’minlovchi 
kuchlanish yuqori kuchlanishli uzgichlari; DP, DC – kuch transformatori ikkilamchi 
tomonidagi uzgichlar; IS1, IS2, IS3, IS4 – elektr tortish tarmog‘i ta’minlash liniyalari 
uzgichlari; S11, S21, S1, S2 va boshqalar – ajratkichlar; K – reaktiv quvvatni ko‘ndalang 
kompensatsiyalash qurilmasi; TSA1, TSA2 – tortuvchi nimstansiyaning o‘z ehtiyojlari 
transformatorlari; Pf – razryadniklar; T
c
– o‘lchash tok transformatorlari; T
t
– o‘lchash 
kuchlanish transformatorlari


384
ishga tushganda uni manbadan ajratish imkonini beradi. Transformator 
sxemasidagi barcha tezkor almashlab ulashlar “otpayka”li tortuvchi 
nimstansiyadagi kommutatsiyalarga o‘xshash. Transformatorni manbadan 
ajratilishi differensial, gazli yoki tokli himoya ishga tushganda yuz beradi. Bu 
himoyalardan istalgan bitasi yuqori kuchlanishli uzgich uzadi va T.t.n.dagi 
shikastlangan transformator yuqori kuchlanish tomonida sun’iy qisqa 
tutashish qilish maqsadida qisqa tutashtirgichni ulaydi. Zanjirning qisqa 
tutashish yuz bergan uchastkasi seksion yuqori kuchlanishli uzgichi va 
yondosh tayanch tortuvchi nimstansiyadagi 110 yoki 220 kVli ta’minlash 
liniyasi uzgichi yordamida uziladi. Natijada EULning ushbu uzgichlar va 
T.t.n. seksion uzgichi oralig‘idagi uchastkasi toksizlanadi va shikastlangan 
transformator alohidalagichi uni manbadan ajratadi.
Yuqori kuchlanishli uzgichni avtomatik qayta ulash qurilmasi EUL 
uchastkasini yana ishga tushiradi. Bunda T.t.n.da bitta tarnsformator ishchi 
holatda bo‘ladi.
Yuqori tezlikli magistrallar 2x25 kV li elektr ta’minoti tizimidagi 
tortuvchi nimstansiyalar, odatda, oddiy konstruksiyaga ega bo‘lgan bir fazali 
standart kuch transformatorlari bilan jihozlangan. Bu transformatorlar 
ikkilamchi chulg‘amlari o‘rtasidagi chiqishlari rels zanjiriga, ularning boshi 
va oxirlari kontakt tarmog‘i va ta’minlovchi simga ulangan (7.23- rasm). 

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish