356
hamda ikki fazali tokli kesmadan foydalaniladi. Bundan tashqari, ushbu
liniyalarda bitta faza yerga ulanib qolganda
ishga tushadigan nol ketma-
ketlikli yo‘naltirilgan R.h. o‘rnatiladi. 6; 10 va 27,5 kV li bo‘ylama elektr
ta’minoti liniyalarida ko‘p fazali QT larga ikki pog‘onali maksimal tokli
himoya yoki birinchi pog‘onasida tokli kesma ko‘zda tutilgan ikki pog‘onali
himoya reaksiya qiladi. Bitta faza yerga ulanib qolganda himoya xuddi o‘sha
kuchlanishli bir tomonlama ta’minlanayotgan liniyalardagi himoyadek
amalga oshiriladi. O‘zgaruvchan tok tortuvchi nimstansiyalarida QT tokining
kontakt tarmog‘i fiderlariga ta’siri tokli kesmaga ega bo‘lgan ikki pog‘onali
masofaviy R.h. yordamida bartaraf etiladi. Zarurat bo‘lganda
teleblokirovka
qo‘llaniladi.
110 – 220 kV kuchlanishli tarmoqdan ta’minlanayotgan pasaytiruvchi
transformatorlar chulg‘amlari va chiqishlari QT lardan, o‘ramlararo ulanish,
tashqi QT va o‘ta yuklanishlardan himoya qilinadi. Chulg‘amlar va
chiqishlardagi QT larga kutish vaqtiga ega bo‘lmagan uch fazali bo‘ylama
differensial tokli himoya reaksiya qiladi. Uchta chulg‘amdan iborat bo‘lgan
transformatorlarda himoya uch fazali uchta releli, ikkita chulg‘amli
tarnsformatorlarda esa ikkita releli variantlarda yasaladi. O‘ramlararo ulanish
va boshqa ichki shikastlanishlarda avariya holati tezkor suratda rivojlanishini
oldini olish maqsadida transformatorlarda gazli himoya ko‘zda tutiladi.
Ushbu maqsadda bakda, kengaytirgichda va
kuchlanishni yuklama ostida
rostlash qurilmasida alohida rele o‘rnatiladi. Transformator moyining yuqori
harorat ostida qizishi natijasida sekin suratlarda gaz hosil bo‘lganda hamda
moy sathi sekin asta kamayganda himoya signalga reaksiya qiladi, gaz hosil
bo‘lish avj olganda esa transformatorni manbadan ajratadi. Kuchlanishni
yuklama ostida rostlash qurilmasi mexanizmi oraliq holatda to‘xtab qolganda
ham (bu holat maxsus datchik yordamida qayd etiladi) tarnsformator
manbadan ajratiladi.
Pasaytiruvchi transformatorlar 110 va 220 kV tomonidagi tashqi QT
lardan uch fazali uchta releli variantda yasalgan va kutish vaqtiga ega bo‘lgan
maksimal tokli R.h. yordamida himoyalanadi. Uning ishga tushishi tok
kattaligi va vaqti bo‘yicha transformator past (ikkilamchi chulg‘amlardagi)
kuchlanish tomonidagi himoya bilan moslashtiriladi. Bu himoya ham ichki
shikastlanishlarda differensial va gazli himoyalar
uchun zaxira vazifasini
bajaradi. Bunda kutish vaqti o‘rta va past kuchlanish tomonidagi maksimal
himoyadagiga nisbatan bir pog‘ona yuqori tanlanadi.
357
O‘zgaruvchan
tok
tortuvchi
nimstansiyalar
pasaytiruvchi
transformatorlarining 27,5 kV li tortish chulg‘ami tomonida ikki fazali ikkita
relili, ikkita komplekt relili (relelar ikala pasaytiruvchi transformatorlar toklar
yig‘indisiga ulangan) variantda yasalgan maksimal tokli himoya o‘rnatiladi.
Pasaytiruvchi transformatorlar o‘ta yuklanishiga bir fazali bitta releli
variantda yasalgan va kutish vaqtiga ega bo‘lgan maksimal tokli R.h.
reaksiya qiladi; u signal ta’sirida ishga tushadi. Apparatura asosiy manba
tomonida o‘rnatiladi.
35/(6-10) kV kuchlanishli tuman pasaytiruvchi transformatorlari uch
fazali ikkita releli variantda yasalgan va kutish vaqtiga ega bo‘lmagan
bo‘ylama differensial tokli R.h. bilan jihozlanadi. Bu himoya chulg‘amlar va
kirishlardagi QT larga reaksiya qiladi. O‘ramlararo va tashqi QT larda hamda
o‘ta yuklanish sodir bo‘lganda 110 yoki 220 kV kuchlanishli pasaytiruvchi
transformatorlardagi himoyadek himoya ishga tushadi.
O‘z ehtiyojlari tarnsformatorlari ikki fazali ikkita releli variantda
yasalgan va kutish vaqtiga ega bo‘lmagan
tokli kesma bilan jihozlanadi, u
tarnsformatorlar chulg‘amlari va chiqishlarida yuz beradigan QT lardan
himoyalaydi. Bundan tashqari, transformatordagi barcha QT larga va o‘z
ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan past kuchlanish shinalaridagi QT larga
reaksiya qiladigan ikki fazali uchta releli variantda yasalgan va kutish vaqtiga
ega bo‘lgan maksimal tokli himoya ham o‘rnatilgan. O‘z ehtiyojlari
tarnsformatorlarini o‘ta yuklanishdan himoyalash 110 yoki 220 kV
kuchlanishli pasaytiruvchi transformatorlardagi himoyadek tashkil etiladi.
Tayanch nimstansiya 110 yoki 220 kV li yig‘ma shinalarda yuz
beradigan barcha turdagi QT larga uch fazali uchta releli variantda yasalgan
va to‘yinuvchi transformatorga ega bo‘lgan differensial tokli R.h. reaksiya
qiladi. Shinalarning har bir seksiyasida barcha
ulanishlar va seksion
uzgichlarni QT yuz berganda kutish vaqtisiz ajratadigan o‘zining R.h.
komplekti bo‘ladi. Ko‘p fazali QT laaraada ikki fazali ikki pog‘onali tokli
kesma ishga tushadi. U shinalar differensial himoyasini va shinalardan
ta’minlanayotgan
ulanishlar
himoyasining
birinchi
pog‘onasini
zaxiralaydi.Uning ikkinchi pog‘onasi kutish vaqti bilan ishga tushadi. Bitta
faza yerga ulanib qolganda uch pog‘onali yo‘naltirilgan va kutish vaqtiga ega
bo‘lgan nol ketma-ketlik himoyasi reaksiya qiladi. Bu himoya ham boshqa
himoyalar uchun zaxira vazifasini bajaradi.