Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

 (Afina Arxesi) ni vujudga keltirdi. 

Shu vaqtdan boshlab Sparta va Afina ittifoqchilari o‘rtasidagi 

raqobat mil.avv. V asrda Yunonistondagi voqealar rivojiga hal 

qiluvchi ta’sir o‘tkazdi.

Afina ittifoqi tez orada mustahkam, uyushgan kuchli tashkilot-

ga aylandi. Ittifoqning barcha qatnashchilari to‘la huquqli bo‘lib,  

uning xazinasi Delos orolidagi Apollon ibodatxonasida joylash-

gan edi. Ittifoqchilar kengashiga har bir a’zo davlat bittadan 

vakil yubordi. Afina ittifoqi mablag‘i 480 talant hajmida belgi-

lanib, har bir ittifoqchi davlat umumiy xazinasiga a’zolik to‘lovi 

(foros)ni amalga oshirar edi. Ittifoq ichida Afinaning harbiy-siyo-

siy va savdo mavqeyi kuchayib ketdi. Barcha ittifoqchi yunon 




378

shaharlari o‘zlarida Afina tosh-tarozi va o‘lchov birliklarini joriy 

qildi. Umumiy xazina Delosdan Afinaga ko‘chirildi. 

Afinaliklar  ittifoqchilarning  to‘lov  badali  hisobiga  Afinada 

mashhur Propiley va Parfenon ibodatxonasini qurdilar. Afina-

ning bunday zo‘ravonligi ittifoqchilarning norozilik chiqishlariga 

sabab bo‘ldi. Ittifoqchilarning chiqishlari afinaliklar tomonidan 

shafqatsiz  jazolandi.  Masalan,  jazolangan  Tasos  Afinaga  o‘zi-

ning barcha kemalarini berish, devorlarini buzish, tovon to‘lash 

va eski a’zolik badalini to‘lashni davom ettirishga majbur bo‘ldi. 

Plutarxning yozishicha, «Ittifoqchilar xiroj to‘lovchilar va qullar-

ga aylandilar». Afinaning o‘z ta’sir doirasini yunon dunyosida 

muntazam ravishda kengaytirib borishi Spartaning qarshiligiga 

uchradi. Forslar bilan umumiy g‘alabadan so‘ng, har ikki dav-

lat o‘rtasidagi raqobat keskinlashdi. Forslar Egey dengizidan 

siqib chiqarildi



u yana «Yunon ko‘li» bo‘lib qoldi. «Kalliy» sulh 

shartnomasi (mil.avv. 449-yil)dan so‘ng, forslarning dengiz flo-

ti Egey dengiziga kirishdan mahrum bo‘ldi. Eron quruqlikda-

gi qo‘shinlarini Kichik Osiyo qirg‘og‘idan uzoqda saqlab turish 

majburiyatini oldi.

Mil.avv. V asrda yunon dunyosining siyosiy va madaniy hay-

otining markazi Kichik Osiyo va Egey orollaridan Bolqon Yuno-

nistoniga ko‘chdi. Yunon viloyatlari ichida Attika viloyatining 

roli oshdi. Yunon-fors urushlaridan so‘ng Afinada keskin siyo-

siy kurash natijasida demokratik kuchlar Perikl boshchiligida 

g‘olib chiqdilar. Periklgacha Efial’t islohot o‘tkazib, zodagonlar 

areopagining siyosiy mavqeyini yo‘q qilgan edi. Areopag ixtiyo-

rida faqat qasddan odam o‘ldirish va diniy an’analarga qarshi 

jinoyatlarni ko‘rib, sud qilish vazifalarigina qoldi xolos. Are-

opagning siyosiy funksiyalari Klisfen joriy qilgan Besh

  yuzlar 

kengashi va gelieyaga berildi.

Xalqaro  savdodan  manfaatdor  bo‘lgan  Afina  savdogar-hu-

narmand va dengizchilari Afinaning yunon shaharlari ustidan 

yetakchiligini mustahkamlashni talab qildilar. Ular ittifoqchi-

larga nisbatan qat’iy siyosat yuritish, Afinaning yunon dunyo-

siga boshchilik qilishiga qarshi turadigan har qanday kuchlar-

ga  qarshi  keskin  kurash  olib  borishni  talab  qildilar.  Afinada 

zodagon Kleonning Periklga qarshi turishi tugatilgandan so‘ng, 

demokratik  harakat  Afina  siyosiy  hayotida  yetakchi  o‘ringa 

chiqdi. Besh yuzlar kengashining ta’siri kuchaydi. Bu kengash-

da aholining kambag‘al tabaqalarining ishtiroki uchun imkoni-




379

yatlar yaratildi. Gelieyada sudyalik vazifasini bajarish uchun 

yoki Besh yuzlar kengashiga a’zolik uchun ish haqi to‘lashning 

joriy qilinishi, hatto kambag‘allarga ham qur’a tashlash yo‘li 

bilan saylanadigan 5 ming sudyadan biri bo‘lish imkoniyati-

ni berdi. Shahar aholisining o‘rta qatlami bo‘lgan zevgitlarga 

ar xont vazifasini bajarishga ruxsat berildi. Tashqi siyosatda 

Afina yunon dunyosiga hukmronlik qilish uchun faol harakat 

qildi. Afinaning qo‘shni viloyatlarga taziyqi kuchayib, Sparta bi-

lan urush harakatlari olib borildi. Mil.avv. 445-yil Sparta bilan 

30 yil muddatga tinchlik shartnomasi imzolandi. Ammo tinch-

lik 14 yil davom etdi. Keyin esa Peloponnes urushi boshlanib, 

uzoq qa cho‘zilgan urush barcha yunon shaharlarini zaiflashtir-

di. Urush 27 yil davom etib, ko‘pgina shaharlar vayron bo‘ldi. 

10 minglab kishilar qurbon bo‘ldi. Urf-odat va qonunlar poymol 

qilindi. Yunon dunyosi shundan so‘ng tushkunlikka yuz tutdi. 




Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish