Havo — gazlar, asosan, Yer atmosferasini tashkil etuvchi azot va kislorodningtabiiy aralashmasi. H. va suv taʼsirida Yer sirtida muhim geologik jarayonlar sodir boʻladi, ob-havo va iqlim shakllanadi. H. deyarli barcha tirik organizmlarning yashashi uchun zarur kislorod manbaidir (qarang Aeroblar, Nafas). Yoqilgʻining H.da yonishidan odamlar oʻz turmush va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur issiqlik olishda qadimdan foydalanib kelishadi. Utmishda olimlar H.ni mavjudlikning asosini tashkil etuvchi elementlardan biri deb hisoblashgan. H.ni mustaqil modda degan tushuncha 18-asr oxirigacha davom etib keldi. 1775—77 yil fransuz kimyogari A.La-vuazye H. tarkibida azot va kislo-rod, 1894 yil ingliz olimi U.Ramzay va J.Reley argon borligini isbotladi. Shundan keyin H. tarkibida boshqa inert gazlar ham mavjudligi aniqdandi.
H. — muhim kimyoviy xom ashyo manbalaridan biridir. Sof quruq H.ning mol. m. 28.966, 0° da dengiz sathidagi bosimi 1013,25 GPa; kritik temperaturasi — 140,7°, kritik bosimi 3,7 Mpa, oʻzgarmas bosimdagi solishtirma issiqlik sigʻimi Sr 10,045-YU3j/(kg-K) (0-100° oralikda), oʻzgarmas hajmda esaS-8,3710-103j/ (kgK) (0-1500° oraliqsa); yoruqchik nurini sindirish koʻrsatkichi 1,00029, dielektrik singdiruvchanligi 1,000059 (0°da). Suvda eruvchanligi 0°da 0,036%, 25° da 0,22%. Atmosferaning Yerga yaqin qismi — troposferada massa jihatdan 80% ga yaqin H. toʻplangan. Yer yuzidagi sof quruq havoning asosiy komponentlari jadvalda koʻrsatilgan.
H.da juda oz miqdorda suv N20 (massa jihatdan 0,02—4%), sulfid angidrid §02, metan SN4, ammiak MN,, uglerod (P)-oksid SO, uglevodorodlar, xlorid kislota NS1. ftorid kislota NGʻ, simob bugʻlari, N§, yod I, radon Yap, ksenon Xe, shuningdek, azot (P)-oksid va koʻpgina boshqa gazlar boʻladi. Tro-posferada doimo maʼlum miqdorda toʻzon va baʼzi tasodifiy qoʻshimchalar uchraydi. H.dagi azot, kislorod va inert gazlar miqdori amalda oʻzgarmasdir. Tirik organizmlar nafas olganda, yoqilgʻi yonganda, metallar eritilganda va boshqalarda sarflanadigan kislorod miqdori yashil oʻsimliklar fotosintezi tufayli tiklanib turadi.
Vulkanlarning otilishi va radioaktiv elementlarning parchalanishi — inert gazlar (argon, geliy va radon) manbaidir. Gazlarning eng yengili — geliy Ne koinotga uzluksiz ravishda tarqalib turadi. Vodorod ham geliy kabi fazoga tarqaladi. Turli jarayonlar natijasida uning H.dagi miqdori saqlanib turadi. H.dagi karbonat angidrid, suv bugʻi va toʻzon miqdori turli sharoitga qarab oʻzgarishi mumkin. Katta miqdordagi SO, fotosin-tez jarayonlariga sarf boʻladi va oke-an suvlariga yutiladi. Tabiatda kar-bonat angidrid yogʻoch va koʻmirning yonishi, tirik organizmlarning nafas chiqarishi, chirish va h.k. natijasida hosil boʻladi. U karbonatli togʻ jinslarining parchalanishi, vul-kan otilishidan ham yuzaga keladi.
Soʻnggi 100 yilda atmosfera H.si tarkibida SO, miqdori 10% ga ortdi. Uning asosiy qismi (360 mlrd. t) yoqilgʻi yoqish natijasida paydo boʻldi. Agar yoqilgʻi yoqish surʼatlari shu zaylda davom etsa, yaqin 50— 60 yilda atmosferadagi S02miqdori 2 baravar ortadi va ob-havoning keskin oʻzgarishiga sabab boʻlib, salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Yoqilgʻi yoqish — H.ni ifloslantiruvchi gazlar (SO, N0, §02) ning asosiy manbaidir. Sulfid angid-rid H. kislorodi taʼsirida sulfat angidrid (§03) gacha oksidlanadi. §03 suv bugʻlari va ammiak bilan reaksiyaga kirishib, sulfat kislota N,§04va ammoniy sulfat (1MN4)2§04hosil qiladi. Bu birikmalar atmosfera yogʻinlari bilan birga Yer yuzasiga tushadi. Ichki yonuv dvigatelilan foydalanish H.ni azot oksidlari, uglevo-dorodlar va qoʻrgʻoshin birikmalari bilan nihoyatda koʻp ifloslantiradi. Sanoat korxonalari, issiqlik elektr st-yalari, avtotransport, oʻrmondagi yongʻinlar, boʻron va toʻzonlar H.da qattiq zarralar (chang , tutun) miqdorini shu darajada koʻpaytiradiki, natijada katta shaharlardagi Yer sir-tiga tushadigan quyosh radiatsiyasi ancha (20—40%) kamayib ketadi. Qattiqzar-ralarning koʻp miqdorda atmosferaga koʻtarilishi planetada iqlim oʻzgari-shiga olib keladi.
H.ning ifloslanishi odam, hayvon va oʻsimliklarning yashash sharoitini yomonlashtiradi, alohida kasalliklarning koʻpayishi va baʼ-zan oʻlimga sabab boʻladigan darajaga yetishi mumkin. H.ning radioak-tiv ifloslanishi ayniqsa xavfli (qarang Radioaktiv chiqindilar). H.ni ifloslanishdan saqlash maqsadida sanoat gazlari atmosferagʻa chiqarishdan avval tozalanadi (qarang Gazlarni tozalash).
Do'stlaringiz bilan baham: |