Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Klisfenning islohotchilik faoliyati



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

4. Klisfenning islohotchilik faoliyati. Pisistrat va uning 

o‘g‘illari  tiraniyasidan  so‘ng  Afinada  turli  ijtimoiy  qatlamlar 

o‘rtasida kurash kuchayib ketdi. Pisistrat va uning o‘g‘illari-

ning 50 yillik (mil.avv. 560–510-yillar) tiraniyasi ag‘darilgani-

dan so‘ng, yevpatridlarning o‘z hukmronliklarini tiklashga uri-

nishlari Afina demosining keskin qarshiligiga uchradi. Afinada 

taniqli bo‘lgan Alkmeonidlarning urug‘idan bo‘lgan Klisfen toi-



373

faviy tuzum sarqitlaridan xoli bo‘lib, Afinaning qudratini yangi 

Tiraniyani o‘rnatish bilan emas, aksincha, barcha fuqarolar-

ning huquqlarda to‘la va mutlaq tengligini amalga oshirish bi-

lan ta’minlash mumkin deb hisobladi. Shunday bir sharoitda 

demos qo‘llab-quvvatlagan Klisfen yangi islohotlarni o‘tkazdi 

(mil.avv. 509–507-yillar). Klisfen mil.avv. 509-yilda qo‘shim-

cha vakolatlar bilan Birinchi arxont lavozimiga saylandi. Uning 

islohotchilik dasturining asosiy maqsadi Solon asos solgan 

demokratik muassasalarni rivojlantirish va mustahkamlash, 

demokratiyani oligarxik to‘ntarish yoki tiraniyaning o‘rnati-

lishidan himoya qilish mexanizmini yaratish edi. U, eng avva-

lo,  demokratiyaning  ijtimoiy  tayanchi  sifatida  Afina  fuqarolik 

jamoasini mustahkamladi va kengaytirdi. U ma’muriy-hudud-

iy islohotni amalga oshirdi. Azaldan mavjud bo‘lgan urug‘- 

zodagonlari va badavlat boylarning hokimiyati tayanchi bo‘lgan 

to‘rt sinf (fillar) tugatildi. Klisfen Attika viloyatini geografik tu-

zilishi bo‘yicha har birini tarkibida 10 dem (jamoa) bo‘lgan 10 

fil (okrug)ga bo‘ldi. Fillarga chet elliklar va meteklar birlashtiril-

di. Shu bilan urug‘ zodagonlari hokimiyati tugatildi. Har bir 

fil o‘n demdan iborat bo‘lib, har bir dem oliy ma’muriy organ 

Besh yuzlar kengashiga 25 kishigacha a’zo saylagan.



  Afina 

ko‘ngilli qo‘shinlari tarkibi ham o‘zgardi. Uning asosiy qismini 

og‘ir qurollangan jangchi – goplitlar tashkil etdi. Ular ko‘p sonli 

uchinchi toifa zevgitlardan to‘ldirilgan. Fetlar yengil qurollan-

gan jangchilar va harbiy flot matroslarini tashkil etdilar.

Afina  siyosiy  ustqurmasida  zodagonlar  tayanchi  bo‘lgan  

areopagga qarshi turgan To‘rt yuzlar kengashi (Bule) tashkil 

etildi. Kengash a’zolari to‘rt fildan yuztadan fuqaro saylanadi-

gan, muntazam faoliyat ko‘rsatadigan organ bo‘ldi. To‘rt yuzlar 

kengashi xalq yig‘inida ko‘riladigan va tasdiqlanadigan masa-

lalarni tayyorlar edi. Xalq yig‘ini (ekklesiya) to‘laqonli barcha 

vakolatlarga ega bo‘lgan boshqaruv organi bo‘lib, fuqarolar-

ning barcha qatlamlari ovoz berish va uning ishida qatnashish 

huquqiga ega bo‘ldilar. Xalq yig‘ini muntazam yig‘iladigan bo‘ldi 

(mil.avv. V asrda yiliga 40 marta yoki 9 kunda 1 marta).

To‘rt yuzlar kengashi endilikda 500 fuqaroni o‘z tarkibiga 

kiritdi.  Har  yangi  10  hududiy  fildan  50  kishi  bu  kengashga 

saylandi. Shu bilan birga, yangi Besh yuzlar kengashi tarki-

bi (Bule) har yili to‘la yangilandi. Ikki martadan ortiq sayla-

nish mumkin emas edi. Klisfen tub joy aholi huquqiga kelgindi 

aholi huquqini tenglashtirdi. Endi fuqarolik qadimgi urug‘ filiga 



374

mansublik bilan emas, balki eng kichik hududiy birlik – demga 

mansublik bilan belgilandi. Endilikda har bir fuqaro o‘z ismiga 

otasining avlodi ismi emas, o‘z demining nomini qo‘shdi. Bu 

fuqarolik jamoasining barqarorligiga olib keldi. 

Yana bir siyosiy yangilik – tiraniyaning o‘rnatilishiga qarshi 

qo‘yilgan ostrakizm qonuni qabul qilindi. Bu qonunga ko‘ra 

demokratiya, tenglik va erkinlikka tahdid qiladigan fuqaro Af-

inadan 10 yil muddatga, keyin besh yil muddatga quvg‘in qili-

nishi mumkin bo‘lgan. Quvg‘in qilinadigan fuqaroga qarshi 6 

ming kishi ovoz berishi kerak edi. Bu qonun siyosiy hayotda 

mil.avv. 487-yildan 417-yilgacha qo‘llanib, shu davrda tirani-

yaning uch tarafdori Afinadan haydab yuborilgan.

 Klisfenning 

islohotlari urug‘chilik aloqalarining uzilishi va aholining ara-

lashib ketishiga olib keldi. Endilikda Attika aholisi yashash 

joyi ga  qarab  hududiy  aloqalar  bo‘yicha  birlashdi.  Urug‘  fillari 

to‘la tugatildi.

Bu vaqtda zodagonlar Isagor boshchiligida hokimiyatni zoda-

gonlarga qaytarish uchun Spartadan yordam so‘radilar. Spar-

taning  kichik  harbiy  qismi  Afinaga  kirdi.  700  ta  oila  quvg‘in 

qilindi, beshyuzlar kengashi tarqatib yuborildi. Lekin oddiy 

xalq qurollanib, spartaliklarni Afinadan chiqib ketishga majbur 

qildilar. Spartaning yangidan tazyiq o‘tkazishidan qo‘rqqan afi-

naliklar forslardan yordam so‘radilar. Sard shahrida turgan 

Eron satrapi Klisfen boshchiligidagi Afina elchilarini qabul qil-

di. U yordam berishga va’da qilib, faqat fors podshosiga yer va 

suv berishga (qaramlik belgisi) rozi bo‘lishni so‘radi. Elchilar 

bunga rozi bo‘ldilar. Lekin afinaliklar bu shartnomani rad qil-

dilar.  Klisfen  Afinaga  qaytishi  bilan  u  Afinaga  xiyonat  qilgan 

hisoblanib, ostrakizm yo‘li bilan Afinadan quvg‘in qilindi. 

Klisfen islohotining ahamiyati shundaki, bu islohotlar 

urug‘chilik munosabatlari va urug‘ zodagonlarining hokimiya-

ti  qoldiqlarini  to‘la  tugatdi.  Afina  davlat  qurilishiga  demokra-

tiyaning  to‘la  hukmronligini  o‘rnatdi.  Barcha  Afina  fuqarolari 

(Afinada  yashayotgan  chet  elliklar,  qullar  bundan  mustasno) 

polisning siyosiy hayotida faol qatnashdilar. Ular har qanday 

davlat lavozimlariga saylanishlari, o‘z fuqarolik jamoalari si-

yosiy hayotini eng muhim muammolarini yechishda ishtirok 

etishlari  mumkin  edi.  Barcha  yunon  polislari  orasida  Afina 

davlati eng ilg‘or va rivojlangan demokratik davlat qurilishiga 

ega bo‘ldi. 



375


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish